Samsung Z Fold 3/Z Flip 3 Pre-order aksiyasida ishtirok etish qoidalari

Mazkur “SAMSUNG Z Fold 3/Z Flip 3 PRE-ORDER” reklama aksiyasida (keyingi oʻrinlarda “Aksiya” deb yuritiladi) ishtirok etish qoidalari “SAMSUNG ELECTRONICS CENTRAL EURASIA” MChSh (SAMSUNG ELEKTRONIKS MARKAZIY YEVROOSIYO) (keyingi oʻrinlarda “Tashkilotchi” deb yuritiladi ) va Aksiya ishtirokchisi oʻrtasidagi kelishuv hisoblanadi. Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi www.samsung.uz saytida (keyingi oʻrinlarda “Aksiya sayti” deb yuritiladi) joylashtirilgan Aksiyada ishtirok etishning mazkur qoidalariga (keyingi oʻrinlarda “Qoidalar” deb yuritiladi) rozilik beradi. 

 

1. Umumiy qoidalar

1.1. Tashkilotchi: “SAMSUNG ELECTRONICS CENTRAL EURASIA” MChSh (SAMSUNG ELEKTRONIKS SENTRAL YEVRAZIYA). Manzil: Qozogʻiston Respublikasi, Olmaota sh., 050059, Al-Farobiy shoh koʻchasi, 36-uy, “AFD” biznes markazi, B bloki, 3-4 qavatlar;

1.2. Aksiyaning oʻtkazilish muddati: 2021-yil 11-avgust soat 00:00 dan – 2021-yil 21-sentyabr soat 23:59 gacha (Toshkent shahar vaqti boʻyicha);

1.3. Aksiya natijalarini eʼlon qilish sanasi: 2021-yil 4-oktyabr;

1.4. Aksiya oʻtkaziladigan hudud: Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlari;

1.5. Aksiyaning rasmiy hamkorlari (keyingi oʻrinlarda “Rasmiy Hamkorlar” deb yuritiladi):

• “Radius Mobile” MChJ, Radius: +99871 200 31 00 radius.uz;
• “Mobile Retail” MChJ, Elmakon: +99871 203 12 03 www.elmakon.uz;
• “MEDIAPARK GROUP” MChJ, Mediapark: +99871 203 33 33 www.mediapark.uz;
• “Texnomart” MChJ, Texnomart: +99871 209 99 44 www.texnomart.uz;
• “Business Group XD” MChJ, Milliy Kredit: +99878 777 00 99 www. milliykredit.uz.

1.6. Aksiya www.samsung.uz Aksiya Saytida mazkur Qoidalarning 3.1.1-bandida koʻrsatilgan tartibda buyurtmalarni oldindan roʻyxatdan oʻtkazish va joylashtirish jarayonida Rasmiy Hamkorlarning quyidagi saytlaridan foydalangan holda oʻtkaziladi:

1.7. Aksiya Sayti Aksiyaga oid asosiy maʼlumotlar manbai hisoblanadi; Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, shuningdek, Rasmiy Hamkorlarning saytlarida keltirilgan Aksiya haqidagi maʼlumotlar qisqa, shuning uchun batafsil maʼlumotlar bilan www.samsung.uz Aksiya Saytida tanishing.

 

2. Aksiya ishtirokchisi

2.1. Faqat Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan, 18 yoshga toʻlgan va shaxsan oʻz kuchi va vositalari bilan mazkur Qoidalarning barcha shartlarini bajargan mehnatga layoqatli jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda “Ishtirokchi” deb yuritiladi) aksiyada qatnashishi mumkin.

2.2. Aksiyada Tashkilotchining xodimlari, uning vakolatiga ega shaxslar, ularning oila aʼzolari, shuningdek, Aksiyaning tashkil etilishi va oʻtkazilishiga aloqador boshqa kompaniyalar xodimlari qatnasha olmaydilar.

