Nega aniqlik sizning monitoringiz uchun muhim?

Aniqlik o'zingizga mos kompyuter monitorini tanlashdagi muhim omil hisoblanadi. Monitorni nima uchun ishlatishingizdan qat’iy nazar — o‘yin, professional dizayn yoki yuqori aniqlikdagi kontentni tomosha qilish — aniqlik darajasi vizual qabul qilish tajribangizga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Monitorning aniqlik darajasini, u qanday ishlashini va vazifalaringizga qanchalik ta’sir qilishini tushunib olish qaysi aniqlik darajasi sizning talablaringiz uchun eng mos ekanligi haqida asosli qaror qabul qilish va mukammal monitorni topishga yordam beradi.

Bu yerda siz monitorlarning aniqlik darajasi haqida bilishingiz kerak bo‘lgan barchasini, jumladan, aniqlik darajasi nima ekanligini, eng keng tarqalgan monitor aniqliklaridan ba’zilarini, uning piksel zichligi bilan qanday bog‘liqligini va ehtiyojlaringiz uchun eng yaxshi aniqlikni qanday tanlash kerakligini topishingiz mumkin.

Aniqlik nima degani?

Monitor aniqligi — bu siz ko‘rayotgan tasvirni tashkil etuvchi ekrandagi piksellar soni. Aniqlik odatda ikkita raqam bilan belgilanadi: birinchisi gorizontal piksellar sonini, ikkinchisi esa vertikal piksellar sonini ko‘rsatadi. Masalan, 1920x1080 (odatda 1080p yoki Full HD deb belgilanadi) gorizontal 1920 piksel va vertikal 1080 pikselni anglatadi.

Yuqori aniqlik darajasi tasvirni aniqroq va batafsilroq yaratuvchi ko‘proq piksellar sonini anglatadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, aniqlik darajasi ekran o‘lchamidan farq qiladi. Ekran o‘lchami ekranning fizik o‘lcham parametrlarini, aniqlik esa piksellar zichligi yoki tasvir aniqligini anglatadi.

Qaysi aniqlik turlari eng ko‘p tarqalgan?

Bugungi kunda ekranlarning bir nechta keng tarqalgan aniqlik turlari mavjud - Full HD dan o‘ta yuqori 5K aniqlik darajasigacha. Ularning har biri turli darajadagi tasvir aniqligini anglatadi. Yuqori aniqlik darajasi shuni anglatadiki, ekran ko‘proq piksellarni ko‘rsata oladi, bu esa kattaroq ish joyida yuqori kontrast va tafsilotlarni, tabiiyroq tasvirlarni ta’minlaydi.

Marjon rifi yonidan suzib o‘tayotgan toshbaqaning FHD (1920x1080) aniqlikdagi tasviri. QHD (2560x1440) aniqlik darajasida toshbaqa yonidagi marjon rifi tasviri va UHD (3840x2160) aniqlik darajasida baliqlar to‘dasi bilan marjon rifi tasviri. Tasvir kichrayadi va 5K (5120x2880) aniqlikda video montaj ilovasi tasviri paydo bo‘ladi.

Monitoringizdan nima maqsadda foydalanishingizga qarab uning aniqlik darajasi to‘g‘ri keladi.
Quyida eng keng tarqalgan ekran aniqlik darajalari keltirilgan:

21:9 va 32:9 ultra keng monitorlarni kutib oling

Yuqorida tavsiflangan aniqlik darajalari asosan standart kenglikdagi monitorlar uchun mo‘ljallangan. Biroq, monitorlar turli nisbatdagi uzunlik va kenglikka ega bo‘lishi mumkin. 21:9 Ultra WQHD va 32:9 Dual QHD ultra keng formatli monitorlarning tobora ommalashib borayotgan versiyalari foydalanuvchiga kengaytirilgan ko‘rish imkoniyatini taklif qiladi va turli xil vazifalar, jumladan, ko'pvazifalilik, sho‘ng‘ish effektiga ega o'yinlar yoki video tahrirlash uchun bir vaqtning o'zida ma'qul yechimga aylantiradi. Standart monitorlardan farqli o‘laroq, ularda ko‘pincha kengaytirilgan kenglikka mo‘ljallangan noyob aniqlik qo‘llaniladi. Samsung maksimal qulaylik va unumdorlikni talab qiluvchi foydalanuvchilar uchun bir qator ultrakeng formatli monitorlarni taklif etadi.

