Ekran yangilanish chastotasi haqida bilishingiz kerak bo‘lgan barchasi

Yangi monitor tanlashda e’tibor berish kerak bo‘lgan asosiy xususiyatlardan biri — bu yangilanish chastotasi. Monitordan o‘yinlar, ish yoki ko‘ngilochar tadbirlar (masalan, video tomosha qilish) uchun foydalanishingizdan qat’iy nazar, yangilanish chastotasi harakat va javob qaytarish ravonligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qo‘llanma sizga yangilanish chastotasi nima ekanligini, uning qanday ishlashini va nima uchun u turli foydalanuvchilar va foydalanish turlari uchun juda muhim ekanligini tushunishga yordam beradi.

Monitorning yangilanish chastotasi nima?

Yangilanish chastotasi monitoringiz ekrandagi tasvirni sekundiga necha marta yangilashiga bog‘liq. U harakatning ravonligi va uzluksizligini belgilaydi, bu ayniqsa o‘yinlar, video tahrirlash yoki dinamik videolarni tomosha qilish kabi foydalanish tajribalari uchun muhim hisoblanadi.

Yangilanish chastotrasi qanday o'lchanadi?

Yangilanish chastotasi gersda (Gs) o‘lchanadi va ekranda tasvir sekundiga necha marta yangilanishini ko‘rsatadi. Masalan, 120 Gs chastotali monitor tasvirni sekundiga 120 marta yangilaydi. Yangilanish chastotasining eng keng tarqalgan qiymatlari: 60, 120, 144, 240 va 360 Gs. Yuqoriroq kattaliklar yanada ravon o‘tishni va xiralikni kamaytirishni anglatadi, ayniqsa tez harakatlanuvchi tasvirlarda.

240, 144 va 60 Gs yangilanish chastotalarida uchta bir xil mashina harakati. Yangilanish chastotasi 240 Gs bo‘lganda mashinaning harakati ravonroq bo‘ladi, yangilanish chastotasi 144 va 60 Gs bo‘lganda esa mashina sekinroq va kechikib harakatlanadi.

Talablaringizga ko‘proq mos keladigan yangilanish chastotasini bilib oling

  • 144 Gs va undan yuqori: Yuqori yangilanish chastotasi odatda o'yin ishqibozlari uchun muhim, biroq u video tahrirlash va animatsion grafika sohasidagi mutaxassislarga qulay ko‘rish va uzoq vaqt ishlashda ko‘zga tushadigan yukni kamaytirish orqali yordam bera oladi. 

  • 75-120 Gs: Ushbu diapazonli monitorlar harakatning ravonligini ta’minlaydi va grafik dizayn, video ijro etish, ayniqsa dinamik kontent uchun mos keladi. Yuqori yangilanish chastotasi o‘zaro ta’sirga tezroq javob qaytarishni ta’minlaydi. 

  • 60 Gs: Bu qiymat aksariyat monitorlar uchun standart yangilanish chastotasi bo‘lib, saytlarni ko‘rish, elektron pochta bilan ishlash, hujjatlarni tahrirlash va muntazam bo‘lmagan video kontentni ko‘rish kabi kundalik vazifalarni hal qilish uchun mos keladi. U umumiy foydalanish uchun yetarli unumdorlikni ta’minlaydi.

O‘yinlar uchun qaysi yangilanish chastotasi eng mos keladi?

Yangilanish chastotasi o‘yin xususiyatlariga qanday ta’sir qiladi?

60 va 144 Gs chastotada ikkita bir xil jang sahnasi. 60 Gs chastotali sahna kechikish bilan sodir bo‘ladi, bu esa o‘yinchining mag‘lubiyatiga olib keladi, 144 Gs chastotali sahnada esa ravon harakatlar g‘alaba qozonishga imkon beradi.

