Jonli sport oʻyinlari endi yuqor tasvir sifatida
Immersiv sport tomosha hissini taqdim etuvchi eng zoʻr funksiyalarimiz bilan tanishing
Oʻta yirik Samsung televizori
Jonli sport oʻyinlariga moslashtirilgan AI texnologiyasi
Turli sport kontentlari
Sport turi qanday boʻlishidan qatʼi nazar Samsung AI protsessori barcha jihatlarni hisobga oladi
AI Protsessor
Televizoringizni jahon darajasidagi gʻolibga aylantiruvchi asosiy vosita bilan tanishing. Samsung'ning inqilobiy AI protsessori ijro etilayotgan kontent turini tahlil qiladi, soʻng rasm va ovozni unga mos ravishda optimallashtiradi. Beysbol va voleyboldan tortib, yengil atletikagacha har bir oʻyin va sportning eng qizgʻin onlarini his eting.
- * Tomosha hissi kontent turlari va formatiga qarab farq qilishi mumkin.
- * 8K/4K AI kattalashtirish shaxsiy kompyuter ulanishi va oʻyin rejimiga taalluqli boʻlmasligi mumkin.
- * AI protsessori QN900D (NQ8 AI Gen3), QN800D (NQ8 AI Gen2), QN95D, QN90D, QN87D, QN85D, S95D, S90D, S85D, Q80D, (NQ4 AI Gen2) modellariga taalluqli.
Har bir toʻqnashuvning hal qiluvchi lahzasini tiniqlashtiring
AI yordamida 8K / 4K kattalashtirish
Bizning AI kattalashtirish texnologiyamiz turli manbalardan, jumladan, past sifatli jonli efirlardan olingan kontentni 4K yoki 8K oʻlchamiga oshirishda AI neyron tarmoqlaridan foydalanadi. Barcha sevimli sport oʻyinlaringizni oʻta yuqori oʻlchamda tomosha qiling va muhim tafsilotlarni oʻtkazib yubormang.
- * Tomosha hissi kontent turlari va formatiga qarab farq qilishi mumkin.
- * 8K/4K AI kattalashtirish shaxsiy kompyuter ulanishi va oʻyin rejimiga taalluqli boʻlmasligi mumkin.
- * NQ8 AI Gen3 protsessori faqat QN900D modeliga taalluqli.
Koʻzlaringizni tezkor toʻpdan uzmang
AI Motion Enhancer Pro
Tezkor harakatlarni jonli ravishda kuzatib boring. AI Motion Enhancer Pro uchib kelayotgan toʻplar kabi dinamik obyektlar uchun harakatni silliqlashtiradi va xiralikni kamaytiradi, shunda siz hayajonli startdan tortib yurak urishini tezlashtiruvchi yakungacha nimalar boʻlayotganini aniq koʻra olasiz.
- * Tomosha hissi kontent turlari va formatiga qarab farq qilishi mumkin.
- * AI Motion Enhancer Pro/AI Motion Enhancer shaxsiy kompyuter ulanishi va oʻyin rejimiga taalluqli emas.
- * AI Motion Enhancer Pro QN900D modeliga, AI Motion Enhancer esa QN800D modeliga taalluqli.
Katta ekranda musobaqaning jonlanishini tomosha qiling
Oʻta katta tasvirni qayta ishlovchi
Samsung hatto katta ekranlarda ham immersiv va real tafsilotlarni taqdim etadi. Bizning oʻta yirik televizorlarimiz kattaroq ekran oʻlchamlari uchun rasm sifatini optimallashtirish maqsadida AI texnologiyasidan foydalanadi. Natijada super tiniq va jonli harakatga ega keng tasvir paydo boʻladi.
* AI protsessori QN900D (NQ8 AI Gen3), QN800D (NQ8 AI Gen2), QN95D, QN90D, QN87D, QN85D, S95D, S90D, S85D, Q80D, (NQ4 AI Gen2) modellariga taalluqli.