21:9 Ultra WQHD

21:9 Ultra keng o'lchamli monitor odatda Ultra WQHD (UWQHD) aniqlikka ega bo'ladi. 3440x1440 piksellar soni esa ish va ko‘ngilochar imkoniyatlarga to'liq sho‘ng‘ishni ta’minlaydi. Gorizontal ravishda kengaytirilgan ish maydoni ko‘p vazifalilik muammosini a’lo darajada hal qilishga yordam berishi sababli mutaxassislar bir nechta oynalarda qulay ishlay oladilar. Ushbu aniqlik tufayli o'yin ishqibozlari poyga, simulyatsiya va otishma kabi o'yin janrlariga ko‘proq sho‘ng‘ish uchun periferik ko‘rish qobiliyatidan foydalanishlari mumkin bo'ladi.

32:9 Dual QHD va Dual UHD

Dual QHD (5120x1440) yoki Dual UHD (7680x2160) kabi ultra keng o'lchamli 32:9 monitorlari birgina ekranda ikki monitor ish maydonlarini birlashtiradi. Mazkur format bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni bajarish uchun juda qulay bo‘lib, foydalanuvchilarga turli ilovalar yoki ma’lumotlar oqimini uzluksiz boshqarish imkonini beradi. Shuningdek, o'yin ishqibozlari poygalar, simulyatsiyalar va otishmalarda periferik ko'rish imkoniyatini takomillashtiruvchi sho‘ng‘ish effektirga ega panoramali ko‘rishdan foydalana oladilar.

Katta ekran uchun ko‘proq piksellar soni talab etiladimi?

Piksellar zichligi ekran aniqligi va uning o‘lchami o‘rtasidagi nisbatni ta’minlaydi. Bir dyuymdagi piksellar soni (PPI) bilan o‘lchanadigan piksellar zichligi ekranning tegishli maydonida qancha piksel joylashishini bildiradi. PPI parametri qanchalik yuqori bo‘lsa, kontrastlik va tasvirning batafsilligi shunchalik yuqori bo‘ladi, ayniqsa kichik o‘lchamli ekranlarda.

Piksellar zichligi muhim ahamiyatga ega, chunki hatto o‘sha aniqlikda ham kattaroq o‘lchamdagi ekranda piksellar sonining kamligi tafsilotlarning yo‘qolishiga olib keladi. Shuning uchun, agar siz katta diagonalli monitordan foydalanishni afzal ko‘rsangiz, tasvirning yuqori sifatini ta’minlash uchun nisbatan yuqori aniqlik darajasini tanlash muhim.

*PPI miqdori (dyuymdagi piksellar soni) ekranning aniq o‘lchamlaridagi farq tufayli biroz farq qilishi mumkin.

Monitor aniqligini qanday bilib olishim mumkin?

Monitorning aniqlik darajasini qurilmangiz ekrani sozlamalaridan bilib olishingiz mumkin. Windows operatsion tizimida ish stolida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing, "Ekran sozlamalari" rukniga o‘ting va "Ekran aniqligi" maydonida aniqlik qiymati paydo bo‘ladi. MacOS operatsion tizimida aniqlikni "Tizim sozlamalari" oynasidagi "Ekranlar" bo‘limida bilib olishingiz mumkin. 

Bundan tashqari, agar siz Samsung monitoridan foydalansangiz, aniqlikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri monitorda bilib olishingiz mumkin. Samsung monitorlari tegishli aniqligini ko‘rish mumkin bo‘lgan On-Screen Display (OSD) menyusiga ega. Buning uchun quyidagilarni bajarish zarur: 

1. Monitordagi "Menyu" tugmasini bosing. 

2. OSD menyusidagi ma’lumotlar bo‘limiga o‘ting. 

3. Monitoringiz aniqligini ma’lumotlar bo‘limida ko‘rib oling. 

Endi, aniqlik haqida tasavvurga ega bo‘lganingizdan so‘ng, siz foydalanayotgan aniqlik sizga yetarlimi yoki talab qilinadigan batafsillik darajasini olish uchun sizga yuqoriroq aniqlikka ega monitor kerakligi haqida fikr yuritishingiz mumkin.

*On-Screen Display (OSD) menyusi nomi monitor modeliga qarab farq qilishi mumkin.

Qaysi aniqlik darajasi menga eng mos keladi?

