Galaxy Tab S9 Ultra 5G
SM-X916BZAESKZ
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Asosiy xususiyatlari
Xususiyatlari
Yangi Galaxy
Tab S9 Seriyasi

- *Tasvir modellashtirilgan. Rang hamda modelning mavjudligi mamlakat yoki yetkazib beruvchiga bog'liq.
- *Galaxy Tab S9, Tab S9+, Tab S9 Ultra IP68 himoya darajasiga ega. Chuchuk suvga 1,5 metr chuqurlikka 30 daqiqagacha tushirish sharoitidagi sinovlarga asoslanadi. Plyaj yoki basseynda foydalanish uchun tavsiya etilmaydi.

Galaxy Tab S9 Seriyasining ulkan displeyi bilan sun'iy intellektni qo'llab-quvvatlaydigan funksiyalardan foydalanish yanada oson. Matn kiritish yoki yozish bilan bandligingizdan qat'iy nazar, Eslatma yordami funksiyasi uzun hikoyadan qisqa xulosa oladi. Buning uchun yozishni boshlang hamda matnni qisqa, o'rganib chiqish uchun qulay xulosaga o'zgartiring. Eski eslatmani izlayotganingizda esa ularning yangi muqovalarida sodda annotatsiyalar ifodalanadi va natijada ekran yanada tartibli holatda ko'rinadi.
*Eslatma yordami funksiyasi faqat One UI 6.1 hamda Samsung Note 4.4.17. va undan yangi versiyalarda mavjud. Eslatma yordami funksiyasi uchun internetga ulanish va Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tish talab etiladi. Belgilar soni bo'yicha cheklovlar mavjud. Xizmatning mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin.
Dynamic
AMOLED 2X.
Ekranning teng yoritilishi


A Galaxy Tab S9 Series device with its screen facing down rising up to stand upright in Landscape mode with a blue wallpaper onscreen highlighting its large display.
Uchta model.3,4
Tabiatdan ilhomlangan ikkita rang
Kamtarona Grafit yoki mayin Qaymoq rangdan qaysi birini tanlashingizdan qat'iy nazar, ikkalasi ham yuqori sifatdagi korpus detallari, ravon tuzilishi yoki nafiz dizayniga alohida urg'u berishga qodir.5
*Yuqoridagi vazn Wi-Fi modeliga asoslangan.


Galaxy Tab S9, S9+ and S9 Ultra in Graphite appear from left to right in Landscape mode, overlapping each other with their back facing forward. Samsung logo is shown on the top left of each device.
Tab S9 UltraTab S9 Ultra | Tab S9+Tab S9 + | Tab S9Tab S9 | |
---|---|---|---|
Displeyi | 14.6″ | 12.4″ | 11″ |
Vazni | 732 g. | 581 g. | 498 g. |
Qalinligi | 5.5 mm | 5.7 mm | 5.9 mm |
Dynamic AMOLED 2X ekranida ravshanlik hamda qulay tomosha qilish imkoniyati
Galaxy Tab S9 seriyasidagi har bir planshet sizning ilg'or g'oyalaringizni amalga oshirish uchun ayni mos keladi. Uchta modelning barchasi Dynamic AMOLED 2X ekran bilan jihozlangan bo'lib, u ajoyib rang uzatish darajasini ta'minlaydi. Bundan tashqari, ko'k nurlanish darajasini tushiruvchi filtr evaziga mazkur ekranlar foydalanuvchi ko'zlari uchun mutlaqo xavfsiz.
*Ekran tasviri namuna maqsadi uchun modellashtirilgan.



Galaxy Tab S9, S9+ and S9 Ultra in Graphite are placed next to each other in Landscape mode with their front facing forward and a blue wallpaper shown on all screens.
Har bir detalda
mukammal o'ylangan dizayn


