Ushbu sayt cookie -lardan foydalanadi. QABUL QILISH tugmasini bosish yoki saytni ko'rishda davom etish bilan, siz cookie -lardan foydalanishimizga roziligingizni berasiz.
Batafsil
Samsung AI masshtablashtirish texnologiyasi 1080P va 4K aniqlikdagi kontentni QN800D uchun yanada yuqori sifatli tasvirg o'zgartiradi.
Masshtablashtirish, yuqori yangilanish tezligi v AI asosidagi o'yin rejimi bilan o'yin samaradorligi ajoyib darajada.
Samsung AI TV yangi davri
Har bir lahzani yanada ulkan va yorqin darajaga chiqaring
AI asosidagi qudratli Samsung 8K protsessori eng yuqori darajadagi 8K tasvirlardan birini yaratadi. Sun'iy intellekt 250 neyron tarmoqlari asosidagi 8K AI Upscaling masshtablashtirish texnologiyasi kontent sifatini 8K aniqlikka yaqin darajagacha oshiradi. NQ8 AI 2-avlod protsessori esa ham striming ham sevimli o'yinlaringiz va sport translyatsiyalari uchun tasvir va tovush sifatini 8K sifatgacha optimallashtiradi.
2024 yil Neo QLED 4K televizoriga nisbatan (NQ4 AI 2-avlod)
*Tasvir sifati multimedia turi va formatiga bog'liq. *8K sifatgacha masshtablashtirish shaxsiy kompyuterga ulanganda va o'yin rejimida qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin.
8K AI Upscaling texnologiyasi
256 neyronli tarmoq yordamida kontent sifatini 8K darajagacha masshtablashtirish
Sun'iy intellekt 250 neyron tarmoqlari asosidagi 8K AI Upscaling masshtablashtirish texnologiyasi kontent sifatini 8K aniqlikka yaqin darajagacha oshiradi. NQ8 AI 2-avlod protsessori esa barcha Samsung televizorlari orasida eng tiniq va ravon tasvir sifatlaridan birini taqdim etadi.
*AQSH va Koreya iste'molchilari o'rtasidagi so'rovnoma asosida. Ishtirokchilardan HD, FHD, 4K va 8K (vertikal piksellar) sifatdagi namunalarga nisbatan Neo QLED 4K/8K televizoridagi takomillashtirilgan kontentga aniqlik va detallashtirish nuqtai nazaridan son ko'rinishida baholash talab etildi. Taqqoslash uchun harakatlar soni eng kam bo'lgan kontent tanlab olindi. *Neo QLED televizoridagi takomillashtirilgan kontentning vertikal piksellardagi o'rta ko'rsatkich uchun "1,6 marta" Neo QLED 8K televizorida takomillashtirilgan ayni shu kontentga nisbatan. *"84%" — bu 8K sifatda taqdim etilgan namunaga nisbatan so'rovnoma ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan tasvir aniqligi va detallashtirlishining o'rtacha bahosi. *Tasvir sifati multimedia turi va formatiga bog'liq. *8K sifatgacha masshtablashtirish shaxsiy kompyuterga ulanganda va o'yin rejimida qo'llab-quvvatlanmaydi.
Quantum Matrix Pro texnologiyasi
8K yuqori aniqlikdagi kontrast bilan har bir detal jonlanadi
Neo QLED 8K kuchli evolyutsiyasi odatiy Quantum Matrix texnologiyasiga nisbatan 1,5 marta ko'proq yoritilish zonalari tufayli chuqur qora va yorqin oq sahnalarda ham nihoyatda mayda detallarni aks etadi. Bizning fon yorqinligini pasaytirish texnologiyamiz bizning shaxsiy Quantum Mini LED mini yorug'lik diodlarimizni aniq boshqarish imkoniyatini yaratib, eng yorqin va qorong'u sahnalarda ham detallashtirishni oshiradi.
Samsung Tizen operatsion tizimi
Tizen OT bilan yangi ko'ngilochar tajribalar
Samsung Tizen operatsion tizimli televizorlaridagi yangi ilova va xizmatlar yordamida tomoshadan yanada ko'proq zavq oling. Siz Daily+ funksiyasi yordamida o'z kundalik vazifalaringizni boshqarishingiz hamda SmartThings ilovasi yordamida televizor ekranidan o'z smart qurilmalaringiz holatini nazorat qilishingiz mumkin.
*Kontent va xizmatlarning mavjudligi mintaqaga bog'liq bo'lib, foydalanuvchilarni oldindan ogohlantirmagan holda o'zgartirilishi mumkin. *Foydalanishdan oldin Smart Hub xizmati Qoida va shartlarini hamda Maxfiylik siyosatini qabul qilish talab etiladi. *Ayrim xizmatlar va kontent uchun ro'yxatdan o'tish va obuna bo'lish talab etilishi mumkin. Samsung Tizen OS barcha funksiyalari, jumladan Smart TV funksiyasi va ilovalardan (Xitoy, Turkiya va Isroil bundan mustasno) foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Agar siz tizimga kirishni istamasangiz, u holda faqat odatiy antenna orqali (faqat tyunerli qurilmalarga tegishli) ulanish hamda tashqi qurilmalarga, jumladan HDMI orqali foydalanish mumkin. Samsung hisob qaydnomasini yaratish uchun sizdan alohida qurilma talab etilishi mumkin (masalan, shaxsiy kompyuter yoki smartfon).
Tasvir sifati
Three architectural details of an Italian landmark are transformed into an exquisite 8K resolution. Then, a ripple starts from the center of the scene and spreads out to all the edges, revealing the entire scene in pristine \"8K Association Certified\" quality.
Real 8K aniqlik
4K aniqlikdan 4 marta yuqori
4K aniqlikdan 4 marta yuqori sifat taqdim etuvchi 33 million piksellar yordamida har bir sahna sizni chuqurligi va aniqligi bilan hayratga soladi.
*Real 8K — bu 7680x4320 oiksel aniqlik sifatida belgilanadi. 8K boshlang'ich sifatdagi kontent joriy striming, ulanish va 8K dekodlash standartlari bo'yicha aniqlanadi. *Kelgusi va tashqi standartlarni qo'llab-quvvatlash kafolatlanmaydi hamda qo'shimcha qurilma/adapter xarid qilish talab etilishi mumkin.
AI Motion Enhancer harakatlarni optimallashtirish texnologiyasi
NQ8 AI 2-avlod protsessori bilan matn va obyektlarning aniq va ravon harakati
Bizning NQS AI 2-avlod protsessorimiz matn ravonligi va aniqligini oshirish uchun sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanadi. Natijada sport translyatsiyalari mutlaqo yangicha qabul qilinadi.
*Tasvir sifati multimedia turi va formatiga bog'liq. *AI Motion Enhancer Pro shaxsiy kompyuterga ulanganda va o'yin rejimida qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin.
A car is running with lights on through a forest. There is a comparison between SDR and HDR 10+ quality in terms of brightness and intensity.
Neo Quantum HDR 8K+
8K aniqlikdagi tabiiy ranglarga boy ajoyib yorqinlik
Neo Quantum HDR 8K+ asosidagi tabiiy ranglar keng spektrining boyligidan zavq oling. Har bir sahnani moslashtirishga qodir HDR10+ rang tuslarini dinamik namoyish etish imkoniyati bilan 8K aniqlikdagi ranglarning betakror diapazoni va yorqinligini ta'minlaydi.
*Quantum HDR yorqinlik diapazoni ichki sinov natijalariga asoslangan bo'lib, tomosha sharoitlari va texnik xususiyatlar asosida farq qilishi mumkin.
Jilolarga qarshi texnologiya
Keraksiz jilolarga chalg'imang
Bizning keng tan olingan jilolarga qarshi texnologiyamiz qaytgan yorug'lik jilolarini pasaytirib, har qanday burchak ostida ham kristal aniqlikdagi tasvir sifatini ta'minlab beradi.
*Tasvir namuna sifatida keltirilgan
Real Depth Enhancer Pro detallashtirish texnologiyasi
Inson ko'zi xususiyatlarini hisobga oluvchi tabiiy ulkan tasvir
Real Depth Enhancer Pro odatda inson nazari tushadigan maydonlarni aniqlaydi va ularning chuqurligini oshiradi. U ko'plab mini yorug'lik diodlari bloklarini tartibga soladi va old plan kontrastligini oshirib, uy sharoitida tabiiy uch o'lchamli tasvir yaratadi.
*Tasvir sifati multimedia turi va formatiga bog'liq
Auto HDR Remastering avtomatik takomillashtirish texnologiyasi
SDR kontent uchun HDR tasvir sifati
Endilikda siz SDR kontentni deyarli HDR sifatda tomosha qilishingiz mumkin. Chuqur o'rgatish algoritmlari yorqin ranglar, rang boyligi va detallashtirishni oshirish evaziga SDR sifatni deyarli HDR sifatgacha takomillashtiradi.
*Tasvir sifati multimedia turiga bog'liq
PANTONE sertifikati
PANTONE sertifikati bilan tasdiqlangan aniq rang uzatish imkoniyati
PANTONE sertifikati 2030 xil PANTONE ranglari va 110 xil teri ranglarini aniq namoyish etish imkoniyatini tasdiqlaydi. Televizor ekranidagi ranglar har doimgidan-da tabiiy va aniqroq ko'rinishda.
Yangi darajadagi o'yin tajribasi
Motion Xcelerator 165 Gs
Sevimli o'yinlaringizda harakatlar tiniqligi 4K 165 Gs gacha
Motion Xcelerator 165 Gs harakatlarning ravonligi va aniqligini oshirish texnologiyasi VRR o'yinlardagi harakatlarni 165 Gs gacha mukammal tarzda uzatadi. Endilikda siz yuqori tezliklarda ham istalgan raqibni mag'lub eta olasiz.
*4K 165 Gs faqat bunday spetsifikatsiyalarni qo'llab-quvvatlaydigan kompyuterga ulangan o'yinlar uchun mavjud (kompyuter grafik kartasi kerak). Ishlash har xil bo'lishi mumkin.
Scattered scenes from games with one main scene front and center. \"RPG\" is detected as its genre, as it is then scanned into optimal settings by Samsung's AI technology. Then the screen changes and \"Racing\" is detected as the genre of \"Kart Rider Drift\" as it is also scanned into optimal settings.
AI Auto Game rejimi
Parametrlarning AI optimallashtirish imkoniyati tufayli o'yinga to'liq sho'ng'ing
Televizor qaysi o'yin o'ynayotganligingizni avtomatik tarzda aniqlaydi va optimal o'yin parametrlarini o'rnatadi. Endi siz televizoringizni o'yinga moslab sozlashingiz shart emas. Zavq olishingiz kifoya.
*AI Auto Game rejimi faqat ayrim konsol o'yinlarida qo'llab-quvvatlanadi. *Mavjudligi o'yin xususiyatlari va formatiga bog'liq.
An action game is playing onscreen, with the Game bar onscreen at the bottom. The player selects Game Genre, Virtual Aim Point, Screen Ratio, then Minimap Zoom. The First Descendant game logo is on the top.
O'yin paneli (Game Bar)
Takomillashtirilgan o'yin maydoni
21:9 va 32:9 nisbatdagi kengaytirilgan televizor ekrani diagonali va maydoni tufayli siz keng ko'rinish maydoni va qulay o'yin jarayonidan zavq olishingiz mumkin. Turli o'yin sozlamalariga qulay kirish imkonini beruvchi o'yin paneli jarayonni yanada qulaylashtiradi.
* Yuqori kenglikdagi ko'rinish (21:9, 32:9) mazkur funksiyani qo'llab-quvvatlovchi alohida shaxsiy kompyuter va konsol o'yinlari uchun amal qiladi. Tashqi qurilmadan ekran aniqligini o'zgartirish talab etilishi mumkin. *Ayrim o'yinlar mazkur funksiyani qo'llab-quvvatlamasligi mumkin. *O'yin panelida masshtabni oshirish rejimi barcha yangilanish tezliklarini qo'llab-quvvatlamaydi. *O'yin panelining interfeysi oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.
Hue Sync texnologiyasi
Siz tomosha qilayotgan kontentga moslashuvchan tabiiy qo'shimcha yorug'lik
Ekrandagi kontent bilan sinxronlashuvchi aqlli yoritish bilan dinamik moslashuvchan muhitni yarating.