*Video namuna maqsadida modellashtirilgan

Yuqori yangilanish chastotalarida ravonroq harakatlar

O'yin ishqibozlari uchun yuqori yangilanish chastotasi muhim bo‘lishi mumkin. Yuqori yangilanish chastotasiga ega monitorlar o‘yinda, ayniqsa poygalar, janglar kabi dinamik janrlarda, shuningdek, aniqlikka erishish va haqiqiy dunyo tasvirlarini aks ettirish uchun simulyatsiyalarda yanada ravon harakatlanish va tabiiylikni ta’minlaydi. Yuqori yangilanish chastotasi harakatdagi xiralikni kamaytiradi va o‘yinchilarda haqiqiy dunyo hissini uyg‘otib, ravon harakatlanishni ta’minlaydi va ularga raqobatbardosh ustunlik beradi.

Takomillashtirilgan javob qaytarish

Ravon harakat bilan birgalikda yuqori yangilanish chastotasi javob qaytarish tezligini oshirishga ham yordam beradi, bu ayniqsa tezlik hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinlar uchun juda muhim. Hatto millisekundlar ham ahamiyatga ega bo‘lgan raqobatli o‘yinlar bunga yaqqol misol bo'la oladi. RPG, sport musobaqalari va janglar kabi janrlarda o‘yinchining muvaffaqiyati uning harakat tezligiga bog‘liq. Yangilanish chastotasi 144 Gs yoki undan yuqori bo‘lgan monitor ekranni tez-tez yangilab, harakatni tezroq va aniqroq aniqlashga yordam beradi. Bu o‘yinda tezroq javob qaytarish va kechikishlarsiz harakatlanish imkonini beradi.

Turli o'yin ishqibozlari uchun tavsiya etilgan yangilanish tezliklari

Hamyonbop variantni istagan odatiy o'yin ishqibozlari

100 Gs yangilanish chastotasiga ega monitorda sodda o'yin ifodalangan 100 Gs yangilanish chastotasiga ega monitorda sodda o'yin ifodalangan

100-120 Gs yangilanish chastotasiga ega monitor sodda va past talabga ega vazifalarni bajara oladi, faqat vaqti-vaqti bilan o‘ynaydigan yoki kamroq intensiv o‘yinlarni afzal ko‘radiganlar uchun o‘rtacha unumdorlikni ta’minlaydi. Ushbu variant tejamkorroq variantni izlayotgan, ammo o‘yin o‘ynashni yaxshi ko‘radiganlar uchun mos keladi.

Ko'pchilik o'yin ishqibozlari

Uchta ritsar ajdar bilan jang qilayotgan boy grafikali o‘yin sahnasi tasvirlangan 144 Gs monitor. Uchta ritsar ajdar bilan jang qilayotgan boy grafikali o‘yin sahnasi tasvirlangan 144 Gs monitor.

O‘yindan zavq olish uchun yangilanish chastotasi 144 dan 200 Gs gacha bo‘lgan monitordan foydalanishni tavsiya etamiz. Bu diapazon ravon harakatlar va tezroq javobni ta’minlaydi hamda bir qator janrlarda umumiy ko'rishni yaxshilaydi.

Raqobatbardosh va yetakchi o'yin ishqibozlari

240 Gs monitorda FPS o'yin ifodalangan. 240 Gs monitorda FPS o'yin ifodalangan.

Maksimal natijaga erishishni istagan o'yin ishqibozlari uchun yangilanish chastotasi 240 dan 360 Gs gacha yoki undan yuqori bo‘lgan monitorlar prinsipial jihatdan yangi cho‘qqilarga erishish imkonini beradi. Ushbu ultra yuqori yangilanish chastotalari deyarli bir vaqtning o‘zida javob qaytarish bilan birga ajoyib barqarorlik va sho'ng;ish effektini ta’minlaydi. Bunday monitorlar otishma, janglar va sport musobaqalari kabi janrlar uchun eng mos bo‘lib, o'yinchilarga raqobatbardosh ustunliklarni ta’minlaydi.

Shuni ta’kidlash kerakki, agar qurilmangiz monitoringizning yangilanish chastotasiga mos keladigan soniyada kerakli kadrlar sonini doimiy ravishda ta’minlay olmasa, siz sezilarli yaxshilanishni sezmasligingiz mumkin. Shunday qilib, yuqori yangilanish chastotasiga ega monitorni sotib olishdan avval, butun tizimni ham baholash kerak.