Galaxy Tab S9 eng mayda tafsilotlarni e'tiborga olgan holda yaratilgan. Masalan, orqa paneldagi floating-kamera uchun modul dizayni zamonaviy kameralar tizimining beqiyos namunasi bo'ldi. Shuningdek, biz yon tugmalar hamda dinamiklar joylashuvini qayta ko'rib chiqib, ularning foydalanuvchi uchun yanada odatiy joyda bo'lishini ta'minladik.
- *Tasvirda Galaxy Tab S9 Ultra o'ziga xos xususiyatlari ko'rsatilgan.
- *Galaxy Tab S8 Ultra bilan solishtirganda, Tab S9 Ultra yangilangan 13.0MP va 8.0MP orqa kamera va 12.0MP va 12.0MP Ultra Wide old kamerasiga ega. Galaxy Tab S8+ bilan solishtirganda, Tab S9+ yangilangan 13MP va 8MP asosiy kameraga va 12MP Ultra Wide old kamerasiga ega. Galaxy Tab S9 13,0 MP asosiy kamera va 12 MP Ultra Wide old kamera bilan jihozlangan.
Yorqin ranglar. Betakror ko'rinishda.
Dynamic AMOLED 2X yuqori aniqlik darajasi bilan ekrandagi barcha tafsilotlar haqiqiydek ko'rinadi. U yaxshilangan vizual effektlar hamda 120 Gs gacha ekran yangilanish chastotasi bilan ravon skrollingli HDR10+ evaziga beqiyos detallashtirish, yorqin ranglar hamda qora rangning chuqur tuslarini ta'minlaydi.
*Ekran tasviri namuna maqsadi uchun modellashtirilgan.
Dynamic AMOLED 2XRavon 120 Gs ekran
O'yin tajribangizni
yanada oshiring
Galaxy Tab S9 seriyasi planshetlarining katta ekranidagi jozibador o'yin jarayoniga sho'ng'ing.6,7 Ekranning ajoyib vizual xususiyatlari AKG kvadroakustik tizimining immersiv tovushi hamda Dolby Atmos formatidagi qamrovli tovushni qo'llab-quvvatlashi bilan yanada boyitiladi.
*Ekran tasviri namuna maqsadi uchun modellashtirilgan.





Galaxy S seriyasidagi
changga va suvga chidamli ilk planshet



Two Galaxy Tab S9 Series devices in Graphite are floating in mid-air at an angle opposing each other with the front and back visible. Splashes of water are surrounding the two devices.
Galaxy Tab S9 qurilmalari qiyin sharoitlardan aslo qo'rqmaydi. Silliq metal dizayn Armor Aluminium8 zirhli alyuminiydan tayyorlangan ramka bilan uyg'unlik yaratadi hamda u planshetingizni zarb va tushishdan himoya qiladi. IP68 himoya darajasi9,10 esa Galaxy Tab S seriyasidagi planshetlar chang va suvga chidamli ilk planshetlar ekanligini anglatadi.
S Pen. Yanada mustahkam, yanada tezkor, yaxshilangan javob qaytarish imkoniyatlari



S Pen qalami planshet kabi suvga chidamlilik borasida IP68 standartiga tog'ri kelishi uchun biz uni yanada takomillashtirdik.11,12 Bundan tashqari u barcha parametrlar bo'yicha yangilangan bo'lib, bunda tasodifiy bosishlarni oldini olish uchun qalam uchi sezgirligini ham o'z ichiga oladi. Magnit bog'lanish hamda ikki tomonlama zaryadlashni qo'llab-quvvatlash evaziga, qalam zaryad olishi uchun uni orqa panelga qo'yishingiz kifoya.13
Vision Booster bilan ko'cha sharoitida ham yorqin tasvirdan zavq oling
Vision Booster funksiyasi yuqori yorug'lik sharoitida ham ekrandagi tasvirni aniq ko'rish imkoniyatini ta'minlaydi. Uning outdoor algorithm intellektual algoritmi quyosh nurlari borligini aniqlaydi hamda ekran yorug'ligi, kontrastlik va rang uzatishni optimallashtiradi va natijada, xona sharoitidan tashqariga chiqqaningizda kontent ko'rinish darjasini saqlab qoladi.
*Tasvir illyustratsiya uchun taqlid qilingan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin.


A Galaxy Tab S9 Ultra displaying at full screen rays of sunlight over a mountain captured by its camera and the glare gradually reducing to show a clearer image thanks to Vision Booster.
Haqiqatga yaqin
o'yin tajribasi uchun
yangi avlod protsessori
Galaxy uchun Snapdragon® 8 Gen 2 tezkor protsessori yuqori darajadagi samaradorlik hamda professional darajadagi o'yinlardagi energiya tejamkorligi talablarini inobatga olgan holda yaratilgan.14,15 Grafik tizim esa 3D o'yin jarayonida soyalarning haqiqatga yaqin darajada uzatilishini ta'minlab, bu ekrandagi jarayonga to'liq sho'ng'ish effektini yaratadi.
*Ekran tasviri namuna maqsadi uchun modellashtirilgan.


