Add Wash™ texnologiyali kir yuvish va quritish mashinasi, WD5500K, 8 kg, Oq

Add Wash™ texnologiyali kir yuvish va quritish mashinasi, WD5500K, 8 kg, Oq

WD80K52E0ZW/LD

  • VRT Plus™ texnologiyasi
  • AirWash ™ texnologiyasi
  • EcoBubble ™ texnologiyasi
  • 59 daqiqada yuvish va quritish

Rang tanlang

Rang :

Hajmni tanlang

Tashqi ko‘rinishi yupqa, ichi katta sig‘imli

Yupqa va Katta

Uyingizga zamonaviy ko‘rinish bergan holda yanada ko‘p kiyimlarni yuving. Yupqa dizaynga qaramay, uning katta 8kg sig‘imi sizga bir martada uyum-uyum kirlarni - 16 ta hammom sochiqlarini tezda yuvib tashlash imkonini beradi*. Shu tarzda u sizning tez-tez kir yuvishingizni kamaytiradi, natijada vaqtingiz, elektr energiyasi va suv tejaladi.

* 24" x 47" hajmli hammom sochiqlari hisobidan kelib chiqqan holda keltirilgan.

Kuchli pufakchalar, ajoyib tozalash

Eco Bubble™ rejimi

Pulingizni tejang va kiyimlaringiz rangi va tuzilishini himoya qiling. Eco Bubble™ rejimi kuchli, ammo yumshoq tozalash xususiyatiga ega. Yuvish vositasi pufakchalarga aylanib tezda matolarga singib kirni osongina olib tashlaydi. Sovuq suvda (15°C)* ham bir xil samarali yuviladi va elektr energiyasi kamroq sarflanadi **.

* IEC (Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi) 60456-2010 standartlariga muvofiq / Eco Bubble texnologiyasidan (WF0702WKU) foydalanmasdan 40°C haroratda “Cotton” (Paxta) rejimida yuvish bilan sovuq suvda (WF80F5E5U4W) 4kg yukni / Super Eko yuvish rejimida yuvish bilan taqqoslash asosida sinovdan o‘tkazilgan. Alohida natijalar farqlanishi mumkin.** Odatdagi yuvish vositasi va pufakchalar bilan yuvish texnologiyasining mexanik kuchlanishsiz ta’sirini taqqoslagan Springboard Engineering laboratoriyasining EMPA mato qirqimlari ustida olib borilgan sinov natijalari bo‘yicha hisobotga asoslangan.

Kiyimlaringizni havo bilan yangilang va tozalang

Air Wash rejimi

Suv va yuvish vositalarisiz kiyimlaringizni gigiyenik toza tuting. Air Wash texnologiyasi kiyimlaringizdagi noxush hidlarni yo‘q qiladi va tozalaydi, natijada ular doimo yoqimli va toza hid taratadi. Noxush hid va bakteriyalar shunchaki qizigan havo yordamida yo‘q qilinadi. Qaynatish yoki qimmat va potensial zararli kimyoviy moddalarga hojat yo‘q.

Gigiyenik tozalash

Hygiene Steam rejimi

Bug‘ yordamida kiyimlaringizning chindan ham chuqur va gigiyenik tozalanishini ta’minlang. Hygiene Steam jarayoni kir yuvishingizda tozalash sifatini dastlabki urinishlarsiz yaxshilaydi. U barabanning pastki qismidan bug‘ chiqaradi, shuning uchun har bir narsa yaxshilab tozalanadi. Bunda singib ketgan kir va bakteriyalarning 99,9%* tozalanadi va allergenlar yo‘q qilinadi**.

* Intertek Test hisoboti Hygiene steam dasturiga asoslangan. ** BAF hisoboti Hygiene steam dasturiga asoslangan

Inrensiv tozalash

Bubble Soak funksiyasi

Kiyimlar qay darajada kir bo‘lishiga qaramasdan ularga ajoyib tozalik taqdim eting. Bubble Soak funksiyasi qon, choy, may, pardoz va ko‘kat singari singib ketgan turli dog‘larni yo‘qotishga yordam beradi. Kiyimlar faol pufakchalar yordamida yaxshilab namlanadi, shuning uchun har qanday kir va dog‘lar yumshaydi va ularni ancha samarali olib tashlash mumkin bo‘ladi*.

* IEC 60456 5-nashr bo'yicha sinovdan o'tkazildi/Cotton Cold/40/60 °C (yuklash hajmi 9 kg), Bubble Soak Wash (WW90J6410CW) va Bubble Soak Wash (WW90J6410CW) bilan sintetik 40 °C (yuklash hajmi 4 kg) bo'yicha sinovdan o'tkazildi.

