One UI

Sizning Galaxy.
Sizning yo'lingiz

Markazda Galaxy smartfoni, Now Brief, vidjetlar va ilova belgilari kabi UI elementlari bilan o‘ralgan. Barcha elementlar smartfonda birlashib, Bosh ekranni hosil qiladi. Svaypdan keyin ekranda Creative Studio chiqadi. Yana svaypdan so'ng ekranda Rasm tahrirchisi chiqadi. Ekranni qayta surishdan so'ng Galereya ilovasi ko‘rsatiladi. Yana surishdan so'ng fon tasviri sozlamasi chiqadi. Ekran Bosh ekranga o‘tadi va unda smartfon atrofida joylashgan turli xil ilovalarning turli xil interfeyslari paydo bo‘ladi.

Yangi One UI 8.5 ancha ko‘p narsaga qodir - zerikarli vazifalarni hal qilishdan tortib, ayni paytda menga nima kerakligini ko‘rsatishgacha, shaxsiy didim va foydalanish usullarimga moslashishgacha. Sun’iy intellektning tizimga chuqurroq integratsiyalashuvi tufayli siz yanada samarali va ijodiy ishlash uchun erkinlikka ega bo‘ldingiz. Ko‘proq ko‘rish, yaratish va tushunish imkonini beruvchi Galaxy’ning mukammal intellektini sinab ko‘ring.1

Galaxy AI

Photo Assist

Studiya darajasidagi tahrirlash oldindan o'rnatilgan

Galaxy AI bilan suratlaringizni bir zumda tahrirlang. Promptlar yoki tasvir namunalaridan foydalanib, siz suratlar muhitini o'zgartirishingiz, obyektlar qo'shishingiz yoki keraksiz elementlarni o'chirishingiz mumkin. Shunchaki Galaxy AI bilan xohlaganlaringizni bo'lishib, tasavvuringizni ishga soling va hayolingizdagini ro'yobga chiqaring.2

Yangi darajadagi UI

Yangi darajadagi UI

Foydalanuvchiga moslashtirilgan UI

One UI ilovasining eng moslangan versiyasi bilan tanishing. Bosh ekran va ekran qulfi dizayniga ijodiy yondashing, endi sizda hamma narsani o‘z didingizga qarab optimallashtirish uchun ko‘proq imkoniyatlar bor. Ilova ikonkalari, yorliqlar, jildlar va turli o‘lchamdagi vidjetlarni tabiiy tuyulganidek joylashtirish orqali Bosh ekranni bezating. Ekran qulfini soat va boshqa vidjetlar bilan bezating. Soatni cho‘zish funksiyasi yordamida soatni avtomatik moslash uchun soat shrifti va rangini o‘zgartiring yoki One UI ilovasida qoldiring.

Maxfiylik va xavfsizlik

Xavfsizlik

Maxfiylik Knox Vault yordamida himoyalangan

Biz foydalanish va tarqatish shaffofligini ta’minlash orqali ma’lumotlaringizni himoya qilishga intilamiz.

Qurilmadagi himoya

Galaxy AI funksiyalari qurilmada ustuvor qayta ishlashni imkon qadar ta’minlaydi, shuning uchun shaxsiy axborotlaringiz tashqi serverlarga yuborilmaydi, balki telefoningizda qoladi. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi minimal ma’lumot almashinuvida AI bilan ishlashda foydali tajribani ta’minlash uchun mahalliy kontekstni tahlil qiladi.10, 11

Individual boshqaruv

Shaxsiy ma’lumotlaringizga qaysi sun’iy intellekt funksiyalari kirishi mumkinligi, qanday ma’lumotlar ishlatilishi va qachon qayta ishlanishini aniq shaxsiy maxfiylik sozlamalari yordamida ma’lumotlaringizni nazorat qiling.

O'zaro aloqadorlikdagi xavfsizlik

Samsung Knox Vault o‘rnatilgan ishonch zanjiri himoyasi ilovalar, tarmoqlar va ulangan qurilmalarda, hatto qurilmangiz tarmoqqa ulangan bo‘lsa ham, ma’lumotlaringizni qo‘shimcha himoyalaydi.

 

Galaxy smartfonlari

 

Galaxy planshetlari

 

Galaxy Watch

 

Galaxy Buds

Ko'p beriladigan savollar

  • One UI 8.5 qanday yangiliklarga ega?

