Yuqori samaradorlik uchun uy ofisiga monitor tanlash qo'llanmasi
Ko‘p odamlar uydan ishlaydi va to‘g‘ri tanlangan monitor uy ofisidagi ish unumdorligi va umumiy ish sharoitlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq, uy ofisi uchun jihozlar sotib olishda ko‘plab omillarni hisobga olish kerak. Bu, ayniqsa, ish kuningizning ko‘p qismida kuzatishingiz kerak bo'lgan monitorga tegishli.
Bu yerda biz sizga samarali va qulay uy ofisingizni yaratish uchun monitor tanlashda e’tibor berishingiz kerak bo‘lgan barcha xususiyatlarni tushunishingizga yordam beramiz.
Qaysi o'lchamdagi monitor mening ish stolimga va ish uslubimga mos keladi?
Monitorning to‘g‘ri o‘lchamini tanlash ikki asosiy omilga bog‘liq: ish joyingiz va ishning xususiyatlariga. Monitor qanchalik katta bo‘lsa (o‘lcham ekranning diagonali bo‘yicha o‘lchanadi), shunchalik ko‘proq narsani ko‘rasiz, biroq u shuncha ko‘p joyni egallaydi.
*Ekran tasviri namuna maqsadida modellashtirilgan.
Agar ish jarayoningiz vizual materiallar bilan bog‘liq bo‘lsa (masalan, video montaj yoki grafik dizayn) yoki bir vaqtning o‘zida ko‘p ma’lumotni ko‘rishingiz kerak bo‘lsa, kattaroq o‘lchamdagi monitor tanlash maqsadga muvofiq. Quyida monitorlarning eng ko‘p uchraydigan o‘lchamlari va ularning qo‘llanishiga doir misollar keltirilgan.
24–27 duym
Ixcham va qulay o‘lcham
Cheklangan joy maydoni yoki bir turdagi vazifalarni bajarish uchun eng mos o‘lcham. Ish stolingiz kichik bo‘lsa, bu monitorlar joyni tejaydi, shu bilan birga noutbuk ekraniga nisbatan kengroq ko‘rish maydonini taqdim etadi. Elektron pochta, internetdan ma’lumot izlash, hujjatlarni tahrirlash kabi kundalik vazifalar uchun qulay tanlov.
32–34 duym
Optimal o‘lcham
Bir vaqtning o‘zida bir nechta dasturni ochib ishlaydiganlar, grafik dizayn yoki video montaj bilan shug‘ullanuvchilar uchun ideal diapazon. 32–34 duymli monitor keng ish maydonini yaratadi, ko‘plab ilovalarni yonma-yon ko‘rish imkonini beradi va unumdorlikni sezilarli oshiradi.
37 duym va undan katta
O‘zingizga mos ish maydonini yarating
Maksimal samaradorlik va keng ko‘rish maydoni uchun eng yaxshi yechim. Ish stolingiz yetarlicha katta bo‘lsa, 37 duym va undan katta diagonalli ekran panoramali ko‘rinish yaratib, barcha kerakli oynalarni bir vaqtning o‘zida ko‘rish imkonini beradi. Bunday ekranlar jadval bilan ishlash, kod yozish, video montaj va ijodiy loyihalar uchun ayniqsa qulay.
Mening ish faoliyatim uchun qaysi o'lcham mos keladi
Monitorning aniqligi ekrandagi piksellar soniga bog‘liq bo‘lib, tasvirning aniqligi va detallashtirish darajasiga bevosita ta’sir qiladi. Ko‘pincha ekrandagi piksellar soni ko‘rinishidagi aniqlik ko‘rsatkichini ko‘rish mumkin, bu monitor o‘lchami bilan ortadi, masalan, 1920 x 1080.
Yuqori aniqlik darajasi ekrandagi tasvirlarni yanada kontrastli va batafsil qiluvchi ko‘proq piksellar sonini anglatadi.
Yuqori vizual intensivlikka ega hamda katta ma’lumotlarga asoslangan ish vazifalari ekranning yuqori aniqligidan yanada takomillashadi. Agar siz video montajchi yoki grafik dizayner bo‘lsangiz, ustida ishlayotgan tasvirlaringizdagi kichik tafsilotlarni ko‘rishingiz uchun yuqori aniqlik zarur. Xuddi shuningdek, tahlilchilar va ma’lumotlarga boy sohalarda ishlovchilar uchun ham ekranning yuqori aniqligi muhim, chunki ko‘proq ma’lumotni ko‘rishga imkon berib, ma'lumotlarni yanada aniq va oson o‘qiladigan qila oladi.
