Jet 75 turbo Vertikal simsiz changyutgich, VS7500, Yalpiz rang, 200 Vt

Jet 75 turbo Vertikal simsiz changyutgich, VS7500, Yalpiz rang, 200 Vt

VS20T7532T1/EV

  • Raqamli Displey
  • Turbo Action Cho'tkasi
  • 2-in-1 zaryadlovchi qurilma
  • Inverter motor
  • Yuqori so‘rib olish quvvati

Rang tanlang

Rang :
  • Ilg or tozalash texnologiyasi
    Ilg or tozalash texnologiyasi
  • Inventor motor
    Inventor motor
  • Jet Cyclone girdobli filtri
    Jet Cyclone girdobli filtri
  • 5 bosqichli HEPA filtrlash tizimi
    5 bosqichli HEPA filtrlash tizimi

Kuchli, ammo yengil

Ilg or tozalash texnologiyasi

Har xil yuzalarni yengil, ammo kuchli simsiz changyutgich bilan osongina tozalang. Inverter motor 150 Vtgacha so‘rish kuchini ishlab chiqaradi*. Havo harakatining aerodinamik tizimi havo oqimlarini optimallashtiradi, havo filtratsiyasining ko‘p (multi) girdobli tizimi esa changning mayda zarrachalarini ushlab qoladi.

Powerful cleaning Powerful cleaning

* Ma‘lumotlar IEC62885-2 standart bo‘yicha kompaniya testlari natijasida maksimal quvvatli changyutgich modeli bilan solishtirilganda olingan. Ichki sinovlarga asoslanadi.

Yuqori so‘rib olish quvvati

Inventor motor

So‘rib olish quvvati 150 Vt gacha bo‘lgan samarali tozalash*. Invertorli motor maxsus pervanel yordamida havo oqimining harakatini optimallashtiradi. Bu motor quvvatini 410 Vt.** gacha bo‘lishini ta’minlaydi, bu esa o‘z o‘rnida 150 Vt. gacha bo‘lgan so‘rib olish quvvatini yaratishga imkon beradi.*

Strong suction power Strong suction power

* Ma’lumotlar Samsung kompaniyasida o‘tkazilgan sinov natijalariga asoslangan. So‘rib olish kuchini o‘lchash IEC62885-2 standarti bo‘yicha testlar natijasida olingan. Maksimal quvvat rejimidagi sinovlar uchun maxsus uchlik ishlatilgan. ** Ma’lumotlar Samsung kompaniyasining sinov natijalariga asoslangan. Sinovlar IEC60335-1 standart bo‘yicha o‘tkazilgan.

Jet Cyclone
girdobli filtri

Jet Cyclone girdoblarining yuqori samarali texnologiyasi tufayli changyutgich toza havo chiqaradi va doimiy so‘rib olish quvvatini doimiy saqlaydi. Girdobli tizimning 27 ta tirqishi optimal havo oqimini shakllantiradi, bu bilan so‘rib olish quvvati yo‘qolishini kamaytiradi. Changning mayda zarrachalari esa havodan samarali yo‘qotiladi.

Har qanday qoplamalarni samarali tozalash

Turbo action brush uchlik

Turbo Action Brush uchlik gilamlardan ham, qattiq qoplamalardan ham changning mayda zarrachalarini samarali yo‘qotadi. Uchlikning rotori daqiqasiga 3750 aylanish tezlikda aylanadi*. Cho‘tkasi 180 gradusga buriladi, bu bilan harakat yo‘nalishini oson almashtirish va xonaning har bir burchagini samarali tozalash imkonini beradi. Aylanib turgan barabanni bir harakat bilan uzish orqali cho‘tkani oson tozalash mumkin.

* Min, Mid va Max (“Minimal”, “O‘rta” va “Maksimal”) rejimlaridagi ichki testlar natijasi asosida. Haqiqiy natijalar individual foydalanish xususiyatlariga qarab o‘zgarishi mumkin.

Har doim toza havo

5 bosqichli HEPA filtrlash tizimi*

HEPA filtrasiyasining 5 bosqichli tizimi yordamida toza havodan nafas oling*. Filtrning asosiy girdobi va metall to‘ri katta o‘lchamli zarralarni yig‘adi, mikrofiltr HEPA esa 99,999%** gacha mayda chang zarrachalarini (0,3 ~ 10 mkm*** o‘lchamdagi zarrachalarni ham hisobga olgan holda) va allergenlarni ushlab qoladi.

Releases clean air Releases clean air

* HEPA filtrlash tizimi: Yuqori samarali havo filtrlash tizimi.** IEC62885-2 standarti bo‘yicha Max maksimal rejimda sinovdan o‘tkazilgan. *** 0,3~10 mkm - bu ko‘zga ko‘rinmaydigan zarralar. Masalan kukun va mog‘or zarrachalari.