*Aqlli chiroqlar alohida xarid qilinadi. *Faqat ayrim mintaqalar uchun. *Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Alohida Philips Hue Sync ilovasini o'rnatish va pullik obuna talab etiladi.
Tovush
A Samsung TV plays a scene of a band performing, with a focus on the drummer. The TV emanates rings of sound in various sizes, which pulse energetically and travel in all directions to fill the space, indicating use of the Dolby Atmos feature.
Dolby Atmos® texnologiyasi
Yuqori dinamikli yangi darajadagi Dolby Atmos tovushi
Yangi Samsung yuqori dinamiklari beqiyos qamrovli tovushni ta'minlaydi. Dolby Atmos texnologiyasi bilan birgalikda yuqori dinamiklar sho'ng'ish effektli qamrovli tovushni ta'minlab beradi.
Only sound from the Soundbar was activated when Q-Symphony was off, but sound from both the TV and Soundbar turned on when Q-Symphony turned on.
Q-Symphony funksiyasi
Televizor va saundbarning mukammal uyg'unligi
Televizor va saundbarning uyg'unlikdagi ijrosidan zavq oling. Q-Symphony texnologiyasi televizor dinamiklari va saundbarning sinxronligini ta'minlab, natijada televizor dinamiklari o'chirilmasdan qamrovli tovush effekti taqdim etiladi.
*Q-Symphony bilan moslikni saundbar xususiyatlarida bilib oling. *Saundbar alohida xarid qilinadi.
A boat is making a circular motion on the water. OTS+ technology is tracking the action of the boat as it moves.
OTS+ texnologiyasi
Manba bilan birgalikda harakatlanuvchi dinamik va tabiiy tovush
4.2.2. kanal oldindan o'rnatilgan dinamiklari hamda sun'iy intellekt asosidagi tovushni kuzatish imkoniyati betakror tabiiy uch o'lchamli tovush ijrosini ta'minlab, sizni voqeaning markaziga olib o'tadi.
Active Voice Amplifier Pro ovozni kuchaytirish texnologiyasi
Sun'iy Intellekt asosida ovozni kuchaytirish evaziga har bir so'z aniqligi
Sun'iy intellekt asosida ovozni kuchaytirish texnologiyasi suhbat, shovqin va tashqi tovushlarni tahlil qilib, nutqni boshqa shovqinlardan ajratib olish orqali nutqning kristal darajada tiniq bo'lishini ta'minlaydi. Shovqin muhitda ham aniq nutqli yuqori tovush sifatidan zavq oling.
* Ushbu funksiya televizor menyusidagi quyidagi bo'limda faollashtiriladi: Intellektual rejim > Active Voice Amplifier Pro. Odatiy tarzda Active Voice Amplifier Pro o'chirilgan bo'ladi.
Soundwaves beneath the TV change in shape as the TV sound adapts to the dialogue, orchestra and soccer game being displayed.
Adaptive Sound Pro adaptiv tovush texnologiyasi
AI takomillashtirilgan tabiiy original tovush
Adaptive Sound Pro kontent hamda xona xususiyatlarini tahlil qilib, tovush ijrosini optimallashtiradi. Tovushni ajratib olib, takomillashtirishga qodir AI qayta ishlash yordamida shovqinlarsiz tabiiy va barqaror tovush hamda nutqning yuqori aniqligidan zavq oling.
*Mazkur funksiya televizorning quyidagi bo'limida faollashtiriladi: Intellektual rejim > Adaptive Sound Pro. Odatiy tarzda Adaptive Sound Pro o'chirilgan bo'ladi.
SmartThings ilovalari
Using SmartThings, an icon of the built-in hub on Samsung TV connects to other icons of various connected home devices in a living room, such as the AC, lights, oven, robot vacuum and air purifier.
SmartThings oldindan o'rnatilgan xabi
Aqlli qurilmalarni televizorga qulay o'rnatish imkoniyati
Televizoringizdagi SmartThings oldindan o'rnatilgan xabi Matter va HCA standartlariga mos aqlli qurilmalarni alohida xabsiz osonlik bilan ulash va nazorat qilish imkonini beradi. Shuningdek, televizoringiz ekranida aqlli qurilmalarning holati haqidagi bildirishnomalar chiqariladi.