Ovoz sifati
Oʻzingizni basketbol oʻyiniga tushib qolgandek his qiling
Dolby Atmos® & Object Tracking Sound
Atrofingizda sodir boʻlayotgan oʻyinni dinamik energiya bilan eshiting. Televizorimizning karnaylari bir nechta yoʻnalishda sizni oʻyinchilar qatoriga qoʻshuvchi 3D surround tovushlarni tarqatadi. Bir vaqtning oʻzida bizning AI texnologiyamiz harakatlanuvchi obyektlarni tovush maydonida aniq joylashtirish uchun ularni kuzatib boradi.
- * Dolby Atmos Q80D va undan yuqori televizor modellariga taalluqli.
- * OTS DU7000↑ modellariga (OTS Pro : QN900D / OTS+ : QN800D, QN95D, QN90D, S95D / OTS : QN87D / OTS Lite QN85D, S90D, S85D, Q80D, Q70D, Q60D, DU8000, DU7000) taalluqli.
- * Yuqori kanalli karnaylarning mavjudligi modelga qarab farq qilishi mumkin, batafsil maʼlumot uchun mahsulot tafsilotlari sahifasiga qarang.
Oʻyindagi har bir hayqiriq va olqishni eshiting
Active Voice Amplifier Pro
Atrofingizda nima boʻlayotganidan qatʼi nazar ekrandan kelayotgan har bir soʻz va baqiriqni aniqlik bilan eshiting. Bizning AI texnologiyamiz xonangizdagi shovqin darajasini aniqlaydi va shunga mos ravishda nutqli audioni moslashtiradi, shunda siz oʻyin ichidagi olqishlar, hayqiriqlar va sharhlarni chempionat darajasidagi aniqlik bilan eshita olasiz.
- * Active Voice Amplifier Pro Q70D va undan yuqori televizor modellariga taalluqli.
- * Bu funksiyani TV Menyu > Aqlli rejim > Active Voice Amplifier Pro orqali faollashtirish mumkin. Active Voice Amplifier Pro standart sozlamalarda oʻchirilgan boʻladi.
Hech bir yirik oʻyinni oʻtkazib yubormang
Multi View
Multi View rejimi bilan sport tomosha qilish imkoniyatlarini kengaytiring. Sport tadbirida koʻrmoqchi boʻlgan bir nechta yirik oʻyinlarni bir vaqtning oʻzida tomosha qilish uchun ularning barchasini ekranga joylashtiring. Yanada qiziqarli boʻlishi uchun mobil qurilmangizni televizorda aks ettirib, jonli statistik maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlarni qoʻshing.
- * Ekranlar soni (boʻlingan ekranda) ikkitadan toʻrttagacha oʻzgarishi mumkin va qoʻllab-quvvatlanadigan ilovalar/manbalar televizor modeliga bogʻliq va ogohlantirishsiz yangilanishi mumkin. Samsung akkauntiga kirish talab qilinadi.
- * Mobil uchun Multi View Android 4.2 yoki undan yuqori versiyalarida hamda iOS qurilmalari uchun AirPlay funksiyasi iOS 12.3 yoki undan keyingi versiyalarda Q70D va undan yuqori televizor modellarida qoʻllab-quvvatlanadi.
- * Amaldagi UI koʻrsatilgan tasvirdagidan farq qilishi mumkin.
- * Ekranlar soni (boʻlingan ekranda) ikkitadan toʻrttagacha oʻzgarishi mumkin va qoʻllab-quvvatlanadigan ilovalar/manbalar televizor modeliga bogʻliq va ogohlantirishsiz yangilanishi mumkin. Samsung akkauntiga kirish talab qilinadi.
- * Mobil uchun Multi View Android 4.2 yoki undan yuqori versiyalarida hamda iOS qurilmalari uchun AirPlay funksiyasi iOS 12.3 yoki undan keyingi versiyalarda Q70D va undan yuqori televizor modellarida qoʻllab-quvvatlanadi.
- * Amaldagi UI koʻrsatilgan tasvirdagidan farq qilishi mumkin.
Bizning sport televizorlari qatorimizni koʻring*
Samsung oʻta yirik sport televizorida oʻyinlarni jonlantiring
* Ushbu sahifada keltirilgan funksiyalarning mavjudligi modelga qarab farq qilishi mumkin.