Uzoq vaqtga chidaydigan almashtiriladigan akkumulyator

Ajraluvchan va uzoq muddat xixmat qiluvchi batareya

Akkumulyatorning 3000 mA/soat yuqori hajmi changyutgichlarning 60 daqiqagacha* ishlashini ta’minlaydi. Yoqib - o‘chishishning 500 sikli o‘tgandan keyin esa akkumulyator dastlabki hajmining 70% gacha bo‘lgan qismini saqlaydi**. Bundan tashqari, siz uni zaxiradagisiga almashtirishingiz va tozalash vaqtini 2 soatgacha uzaytirishingiz mumkin***.

Clean up to 1 hour** Clean up to 1 hour**

* Ko‘rsatilgan ish vaqti motorlashtirilgan uchlik qo‘llamasdan so‘rib olish quvvatining minimal darajasiga tegishli. **5 yillik foydalanishdan so‘ng batareyaning sig‘imi boshlang‘ich qiymatining 70% ni tashkil qiladi (changyutgichdan yiliga 100 marta foydalanganda). 1-sikl: 100% gacha quvvatlangan batareyaning to‘liq elektrsizlanishi. Changyutgichni ishlatilishning o‘ziga xosligiga qarab alohida natijalar har xil bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar kompaniyaning sinov natijalariga asoslangan. *** Qo‘shimcha akkumulyatorlar aksessuar sifatida alohida sotiladi.

Intuitiv boshqaruv

Raqamli displey

Dastaga o‘rnatilgan raqamli displeyga qarab changyutgich optimal rejimda ishlayotganiga tez ishonch hosil qilish mumkin. Quvvat darajasini va o‘rnatilgan uchlik turi bilan birga siz displeyda changyutgich holatini oson tekshirishingiz mumkin. Shuningdek mazkur displeyda filtrning yoki cho‘tkaning axlat bilan bloklanishi haqidagi ogohlantirish ko‘rinishi mumkin.

Ergonomik zaryadlash stansiyasi

“2 tasi 1 da” quvvat stansiyasi

Har qanday uy dizayniga mos keladigan “2 tasi 1 da” stansiyasi yordamida changyutgichingizni saqlang va quvvatlang.. Quvvatlash stansiyasini devorga o‘rnatib, changyutgichni u yerda saqlashingiz yoki uni batareyani alohida quvvatlantirish uchun biron bir joyga qo‘yishingiz mumkin.

To‘liq yuviladigan konteyner

Changyutgichingizning chang yig‘uvchisi tozaligini saqlab turish juda oson va oddiy. Chang yig‘uvchi bilan birga ko‘p (multi) girdobli tizimni ham suv bilan oson yuvsa bo‘ladi. Changyutgich korpusidan teleskopik nayni uzmasdan konteynerni yechib olish oson.

Oson tozalash

Yengil konstruksiya

Changyutgichning yengil dizayni tufayli sizning tozalash ishlaringiz osonroq amalga oshadi, bu esa ko‘proq nazorat va qulay foydalanishni imkoniyatini ta‘minlaydi, shuningdek bilaklaringizga tushadigan og‘irlikni kamaytiradi. Changyutgichning korpusi atigi 1,48 kg ni tashkil etadi, bu an’anaviy Samsung simsiz changyutgichlariga qaraganda 21% yengilroq degani.

* Samsung VS8000 bilan taqqoslaganda. VS7000 korpusi og‘irligi - 1,48 kg, VS8000 korpusi esa 1,89 kg.

* Samsung VS8000 bilan taqqoslaganda. VS7000 korpusi og‘irligi - 1,48 kg, VS8000 korpusi esa 1,89 kg.

Qattiq qoplamlarni tozalash

Soft Action cho‘tkasi

Qo‘shimcha Soft Action cho‘tkasi qattiq qoplamlar va tirqishlardan mayda zarrachalarni samarali yig‘ib oladi. Cho‘tkaning yumshoq roligi kumush iplar o‘ramlariga ega, ular anti-statik effektni ta’minlaydi. Cho‘tka 180 gradusga buriladi, bu bilan harakat yo‘nalishini oson almashtirish va xonaning har burchagini samarali tozalash imkonini beradi.

* Min, Mid va Max rejimlaridagi ichki sinov natijalariga asoslanadi. Haqiqiy natijalar alohida foydalanishga qarab farq qilishi mumkin.

To'plam tarkibi

Texnik xususiyatlari

  • Chang toʻplagich sigʻimi 0.8 L
  • Ish xossalari tavsifi 550 Vt
  • Ogʻirlik 2.8 kg

{{family.currentModel.displayName}}

{{family.currentModel.modelCode}}

Rang : {{chip.displayName}}
{{model.prices.currentPriceDisplay}}
Oyiga {{model.prices.monthlyPrice}} dan {{model.prices.months}} mos
yoki {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price without VAT: {{model.prices.vatFreePriceFormatted}}

Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}

Price before: {{model.prices.priceDisplay}}

{{model.prices.priceDisplay}} {{model.prices.savePrice}}
  • {{summary.title}}

    {{summary.value}}{{summary.unit}}

  • {{summary.title}}

Modellarni solishtiring

O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang

YAQIN O‘TMISHDA KO‘RILGANLAR

* Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik xususiyatlari sotuvlar boshlanganda tegishli, ammo kelajakda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin.