Samsung Pass ilovasidan qanday foydalanishni boshlash mumkin
Samsung Pass – bu barmoq izi kabi biometrik autentifikatsiya yordamida kirish maʼlumotlaringizni saqlash va ishlatish imkonini beruvchi xavfsiz xizmat. Uni Galaxy qurilmangizda sozlaganingizdan so‘ng, siz har safar ID va parolingizni kiritmasdan ilova va veb-saytlarga tez va oson kirishingiz mumkin.
Eslatma:
- Samsung Pass xizmatidan foydalanish uchun Samsung account qaydnomangizga kirganligingiz va internetga ulanganingizga ishonch hosil qiling.
- Siz naqsh, PIN yoki parol kabi ekranni qulflash usulini sozlashingiz kerak. Ular biometrik maʼlumotlarni xavfsiz roʻyxatdan oʻtkazish uchun talab qilinadi.
- Samsung Pass Android 7.0 (Nougat) yoki undan yuqori versiyada ishlaydigan va biometrik sensorlar bilan jihozlangan qurilmalarda mavjud.
Samsung Pass ilovasini qanday sozlash kerak
Birinchi marta Samsung Pass ilovasini faollashtirish uchun sozlash vaqtida quyidagi amallarni bajarib, barmoq izingiz maʼlumotlarini roʻyxatdan oʻtkazing.
Samsung Pass ilovasiga muqobil yoʻl
Samsung Pass ilovasini Samsung account parametrlaridan ham sozlashingiz mumkin. Ushbu usuldan foydalanish uchun quyidagi amallarni bajaring.
Eslatma:
- Qurilma menyulari va ekran tartiblari model va dastur versiyasiga qarab farq qilishi mumkin.
- Samsung Pass faqat Samsung Internet va boshqa qoʻllab-quvvatlanadigan ilovalar bilan ishlaydi.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.