Quyida ish turiga qarab, aniqlik talablari bo‘yicha ayrim tavsiyalar keltirilgan.
Full HD, FHD yoki1090P (1920x1080)
Kundalik ish faoliyati uchun
Kundalik vazifalarni bajarish uchun, jumladan saytlarni ko‘rish, elektron pochta bilan ishlash va ofis ilovalaridan foydalanish qulay. Bu kabi aniqlik maksimal tafsilotlarni ta’minlamaydi, biroq zarur bo‘lganda bir nechta monitorlardan iborat ish maydoni yaratishda tez-tez qo‘llaniladi. Ushbu aniqlik o'lchami, agar sizga yuqori darajadagi tasvir tafsilotlari kerak bo‘lmasa, hordiq chiqarish va ko‘ngilochar vazifalar uchun ham mos keladi. Yuqori aniqlikdagi tafsilotlarga ehtiyoj bo‘lmaganda yoki hamyonbop yechimni tanlash zarur bo‘lganda, bu yaxshi tanlov bo‘lib xizmat qiladi.
Quad HD, QHD yoki 1440P (2560x1440)
Ijodiy vazifalar uchun yanada yuqori kontrast, ajoyib aniqlik
QHD pastroq aniqlikdagi ekranlarga nisbatan yanada kontrastli matnlar va tasvirlarni olish imkonini beradi hamda grafik dizayn, foto tahrirlash va video konferensiyalar uchun ayni mos keladi. Bunday aniqlik bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni bajarish uchun ish maydonini kengaytiradi va grafik dizayn hamda foto tahrirlashda ko‘proq tafsilotlarga e’tibor berish imkonini yaratadi. Aniqlik va unumdorlikning ajoyib uyg‘unligi. Mazkur aniqlik darajasi Quad HD deb ataladi, chunki u standart HD ga nisbatan to‘rt baravar ko‘p pikselni o‘z ichiga oladi. Quad HD – bu Full HD va 4K UHD o‘rtasidagi o'rtacha aniqlik darajasi hisoblanadi.
4K (3840x2160) va 5K (5120x2880)
Tafsilotlarga alohida e'tibor talab etuvchi ishda yordam
Maksimal 4K va 5K aniqlik darajasi ishda nihoyatda yuqori darajadagi tafsilotlarni ta’minlaydi. Bunday yechim aniqroq matn olish imkonini beradi, barcha turdagi ishlar, ayniqsa video montaj, 3D modellashtirish va vizualizatsiyani talab qiladigan boshqa vazifalar uchun ko‘proq ish maydoni va sifatli tasvirni ta’minlaydi. Byudjet va joy mavjud bo‘lsa, 4K yoki 5K aniqlik darajasi samaradorlik va tafsilotlarning mutlaqo yangi darajasini ta’minlaydi.
Katta o‘lchamli monitor va yuqori aniqlik uyg'unligi sizga ish va ko'ngilochar tajribalaringizda ko‘proq zavq olish imkonini beradi. Yanada kengroq ekran maydoni va tiniqroq tasvir vazifalarni bajarishda qulayroq ko‘rish hamda haqiqiy salohiyatingizni ochish imkonini beradi.
Qaysi vaqtda ish faoliyatingizda egilgan yoki ultra keng o'lchamli monitordan foydalanish foydali?
O'zining jarayonga sho'ng'ish effekti evaziga egilgan va ultra keng o'lchamli monitorlar o'yin ishqibozlar orasida juda ommalashdi. Ammo ular nafaqat o'yinlar uchun mos kelishi mumkin. Mazkur monitorlar yuqori quvvatli ish kompyuterining bir qismiga aylanish hamda bir nechta monitordan foydalanish ehtiyojini qondirishi mumkin.
Egilgan monitorlar
Bunday monitor inson ko‘zining egriligini takrorlagani sababli, u ko‘zga tushadigan yukni kamaytirishga qodir bo'lib, ekranga uzoq vaqt davomida qarashni yanada qulaylashtiradi.
Ultra keng o'lchamli monitorlar
Bir vaqtning o‘zida bir nechta oyna bilan ishlash imkoniyati ikkita monitorda ishlagandagi biridan ikkinchisiga doimiy o‘tish zaruratini yo'qotish orqali unumdorlikni oshiradi. Bunday monitorlar, shuningdek, o‘yin va ko‘ngilochar jarayonga sho‘ng‘ishning ajoyib ta’sirini yaratadi.
Qanday qilib o'z ish joyimni yanada qulay va ergonomik qilishim mumkin?
