Salomatlik

Ongli ravishda nafas olishning quvvati

Uy sharoitida nafas olish mashqlari yordamida stressni chiqarib yuboring

Ichki Dzeningizni topish uchun uzoqdagi tog’ning cho’qqisiga chiqishingiz shart emas. Shunchaki mehmonxongizdagi konditsioneringizni yoqing va tiniq tafakkuringizga erk bering. Man unga qanday erishishim mumkin.

Burushgan lab bilan nafas olish

Ushbu oddiy usul nafas olish sur'atini sekinlashtirishga; uni yanada maqsadli va samaraliroq qilishga mo'ljallangan. Bu har qanday vaziyatda stress va xavotirni boshqarishga yordam beradigan tana va ongni tinchlantiradigan kuchli vositadir.

Bu qanday qilinadi:
- Bo’ynignizni boshashtiring va yelkalaringizni tushiring.
- Yopiq og’iz bilan 2-4 soniya davomida burningizdan sekin nafas oling.
- Huddi xushtak chalgandagidek lablaringizni dumaloq qiling.
- 4 gacha sanab nafasingizni chiqaring.

Diafragmadan nafas olish

Diafragma orqali nafas olish chuqur nafas olish uchun muhim mushak bo’lgan sizning diafragmangizni kuchaytiradi. U shuningdek stressni kamaytiradi, qon bosimini tushiradi va jismoniy, hamda aqliy tomondan sizning farovonligingizda sezilarli o’zgarish kiritadi.

Bu qanday qilinadi:
- O’tirib oling yoki chalqancha yoting.
- Yelkalarinigizni bo’shashtiring.
- Bir qo’lingizni ko’kragingizga, ikkinchisini esa qorningizga qo’ying.
- Burningizdan nafas oling va ikkigacha sanang.
- Lablaringizni buring, oshqozoningizga sekingina bosing, va 2 soniya davomida sekinlik bilan nafasni chiqaring.
- Uch-besh marotaba takrorlang.

Nafas olish qulayligi

O’zingizni xavotirli his qilganingizda, nafas olishingiz tezlashadi va chuqur bo’lmaydi. o’pkangizni nafas bilan to’liq to’ldirish uchun tanangizga qulay bo’lgan muhitda, mukammal o’z-o’zini tetiklantiruvchi haroratda o’tirib olishingiz kerak. Wind-Free texnologiyasi hech qanday noqulayliklarsiz va to’g’ridan to’g’ri sovuq havo oqimisiz sizga salqin ichki iqlimni yaratib beradi.

Har bir xonada musaffo havo nafasi.

Har doim salqin va shinam uyda bo’ling

Ushbu hikoyalarni o'qing

O'zingizni asrang.
Bardam bo'ling.

O'z uyingizni havfsiz va ozoda saqlang