360 Audio rejimi
Galaxy Buds bilan qamrovli tovush ijrosi
Galaxy Buds quloqchinlaridan TV bilan birgalikda foydalanilganda 360 Audio rejimi yoqilgan holatda tovush muhitga to'liq sho'ng'ish effektini yaratish uchun Direct Multi-Channel va tomoshabin bosh harakatlarini takomillashtirilgan kuzatish imkoniyati evaziga yanada tabiiy tovush ijrosini ta'minlaydi
*360 Audio funksiyali Galaxy Buds uchun amal qiladi (Galaxy Buds Live/Buds Pro/Buds2/Buds2 Pro).
3D Map View uy xaritasi funksiyasi
Televizoringiz maishiy texnika va IoT qurilmalarini boshqarish markazi vazifasida
Maishiy texnika va IoT qurilmalarining intuitiv darajada tushunarli monitoringi va nazoratini ta'minlovchi uyingizning 3D xaritasi bilan qulay boshqaruvga ega bo'ling. O'z aqlli qurilmalaringiz holatini osonlik bilan kuzatib boring hamda ular haqida TV ekranida bildirishnomalar qabul qiling.
*Tasvir namuna sifatida keltirilgan. Interfeys oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.
Multi View rejimi
Barchasini bir ekranda tomosha qiling
Televizor va smartfon ekranlarida bir vaqtning o'zida tomosha qiling. Sport translyatisiyasi yoki o'yinlar bo'yicha qo'llanmalar bo'lishidan qat'iy nazar smartfoningizni ulab, ko'p ekranli rejimdan zavq olish kifoya. Shuningdek, o'zingiz tanlagan formatda turli manbalardagi bir nechta teleko'rsatuvl
*Qo'shimcha oynalar hamda qo'llab quvvatlanadigan ilovalar/manbalar soni televizor modeliga bog'liq bo'lib, oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. *Q70D va undan yangi televizor modellarida Android va iOS smartfonlari qo'llab-quvvatlanadi. *Multi View rejimi faqat Android 4.2 va undan yangi versiyalar uchun amal qiladi. iOS qurilmalari uchun AirPlay iOS 12.3 va undan yangi modellarda qo'llab-quvvatlanadi. *Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi berilgan tasvirdagidan farq qilishi mumkin.
Samsung Daily+
Samsung Daily+
Samsung Tizen OT orqali kundalik vazifalaringiz va takroriy ishlaringizni oson boshqaring
Samsung Tizen operatsion tizimi ilovalarining ochiq ekotizimi tufayli Daily+ funksiyasi sizga televizor orqali kundalik va takroriy vazifalaringizni oson va qulay tarzda boshqarish imkoniyatini yaratadi. Daily+ o'zida SmartThings va Workspace kabi ilova va xizmatlarni mujassam etadi.
*Samsung uchinchi tomon xizmatlari uchun mas'uliyatni bo'yniga olmaydi hamda uchinchi tomon xizmatlari natijasida yetkazilgan zararlarni qoplamaydi. *Mavjud interfeys va xizmatlar oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.
SmartThings ilovasi
Sizning eng a'lo dastyoringiz
Tomosha qilishdan zavq oling, qolgan vazifalar uchun esa aqlli yordamchi bor. SmartThings ilovasi osonlik bilan smart qurilmalaringizga ulanib, ularni oldindan o'rnatilgan smart xab orqali intuitiv tushunarli tarzda boshqarish uchun nazorat va boshqaruv imkoniyatlarini taqdim etadi.
*Texnologiya, funksiyalar va rejimlarning mavjudligi mamlakat, xizmat, tarmoq xususiyatlari va qurilma turiga bog'liq bo'lib, oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin. *Wi-Fi, Bluetooth yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulanish hamda Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. *Ulanadigan qurilmalar alohida sotiladi. *Texnologiyalardan foydalanish uchun SmartThings maxfiylik shartlari hamda ulanadigan qurilma shartlarini qabul qilish talab etiladi. *Foydalanuvchi interfeysi oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirlishi mumkin.
Dizayn
A close up of the Infinity One side profile is highlighted by a thin light tracing the slim edge. A zoom out reveals the entire side profile of QN800D.
