27" Essential monitor S3 FHD, 120 Hz
Gallery popup
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Asosiy xususiyatlari
Xususiyatlari
Samaradorlik va qulaylik uyg'unligi
Ajoyib rang uzatish qobiliyati
IPS Panel
IPS panelli ekrandagi ajoyib rang uzatish qobiliyatiga baho bering. Ranglar turli burchaklardan qaraganingizda ham ekranda yorqin va tiniq ko'rinadi. Tuslar va ranglar minimal xiralashish effekti bilan kerakli darajada namoyish etiladi.
Kontentni ravon ijro etish
120 Gs yangilanish tezligi
O‘yinlar paytida, video tomosha qilayotganda yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirayotganda ekrandagi voqelikka to‘liq sho‘ng‘ing. 120 Gs yangilanish chastotasi dinamik sahnalarda harakatni uzatishdagi kechikish va xiralikni kamaytiradi.
*Ekran yangilanish chastotasi odatiy tarzda 60 Gs qilib belgilangan va monitor sozlamalarida 120 Gs gacha o‘zgartirilishi mumkin. * Yangilanish chastotasi va javob qaytarish vaqti kiruvchi ma’lumotlar manbasining unumdorligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
O'yinlar uchun optimallashtirilgan sozlamalar
Tasvirning o'yin rejimi
O‘yin sozlamalari evaziga ustunlikka ega bo‘ling. Tasvir rangi va kontrastini darhol optimallashtirish sahnalarni yanada yorqinroq ko‘rish va qorong‘ulikda yashiringan dushmanlarni aniqlash imkonini beradi. Tasvirning o'yin rejimi har qanday o‘yinni ekranda eng kichik tafsilotlarni ko‘rish uchun sozlash imkonini beradi.
*Ekrandagi kontent namuna maqsadida modellashtirilgan.
Ko'zlar uchun qulay sharoit
Ko'zlarni himoya qilish rejimi va ekranning miltillashini oldini olish texnologiyasi
Ko‘zlaringiz doimo himoy ostida - shuning uchun xotirjam ishlashingiz mumkin. Ko'zlarni himoya qilish texnologiyasi ekranning miltillash effektini va ko‘k spektrning nurlanish darajasini kamaytirish orqali ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sirni kamaytiradi.
*Ekrandagi kontent namuna maqsadida modellashtirilgan.
Zamonaviy estetika
Ultra ingichka dizayn
Ultra ingichka ramkali nafis dizaynga ega mazkur monitor har qanday muhitga nafis va zamonaviy ko‘rinish beradi. Har qanday sharoitga mos yengil va zamonaviy elementdan bahramand bo‘ling.
Ko'proq qurilmalarni ulang
Keng ulanish imkoniyatlari
Bir nechta kirish portlarining mavjudligi sizga yanada qulay va moslashuvchan ish muhitini yaratishga yordam beradi.