Ushbu sayt cookie -lardan foydalanadi. QABUL QILISH tugmasini bosish yoki saytni ko'rishda davom etish bilan, siz cookie -lardan foydalanishimizga roziligingizni berasiz.
Batafsil
Sun'iy intellektning barcha qudratini 4K aniqlikda his eting
AI qudratiga ega Samsung 4K protsessori 4K aniqlikdagi eng yuqori tasvir sifatini ta'minlaydi. 20 ta neyron tarmoqlari asosidagi 4K AI yordamidagi masshtablashtirish texnologiyasi tasvirni 4K sifatga maksimal yaqin tarzda optimallashtiradi. Bizning yangi NQ4 AI Gen2 protsessorimiz ham tasvir, ham tovushni optimallashtirgan holda siz striming xizmatlarini tomosha qilayotganingiz, o'yin o'ynayotganingiz yoki jonli efirda sport translyatsiyalarini tomosha qilayotganingizdan qat'iy nazar sizga 4K sifatdagi tasvirni ta'minlab beradi.
Samaradorlik 2024-yil QLED Q70D modeli bilan taqqoslanganda
*Konvertatsiya qilingan tasvir sifati boshlang'ich kontent turi va formatiga qarab farq qilishi mumkin. *4K masshtablashtirish funksiyasi televizor shaxsiy kompyuterga ulanganida va o'yin rejimida ishlamasligi mumkin.
Quantum Matrix texnologiyasi
Ostki yoritishni ultra yuqori aniqlikda boshqarish evaziga eng mayda tafsilotlar aniq ko'rinadi
Qunatum Mini LED ostki yoritish tizimi aniq boshqarish imkoniyatini beruvchi Quantum Matrix texnologiyasi tufayli Neo QLED seriyasidagi televizorlar doimiy tarzda takomillashib boradi. Ostki yoritishni aniq boshqarish tufayli siz eng yorqin va qorong'u sahnalarda ham aniq tafsilotlarni ko'ra olishingiz mumkin.
Motion Xcelerator 144 Gs texnologiyasi
Sevimli o'yinlaringizdagi harakatlar ravonligini 4K 144 Gs gacha aniqlikda uzatish imkoniyati
Takomillashtirilgan harakatni uzatish texnologiyasi evaziga Motion Xcelerator 144 Gs texnologiyasi sizga 144 GS gacha yangilanish tezligini qo'llab-quvvatlovchi VRR o'yinlardagi dinamik sahnalarni tezkor qayta ishlash imkonini yaratib, eng yuqori tezliklarda ham sizga istalgan raqibni mag'lub etish imkoniyatini beradi.
*4K 144 Gs faqat bunday spetsifikatsiyalarni qo'llab-quvvatlaydigan kompyuterga ulangan o'yinlar uchun mavjud (kompyuter grafik kartasi talab qilinadi). Ishlash har xil bo'lishi mumkin.
Samsung Tizen operatsion tizimi
Tizen OT bilan yangi ko'ngilochar tajribalar
Samsung Tizen operatsion tizimli televizorlaridagi yangi ilova va xizmatlar yordamida tomoshadan yanada ko'proq zavq oling. Siz Daily+ funksiyasi yordamida o'z kundalik vazifalaringizni boshqarishingiz hamda SmartThings ilovasi yordamida televizor ekranidan o'z smart qurilmalaringiz holatini nazorat qilishingiz mumkin.
*Kontent va xizmatlarning mavjudligi mintaqaga bog'liq bo'lib, foydalanuvchilarni oldindan ogohlantirmagan holda o'zgartirilishi mumkin. *Foydalanishdan oldin Smart Hub xizmati Qoida va shartlarini hamda Maxfiylik siyosatini qabul qilish talab etiladi. *Ayrim xizmatlar va kontent uchun ro'yxatdan o'tish va obuna bo'lish talab etilishi mumkin. Samsung Tizen OS barcha funksiyalari, jumladan Smart TV funksiyasi va ilovalardan (Xitoy, Turkiya va Isroil bundan mustasno) foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Agar siz tizimga kirishni istamasangiz, u holda faqat odatiy antenna orqali (faqat tyunerli qurilmalarga tegishli) ulanish hamda tashqi qurilmalarga, jumladan HDMI orqali foydalanish mumkin. Samsung hisob qaydnomasini yaratish uchun sizdan alohida qurilma talab etilishi mumkin (masalan, shaxsiy kompyuter yoki smartfon).
Tasvir sifati
Samsung NQ4 AI Gen2 Processor works behind layered screens. When the processor powers on, the effect ripples through the layered screens to optimize the picture at the forefront. The details of a mountain side, rocks in a creek and shoes of a runner in a scene are upscaled to great clarity.