Infinity One dizayni
Minimallikning mutlaq go'zalligi
Endilikda nafis ko'rinish va ilg'or texnologiyalar o'rtasida tanlashingiz shart emas. Ajoyib Infinity One dizaynidagi ingichka profil siz uchun eng a'lo yechim bo'ladi.
The One Connect Box is on a table. Its various ports on the back are zoomed in. The Attachable Slim One Connect box is attached to the Neo QLED TV.
One Connect biriktiriladigan moduli
Televizoringiz uchun simlarni tartibga keltirish vositasi
Televizoringizni qayerda o'rnatishingizdan qat'iy nazar One Connect biriktiriladigan moduli chigl simlardan voz kechish imkoniyatini yaratadi.
Xavfsizlik & Barqarorlik
Samsung Knox Security xavfsizlik tizimi
Sizning maxfiyligingiz mustahkam himoya ostida
Samsung Knox Security hamda ko'p darajali himoyali Samsung televizorlari zararli ilovalar va fishing saytlaridan himoya qilib, xavfsizligingiz uchun doimiy tartibdagi yangilanishlarni ta'minlaydi.
* Samsung Knox Security xavfsizlik tizimi 2015 yildan boshlab ishlab chiqarilgan Tizen® operatsion tizimli barcha Samsung televizorlari uchun mavjud.
* Xavfsizlik dasturiy ta'minoti yangilanishi televizor ishlab chiqarilgan muddatdan boshlab kamida uch yil davomida kafolatlanadi.
* Televizorda dasturiy ta'minotning so'nggi yangilanishini yuklash talab etiladi.
When AI Energy Mode is off, the surroundings around the TV appear bright. A smartphone screen displaying AI Energy Mode pops up, and it switches from Off to On. With adaptive brightness and AI Energy Mode activated, the energy level decreases significantly, and the scale shifts from day to night.
AI Energy rejimi
SmartThings yordamida Samsung televizori energiya iste'molini optimallashtiradi. AI Energy rejimi ek
SmartThings yordamida energiyani tejash yanada oson. AI Energy rejimi yoqilganda TV ekran yorqinligi darajasini sozlash maqsadida tashqi yorug'lik darajasini avtomatik tarzda aniqlaydi va foydalanuvchi xohishlarini o'rganadi va natijada umumiy energiya sarfi hajmini kamaytirishga yordam beradi.
*Energiya tejamkorlik koeffitsienti mintqa, o'lchamlar, foydalanish sharoitlari va kontent turiga bog'liq. *Faol eko rejim bilan yetkazib berilgan ayrim AI Energy rejimining funksiyalari odatiy tarzda yoqilgan bo'lib, AI Energy rejimiga o'tilganda energiya tejamkorlik darajasi standart rejimga nisbatan pastroq bo'lishi mumkin. *AI Energy rejimi o'yin rejimida qo'llab-quvvatlanmaydi. *Energiya tejamkorligi ichki sinovlar asosida ko'rsatilgan bo'lib, tomosha qilinayotgan kontent va yorug'lik darajasiga qarab farq qilishi mumkin.
Relumino rejimi
Ko'ngilochar tajribangiz uchun maxsus imkoniyatlar
Relumino rejimi — bu kontrastlik va yorqinlikni oshirish orqali obyektlarning konturlarini dinamik tarzda kuchaytiruvchi vizual yordamchi. Natijada tasvir ko'rish muammolariga eg shaxslar uchun ham aniq va ko'rishg qulay holatga keladi.
*Relumino rejimi faqat raqamli televideniye va HDMI orqali ishlaydi. Boshqa manbalar, jumladan striminglar qo'llab-quvvatlanmaydi. *Tasvir namuna sifatida keltirilgan.
SolarCell Remote pulti
Qayta ishlangan materiallardan ishlab chiqarilgan va yorug'lik energiyasidan zaryad oluvchi eko pult
SolarCell Remote pultining orqa tomonidagi quyosh paneli orqali zaryadlash tufayli siz ekologik bo'lmagan bir martalik batareyalardan foydalanmasligingiz mumkin.