* IEC 60456 5-nashr bo'yicha sinovdan o'tkazildi/Cotton Cold/40/60 °C (yuklash hajmi 9 kg), Bubble Soak Wash (WW90J6410CW) va Bubble Soak Wash (WW90J6410CW) bilan sintetik 40 °C (yuklash hajmi 4 kg) bo'yicha sinovdan o'tkazildi.

Shovqinsiz, kuchli va bardoshli ishlash jarayoni

Digital Inverter texnologiyasi

Katta energiya samaradorligidan, kamroq shovqindan va uzoq muddatli xizmat ko‘rsatishidan zavqlaning. Digital Inverter Technology Universal Motorga qaraganda kamroq energiya sarflagan holda shovqinsiz va samaraliroq ishlashni ta’minlash uchun kuchli magnitlardan foydalanadi. U 10 yillik kafolat bilan ta’minlangan ajoyib barqarorlik bilan* ta’minlaydi.

* Germaniyaning Elektrik, Elektron va Axborot Texnologiyalari bo‘yicha (Verband Deutscher Elektrotechniker – VDE) Uyushmasining 23 yillik chidamlilik sertifikati bilan taqdirlangan.

Shovqinsiz yuvish rejimi

VRT Plus™

Hech kimni bezovta qilmagan holda istagan vaqtda va joyda kir yuving. VRT Plus™ texnologiyasi yuvish paytida* hatto yuqori tezlikda ham shovqin va tebranishni kamaytiradi. 3 o‘lchamli tebranish sensori zanglamaydigan po‘latdan yasalgan to‘plarni kir yuvishingizga teskari yo‘nalishda aylantirib, barabanni mukammal muvozanatda ushlab turadi.

* VRT Plus texnologiyasisiz an’anaviy Samsung modeli bilan solishtirganda.

59 daqiqa yuvish va quritish

59' Yuvish + Quritish

Bir soat ichida kiyimlaringizni tozalab kiyishga tayyor holga keltiring. 59’ Yuvish+Quritish davri kichik hajmli biroz ifloslangan kirlarni yuvadi, siqadi va aylantiradi va atigi 59 daqiqada hamma narsani yaxshilab quritadi**. Shunday qilib, siz istalgan choyshabdan foydalanishingiz yoki kiyimlaringizni yuvgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiyish bilan bir vaqtning o‘zida vaqt va elektr energiyasini tejashingiz mumkin.

* Quritishning maqbul ishlashi uchun "15' Tez yuvish" va "Quruq variant" davrlari 0,8kg dan kam yuklangan bo’lishi kerak, bu taxminan 3 ta sintetik kiyimga teng.** 18 daqiqa yuvish vaqti va yana quritish vaqti yoki umumiy 41 daqiqa vaqt.

Uzoq muddat ishlatish

Ceramic Heater +

Ceramic Heater + funksiyasi yordamida kir yuvish mashinangizdan yanada uzoqroq foydalaning. Uning patentlangan dizayni* noyob yopishqoqlikka qarshi material va mikrotuzilishdan qilingan qoplamaga ega. U issiqlik o‘tkazuvchanligini sekinlashuviga olib keladigan ohakli qatlam yuzaga kelishini** oldini oladi. Shunday qilib, isitgich ish samaradorligini ancha uzoqroq saqlaydi.

* Patent uchun ariza raqami: 10-2012-0029920 Koreya, Xitoy, Yevropa va AQShda. ** Sinov Samsung WF60F4E0N0W/ET kir yuvish mashinasida an’anaviy isitish elementi bilan Ceramic Heater + isitish elementini solishtirish asosida o‘tkazildi. Sinov natijalari qattiq suvda isitgichning vazn o‘zgarishidan mustaqil ravishda tekshirishga asoslangan.

Texnik xususiyatlari

  • Kir yuvish mashinasi sig'imi 8 kg
  • Pufakchalar hosil qilish texnologiyasi Ha
  • VRT Ha
  • Energiya samaradorligi turi B
  • Jismoniy xususiyatlar 600 x 850 x 456 mm
  • Sof og'irligi 72 kg

{{family.currentModel.displayName}}

{{family.currentModel.modelCode}}

Rang :
{{model.prices.currentPriceDisplay}}
Oyiga {{model.prices.monthlyPrice}} dan {{model.prices.months}} mos
yoki {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price without VAT: {{model.prices.vatFreePriceFormatted}}

Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}

Price before: {{model.prices.priceDisplay}}

{{model.prices.priceDisplay}} {{model.prices.savePrice}}
  • {{summary.title}}

    {{summary.value}}{{summary.unit}}

  • {{summary.title}}

Modellarni solishtiring

O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang

YAQIN O‘TMISHDA KO‘RILGANLAR

From $159.00/mo or $125,900.500
$1,000.00 Save $1,000.00

* Asosiy funktsiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin