Qanday qilib yangi sovutgichni tanlash kerak?

Turi, o'lchami, uslubi va rangi, hamda hayotingizni yanada qulaylashtirishga qodir innovatsion funksiyalari bo'yicha taqqoslang.

Nimalarga e'tibor qaratish kerak?

01
Turi
Sovutgich turlari bilan tanishing: fransuz eshikli, vertikal bo'lingan, muzlatish kamerasi yuqorida va pastda hamda bir eshikli modellar.
02
Hajmi
Sizdagi bo'sh joyga, hayot uslubingizga va oila a'zolaringiz soniga mos variantni tanlang.
03
O'rnatish
Sovutgichlar o'rnatish turiga qarab bo'lingan: alohida turadigan modellar saqlash uchun ko'proq joy taqdim etadi, o'rnatiladiganlari esa interyeringiz bilan uyg'unlashib, yagona va yakunlangan obraz yaratadi.
04
Tugatish va tashqi ko'rinish
Turli ranglar va fakturalar asosida interyeringizni yangilang.
05
Asosiy funksiyalar
Asosiy funksiyalar to'plami siz va oilangiz talablariga bog'liq.

Qaysi turdagi sovutgich menga ko'proq mos keladi?

Samsung sovutgichlari turli konfiguratsiyalarda taqdim etilgan. Eshik turlarining keng tanlovi evaziga siz hayot tarzingizga to'liq mos keladigan, mukammal saqlash tizimiga ega modelni tanlashingiz mumkin.

Bir eshikli (sovutgich/muzlatgich)

Baland bir eshikli modellar ham sovutgich ham muzlatish kamerasi bo'lishi mumkin. Ularni birlashtirib, siz keng sig'imli saqlash tizimi effektini yaratasiz.

Muzlatish kamerasi pastda

Muzlatish kamerasi pastda joylashgan an'anaviy sovutgich. Sizning talablaringizga qarab turli balandlikdagi variantlar mavjud.

Muzlatish kamerasi yuqorida

Ommabop muzlatish kamerali sovutgich turi. Muzlatish kamerasi sovitish bo'limi ustida joylashgan bo'lib, mahsulotlarni oson olish imkonini beradi.

Side-by-Side

Joy tejamkorligi va ajoyib sig'im. Tor eshiklari tufayli sovutgich ochilgan holatida juda kam joyni egallaydi va kichik maydonli oshxonalar uchun mukammal yechim bo'la oladi.

French Door

Salmoqli sig'imi va puxta o'ylangan maydon mahsulotlarni qulay saqlash va tartibli joylashtirish imkonini beradi. Katta oilalar uchun ma'qul yechim.

Qaysi muzlatish kamerali sovutgich menga mos keladi?

Avvalo, oshxonangizdagi mavjud joyni aniqlab oling. So'ngra, qaysi sig'im va ichki tuzilishga ega sovutgich kerakligini tanlang.

Qaysi o'rnatish usulini tanlashim kerak?

O'rnatish usuliga qarab sovutgichlar alohida turadigan va o'rnatiladigan modellarga bo'linadi.

Rang va qoplamalar

Interyeringiz bilan uyg'unlik yaratishi va dizayn nafisligini qayd etishi mumkin bo'lgan ranglar va qoplamalar palitrasiga baho bering.

Aqlli funksiyalar

Sovutgichdan-da afzalroq.

Sovitish funksiyalari

Ilg‘or sovitish texnologiyalari mukammal saqlash sifati va optimal namlik darajasini ta'minlaydi.

Asosiy funksiyalar

Asosiy funksiyalar to'plami oilangiz talablariga bog'liq.

Siz uchun tavsiyalar

  • Modelarning mavjudligi va ularning funksional imkoniyatlari mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.
  • AI Home tarmoq xizmatimiz, jumladan, ilovalar va boshqa aqlli funksiyalardan sovutgich orqali foydalanish uchun Wi-Fi tarmog'iga ulanish va Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Samsung hisob qaydnomasini yaratish yoki unga kirish uchun alohida qurilma, masalan, noutbuk/kompyuter yoki mobil qurilmadan foydalanishingiz kerak bo‘lishi mumkin. Agar hisob qaydnomangizga kirmasangiz, SmartThings ilovasida mavjud xizmatlar va telefon chaqiruvlari funksiyalari kabi AI Home tomonidan taqdim etiladigan hech qanday funksiyalardan foydalana olmaysiz. AI Home orqali mavjud retseptlar va Bixby tavsiyalari sun’iy intellektdan (aniqlikni oshirish uchun vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin bo‘lgan chuqur o‘rganish modellariga asoslangan) foydalanadi. Sun’iy Intellekt retseptlari tavsiyalaridan foydalanish uchun SmartThings ilovasida AI Home bosh menyusidagi "Taom" xizmatini bosing.
  1. Faqat ayrim modellar uchun mavjud. Qo'shimcha panel alohida sotib olinadi. 
  2. Tasvir faqat namuna maqsadida modellashtirilgan va haqiqiy mahsulotning aniq tasviri bo'lmasligi mumkin.
  3. Sahnalar faqat namuna maqsadida taqdim etilgan va haqiqiy mahsulot yoki uning funksiyalarining aniq tasviri bo'lmasligi mumkin.
  4. IEC 62885-2, CL.5.11 standarti asosidagi ichki sinov natijalariga asoslanadi. Natijalar haqiqiy foydalanish sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin.