Samsungdan TEZ dasturi – original ehtiyot qismlar bilan tezkor ta’mirlash
Bu qanday ishlaydi
Arizani tezkor rasmiylashtirish
Shunchaki bizga qo‘ng‘iroq qiling. Texnikangiz TEZ dasturiga mos kelishini tekshiramiz
Ustuvor
ta’mirlash
Texnikangizni qabul qilishimiz bilan ta’mirlashni boshlaymiz
Mutaxassis
tashrifi
Agar nosozlikni joyida bartaraf etish mumkin bo‘lsa, mutaxassis o‘zi oldingizga keladi
Original ehtiyot qismlar
Ta’mirlashda faqat original va doimo mavjud ehtiyot qismlardan foydalanamiz
So‘nggi yangiliklar
Ta’mirlashning har bir bosqichi haqida sizni muntazam xabardor qilib boramiz
Ta’mirlash jarayonida kimlar ishtirok etadi
Call-markaz
Arizangizni darhol qabul qilishadi
Servis markazlari
Mutaxassislarimiz texnikaningizni ustuvor tartibda ta’mirlaydi va kelishilgan muddatda yakunlaydi
Logistika
Zarur ehtiyot qismlar servis markaziga tezkor yetkazib beriladi
Texnik qo‘llab-quvvatlash
Zarurat bo‘lsa, Samsung texnik mutaxassislari ham ta’mirlash jarayoniga jalb qilinadi
Ta’mirlash qancha vaqt oladi?
Ta’mirlash muddati hududga qarab farq qiladi. Taxminiy muddatlar bilan quyida tanishing
TEZ dasturi haqida nimalarni bilishingiz kerak?
TEZ – Samsung texnikasi uchun tezkor ta’mirlash dasturi. Agar texnikangiz TEZ dasturi shartlariga mos kelsa, arizangiz qabul qilinganidan so‘ng uni 2 kun ichida ta’mirlab beramiz
Hozirda TEZ dasturi Toshkent shahrida ishlayapti
Dasturga barcha modeldagi sovutgich va kir yuvish mashinalari kiradi. Dastur faqat unda ko‘zda tutilgan nosozliklar aniqlangan texnikaga amal qiladi