2.3. Aksiyada ishtirok etish, shuningdek, roʻyxatdan oʻtish paytida (shu jumladan Rasmiy Hamkorlarning saytlarida) va boshqa biror tarzda har qanday maʼlumotlarni, jumladan, shaxsiy maʼlumotlar boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish bilan, Ishtirokchi Tashkilotchiga va uning vakolatiga ega uchinchi shaxslarga, Aksiyaning oʻtkazilishini, uning shartlaring bajarilishini nazorat qilish, reklama, marketing va axborot joʻnatmalarini amalga oshirish, shuningdek marketing ishlari yuzasida boshqa bevosita aloqalarni amalga oshirish maqsadida oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan yashah shahri, toʻliq ism-sharifi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) maʼlumotlari, telefon raqami, elektron pochta manzili, yashash manzili kabi maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, uzatish, jumladan transchegaraviy uzatish va qayta ishlash uchun rozilik beradi. Bu rozilik belgilangan qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan uzatilgan maʼlumotlarni qayta ishlashning barcha turlariga, xususan, Tashkilotchining vakolatli shaxslari / boshqa vakolatli shaxslar / uchinchi shaxslar tomonidan qabul qilish, qayd etish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, uzatish (jumladan, amaldagi qonunchilikka muvofiq transchegaraviy uzatish), oʻchirish, yoʻq qilishga ham taalluqli va bu bilan cheklanib qolmaydi. Bu rozilik, bunday maʼlumotlar Tashkilotchiga yoki uning vakolatiga ega shaxslarga uzatilgan vaqtdan boshlab  5 (besh) yil davomida yoki mazkur rozilik amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarib olingunga qadar, bu voqealardan qaysi biri oldinroq kelishiga qarab, amal qiladi.  

2.4. Aksiyada qatnashish orqali Ishtirokchi Tashkilotchiga uning rasmi bor/uning ishtirokidagi tegishli foto/video materiallarini suratga/videoga olish, saqlash, foydalanish, Internet tarmogʻiga, shuningdek Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish maqsadlarida va boshqa bir qator maqsadlarda joylashtirish uchun toʻliq va haq olmasdan rozilik beradi. 

 

3. Aksiyada ishtirok etish shartlari

3.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi quyidagilarni amalga oshirishi kerak: 

3.2. Aksiya oʻztkazilishi davrida mazkur Qoidalarning 1.5-bandida koʻrsatilgan Rasmiy Hamkorlardan birida yangi SAMSUNG Galaxy Z Fold 3 yoki SAMSUNG Galaxy Z Flip 3 smartfoniga (“Smartfon”) quyidagi tartibda oldindan buyurtma berish: 

a. www.samsung.uz Aksiya Saytida tegishli maydonlarda kerakli maʼlumotlarni koʻrsatgan holda roʻyxatdan oʻtish;

b. www.samsung.uz Aksiya Saytida tegishli maydonda tegishli buyurtmani joylashtirish uchun rasmiy Hamkorlardan birining saytini koʻrsatish, Aksiyada ishtirok etuvchi smartfonlar modellaridan birini tanlash, mintaqani va boshqa zarur maʼlumotlarni tegishli maydonlarda koʻrsatish va tegishli Smartfon uchun kamida 1 000 000 (bir million) soʻm miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish; 

c. oldindan berilgan buyurtmani tasdiqlovchi chekning asl nusxasini saqlash va agar Ishtirokchi mazkur Qoidalarga muvofiq gʻolib deb topilsa, koʻrsatilgan chekni solishtirish uchun taqdim etish;

d. 2021-yil 22-sentyabrda smartfonlar sotuvi boshlanganidan soʻng, tegishli smartfonni sotib olish, firma qutisini va sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlab qoʻyish, shuningdek, solishtirish uchun qutini va xaridni tasdiqlovchi tegishli xujjatlarni taqdim etish.

Shu bilan birga, Ishtirokchi roʻyxatdan oʻtish paytida kiritilgan maʼlumotlar, ularning toʻgʻriligi va ishonchliligi uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.