Qaysi yangilanish chastotasi boshqa foydalanuvchilarga mos keladi?

Boshqa vazifalar uchun (o‘yinlarni hisobga olmaganda) ideal yangilanish chastotasi monitordan foydalanish maqsadiga bog‘liq:

Video tahrirlash va kontent yaratish
Yuqori yangilanish chastotasi (100 Gs dan boshlab) video tahrirlash sohasidagi mutaxassislarga qo‘shimcha afzalliklarni ta’minlaydi va videoni ko‘rishda aniqlik va rang uzatishni oshirishga imkon beradigan yanada ravon ijro ko‘rinishidagi kontentni yaratadi.

Ofis va kundalik foydalanish
60 Gs yangilanish chastotasi odatda oddiy ofis vazifalari, saytlar va videolarni ko‘rish uchun yetarli hisoblanadi. Biroq, saytlar yoki hujjatlar sahifalariga o‘tganda yoki sichqoncha harakatlanganda, 100 Gs yoki undan yuqori yangilanish chastotasiga ega monitor yanada ravon harakatlanishni, tezroq javob qaytarishni hamda tasvirlar va matnlarning aniqligini ta’minlaydi.

Monitorning yangilanish chastotasini qanday bilib olish va uni o'zgartirish mumkin?

Ekranni yangilash chastotasini sozlash sodda amal hisoblanadi. Operatsion tizimga qarab quyidagi bosqichlarni bajarish mumkin: 

  1. Windows operatsion tizimi: ish stolida sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi, "Ekran sozlamalari" tanlanadi, so‘ngra Kengaytirilgan ekran sozlamalariga o‘tiladi. Bu yerda ekran yangilanish chastotasini ko‘rish va o‘zgartirish mumkin. 
  2. macOS: Tizim sozlamalariga o‘ting, Ekranlar ruknini tanlang, so‘ngra Yangilanish chastotasi menyusi qatoriga o‘ting va kerakli yangilanish chastotasini tanlang. 

Monitoringizda yangilanish chastotasini sozlashdan oldin, qurilmangiz (kompyuter, GPU va monitor) tegishli chastotani qo‘llab-quvvatlayotganiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Agar mavjud uskunalar yuqori yangilanish chastotasini ta’minlay olmasa, yanada ravon vizualizatsiya va optimal xususiyatlarni ta’minlash uchun qurilmani yangilash imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.

G-Sync va FreeSync texnologiyalari: yangilanish chastotasi texnologiyalarining so‘nggi o'qimlar

O‘zgaruvchan chastotali yangilash texnologiyasi (VRR)

Yangilanish chastotasi texnologiyalari sohasidagi e'tiborga molik takomillashtirishlardan biri o‘zgaruvchan yangilanish chastotasi (VRR) texnologiyasidir. G-Sync (NVIDIA kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan) va FreeSync (AMD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan) kabi texnologiyalar dinamik rejimda GPU tomonidan ta’minlanadigan kadrlar soni va monitorning yangilash chastotasini moshlashtirish imkonini beradi. Bu ekrandagi uzilish va qotishni bartaraf etish hamda o‘yinda yanada ravon dinamikaga erishish imkonini beradi.

VRR texnologiyasining afzalliklari nimada?

VRR o‘yinlardagi o‘zgaruvchan GPU chiqishi yoki video kadrlar chastotasidagi farqlar tufayli kontent kadrlar chastotasi o‘zgarganda ayniqsa juda foydali. Monitorning yangilanish tezligini ko‘rsatilayotgan kontentning kadr tezligiga moslashtirish orqali VRR ekran uzilishi yoki qotish kabi vizual elementlarsiz uzluksiz vizual taassurotni ta’minlaydi.

Yo‘lda poyga avtomobili tasvirlangan ikkita bir xil sahna. Sync OFF - ekrandagi tasvirning uzilishi; Sync ON: ravon tasvir.

*Ekran tasvirlari namuna maqsadida modellashtirilgan.

*Monitorlarning mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga bog'liq bo'lishi mumkin.

*Ilovada qo'llab-quvvatlanadigan funksiyalarning mavjudligi mamlakatga bog'liq bo'lishi mumkin.