Saytimizga kirganingizdan va undagi ma’lumot bilan tanishganingizdan mamnunmiz. Sizga ushbu ma’lumotni shaxsiy maqsadlarda chop etish va shaxsiy kompyuteringizda saqlashga ruxsat beramiz. Biroq, sizga Samsung Electronics Central Eurasia asosiy va qo‘shimcha saytlariga tashrif buyuruvchilar uchun o‘rnatilgan ba’zi yuridik xarakterdagi cheklovlar haqida xabar bermoqchimiz va quyida keltirilgan barcha qoidalarga amal qilishingizni so‘raymiz.

Saytda Samsung Electronics Central Eurasia kompaniyasining shaxsiy mulki bo‘lgan ma’lumotlari mavjud. Ushbu mulk mualliflik huquqi, savdo markalari va texnologiya haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi. Yuqorida aytilganlarning hammasi matnlar, grafika, audio, video va yuklab olinuvchi ma’lumotlar, manbalarga havolalar yoki kodlar ko‘rinishida taqdim etilgan. Samsung Electronics Central Eurasia Corporation kompaniyasi yuqorida sanab o‘tilgan materiallarga Samsung kompaniyasining foydalanuvchilariga mo’ljallangan va sizning qulayligingiz uchun taqdim etilgan barcha huquqlarga ega. Korporatsiya yuqorida ko‘rsatilgan materiallarning hech biriga litsenziya yoki mulk huquqini bermaydi.

Samsung Electronics Central Eurasia Corporation korparatsiyasi asosiq va qo‘shimcha saytlarda berilgan ma’lumotlarning aniqligi, to‘liqligi va ishonchliligini kafolatlay olmaydi. Shuning uchun, bizdan yozma ravishda xabar olmaguningizcha, yuqoridagi saytlarda e’lon qilingan ma’lumotlarga to‘liq ishonishingiz mumkin emas.

Veb-saytda joylashtirilgan ma’lumotlarga to‘liq tayanmang va undan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, sotish yoki boshqa operatsiyalar uchun foydalanmang. Shuni unutmangki, bu erda taqdim etilgan ma’lumotlar har doim ham boshqa mamlakatlarning tartibga solish organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarning oshkor etilmasligi talablariga, shuningdek, AQSh Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiyasining talablarini o‘z ichiga olgan holda ammo ular bilan cheklanmagan holda, muvofiq kelmaydi.

Ma’lumot Samsung Electronics Central Eurasia Corporation korporatsiyasi tomonidan “bo‘lgani kabi” (hech qanday yordamisiz yoki kafolatsiz) taqdim etilgan. Korporatsiya har qanday aniq yoki ko‘zda tutilgan kafolatlar, shu jumladan, ushbu yerda keltirilgan har qanday xizmatlar va materiallarning aniq maqsadlari uchun sotib olish, sotish yoki foydalanish bilan bog‘liq barcha kafolatlardan voz kechishini tasdiqlaydi.

Hech qanday sharoitda Samsung Electronics Central Eurasia Corporation korporatshyasi ushbu yerda taqdim etilgan xizmatlar va materiallardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita, tasodifiy, jarimaviy yoki boshqa har qanday zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.

Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq ma’lumotlar yoki veb-saytlarda keltirilgan boshqa har qanday ma’lumotlar Samsung Electronics Central Eurasia tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq biron bir taklifni anglatmaydi va bu kabilarni sotib olish niyatini nazarda tutmaydi.

Asosiy yoki qoshimcha saytlardan istalgan ma’lumotlarni yuklab olishga ijozat brilganliga qaramasdan, Samsung Electronics Central Eurasia Corporation korporatsiyasi taqdim etilgan barcha matn va grafik materiallar uchun mualliflik huquqlari va savdo belgilarini o‘zida saqlab qoladi. Korporatsiya ulardan har qanday shaklda yoki shaxsiy maqsadlardan tashqari biror-bir maqsadda, har qanday tarzda foydalanish huquqini bermaydi.

Internetda maxfiylikni ta’minlash siyosati

Samsung Electronics Central Eurasia korporatshiyasi barcha harakatlaini Internetdagi shaxsiy ma’lumotlaringiz maxfiyligini ta’minlashga qaratadi. Siz borangizda Internet orqali olingan ma’lumotlarning xavfsizligini unga aloqador bo‘lgan har qanday sharoitdan qat’iy nazar maksimal darajada ta’minlashga intilamiz. Samsung korporatsiyasi taqdim etilgan ma’lumotlardan (agar mavjud bo‘lsa) faqat saytimizdan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash, uning tarkibini rivojlantorish va takomillashtirish uchun foydalanadi. Biz tomondan olingan shaxsiy ma’lumotlar faqat sizning so‘rovingizga javob berganda, buyurtmangizni ko‘rib chiqishda yoki sizuchun maxsus ma’lumotlarga kirishga imkon berilganda qo‘llanishi mumkin. Ba’zi hollarda biz ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash uchun yanada rivojlangan mexanizmlarga ega bo‘lgan Samsung korporatsiyasining bo‘linmalariini elektron pochta manzillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaymiz.

Sizni ma’lum bir turdagi ma’lumot bilan ta’minlash uchun cookie qo‘llanishi mumkin. Ular veb-sayt sizning brauzeringizga yuborishi mumkin bo‘lgan va keyinchalik kompyuteringizning qattiq diskida saqlanadigan ma’lumotlarni katta bo‘lmagan parchasini tashkil etadi, bu veb-saytga keyingi kirishlaringizda sizni osongina tanishga xizmat qiladi. Siz brauzeringizni shunday brauzeringizni sozlashingiz mumkin ki, cookie qabul qilinganda sizni xabardor qiladi.

Samsung Electronics Central Eurasia korporatsiyasining veb-saytida boshqa saytlarga havolalar mavjudligini esda tuting. Biz o‘zimiz kabi ma’lumotlarning yuqori sifati va ma’lumotlar maxfiyligiga nisbatan ehtirom bilan tanilgan saytlarga havolalarni nashr etishga harakat qilamiz. Shunday bo‘lsada, biz boshqa saytlarning mazmuni va ularning maxfiylikni ta’minlash siyosati uchun javobgar bo‘la olmaymiz.