3.3. Agar Aksiya Ishtirokchisi Aksiya doirasida bir nechta tovarni sotib olsa, bunday Ishtirokchi alohida roʻyxatdan oʻtkazish orqali oʻzi sotib olgan har bir Smartfonni mazkur Qoidalarning 3.1.1-bandida koʻrsatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishi shart. Bunda, sotib olingan tovarlar soni Ishtirokchining roʻyxatdan oʻtishlari soniga mos kelishi kerak (masalan, 3 (uch) ta tovar saytda 3 (uch) marta alohida roʻyxatga olish orqali roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak). Har bir Ishtirokchi ushbu Aksiya doirasida 10 (oʻn) tagacha xaridlarni roʻyxatdan oʻtkazish huquqiga ega. Ayni bitta xaridni Rasmiy Hamkorlarning turli Saytlarida roʻyxatdan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

3.4. Roʻyxatdan oʻtish 2021-yil 11-avgust soat 00:00 dan 2021-yil 21-sentabr soat 23:59 gacha (shu vaqtda ham), Smartfon uchun oldindan buyurtma qatʼiy ravishda Aksiya oʻtkazilishi Davrida rasmiylashtirilgan boʻlgan holatda, qabul qilinadi.

3.5. Aksiya shartlarini bajargan har bir Ishtirokchi avtomatik ravishda Qoʻshimcha sovgʻalar oʻynaladigan oʻyinda ishtirok etadi.

 

4. Sovgʻalar 

4.1. Aksiya boʻyicha sovgʻalar SAMSUNG savdo belgisi ostidagi quyidagi tovarlar boʻladi (“Sovgʻa”):

4.1.1. SAMSUNG Galaxy Z Fold 3 smartfoniga oldindan buyurtma joylashtirilgan taqdirda – SAMSUNG Galaxy Watch 4 (41mm) va Smart Cover (“1-toʻplam”);

4.1.2. SAMSUNG Galaxy Z Flip 3 smartfoniga oldindan buyurtma joylashtirilgan taqdirda – SAMSUNG Galaxy Buds 2 va Smart Tag (“2-toʻplam”);

4.1.3. Shuningdek, SAMSUNG Galaxy Z Fold 3 va/yoki Смартфон SAMSUNG Galaxy Z Flip 3 smartfonlariga oldindan buyurtmani joylashtirgan taqdirda Ishtirokchi Qoʻshimcha sovgʻalardan, xususan: SAMSUNG SMART TV, Samsung Galaxy Tab A10, Samsung Galaxy Tab A8, Samsung Galaxy A22, Samsung Wireless Charger sovgʻalaridan 1 (bir) donasini (“Qoʻshimcha sovgʻa”) olish imkoniyatiga ega boʻladi.

4.2. Sovgʻalarning umumiy soni 260 (ikki yuz oltmish) donani tashkil etadi, jumladan: 

4.2.1. 1-toʻplam – 120 (bir yuz yigirma) dona, 

4.2.2. 2-toʻplam – 80 (sakson) dona.

4.2.3. Qoʻshimcha sovgʻalar - 60 (oltmish) dona, jumladan:

a. SAMSUNG SMART TV – 12 (oʻn ikki) dona, 

b. SAMSUNG Galaxy Tab A10 – 12 (oʻn ikki) dona.

c. SAMSUNG Galaxy Tab A8 – 12 (oʻn ikki) dona.

d. SAMSUNG Galaxy A22 – 12 (oʻn ikki) dona

e. SAMSUNG Wireless Charger – 12 (oʻn ikki) dona.  

4.3. Sovgʻalar soni cheklangan. Tashkilotchi Sovgʻalar sonini mustaqil ravishda belgilash, shuningdek uni oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

4.4. Sovgʻaning rangi tovarlarning omborlarda mavjudligiga bogʻliq va Aksiya Saytidagi va/yoki Hamkorlarning Rasmiy Saytlaridagi rasmdagidan farq qilishi mumkin, barcha tasvirlar maʼlumot uchun keltirilgan.

4.5. Aksiya doirasida olingan Sovgʻa uchun ushbu turdagi tovarlar boʻyicha belgilangan standart kafolat amal qiladi.

4.6. Aksiyada ishtirok etgan Smartfon qaytarilgan taqdirda, Sovgʻa qaytarilishi shart. Agar Ishtirokchi Sovgʻani qaytarishdan bosh tortsa, Tashkilotchi tegishli Smartfonni qaytarib olmaslik huquqiga ega. Qaytarish va almashish Rasmiy hamkorlar tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

 