    One UI 8.5 tizimida xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlash uchun yangi sun’iy intellekt funksiyalari, yangilangan dizayn va ilg‘or yechimlar joriy etilgan. Birgalikda ular sizga yanada samarali ishlashga, yanada ravon va uyg‘un foydlanishga va shaxsiy ma’lumotlaringizni Galaxy qurilmalarida yaxshiroq himoyalashga yordam beradi.

    • Sun’iy intellekt funksiyalari: suratlarni yanada intellektual tahrirlash uchun Rasm tahrirchisi, shuningdek, sun’iy intellektdan yanada samarali foydalanish uchun Now Nudge kabi boshqa funksiyalar yangilandi. One UI 8.5 ilovasida hayotingizni aqlliroq va osonroq qiladigan sun’iy intellekt funksiyalari haqida ko‘proq bilib oling.



    • Dizayn: qayta ishlangan navigatsiya panellari va menyusi tufayli ekranning kengroq ko‘rinishini va foydalanuvchi bilan ishlash qulayligini ta’minlaydi.



    • Maxfiylik va xavfsizlik: Knox Vault xavfsizlik texnikasi ishonchli maxfiylik himoyasini ta’minlaydi hamda maxfiylik displeyi va maxfiylik ogohlantirishlari yordamida shaxsiy ma’lumotlaringizning xavfsizligini ta’minlaydi.

  • One UI - bu Samsung innovatsion dasturiy ta’minoti bo‘lib, foydalanuvchilarning Galaxy qurilmalarida intuitiv foydalanishni ta’minlash uchun ishlab chiqilgan. Galaxy AI sun’iy intellektining chuqur integratsiyasi tufayli One UI 8.5 sizga kundalik vazifalarni tezroq va ortiqcha kuch sarflamasdan bajarishga yordam beradi.

    • Yangilangan One UI 8.5 endi odatlaringiz va ehtiyojlaringizni hisobga oladi, yanada moslashtirilgan va qulay interfeysni taqdim etadi.

    • Now Nudge va qidiruv kabi kengaytirilgan sun’iy intellekt funksiyalari tufayli siz bir ilovadan boshqasiga o‘tmasdan keyingi mumkin bo‘lgan harakatga osongina o‘tishingiz mumkin.

    • AI Agent zerikarli vazifalaringizni yengillashtiradi va ularni tezroq bajarishga yordam beradi. Keraklisini olish uchun shunchaki bosing yoki qisqa taklifnoma kiriting.

    • Qurilmangizga One UI 8.5 ni o‘rnatish orqali fon rasmlarini yanada jozibali ko‘rinishga oson sozlashingiz va tezkor kirish panelini sozlash orqali eng ko‘p ishlatiladigan ilovalarga tezkor kirish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.
  • One UI 8.5 birinchi marta Galaxy S26, Galaxy S26+ va Galaxy S26 Ultra qurilmalarida taqdim etiladi. One UI 8.5 yangilanishi joriy etish davom etar ekan, ko‘proq Galaxy qurilmalariga tatbiq etiladi.

    Eslatma: Sun’iy intellekt funksiyalarining mavjudligi qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin.

    Qaysi qurilmalar One UI 8.5 bilan mos kelishini tekshirish uchun Samsung Members ilovasini yuklab olishingiz mumkin.

  • Chiqarilish sanasini bilish uchun Samsung Members ilovasini yuklab olishingiz mumkin.

  • One UI tizimini yangilash uchun "Sozlamalar" > "Dasturiy yangilanish" > "Yuklab olish va o‘rnatish" rukniga kiring, keyin "Yangilanish borligini tekshirish" tugmasini bosing.

    Eslatma: Yangilash faqat One UI ilovasining eng oxirgi versiyasi o‘rnatilgan mos qurilmalar uchun mavjud.
  • One UI 8.5 bilan tezkor kirish paneli, bosh ekran va ekran qulfini moslashtirish orqali qurilmangizni haqiqatan ham siznikiga aylantirishingiz mumkin. Kundalik boshqaruv elementlaridan osonroq foydalaning va yanada muvozanatli ko‘rinishga ega bo‘ling.

    • Tezkor kirish paneli: Sevimli ilovalaringizga tezkor kirish uchun elementlarni qo‘shish yoki olib tashlash orqali tezkor kirish panelini sozlang. Shuningdek, tomosha sifatini yaxshilash uchun yorqinlik va tovush panellarining o‘lchami va sozlamalarini o‘zgartirishingiz mumkin.

