Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Asosiy xususiyatlari
Xususiyatlari
Tomoshangizni ohanglar simfoniyasi bilan boyiting
*Roon xizmatidan foydlanish uchun alohida qurilma yoki ilova xarid qilish talab etiladi.Asosiy xususiyatlari
Haqiqiy 11.1.4 kanalli to'liq hajmli tovush
Sizni har tomondan o'rab turuvchi betakror qamrovli tovush
11 ta frontal va hajmli tovush ijrosi, jumladan orqa dinamiklar, 1 sabvufer kanali va 4 ta yuqoriga yo'naltirilgan kanallar — bularning barchasi haqiqiy qamrab oluvchi ijro uchun.
*11.1.4 kanal (11 ta frontal va qamrovli kanallar, 1 ta sabvufer kanali va 4 ta yuqoriga yo'naltirilgan kanallar). Chiziqli bo'lmagan AI boshqaruv texnologiyasi to'plamdagi 8 dyuymli ikki darajali aktiv simsiz sabvuferda foydalaniladi. To'plamda yuqoriga yo'nalgan ort simsiz 4.0.2 kanalli dinamiklar mavjud.
Yangi sabvufer
Ixcham sabvuferdagi kuchli baslar siz joylashgan muhitga ayni mos keladi. Endi oritqcha shovqinlarni minimallashtirish va bas tovushini asl g'oyadagi tovush kabi ijro etish uchun sun’iy intellekt asosidagi chiziqli bo‘lmagan boshqaruv bilan.
To'plamda ort dinamiklar mavjud
Ikkit yuqoriga yo'nalgan simsiz dinamiklar kinoteatrdagi kabi tovush ijrosini ta'minlaydi. Ularni old yoki orqa tomondan joylashtiring va yuqoridan ijro etilib, shiftdan aks ettiriluvchi qamrab oluvchi tovushdan zavq oling.
Qaysi imkoniyatlar saundbarning ajoyib sifatini ta'minlaydi
Tovushga to'liq sho'ng'ish uchun ishlab chiqarilgan mazkur saundbar korpusga strategik tarzda o'rnatilgan 3 turdagi dinamiklarga ega — frontal ①, yon ②, yuqoriga yo'nalgan ③. To'plamga shuningdek 2 ta 8 dyuymli dinamiklarga ega sabvufer ④ va ort dinamik kiradi.
Simsiz Dolby Atmos
Oldindan o'rnatilgan kinoteatrdagi kabi tovush
O'zingizni mukammal uch o'lchamli tovush bilan qamrab oling. Simsiz Dolby Atmos bilan saundbarga ulanish orqali siz kinoteatrdagi kabi har bir tovushni yuqoridan va atrofingizdan aniq eshitasiz.
*WI-Fi orqali simsiz Dolby Atmos uzatish 2022-2025-yillarda ishlab chiqarilgan Samsung televizorlarida qo'llab-quvvatlanadi. Dolby Atmos qo'llab-quvvatlovchi mos kontent talab etiladi.
Q-Symphony texnologiyasi
Televizor va saundbar uyg'unligi
Q-Symphony texnologiyasi yordamida sun'iy intellekt ovozlar va fondagi tovushlarni ajratib oladi hamda ularni optimal kanal orqali ijro etadi. Natijada dialoglar tiniqroq ijro etiladi, televizor va saundbarning dinamiklari esa mutlaq uyg'unlikda ishlab, tomoshabinni uch o'lchamli tovushga sho'ng'ishiga yordam beradi.
*Q-Symphony texnologiyasidan foydalanish uchun 2022-2025-yillarda ishlab chiqarilgan mos Samsung televizorlari talab etiladi (2022-yilda ishlab chiqarilgan modellar uchun BU8000 va undan yuqori, 2023-yilda ishlab chiqarilgan modellar uchun CU7000 va undan yuqori, 2024-yilda ishlab chiqarilgan modellar uchun DU7000 va undan yuqori hamda 2025-yilda ishlab chiqarilgan modellar va 2022-2025-yillarda ishlab chiqarilgan The Frame modellari uchun U8000F va undan yuqori versiyalar).
SpaceFit Sound Pro funksiyasi
Sizning muhitingizga mos mukammal tovush sozlamasi
Xonangiz o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holada sozlangan ajoyib tovush ijrosidan zavq oling. Saundbar tashqi muhitni tahlil qiladi hamda tovush ijrosini unga moslaydi hamda tovushning eng yuqori tiniqligi va sho'ng'ish effektini ta'minlash uchun bass tovushlarni ham optimallashtiradi.
Har bir so'z tiniq eshitiladi
Active Voice Amplifier (AVA) Pro ovozni kuchaytirish texnologiyasiShovqin xonada bo'lsangiz ham siz hech bir so'zni o'tkazib yubormaysiz. AVA Pro texnologiyasi tashqi shovqin va siz ko'rayotgan kontentga muvofiq tarzda ovoz ijrosini oshirishi natijasida siz hech qaysi suhbatni o'tkazib yubormaysiz va kontentni ortga qaytarmaysiz.
Moslashuvchan tovush
Har bir sahnadagi tovush ijrosini optimallashtirishHar bir sahna uchun ayni g'oyada o'ylangan tovush ijrosini ta'minlang. Saundbar siz tomosha qilayotgan kontentni avtomatik tarzda aniqlaydi hamda audio sozlamalarini avtomatik tarzda moslab, sizga tiniq ovozlar va aniq tovush ijrosidan zavq olish imkonini beradi.
Game Pro o'yin rejimi
Dinamik tovush yordamidagi o'yinga sho'ng'ishBoy uch o'lchamli tovush ijrosi bilan o'yinga to'liq sho'ng'ing. Saundbaringiz Samsung televizorig ulangan o'yin konsolini aniqlab, tovushni avtomatik tarzda sozlaydi.