5. Aksiya gʻolibini aniqlash tartibi

5.1. Tashkilotchi yoki uning vakolatli shaxslari tegishli roʻyxatdan oʻtkazish shakllarining toʻldirilishining toʻgʻriligini tekshirish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida 3.1.1-bandda nazarda tutilgan tartibda Ishtirokchilar tomonidan amalga oshirilgan roʻyxatdan oʻtishning moderatsiyasini amalga oshiradi. Moderatsiya natijalariga koʻra, Ishtirokchi oʻzi koʻrsatgan telefon raqamiga quyidagilar haqida maʼlumot berilgan SMS-xabarnoma oladi: (1) muvaffaqiyatli moderatsiya; yoki (2) sababini koʻrsatgan holda, roʻyxatdan oʻtishning rad etilishi. Bunday bildirishnoma kelmagan taqdirda, mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan aloqa maʼlumotlari boʻyicha Tashkilotchi yoki tegishli Rasmiy Hamkor bilan bogʻlanishingizni soʻraymiz.

5.2. Mazkur Qoidalarning 3.1.1-bandda koʻrsatilgan barcha shartlarni bajargan birinchi 200 (ikki yuz) nafar Ishtirokchi Aksiya gʻoliblari deb topiladi va mazkur Qoidalarning 4.1.1.-4.1.2-bandlariga muvofiq 1-toʻplam va 2-toʻplamni olish huquqiga ega boʻladi. 

5.3. Aksiya gʻoliblari orasida random.org saytida tasodifiy tanlash usuli bilan mazkur Qoidalarning 4.1.3-bandiga muvofiq Qoʻshimcha sovgʻalar oʻyini oʻtkaziladi. Aksiya gʻoliblari oʻrtasida Qoʻshimcha sovgʻalar oʻyinlari oʻtkaziladigan sanalar: 2021-yil 23-avgust, 2021-yil 6-sentyabr, 2021-yil 13-sentyabr, 2021-yil 22-sentyabr. Aksiya gʻolibi mazkur Aksiya doirasida 1 (bir) tadan koʻp boʻlmagan Qoʻshimcha sovgʻa olishi mumkin.

5.4. Oʻtkazilgan Aksiya natijalari 2021-yil 4-noyabrdan kechikmagan holda Aksiya Saytida eʼlon qilinadi. 

5.5. Sovgʻani yetkazib berish gʻoliblar eʼlon qilinganidan keyin 60 (oltmish) ish kuni ichida amalga oshiriladi, biroq Tashkilotchi koʻrsatilgan muddatni uzaytirish huquqiga ega. Sovgʻani yetkazib berish Tashkilotchi hisobidan amalga oshiriladi, Gʻolibdan hech qanday pul mablagʻi olinmaydi. Agar kuryer yoki boshqa shaxslar yetkazib berish boʻyicha toʻlovlar, soliqlar yoki boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun toʻlov talab qilsa, iltimos, bunday toʻlovlarni toʻlamang va darhol Tashkilotchi va/yoki Rasmiy Hamkorlar bilan bogʻlaning. Yetkazib berish Sovgʻani sozlash yoki ulash boʻyicha hech qanday ishlar/xizmatlarni oʻz ichiga olmaydi. 

5.6. Tashkilotchi yoki uning vakolatli shaxslari Sovgʻani olish/yetkazib berish jarayonini kelishish uchun har bir Ishtirokchi bilan oldindan bogʻlanadilar;

5.7. Sovgʻani olish uchun Ishtirokchi quyidagilarni amalga oshirishi zarur: 

a. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini taqdim etish;

b. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining maʼlumotlari roʻyxatdan oʻtish paytida ishtirok etish shaklida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelishi kerak. Sovgʻani olish huquqi boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas.

c. Sovgʻalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini toʻldirish va imzolash;

d. sotib olingan Smartfonni qutisi bilan, sotuvchining muhri qoʻyilgan kafolat talonini, oldinfan buyurtmani tasdiqlovchi chek, xaridni tasdiqlovchi fiskal chekni koʻrsatish;

e. qoʻlida Sovgʻa bilan suratga/videoga tushish. 

