Samsung EB-P3400 tashqi akkumulyatori 10.000 mAh 25W bej
Gallery popup
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Xususiyatlari
Yo'l-yo'lakay tezkor quvvatlang
Uydan tashqarida bo‘lsangiz ham tezkor quvvatlash qulayligidan zavq oling. Katta sig‘imi va 25 Vt gacha super tezkor quvvatlanishi tufayli batareya kun davomida qurilmalaringizni bir zumda quvvatlaydi va xuddi shunday o'zi ham tez qayta quvvatlanadi.
* 25 Vt super tezkor quvvatlash funksiyasi faqat bitta qurilmaga ulanganda ishlaydi.** Haqiqiy quvvatlash tezligi haqiqiy foydalanish, quvvatlash shartlari va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.*** Agar qurilmalar quvvatlanmasa, quvvatlash tugmasini 7,5 soniya bosib, 25 Vt batareyani qayta ishga tushiring.
Yashil energiya
Sayyoramizga g‘amxo‘rlik asosida yaratilgan batareya UL tomonidan sertifikatlangan qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan bo‘lib, ular iste’mol chiqindilariga yangi hayot baxsh etadi hamda karbonat angidrid chiqindilarini kamaytiradi va resurslarni tejaydi.
* Batareyaning tashqi qismi UL tomonidan tasdiqlangan qayta ishlangan materiallardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan.** Batareyaning tashqi qismida kamida 20 foizii iste'moldan so'ng qayta ishlangan materiallardan ishlab chiqarilgan.
Qulaylik va zamonaviy uslub bilan foydalaning
Ergonomik dizayn tufayli batareya jozibador va yoqimli ko‘rinishga ega. Korpus chiroyli bezatilgan bo‘lib, u ko‘zga yoqimli ko‘rinadi, egilgan chiziqlar va yumshoq chetlari esa foydalanish paytida qulay ushlash imkonini beradi.
Bir vaqtning o'zida ikkita qurilma uchun quvvat
Bir vaqtda quvvatlash uchun ikkita qurilmani ulang. Batareyadagi ikkita port orqali quvvatlash imkoniyati bir vaqtning o‘zida ikkita qurilmani ulash va ulardan foydalanishni tezda tiklash uchun quvvatlash imkonini beradi.
* Yetkazib berish to‘plamiga faqat bitta kabel kiradi. Ikkinchi kabel alohida sotiladi. **Ikkita qurilmani bir vaqtning o‘zida zaryadlashda har birining maksimal quvvati 9 Vt ni tashkil etadi. *** Optimal natijalarga erishish uchun original Samsung kabellaridan foydalaning. **** Batareyadan boshqa qurilmalar alohida sotiladi.
Boshqa qurilmalar bilan ayni mos keladi
Qurilmalaringizni olib yurganingizda ularni oson quvvatlang. Akkumulyator telefon, planshet va quloqchin kabi turli qurilmalarni oson zaryadlash imkonini beradi.
* Samsung akkumulyatori PD3.0 (PDO, PPS) va SFC modellarini qo‘llab-quvvatlaydi. ** Power Delivery 3.0 USB-C orqali tez zaryadlash uchun USB IF standartidan foydalanadi. Standart USB kabeldan foydalanish tavsiya etiladi. *** Optimal natijalarga erishish uchun, iltimos, Samsung original kabellaridan foydalaning. **** Yetkazib berish to‘plamiga faqat bitta kabel kiradi. Ikkinchi kabel alohida sotiladi. *****Tasvirda ko‘rsatilgan aksessuarlar namunda maqsadida modellashtirilgan. ******Batareyadan boshqa qurilmalar alohida sotiladi.
Texnik xususiyatlari
-
Hajm
10 000 mAs, 37 Vts
-
Xususiyatlari
Ultra tez zaryadlash, PD 3.0 PDO/PPS, maksimal 25 Vt
-
NFC
Yo'q
-
Qutisi tarkibi
Batareya to'plami, USB-C dan USB-C gacha zaryadlash kabeli, QSG
-
O'lchamlar (ExBxCh)
70 x 148 x 15.6 mm
-
Og'irlik
210 g
-
Kirish kuchlanishi
9 Vt
-
Chiqish toki
2770 mA
-
Chiqish kuchlanishi
3.3-11.0 Vt
Foydalanuvchi uchun qo'llanma va yuklab olish uchun materiallar
Yechimlar va maslahatlar
- Samsung texnikasida model, seriya raqami va IMEI ni qayerdan ko'rish mumkin
- S Pen ko'pincha Galaxy smartfoniga ulanishni yo'qotsa nima qilish kerak
- Nima uchun Samsung Galaxy S25 Ultra vibratsiyaga duch kelganda S Pen vibratsiyasini eshitish mumkin
- Galaxy Z Fold7 va Z Flip7 qurilmasidan gʻilofni qanday olib tashlash kerak
* Asosiy funktsiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin
* Akkumulyatorning haqiqiy hajmi (Vts) iste'mol qilinadigan tok qiymati kuchlanish qiymatiga ko'paytirish orqali aniqlanadi. Ushbu ko'rsatgich qurilmada ko'rsatilgan hajm qiymatidan (Vts) farq qilishi mumkin, chunki birinchisi ushbu qurilma tomonidan iste'mol qilingan haqiqiy quvvatga, ulangan qurilmalarning mavjudligi va foydalanish sharoitlariga bog'liq.