Samsung Smart View Samsung Smart View

Samsung Smart View

Samsung Smart TV televizoringizning mobil imkoniyatlarini kashf eting!

Yanada ko'poq Smart-imkoniyatlar

Samsung Smart View – mobil qurilmalar va Personal kompyuterdagi (PK) multimedia kontentni Samsung Smart TV televizori ekranida ko`rish, tomosha qilish va televizorni smartfon yordamida boshqarish imkoniyatini beradigan ilovadir.

Smartfonni masofadan boshqarish pulti sifatida ishlating

Endi masofadan boshqarish pultini axtarib yruishga hojat qo'q - Smart View ilovasi yordamida Samsung Smart TV televizorini har doim qo`l ostingizda bo'lgan smartfoningiz bilan to'g'ridan to'g'ri boshqarishingiz mumkin.

Har qanday qurilmalardagi kontent katta ekranda

Smart View ilovasi yordamida mobil qurilmangiz yoki PK-ingizni Samsung Smart TV televizori bilan sinxronlang va video, fotosuratlar va hatto musiqani qurilmadan to'g'ri televizor ekraniga jo'nating. Bir vaqtning o'zida bir necha faylni faollashtirish funktsiyasidan, masalan, video va uning subtitrlarini birga yoqish uchun foydalanishingiz mumkin.

Sevimli kontentning hammasi qo`l ostingizda

Sevimli video, fotosuratlar va musiqa doimo qo`l ostingizda bo'lishi uchun, Smart View yordamida tomosha qilish va tinglash uchun o'z video, fotosuratlar musiqa ro'yxatlaringizni tuzing.

3 bosqichda Smart View ilovasidan foydalanishni boshlang

01
App Store, Google Play yoki Samsung Galaxy Apps tizimidan Samsung Smart View ilovasini yuklab oling.
02
Samsung Smart Tv televizori va mobil qurilma yoki kompyuterni bitta tarmoqqa ulang*.
03
Ilovani ishga tushiring va Smart View moslamalarida ko'rsatilgan amallarni bajaring.
* 2011~2013 yillarda chiqarilgan Samsung Smart TV televizorlari modellarini moslashda yaqin masofada joylashgan qurilmalarga ulanishni amalga oshirish uchun qalqib chiqadigan darchada "Ijozat berish" (Permit yoki Разрешить) punktini tanlash lozim bo'ladi. Samsung Smart TV televizorlarining 2014~2015 yillar modellarida televizoringiz ekranida paydo bo'ladigan 4 belgili kodni kiritish talab etiladi.

Mobil qurilmalar va Windows OT uchun versiyani yuklab olish

*Smart View ilovasini faqat Samsung Galaxy Apps do'konida izlang.

Birga ishlay oladigan qurilmalar

Smart TV*

2011 yil islab chiqilgan LED D7000 va undan keyin ishlab chiqilgan modellar, PDP D8000 va undan keyin ishlab chiqilgan modellar.

2012 yil islab chiqilgan LED ES7500 va undan keyin ishlab chiqilgan modellar, PDP E8000 va undan keyin ishlab chiqilgan modellar.

2013 yil islab chiqilgan LED F4500 va undan keyin ishlab chiqilgan modellar (F9000 va undan keyin ishlab chiqilgan modellar bundan mustasno), PDP F5500 va undan keyin ishlab chiqilgan modellar.

2014 yilda ishlab chiqilgan H4500, H5500 undan keyin ishlab chiqilgan modellar (H6003/H6103/H6153/H6201/H6203 modellari bundan mustasno).

2015 yil ishlab chiqilgan J4500, J5500 keyin ishlab chiqilgan modellar (J6203 modeli bundan mustasno).

2016 yilda ishlab chiqilgan K4300, K5300 va undan keyin ishlab chiqilgan modellar.

*Televizorlarning bu maqsadda birga ishlashi mumkin bo'lgan modellari mintaqaga bog`liq bo'ladi.
Mobil qurilmalar

Android 4.1 OT va undan keyin ishlab chiqilgan versiyalari.

iOS 7.0 va undan keyin ishlab chiqilgan versiyalari

PK

Windows OT 7, 8, 8.1 va 10
(32 va 64 razryadli versiyalari)

1,8 GHz va undan ortiqroq chastotali Intel Pentium MP (markaziy protsessor) (2,0 GHz va undan ortiq chastotali Intel Core 2 Duo tavsiya etiladi)

2 GB hajmli operativ xotira (tavsiya qilinadigan)

1024 x 768 tiniqlik yechimli VGA-adapter, 32-razryadli yoki bundan kuchliroq