    • Bosh ekran va qulf ekrani: Fon tasvirini o‘rnatganingizda, tasvir ekraningizdagi asosiy ilovalar va vidjetlar bilan yaxshiroq uyg‘unlashishi uchun avtomatik ravishda suriladi va maket yanada aniq chiqadi.
  • One UI 8.5 sizga kuningizni yanada optimallashtirish uchun yaratilgan takomillashtirilgan Galaxy AI funksiyalarini taqdim etadi. Aynan sizning talablaringizga mos AI funksiyalari haqida bilib oling hamda ularni ayni kerakli vaqtda ishga soling.

    • Photo Assist: suratlaringizni yanada tezroq va aqlliroq tahrirlashga yordam beradi. O'zingiz xohlagan vazifalarni shunchaki odatiy tilingizda tasvirlab bering, Galaxy AI bo'lsa obyektlarni qo'shish, fondagi keraksiz elementlarni o'chirish yoki shunchaki umumiy muhitni o'zgartirish orqali suratlaringizni aqlli tarzda tahrirlaydi.

    • Now Nudge: real vaqtda ekrandagi ma'lumotlar hamda shaxsiylashtirilgan axborotlarni aniqlash orqali foydali tavsiyalarni taqdim etadi. Nima haqida gapirayotganligingizdan qat'iy nazar, u ekraningizni tahlil qiladi hamda kerakli ma'lumotlarni taqdim etadi yoki keyingi harakatni maslahat beradi.

    Eslatma: AI funksiyalarining mavjudligi qurilma modeli, til va mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. One UI 8.5 yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari boshqa AI funksiyalariga ega.

  • Siz Galaxy AI funksiyalaridan bir bosish orqali yoki bir nechta sodda harakatlar yordamida oson foydalanishingiz mumkin. Tezkor kirish yordamida siz kerakli funksiyalardan zarur bo'lganda qulay foydalanishingiz mumkin.

    • Photo Assist: Qurilmangizda Galereya ilovasini oching va tahrirlashni istagan suratingizni tanlang. So'ngra Rasm tahrirchisi belgisini bosing.

    • Now Nudge: Sozlamalar menyusida uni faollashtirganingizdan so'ng, Now Nudge funksiyasi Messenger ilovasini ochishingiz bilanoq foydalanishga tayyor bo'ladi.

    Eslatmda: AI funksiyalarining mavjudligi qurilma modeli, til va mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
  • PDE (Personal Data Engine) shaxsiy ma’lumotlaringizni ruxsatsiz kirishdan himoyalash uchun maxfiy ma’lumotlarni himoyalangan shifrlangan xotirada saqlash uchun KEEP (Knox Enhanced Encrypted Protection) texnologiyasidan foydalanadi. PDE, shuningdek, ma’lumotlar almashinuvini minimallashtirish va foydali AI imkoniyatlarini taqdim etish orqali ma’lumotlaringiz xavfsizligini ta’minlaydi.
  • Knox Vault - bu qurilmangizni dasturiy va apparat hujumlaridan shifrlash va maxfiy ma’lumotlarni, jumladan PIN-kodlar, parollar va biometrik ma’lumotlarni izolyatsiyalangan va xavfsiz muhitda saqlash orqali himoya qiluvchi apparat xavfsizligi yechimidir.

    • Dasturiy hujumlar: qurilmadagi dasturiy ta’minotning zaifliklaridan foydalanib, ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish va ularni o‘g‘irlash.

    • Apparat hujumlari: jismoniy kirish orqali ma’lumotlarga kirishga urinishlar, masalan, qurilmani qismlarga ajratish, o‘ta yuqori yoki past harorat ta’siri, kuchlanish sakrashlari yoki tashqi kanallar orqali hujumlar.