Loyiha ustida uzoq vaqt ishlaganingizda, qulaylik juda muhimdir. Ergonomika qulaylik yaratish va salomatlikni saqlashda katta rol o‘ynaydi. Ish joyining ergonomikasiga nafaqat kreslo va klaviatura, balki monitor ham javobgardir. Quyida sizga qulay holatni egallashga va uzoq ish soatlarida charchamasdan ishlashga yordam beradigan bir nechta tavsiyalar.
Jismoniy taranglikni kamaytiring
Bo‘yin va orqaga tushadigan yukni kamaytirish uchun monitorni to‘g‘ri balandlikda joylashtiring. Ustunni balandlik bo‘yicha sozlash ekranni optimal darajada joylashtirib, qulaylik va unumdorlikni ta’minlaydi. Ekran qiyaligi bo‘yingizga qarab kerakli ko‘rish burchagini ham ta’minlashi mumkin. Ba’zi ekranlar gorizontal joylashish o‘rniga vertikal yo‘nalishda yoyilishi mumkin. Bu sizga kerakli balandlikni tanlash va kamroq jismoniy kuch sarflagan holda uzun hujjatlarni ko‘rish imkonini beradi.
Ko'zlaringizni himoya qiling
Ko‘zlarni himoya qilish funksiyasi: ish vaqtida qulaylik faqat tana holatiga bog‘liq emas. Ko‘z zo‘riqishi tufayli, hatto tana holati qulay bo‘lganda ham charchoq kuchayishi mumkin. Spektrning ko‘k nurlarini kamaytirish va ekran miltillashini pasaytirish evaziga uzoq vaqt ekran qarshisida o‘tirganda ko‘zlarga tushadigan zo‘riqishni ham kamaytirish mumkin. Agar siz ko‘p vaqtni ekran qarshisida o‘tkazsangiz, yangi monitoringiz ko‘zlarni himoya qilish xususiyatlariga ega ekanligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.
Masofadan birgalikda ishlash uchun qanday alohida qurilmalar va moslamalar menga kerak bo‘ladi?
O'zaro aloqadorlikda ishlash masofadan ishlash uchun muhim omil hisoblanadi. Hamkasblar bilan bog‘lanish uchun videokonferensiyalar o‘tkazishda alohida veb-kamera kerak bo‘lishi mumkin. Ayrim monitorlarda esa virtual qo'ng'iroqlar uchun zarur barcha qurilmalar allaqachon oldinan o'rnatilgan bo‘ladi.
Veb kamera
Muhim videoqo‘ng‘iroqlar uchun sifatli kamera zarur. Alohida veb-kamera sotib olish va sozlash o‘rniga, veb-kamera bilan jihozlangan yoki hatto ekranga o‘rnatilgan kameraga ega monitorni tanlash yanada oddiyroq yechim bo‘lishi mumkin. Bu sizga tayyor yechim taqdim etadi hamda tez hamda oson videoaloqani yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.
Dinamiklar
Dinamiklar ish stolingizda ko‘p joyni egallashi mumkin. Agarda sizning ish joyingiz cheklangan bo‘lsa, sizga dinamikli monitor yordam berishi mumkin. Ular nafaqat birgalikda ishlash uchun, balki audio materiallar, musiqa bilan bog‘liq boshqa ish vazifalari yoki hordiq chiqarish uchun ham qulay yechim hisoblanadi.
Masofadan boshqarish
Ayrim uyda ishlash uchun mo'ljallangan kompyuterlar hatto ofisda qoldirilgan kompyuterlar va serverlarga ulanish imkonini beradi. Bu ofis va uy o‘rtasida barqaror bog‘lanishni osonlashtiradi hamda qurilmalarni ko'chirib o‘tishni talab qilmaydi. Agar siz yuqori xavfsizlikni va boshqa qurilmalardagi ish hujjatlariga oson kirishni istasangiz, bu siz uchun foydali xususiyatdir.
To'g'ri monitor tanlovi — bu samaradorligingiz, qulayligingiz va umumiy farovonligingizga kiritgan sarmoyangizdir. Uy ofisingiz uchun kerakli barchasini birgina monitor taklif etishi mumkin.
Monitorlar haqida savollaringiz bormi? Ularga javobni qisqacha maslahatlarni o'z ichiga olgan quyidagi maqolalarimizdan topishingiz mumkin:
*Monitorlarning mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga bog'liq bo'lishi mumkin.
*Ilovada qo'llab-quvvatlanadigan funksiyalarning mavjudligi mamlakatga bog'liq bo'lishi mumkin.