Monitorning aniqlik darajalari soni juda ko‘p. Har bir foydalanuvchi o'z talablariga ega, ammo sizga qaysi biri ayni mos keladi? Quyida umumiy tavsiyalar keltirilgan bo'lib, ularning har biri o‘ziga xos afzalliklarga ega.

monitor buying guide by resolution

FHD (1920x1080)

  • Imkoniyatlar kengligi
  • Past yoki o'rta darajadagi o'yinlar uchun mos keladi
  • Yuqori xususiyatlarni talab qilmaydigan foydalanuvchilarning umumiy samaradorligi uchun mukammal yechim

QHD (2560x1440)

  • Tasvir sifati va unumdorlikning ajoyib uyg‘unligi
  • O‘yinlar, ko'pvazifalilik, o‘rta darajadagi ijodiy ish vazifalari uchun juda mos keladi
  • Vazifalarni samarali bajarish uchun qo‘shimcha ish joyi taqdim etadi

4K UHD (3840x2160)

  • Yuqori darajadagi murakkablik va detallarga boy o‘yinlar uchun mukammal yechim, sho‘ng‘ish effekti
  • Piksellarning yuqori zichligini talab qiladigan professional ijodkorlik ishlari uchun juda mos keladi
  • Video tahrirlash va 4K aniqlikdagi kontent yaratish uchun mukammal yechim

5K (5120x2880)

  • Piksellarning nihoyatda yuqori zichligi va rang uzatish aniqligi zarur bo‘lgan mutaxassislar uchun eng yaxshi yechim
  • Yuqori aniqlikdagi video va batafsil grafik ishlarni qayta ishlash uchun ayni mos keladi
  • 4K aniqlikdagi kontent va tahrirlash vositalari uchun yetarlicha joy

Ultra WQHD (3440x1440)

  • Poygalar, simulyatsiyalar va otishmalar kabi janrlardagi o‘yinlar uchun kengroq ko'rish maydoni
  • 21:9 nisbati tufayli qora chiziqlarsiz kinoteatr formatidagi video yoki kontentni tomosha qilish uchun ajoyib yechim
  • Ko'p vazifalilik, vaqt jadvallariga rioya qilish, tahrirlash dasturlarida dizayn vositalaridan yoki bir nechta qatlamlardan foydalanish uchun gorizontal bo‘yicha qo‘shimcha joy kerak bo‘lgan ijodkor foydalanuvchilar uchun ideal yechim.

Dual QHD (5120x1440)

  • Ikkita 1440p monitorini samarali almashtirish imkoniyati, barqaror ko'pvazifalilik uchun ergonomik ish maydoni.
  • Ultra keng qamrovli ko‘rish, qo‘shimcha periferik ko‘rish orqali o‘yinga aql bovar qilmaydigan darajada sho‘ng‘ish, o‘yinlarda tezkor javob qaytarish imkoniyati.
  • Tahrirlash, moliyaviy modellashtirish yoki CAD kabi murakkab ish jarayonlari uchun katta ekran maydonini talab qiluvchi kontent yaratuvchilar, moliyaviy tahlilchilar va dizaynerlar uchun ajoyib yechim.

Dual UHD (7680x2160)

  • Ikkita 4K monitor o‘rnini bosuvchi yechim - ekranlar yoki ramkalar orasida uzilishlarsiz ultra keng ekran.
  • Har bir pikselning ko‘rinishini va har bir tafsilotning aniq ko‘rinishini ta’minlaydigan o‘ta yuqori aniqlikdagi kontent bilan ishlash uchun mukammal yechim. 
  • O'yin ishqibozlari uchun sho‘ng‘ish effektiga ega panoramali ko‘rinish, shuningdek, qo‘shimcha monitorlardan foydalanmasdan yuqori aniqlikdagi ilovalarda bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni bajarish imkoniyati.

Siz o'z ehtiyoj va istaklaringizga qarab o‘zingiz uchun kerakli yechimni tanlashingiz mumkin. Ehtiyojlaringizga ko‘proq mos keladigan o‘lchamlar, aniqlik va xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan Samsung monitorlarining to'liq to'plamini bilib olishni taklif qilamiz.

Ijodiy salohiyatingizni yanada oshiring

ViewFinity yuqori aniqlikka ega monitorlar

*Monitorlarning mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga bog'liq bo'lishi mumkin.

*Ilovada qo'llab-quvvatlanadigan funksiyalarning mavjudligi mamlakatga bog'liq bo'lishi mumkin.