Ishonchingizni oqlaydigan zaryad bilan eng ilg'or go'yalaringizni harakat davomida ro'yobga chiqaring
Kengaytirilgan hajmga ega batareya bilan ijodkorlik uchun doimo tayyor turing. Uning zaryadi butun kun uchun yetarli, qolgan qismini esa smartfoningizni zaryadlab olish uchun ishlatishingiz mumkin. Samsung Galaxy smartfoningizga USB-C kabel ulang hamda zaryadlash shu on ishga tushadi.16,17,18,19,20,21


A Galaxy Z Flip5 device connected with a Type-C cable is being charged from a Galaxy Tab S9 Series device.
Sizning san'at asarlaringizni saqlash uchun microSD qo'llab-quvvatlanadi
Ichki xotira 1 TB gacha hajmni qo'llab-quvvatlovchi modelni tanlang, GoodNotes ilovasida o'z san'at asaringizni yarating hamda yuqori sifatdagi video, tarona, tasvir va boshqa fayllaringiz uchun yanada ko'proq joy kerak bo'lganda microSD kartasini qo'ying.22,23
1 TB gacha ichki xotira RAM 16 GB gacha
1 yillik bepul foydalanish versiyasiga ega bo'ling

Sevimli ilovalaringiz
katta ekran uchun
optimallashtirilgan


1 yil bepul foydalanish uchun to'liq versiyaga ega bo'ling
GoodNotes kabi ijodkorlik uchun maxsus ilovalar yordamida o'z tasavvuringizdagi g'oyalarni amalga oshiring. U S Pen bilan qulay chizish uchun optimallashtirilgan bo'lib, haqiqiy qog'ozda yozish hissiyotlarini taqdim etadi.24 Portret rejimida eskizlarni chizib, ularni albom rejimida tahrirlang yoki teskarisi sizga mos kelishi mumkin.
- *Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin. - *Qaymoq rangli Galaxy Tab S9 seriyasi qaymoq rangdagi S Pen bilan yetkazib beriladi.
NotePaper Screen plyonkasida oddiy qog'ozdagi kabi chizing
NotePaper Screen plyonkasini ekranga yopishtirib, elektron qalam bilan oddiy qog'ozdagi kabi yozing.25 Haqiqiy san'at asarini yaratish uchun esa unga rasm chizish uchun mukammal bo'lgan S Pen qalamini ham qo'shing. Qalam bosim va og'ishga sezgir bo'lib, yuqori tafsilotli eskizlar hamda aniq tasvirlarni chizish imkonini beradi.
*Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin.


Eslatmalar
sezilarli
darajada qulaylashdi
S Pen qalamining kengaytirilgan imkoniyatlari bilan o'z ish faoliyatingiz samaradorligini oshiring. Yangi g'oyalarni tezda saqlang, diagrammalar chizing hamda Google, Messages, Maps va boshqa shu kabi ilovalarda "S Pen to Text" funksiyasi yordamida qo'lyozmalarni bosma matnga aylantiring.
*Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin.

Samsung Notes ilovasi bilan jonli vaqt
rejimida birgalikdagi ish
Samsung Notes ilovasi hamda S Pen qalami imkoniyatlaridan foydalanib, hamkasblaringiz bilan muhokamalar tashkil eting. Samsung Galaxy qurilmalari o'rtasida eslatmalarni almashing hamda ilovada jonli vaqt rejimida kontentni tahrirlang. Ko'p betli hujjatlar bilan ishlamoqchimisiz? Ularni skanerlab, Galereyada saqlang hamda ularni video qo'ng'iroqlar davomida ko'rib chiqing.
*Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin.


S Pen is used in the Samsung Notes app on a Galaxy Tab S9 series device in Landscape mode to make a car image bigger. In front, the same note is open in the Samsung Notes app on an unfolded Galaxy Z Fold5 device with the car image getting bigger at the same time as on the tablet.
Planshetingizning
afzalliklarini
yanada ko'paytiring


A Galaxy Tab S9 series device with Book Cover Keyboard on unfolding to make the display and keyboard visible. S Pen appears from the bottom. Another Galaxy Tab S9 series device with Smart Book Cover on appears from the right. Another Galaxy Tab S9 series device with Privacy Screen on appears from the left.
Bir harakat bilan shaxiy kompyuterdagi kabi ishlang


Barcha rejalashtirgan ishlaringizni yakunlash uchun Book Cover Keyboard muqova-klaviaturasini bog'lang. Yoritilgan funksional tugmalar va trekpad bilan jihozlangan mazkur klaviatura shaxsiy kompyuterdagi kabi simsiz ish uchun Dex mode rejimini qo'llab-quvvatlaydi. Tezkor ishga tushirish uchun ilovalar uchun yorliqlarni belgilang.26,27,28,29,30,31