*Masofadan boshqarish pultini quyosh yorug'ligidan zaryadlash uchun uni quyosh paneli bilan yuqoriga qaratib qo'ying. Pultni chiroq yoqilgan holatda xonangizdagi istalgan joyga yoki tabiiy yorug'likdan zaryadlash uchun oyna yoniga joylashtirish maqsadga muvofiq. *Agarda masofadan boshqarish pultining akkumulyatorida zaryad qolmasa, siz uni USB-C kabeli yordamida zaryadlashingiz mumkin. Akkumulyatorda qolgan zaryad miqdorini tekshirish uchun televizor menyusiga kiring (Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Quvvat va energiya tejamkorligi > Masofadan boshqarish pulti batareyasi). *SolarCell masofadan boshqarish pultining dizayni va tugmalar joylashuvi mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. *2024-yilda ishlab chiqarilgan televizorlarning SolarCell masofadan boshqarish pultida kamida 24% qayta ishlangan plastik mavjud (plastik umumiy hajmi bo'yicha hisoblanganda).
Televizor va saundbarning mukammal uyg'unligi
Premium darajadagi Saundbar Q Series
Kinoteatr sifatidagi qamrovli tovush
Ultra ingichka saundbar
Ixcham korpusdagi qudratli tovush
Saundbar B Series
Qamrovli tovushdan yangi darajadagi hissiyotlar
Saytda xarid qilib ko'proq foyda oling
Texnik xususiyatlari
Ekran aniqligi
8K (7,680 x 4,320)
Mahsulot turi
NeoQLED
Video
NQ8 AI Gen2 protsessori
Yangilanish chastotasi
100 Hz (4K 165 Hz gacha)
NeoQLED
Ekran o‘lchami
85"
Yangilanish chastotasi
100 Hz (4K 165 Hz gacha)
Ekran aniqligi
8K (7,680 x 4,320)
Anti Reflection qo'llab-quvvatlash
Ha
Tasvirni qayta ishlaydigan protsessor
NQ8 AI Gen2 protsessori
Kengaytirilgan dinamik diapazon (High Dynamic Range)
Neo Quantum HDR 8K+ texnologiyasi
HDR 10+
Ha (ADAPTIVE/GAMING)
SI (Sun'iy Intellekt) tasvir yaxshilashi
8K AI Upscaling texnologiyasi
Kontrastlik
Quantum Matrix Pro texnologiyasi
Ko'rish burchagi
Ultra keng ko'rish burchagi
Ekanning alohida hududlarida qorong'ilashtirish texnologiyasi: Micro Dimming (soyalar va yorqin joylarda tafsilotlarni ko'sata olish)
Ekran/tovushni takrorlash: televizordan smartfonga, smartfondan televizorga; televizordan ekranni takrorlashni ishga tushirish; WiFi orqali televizorni yoqish; smartfon tarkibini televizorda teginish orqali ko'rish (Tap View)
Multi-Ko'rinish
4 tagacha video
Atrof muhit sharoiti (Ambience)
Ambient+ rejimi
Apple AirPlay
Ha
Daily+
Ha
Avtomatik oʻyin rejimi (ALLM)
Ha
Game Motion Plus qo'llab-quvvatlash
Ha
Dinamik qora EQ
Ha
VRR
Ha
Surround Sound qo'llab-quvvatlash
Ha
Super ultra keng o'yin ko'rinishi
Ha
Mini xaritani kattalashtirish
Ha
FreeSync
FreeSync Premium Pro
HGiG
Ha
Raqamli teleko'rsatuv (Digital Broadcasting)
DVB-T2CS2
Analog signali tyuneri
Ha
CI (Common Interface) kartochkasini ulash uchun joy (Umumiy interfeys)
CI+(1.4)
Ma`lumot uzatish (Data Broadcasting)
HbbTV 2.0.3 (RU)
TV Key ilovasini qo'llab-quvvatlash
Ha
HDMI ulagichi
4
USB ulagichi
3 x USB-A, 1 x USB-C
HDMI (High Frame Rate)
8K 60 Hz, 4K 165 Hz (HDMI 1/2/3/4 uchun)
Ethernet (mahalliy tarmoq)
1
Raqamli audio chiqish (optik)
