2017-yilda The Frame televizorini taqdim etganidan buyon Samsung uy sharoitida san’atni tomosha qilish tajribasini butunlay o‘zgartirdi. Endi esa biz jahon durdonalari galereyamizni kengaytirib, Art Basel’dagi nufuzli zamonaviy asarlardan eksklyuziv foydalanish imkoniyatini taklif etamiz. Uyingizni jonli san’at galereyasiga aylantiring va san’at olamidagi so‘nggi yangiliklardan doimo xabardor bo‘ling – bularning barchasi sizning Samsung televizoringizda.
Samsung Art TV bilan tanishing
The Frame
Neo QLED 8K
Neo QLED
QLED
Samsung Art Store do‘konining noyob
imkoniyatlari haqida bilib oling
Tasdiqlangan san’at asarlari, dunyoga mashhur galereyalar va rassomlar
Mukammal mahorat bilan yaratilgan, sifat sertifikatiga ega san’at olamiga sho‘ng‘ing. Bizning 70 dan ortiq nufuzli galereyalar va 800 dan ziyod mashur rassomlar bilan hamkorligimiz sizga betakror asarlar to‘plamiga kirish imkonini beradi. Bundan tashqari, Pantone tomonidan tasdiqlangan rang texnologiyasi har bir asarni yanada yorqinroq va jonliroq namoyon etib, uyingizda haqiqiy galereya muhitini yaratadi.
- * Televizor ekranidagi ranglarning aniqligi tasdiqlangan, ya’ni standart yoritish sharoitida (D65) ko‘rsatilgan ranglarning qog‘ozdagi tekstura ranglariga mos kelishi. (Xatolik darajasi ΔE<3,0 — inson ko‘zi sezmaydigan rang farqi).
- * Pantone ArtfulColor sertifikati faqat The Frame va The Frame Pro modellari uchun mavjud.
Mutaxassislar tavsiyalari – san’atni oson kashf eting
Curated Art Home orqali mutaxassislarimiz mavzu yoki taniqli rassom asosida siz uchun alohida sinchiklab tanlangan asarlar to‘plamini taqdim etadi. Bu sizga 3 500 dan ortiq san’at asarlari jamlangan kutubxonamizdagi turfa xil asarlardan bahramand bo‘lish imkonini beradi.2,4 Endi siz ortiqcha izlanishlarsiz yangilik va ilhomga to‘la asarlardan zavqlanishingiz mumkin.
- * Art Home foydalanuvchi interfeysi mintaqaga qarab farq qilishi va oldindan ogohlantirilmasdan o‘zgartirilishi mumkin.
- * Tanlovlar muntazam yangilanib borishiga qaramay, ayrim asarlarning mavjudligi o‘zgarishi mumkin.
Doimiy yangilanadigan san’at asarlari to‘plami
Muntazam ravishda yangilanib turadigan san’at olamidan bahra oling. Biz Art Store’da mavjud bo‘lgan 3 500 dan ortiq san’at asarlariga doimiy ravishda yangilarini qo‘shib boramiz.
Bu sizga har doim jonli va hayajonli tanlov imkonini beradi.
370 dan ortiq san’at asarlariga bepul kirish
Yuqori sifatli san’at asarlaridan mutlaqo bepul zavq oling. Har oyda Art Store Streams dunyoning yetakchi rassomlari va san’at institutlaridan tanlab olingan 30 ta noyob asarni taqdim etadi. Yil davomida 370 dan ortiq betakror va ilhomlantiruvchi asarlarni tomosha qiling – hammasi siz uchun bepul.
- * Art Store do‘konidagi kolleksiyalarning mavjudligi mamlakatga bog‘liq.
- * Har oy taqdim etiladigan 30 ta san’at asari kolleksiyasining vaqti mintaqaga qarab o‘zgaradi.
- * 30 ta san’at asari kolleksiyasini taqdim etish muddati va davriyligi mintaqaga bog‘liq.
- * Bepul namoyish qilinadigan asarlar soni oldindan ogohlantirilmasdan o‘zgartirilishi mumkin.
Art Store olamini o‘zingiz uchun kashf eting
3 500 dan ortiq san’at asarlari kutubxonasini ko‘rib chiqish uchun quyidagi havolani bosing
* Rassomlarning g‘oyalarini aniq ifodalash uchun asarlarning tavsiflari faqat hamkorlarimiz tomonidan taqdim etilgan tillarda mavjud.
Art Basel hamkorligida: zamonaviy san’at bayrami
Art Basel – bu dunyoga mashhur zamonaviy san’at yarmarkasi bo‘lib, har yili Gonkong, Bazel, Parij va Mayami-Bich shaharlarida o‘tkaziladi. Dunyoning eng nufuzli galereyalari ishtirok etadigan ushbu yarmarkada namoyish etiladigan asarlar tanlovi ularning ishonchliligi va badiiy mahoratini aks ettiradi. Rasmiy hamkor sifatida Samsung sizga ushbu nufuzli asarlardan Art Store orqali foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
Qaysi Art TV siz uchun mos?
The Frame
Neo QLED 8K
Neo QLED
QLED
- * Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi va texnik xususiyatlari o‘zgartirilishi mumkin.
- 1. Xususiyatlar modelga qarab farq qilishi mumkin. Batafsil ma’lumot uchun mos modelning texnik tavsiflarini tekshiring.
- 2. San’at asarlarining to‘liq to’plamiga kirish uchun Art Store obunasi va Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi.
- 3. Pantone ArtfulColor sertifikati faqat The Frame va The Frame Pro modellari uchun amal qiladi.
- 4. San’at asarlari to’plami muntazam ravishda yangilanib borishiga qaramay, muayyan asarlarning mavjudligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin.
- 5. Bepul san’at asarlari soni oldindan ogohlantirmasdan o‘zgarishi mumkin.
- 6. Tadbirlar jadvali tashkilotchi bilan bog‘liq holatlarga ko‘ra oldindan ogohlantirilmasdan o‘zgartirilishi mumkin.