  • Mavjud funksiyalar va/yoki kontent qurilma modeli, mamlakat/mintaqa va aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin.
  • Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan. Ketma-ketliklar qisqartirilgan va modellashtirilgan. Foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin.
  • Ayrim sun’iy intellekt funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung hisobiga kirish talab qilinishi mumkin.
  • Samsung sun’iy intellekt funksiyalari tomonidan taqdim etilgan chiqish ma’lumotlarining aniqligi, to‘liqligi yoki ishonchliligi bo‘yicha hech qanday va’dalar yoki kafolatlar bermaydi.
  • Mavjud funksiyalar va kontent, jumladan, Galaxy AI funksiyalari mamlakat/mintaqa, qurilma modeli, OS/One UI versiyasi va aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin.
  • Samsung taqdim etadigan Galaxy AI asosiy funksiyalari bepul. Kelgusi versiyalarda kengaytirilgan imkoniyatlar yoki pullik asosda taqdim etiladigan yangi xizmatlar paydo bo‘lishi mumkin. Uchinchi tomonlar taqdim etadigan AI funksiyalari uchun boshqa shartlar qo‘llanilishi mumkin. Galaxy AI asosiy funksiyalari - bu amaldagi Samsung xizmat ko‘rsatish qoidalari va shartlarida "Kengaytirilgan intellekt" bo‘limida sanab o‘tilgan xizmatlardir.
  • Ayrim hududlarda sun’iy intellektdan foydalanishning yoshga oid cheklovlari tufayli voyaga yetmaganlarning Galaxy AI funksiyalaridan foydalanishi cheklanishi mumkin.
  • Mahsulotlar alohida sotiladi.
  • Soat ranglari, o‘lchamlari, modellari va tasmalarining mavjudligi mamlakat yoki tashuvchiga qarab farq qilishi mumkin.
  • Ayrim funksional vidjetlar uchun tarmoqqa ulanish va/yoki Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab qilinishi mumkin. Ilovalarda qo‘llab-quvvatlanadigan funksiyalarning mavjudligi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.
  • Funksiyalar o‘zgarishi mumkin.
  • Ayrim funksiyalardan foydalanish uchun tarmoqqa ulanish talab qilinishi mumkin.
  • Galaxy AI xizmatining mavjudligi tilga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ba’zi tillar bilan ishlash uchun til to'plamini yuklab olish kerak bo‘lishi mumkin.
  • Yangi funksiyalar tavsiflari joriy versiyada avvalgi versiyalarga nisbatan kiritilgan yaxshilanishlarga asoslanadi.
  1. One UI 8.5 rasmiy versiyasi ilk bora Galaxy S26 Series qurilmalarida taqdim etilgan. Yangilanish boshqa Galaxy qurilmalarida ham taqdim etilishi kutilmoqda. 
  2. Rasm tahrirchisi funksiyasi uchun tarmoqqa ulanish va Samsung hisob qaydnomasi taqdim etiladi. Xizmatning mavjudligi mamlakat, til va qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Rasm tahrirchisi surat o'lchamini o'zgartirishi mumkin. Surat saqlanganda, uning AI yordamida tahrirlanganini bildirish uchun unga ko'rinadigan suv belgisi tushiriladi. Yaratilgan natijalarning aniqligi hamda ishonchliligi kafolatlanmaydi.
  3. Now Nudge funksiyasi uchun Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Mavjud xususiyatlar va funksiyalar mamlakat, mintaqa va tilga qarab farq qilishi mumkin. Matnli xabarlar promptlari ayrim uchinchi tomon messenjer ilovalarida, jumladan Samsung Messages, Google Messages, Google Чат, WhatsApp, WhatsApp Business, KakaoTalk, LINE, Signal, Instagram (DM), Tango, NTT Docomo Messages, KDDI Messages ilovalarida mavjud. Now Nudges suratlarni ulashish funksiyasi mavjud suratni tahlil qilish asosida ishlaydi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. 
  4. Finder bilan Izlashning mavjud xususiyatlari va funksiyalari mamlakat, mintaqa va tilga qarab farq qilishi mumkin. Kengaytirilgan qidirishda ma'lumotlarni faqat tizim sozlamalarining amaldagi tilida izlash mumkin. Hozirda Taqvim, Eslatmalar, Qaydlar, Chaqiruvlarni yozib olish, Diktofon, Mening Fayllarim, Galereya va Sozlamalar kabi ilovalar qo'llab-quvvatlanadi. Bildirishnomalardan to'plangan ma'lumotlar sifatida foydalanish uchun ularni yoqish talab etiladi. Qo'llab-quvvatlanadigan ilovalalar, Xabarlar, Gmail va Samsung Wallet ilovasidan To'plangan ma'lumotlar hamda Gmail ilovasidan yig'ilgan ma'lumotlar faqatgina Personal Data Intelligent bilan Gmail'ni o'qishga roziligi asosida amal qiladi. Bronlash tafsilotlari haqidagi to'plangan ma'lumotlar faqatgina bronlashni tasdiqlovchi xabarlardan olinadi. 