1
Antenna kirish joyi (Yer/kabel TV)
1/1 Efir televideniyasi uchun umumiy ulash joyi) /1
Qo'shimcha modullarni ulash uchun kengaytirish uyasi (CI Slot)
1
Wi-Fi
Ha (Wi-Fi 6)
Bluetooth
Ha (BT5.3)
Anynet+ (HDMI CEC) qo'llab-quvvatlash
Ha
HDMI Ovozni qaytarish kanali
eARC
One Connect qutisi
One Connect (Y24 8K)
Dizayn
Infinity One
Rom turi
4 tomondan ramkasiz
Rom qalinligi
Ultra yupqa
Old panel rangi
Qora grafit
Taglik turi
SLIM OC
Taglik rangi
Titan
Knox Vault
Ha
Oldindan o'rnatilgan ichki POP funktsiyasi
Ha
EPG funksiyasi
Ha
Takomillashtirilgan PVR funksiyasi
Ha
IP Control
Ha
Ekran menyusi tili
Qo'llab-quvvatlanadigan tillar soni: 32
Ko'rish va xizmat ko'rsatishning qulayligi - Ovozli qo‘llanma
Buyuk Britaniya ingliz, fin, frantsuz, nemis, yunon, venger, italyan, norveg, polyak, portugal, portugal, rumin, rus, ispan, shved, slovak, chex, daniya, golland, koreys
Past koʻrish qobiliyatini qoʻllab-quvvatlash
Relumino, Kattalashtirish, Ovoz tavsifi, Menyu va Matnni kattalashtirish, Yuqori kontrast, SeeColors funksiyasi, Rang inversiyasi, Kulrang shkala, Tasvirni o'chirish
Hearing Impaired Support
Yopiq Sarlavha (Subtitrlar), Ko'p chiqishli audio, Kattalashtirish imo-ishora tili
Harakat buzilishlarini qo'llab-quvvatlash
Slow Button Repeat funksiyasi (Masofadan boshqarish pult tugmachasini uzoq vaqt ushlab turganda belgining (masalan, raqamlar) takrorlanishini bartaraf etish), Remote Control ilovasi. Barcha modellar uchun
Eko sensori
Ha
Elektr quvvat ta'minoti
AC100-240V~ 50/60 Hz
Iste’mol quvvati (maksimal)
430 Vt
Energiya samaradorligi turi
A
Elektr quvvati iste'moli (kutish rejimida)
0.50 Vt
Elektr quvvati iste'moli (an`anaviy rerjim)
261 Vt
Yillik elektr quvvati iste'moli (YI standarti)
381 kVt/s
Elektr quvvati ta'minotini avtomatik tarzda uzish
Ha
Avtomatik quvvat tejash
Ha
Qadoqdagi o'lchamlari (ExBxCh)
2090.0 x 1260.0 x 220.0 mm
Taglik bilan birga o'lchamlar (ExBxCh)
1893.4 x 1153.4 x 303.7 mm
Tagliksiz o'lchamlari (ExBxCh)
1893.4 x 1083.0 x 17.6 mm
Taglik (Asosiy) (ExCh)
360 x 303.7 mm
VESA xususiyatlari
600 x 400 mm
Og‘irligi (qadoqdagi)
74 kg
Stend bilan birga og‘irligi
57.7 kg
Stendsiz og‘irligi
44.4 kg
Masofadan boshqarish pulti mavjud model
TM2360G, TM2360F(RU, AZ, AM, BY ,GE)
Devorga bo'shliqsiz o'rnatish (Y21 VESA)
Ha
Foydalanuvchi qo'llanmasi
Ha
Full Motion Slim devorga oʻrnatish moslamasi (Y22)
Ha
Veb-kamerani qo'llab-quvvatlash
Ha
Zigbee / Thread moduli
Oʻrnatilgan
Tarmoq kabeli
Ha
Foydalanuvchi uchun qo'llanma va yuklab olish uchun materiallar
* Asosiy funktsiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin
* Samsung Smart TV-ning ayrim xususiyatlari shaxsiy ma'lumotlarni to'plash va ulardan foydalanishga bevosita rozilik bermasdan turib mavjud bo'lmasligi mumkin.
Birja ogohlantirishini oling
Get alert when this item is back in stock and available to buy, by adding your email to opt into alerts.
Please double check your email address.
We will email you when inventory is added.
Tashakkur.