*O'yin konsoli alohida sotib olinadi. Qurilmalarning mosligi farq qilishi mumkin.
O'rta bosimli bas
Chuqur bass tovushlardan tun vaqtida ham zavq olingSaundbar doimo kuchli bass tovushlarni ijro etish uchun yaratilgan. Sabvuferingiz o'chirilgn bo'lsa ham asosiy saundbar tomosha paytida sizni yuqori sifatli bass tovushlar bilan shod etadi.
Alohida ort akustika
Televizorni faqat ort dinamiklar bilan tomosha qilingTomosha vaqtida hech kimga xalal bermang. Siz ort dinamiklardan tashqari barcha dinamiklarni o'chirib, audio ovozini pasaytirishingiz mumkin.
Tovushni guruhlash
Muhitni tovush ijrosiga to'ldiruvchi ort dinamiklar yordamidagi guruhli ijroOrt dinamiklarni saundbar bilan sinxronlang va uyg'un ijrodan zavq oling. Muhitni to'ldirib, tovushga sho'ng'ish effektini taqdim etuvchi musiqa qaynoq taronalarga raqs tushish uchun ayni mos keladi.
Ovozli yordamchi va musiqa strimingi
Sevimli ijrodan xavq olish uchun ko'proq imkoniyatlarGoogle Assistent o'rnatilgan qurilmadan foydalangan holda saundbaringizni ovoz bilan boshqaring. Shuningdek, Google Cast yoki Spotify Connect orqali audio va sevimli taronalaringizni saundbarga uzatishingiz mumkin. AirPlay orqali esa o'z iPhone va iPad qurilmalaringizdagi sevimli musiqa va podkastlaringizni tinglashingiz mumkin.
AirPlay
Sevimli musiqangizni saundbarga uzatishApple AirPlay bilan iPhone yoki iPad qurilmalaringizdagi sevimli musiqa va podkastlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Saundbarga ulanish uchun Apple qurilmasidagi AirPlay belgisini bosing.
HDMI eARC va HDMI 2.1 texnologiyalari
Sifatli tovushni mukammal uzatishSaundbarning HDMI eARC va HDMI 2.1 texnologiyalari televizor va ulangan qurilmalardagi mukammal tovush ijrosini ta’minlaydi. Endi siz Dolby Atmos kabi uch o‘lchovli audio formatlarini yuqori sifatda tinglashingiz mumkin.
*HDMI 2.1. standart talablari asosida 4K@120 Gs chastotani qo'llab-quvvatlash. Mos televizorlar, manba qurilmalari va maxsus kontent talab etiladi.
SmartThings ilovasi
SmartThings ilovasi bilan moslikSmartThings ilovasi orqali saundbarni boshqarish qulayligiga baho bering. Sozlamalarni o‘zgartirish, guruhli ijro funksiyasini yoqish yoki ovozli yordamchi va musiqa strimingiga kirish uchun saundbarni mobil qurilmaga Wi-Fi orqali ulang.
* SmartThings ilovasi o‘rnatilgan Android 9.0 va undan yuqori versiyalari yoki iOS 15.0 va undan yuqori versiyalari (talablar dasturiy yangilanish bilan o‘zgarishi mumkin) mobil qurilmasi talab qilinadi. * Har bir qurilma Wi-Fi tarmog'iga ulangan bo‘lishi talab etiladi. * SmartThings ilovasini yuklab olish va o‘rnatish talab etiladi. * Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. * Guruhli ijro 5 tagacha qurilmada ishlaydi va bitta Wi-Fi tarmog‘ida 5 GGs chastotali aloqani talab etadi. * Mavjud funksiyalar mamlakat, xizmat provayderi, tarmoq muhiti va mobil qurilmaga bog‘liq hamda ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.
Oldindan o'rnatilgan SmartThings hub
Maishiy qurilmalaringizni SmartThings yordamida boshqaringSaundbarga oldindan o'rnatilgan xab funksiyasidan Zigbee kabi mos qurilmalarga SmartThings orqali ulanish va boshqaruv uchun foydalaning.
Televizorga simsiz ulanish
Saundbarni televizorga simsiz ulashBir nechta sodda qadamda saundbarni Wi-Fi yoki Bluetooth orqali Samsung televizoriga ulang. Natijada audio va video uzatish mukammal sinxronlanadi hamda to‘liq immersiya effektini yaratadi.
*Bluetooth yoki Wi-Fi funksiyalarini qo'llab-quvvatlaydigan Samsung televizorlari uchun amal qiladi.Yagona boshqaruv pulti
One Remote Control pultiSizning Samsung boshqaruv pultingiz nafaqat televizor uchun mos keladi. Uning yordamida saundbarni yoqish/o'chirish, tovush balandligi va tovush effektlari kabi funksiyalarini boshqarishingiz mumkin.
Samsung tovush laboratoriyasi
Innovatsion Tovush texnologiyalari mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan. Soundbar bizning Kaliforniyadagi tovush laboratoriyamizda sinovdan o‘tkazilib va kalibrlanib, u yerda eng yaxshi ovoz muhandislari barqaror hajmli tovushni yaratish uchun ilg‘or akustik texnologiyalardan foydalanadilar.
*Tasvir namuna maqsadida taqdim etilgan. Har bir komponent uchun alohida quvvat kabeli talab etiladi. Mahsulotning ish unumdorligiga ta'sir qilmaydigan texnik xususiyatlar va tashqi ko'rinishi oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin. *Haqiqiy mahsulot taqdim etilgan tasvirdagidan farq qilishi mumkin. Mahsulotlarimiz galereyasi bilan tanishib chiqing.