  5. Now Brief funksiyasi uchun Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Xizmatning mavjudligi mamlakat, til, qurilma modeli, ilovaga qarab farq qilishi mumkin. Ayrim ilovalar uchun tarmoqqa ulanish talab etilishi mumkin. Moments funksiyasi taqdim etadigan suratalar tavsifi foydalanuvchi maqsadlariga mos kelmasligi mumkin. It bilan sayr qilish haqidagi bildirishnomalar uchun SmartThings ilovasida SmartTag2 va Pet Care funksiyalarini faollashtirish talab etiladi. SmartTag2 alohida sotiladi. Bildirishnomalardan to'plangan ma'lumotlar sifatida foydalanish uchun ularni yoqish talab etiladi. Qo'llab-quvvatlanadigan ilovalalar, Xabarlar, Gmail va Samsung Wallet ilovasidan To'plangan ma'lumotlar hamda Gmail ilovasidan yig'ilgan ma'lumotlar faqatgina Personal Data Intelligent bilan Gmail'ni o'qishga roziligi asosida amal qiladi. Bronlash tafsilotlari haqidagi to'plangan ma'lumotlar faqatgina bronlashni tasdiqlovchi xabarlardan olinadi. 
  6. Bixby xizmatining amal qilishi uchun Samsung hisob qaydnomasi va tarmoqqa ulanish talab etiladi. Mavjud funksiyalar va xususiyatlar mamlakat, mintaqa va tilga qarab farq qilishi mumkin. Bixby faqat ingliz (Buyuk Britaniya), ingliz (AQSH), ingliz (Hindiston), fransuz (Fransiya), nemis (Germaniya), italyan (Italiya), yapon (Yaponiya), koreys (Janubiy Koreya), xitoy mandarin (Xitoy), ispan (Ispaniya), portugal (Braziliya) va ispan (Lotin Amerikasi) tillarining ma’lum aksentlari va shevalarini aniqlay oladi. Kelajakda boshqa tillar qo'llab-quvvatlanishi mumkin. Barcha aksentlar, shevalar va iboralar aniqlanmasligi mumkin va talaffuz, ovoz darajasi va atrof-muhitga qarab haqiqiy ijro farq qilishi mumkin. Muayyan holatlarda, masalan, multimedia (video/o‘yin/ovoz) yozib olishda, qo'ng'iroqlarda, maksimal quvvat tejash rejimida, favqulodda holat rejimida va Samsung Kids'da Bixby xizmatidan foydalanish cheklanishi mumkin. Xizmatning mavjudligi mamlakat/xizmat provayderi/til/qurilma modeli/operatsion tizim versiyasiga qarab farq qilishi mumkin. Bixby tanlangan ilovalarni boshqaradi, boshqa ilovalar ham qo‘llab-quvvatlanishi kutilmoqda. Bixby yordamida SmartThings xususiyatli qurilmalarni boshqarish uchun avval qurilmalarni SmartThings ilovasiga ulash talab etiladi. Batafsil SmartThings saytiga kiring (www.samsung.com/smartthings).
  7. Maxfiylik displeyi funksiyasi ekran ko'rinish burchagini boshqarib, periferik ko'rishni chegaralaydi hamda sozlamalarda faollashtirilishi mumkin. Ayrim qurilmalar uchun faollashtirish sozlamalarda mavjud. Ko'rish burchagidan tashqarida tasvir sifatining biroz buzilishi kuzatilishi mumkin. Ko'rish burchagi va yorqinlik kabi ko'rish sharoitlariga qarab ayrim ma'lumotlar boshqa foydalanuvchilarga ko'rinishi mumkin. Maxfiy ma'lumotlarni namoyish etishda ehtiyotkorlik tavsiya etiladi. 
  8. Maxfiylik displeyi faqat Galaxy S26 Ultra qurilmasida mavjud.
  9. Zararli saytlarni aniqlash funksiyasi har doim ham to'g'ri aniqlashni kafolat bermaydi. 
  10. Personal Data Engine algoritmi faqatgina Personal Data Intelligence menyusi yoqilgandagina amal qiladi. Tahlil qilingan ma’lumotlar Personal Data Intelligence menyusi o'chirilgandan keyin o‘chirib tashlanadi. Personal Data Engine algoritmi ayrim tillar va muayyan aksentlar/ shevalarni, jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda, arab, (soddalashtirilgan) xitoy, golland, ingliz, fransuz, nemis, hind, indoneziya, italyan, yapon, koreys, polyak, portugal, rumin, rus, ispan, shved, tailand, turk va vyetnam tillarini aniqlay oladi. Hozirda Personal Data Engine oldindan o‘rnatilgan Samsung ilovalari va qo'llab-quvvatlanadigan ilovalar bildirishnomalarini aniqlaydi.
  11. KEEP funksiyasi One UI 8 va undan yangi versiyali Galaxy smartfonlarni va planshetlarida qo'llab-quvvatlanadi.