Smart Book Cover muqovasi bilan o'zingiz qulay tarzda ishlang
Smart Book Cover muqova-klaviaturani oddiygina sozlash orqali planshet bilan ishlash uchun eng qulay holatni aniqlang. Galaxy Tab S9, S9+ yoki S9 Ultra planshetlarini rasm chizish uchun molbert kabi vertikal tarzda yoki taqdimot uchun qo'llarni band qilmasdan gorizontal holatda o'rnating.
*Smart Book Cover muqovasi alohida sotiladi.
Ijodkorlik hamda ko'p vazifalilikni birlashtiring
Clip Studio Paint ilovasida yangi Simple Mode rejimi bilan planshetda rasm chizish yanada oson. Multi Control funksiyasi sizning tasvirlaringizni turli qurilmalar orasida ulashish yoki bir zumda smartfondan planshetga o'tkazib tahrirlash jarayonini davom ettirish imkoniyatini yaratadi. 34,35
- *Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin. - *Book Cover Keyboard muqova-klaviaturasi alohida sotiladi.
Galaxy Z Flip5 alohida sotiladi. - *Clip Studio Pain obunasia ega bo'lish talab etiladi. Mazkur ilovaning oldindan o'rnatilishi faqat ayrim bozorlarda qo'llab quvvatlanadi. Alohida bozorlarda Clip Studioo Pain ilovasini Galaxy Store do'konidan yuklab olish mumkin.

To'liq versiyani 6 oylik muddatga bepul foydalanishga ega bo'ling

Ekranni ikkiga ajrating.
Samaradorlikni oshiring
Bir nechta vazifani bajarish endi har doimgidan-da qulayroq. Chunki, bir ekranning o'zida siz arxitekturaviy rejalarni chizishingiz, noyob vizual effektlarni tanlashingiz hamda videochatni ishga tushirishingiz mumkin bo'lib, barchasi qo'l ostingizda bo'ladi.36
- *Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin. - *Book Cover Keyboard muqova-klaviaturasi alohida sotiladi.
- *Google Meet va Microsoft 365 ilovalari Google Play do'konida yuklab olsih uchun mavjud. Google Meet — bu Google LLC korxonasining savdo belgisi.
- *Bir vaqtning o'zida ekranda uchtagacha ilova mavjud.

Galaxy Tab S9
planshetlarining beqiyos xususiyatlari bilan tanishing
-
-
Displeyi 14.6" Dynamic AMOLED 2X
-
Himoya darajasi IP68
-
Protsessor Snapdragon® 8 Gen 2
-
Xotira 256 GB, 512 GB, 1 TB
Micro SD qoʻllab-quvvatlanadi -
Operativ xotira 12 GB, 16 GB
-
Batareya
(odatiy ko'rsatkich) 11,200 mAs - Pen IP68 S Pen (BLE O) toʻplamda
- Kamera [Asosiy]
13 MP + 8 MP UW
[Old]
12 MP + 12 MP UW - Tarmoq 5G / Wi-Fi
- Vazni 737 g (5G),
732 g (Wi-Fi) - Qalinligi 5.5 mm
-
-
Дисплей 12.4" Dynamic AMOLED 2X
-
Himoya darajasi IP68
-
Protsessor Snapdragon® 8 Gen 2
-
Xotira 256 GB, 512 GB
Micro SD qoʻllab-quvvatlanadi -
Operativ xotira 12 GB
-
Batareya
(odatiy ko'rsatkich) 10,090 mAs - Pen IP68 S Pen (BLE O) toʻplamda
- Kamera [Asosiy]
13 MP + 8 MP UW
[Old]
12 MP UW - Tarmoq 5G / Wi-Fi
- Vazni 586 g (5G),
581 g (Wi-Fi) - Qalinligi 5.7 mm
-
-
Displeyi 11" Dynamic AMOLED 2X
-
Himoya darajasi IP68
-
Protsessor Snapdragon® 8 Gen 2
-
Xotira 128 GB, 256 GB
Micro SD qoʻllab-quvvatlanadi -
Operativ xotira 8 GB, 12 GB
-
Batareya
(odatiy ko'rsatkich) 8,400 mAs - Pen IP68 S Pen (BLE O) toʻplamda
- Kamera [Asosiy]
13 MP
[Old]
12 MP UW - Tarmoq 5G / Wi-Fi
- Vazni 500 g (5G),
498 g (Wi-Fi) - Qalinligi 5.9 mm