5.8. Ishtirokchi quyidagi hollarda Aksiyada ishtirok etish huquqini yoʻqotadi va Sovgʻani olishga talabgorlik qila olmaydi:

a. Aksiyaning biror shartini buzsa;

b. roʻyxatga olish shartlarini buzsa (jumladan, noaniq maʼlumotlarni taqdim etsa, bir nechta akkauntlar ostida ishtirok etsa, Rasmiy Hamkorlarning bir nechta saytlarida ishtirok etsa va h.k);

c. Ishtirokchi bilan bogʻlanish uchun noaniq/notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganda;

d. Tashkilotchi yoki uning vakolatli shaxslari Ishtirokchi bilan 7 kalendar kuni ichida Rasmiy Hamkorlarning saytlarida Ishtirokchi tomonidan roʻyxatdan oʻtish paytida koʻrsatilgan aloqa maʼlumotlari boʻyicha 3 martadan koʻp urinishda bogʻlana olmasalar (bunda mazkur Qoidalarda Ishtirokchi bilan bogʻlana olmaslik deyilganda Ishtirokchi tomonidan Rasmiy Hamkorning saytida roʻyxatdan oʻtish paytida koʻrsatilgan telefon raqamiga muvaffaqiyatli kiruvchi qoʻngʻiroq amalga oshirilishi nazarda tutiladi).

e. firibgarlikka urinish yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlarga oid dalillar aniqlanganda;

f. roʻyxatdan oʻtish maʼlumotlari uchinchi shaxslarga uzatilganda;

g. mazkur Qoidalarni buzgan taqdirda maʼlumotlar/hujjatlarni taqdim etishdan, va/yoki fotosurat/video suratga tushishdan bosh tortganda.

5.9. Hech qanday holatda Tashkilotchi Sovgʻani pul ekvivalentiga almashtirmaydi va/yoki Sovgʻaga mos boshqa tovarga almashtirmaydi.

5.10. Tashkilotchi Sovgʻani olish bilan bogʻliq ravishda kelib chiqadigan soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni mustaqil va oʻz hisobidan toʻlaydi.

 

6. Boshqa shartlar

6.1. Aksiyaning barcha ishtirokchilari, unda ishtirok etishni qabul qilish orqali Aksiyaning Qoidalariga rozili bildirishadi, ularga rioya qilish va bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar. Agar Ishtirokchi Aksiya qoidalarini buzsa yoki Sovgʻani olish uchun firibgarlik harakatlarini amalga oshirsa va/yoki hiyla ishlatsa, u Sovgʻani olish huquqidan mahrum boʻladi. 

6.2. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi oʻzining mazkur Qoidalarga soʻzsiz roziligini bildiradi. Ishtirokchining Qoidalarga toʻliq va/yoki qisman rioya qilishdan bosh tortishi, Ishtirokchining Aksiyada ishtirok etishdan bosh tortishi deb qabul qilinadi. 

6.3. Tashkilotchi oʻzining www.samsung.uz saytida, shuningdek, Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tegishli xabarni joylashtirish yoʻli bilan Ishtirokchini oldindan xabardor qilish orqali, mazkur Qoidalarni istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda oʻzgartirish huquqiga ega. Bildirishnoma sanasi tegishli maʼlumotlar eʼlon qilingan sana yoki shartlar oʻzgartirilganda koʻrsatiladigan qoʻshimcha sana hisoblanadi. Koʻrsatilgan oʻzgarishlarga rozilik bildirmagan taqdirda, Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etishdan bosh tortish yoʻli bilan oʻzgarishlarni qabul qilishdan bosh tortish huquqiga ega. Ushbu kun oʻtganidan keyin Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish Ishtirokchining kiritilgan oʻzgarishlarga rozilik berishi sifatida qaraladi. 

6.4. Aksiya tanlov, lotereya yoki boshqa biror tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyini emas.

6.5. Tashkilotchining xizmat koʻrsatish sifatini nazorat qilish uchun Ishtirokchining fikrini bilish maqsadida Ishtirokchiga/Gʻolibga Sifat boʻlimidan qoʻngʻiroq qilishlari mumkin. Ishtirokchi/Gʻolib oʻz fikrini bildirishdan bosh tortish huquqiga ega.

6.6. Ushbu internet-sayt va unda keltirilgan maʼlumotlar faqat axborot berish uchun moʻljallangan va hech qanday holatda ommaviy oferta hisoblanmaydi. 

 

Tashkilotchi kol-markazining aloqa maʼlumotlari:

7799 - Yagona qoʻllab-quvvatlash xizmati