Tasvirni 4K aniqlikkacha AI masshtablashtirish
Kontent sifatini 4K aniqlikkacha masshtablashtiring
4K aniqlikkacha AI masshtablashtirish texnologiyasi 20 ta neyron tarmoqlaridan foydalanishga asoslangan bo'lib, u tasvir sifatini 4K aniqlikka maksimal yaqin darajagacha o'zgartiradi.
*Konvertatsiya qilingan tasvir sifati boshlang'ich kontent formati va turiga qarab farq qilishi mumkin. 4K AI masshtablashtirish funksiyasi televizor shaxsiy kompyuterga ulanganida va o'yin rejimida ishlamasligi mumkin.
Elephants are walking around in a wide field. The scene after applying HDR 10+ ADAPTIVE\/GAMING technology is much brighter and crisper than the SDR version.
Neo Quantum HDR+ texnologiyasi
4K aniqlikdagi ajoyib yorqinlik va boy ranglar
Tomoshadan yanada ko'proq zavq oling, betakror yorqinlik va 4K aniqlikdagi dinamik adaptiv sahnalar uyg'unligiga baho bering. Neo Quantum HDR+ texnologiyasini qo'llab-quvvatlovchi tv ekranidagi tasvir Neo Quantum HDR texnologiyasini qo'llab-quvvatlovchi tv yorqinligiga nisbatan 2 marta yorqinroq.
*QN90D 50/43 dyuym uchun: Neo Quantum HDR. *Quantum HDR yorqinligi diapazonini baholash ichki sinovlar natijalariga asoslanadi hamda tomosha sharoiti va tashqi muhitga bog'liq bo'lishi mumkin.
An icon depicts how the TV's dark scenes are enhanced as the brightness in the room increases.
Yorqinlikni HDR optimallashtirish funksiyasi
Qorong'u sahnalardagi yashirin tafsilotlarni ko'rish imkoniyati
Kun yorug'ligi yoki tashqi yorug'lik manbasi yorqinligini kuzatish yordamida neyronli protsessor qorong'u sahnalarda tafsilotlarni onlayn rejimida optimallashtiradi.
Anti Reflection funksiyasi
Keraksiz chalg'itishni kamaytirish uchun porlashni kamaytiradi
Tanqidchilar tomonidan tan olingan Anti Reflection texnologiyamiz aks ettirilgan yorug'likdan kelib chiqadigan porlashni minimallashtiradi va bu sizga kristalli tiniq tasvirlardan istalgan burchakdan bahramand bo'lish imkonini beradi.
*Tasvir faqat illyustratsiya uchun taqlid qilingan.
Real Depth Enhancer Pro texnologiyasi
Tasvirning uch o'lchamli chuqurligi evaziga reallikning yangi darajasi
Real Depth Enhancer Pro texnologiyasi odatiy tarzda tomoshabin nigohi jamlanadigan tasvir qismlarini aniqlaydi va uning chuqurligini oshiradi. Texnologiya asosida old rejadagi tasvirning hajmli detallarini shakllantirish uchun mini yorug'lik diodlari yoritilish yorqinligini optimallashtirish mavjud.
*Tasvir sifati video turi va formatiga bog'liq.
Auto HDR Remastering funksiyasi
SDR kontenti uchun ham HDR sifatdagi tasvir
Endi siz standart dinamik diapazonli SDR kontentni HDR sifatda tomosha qilishingiz mumkin. Chuqur o'qitish algoritmlari SDR kontentni yanada yorqin jilolari, yanada yorqin ranglari va aniqroq tafsilotlariga ega HDR sifatga o'zgartirish orqali kontentingizni remastering qilish uchun foydalaniladi.
*Tomoshadan olingan taassurotlar boshlang'ich kontent sifatiga bog'liq bo'lishi mumkin.
PANTONE sertifikati
PANTONE klassifikatsiyasi bo'yicha tabiiy ranglar
PANTONE standarti bo'yicha sertifikatlash 2030 xil PANTONE ranglari va 110 xil teri ranglarini aniq namoyish etish imkoniyatini tasdiqlaydi. Natijada siz yanada ko'proq aniq va tabiiy tasvirdan zavq olishingiz mumkin.
Yangi darajadagi o'yin tajribasi
Scattered scenes from games with one main scene front and center. \"RPG\" is detected as its genre, as it is then scanned into optimal settings by Samsung's AI technology. Then the screen changes and \"Racing\" is detected as the genre of \"Kart Rider Drift\" as it is also scanned into optimal settings.
O'yinlar uchun AI sozlamalarni avtomatik tanlash
O'yin rejimi sozlamalarini AI optimallashtirish evaziga ravon o'yin tajribasi
Televizoringiz siz o'ynayotgan o'yin turini avtomatik tarzda aniqlaydi hamda har bir o'yin turi uchun alohida o'yin sozlamalarini taklif etadi. O'zingizni o'yin sozlamalari tashvishlaridan ozod etib, e'tiboringizni o'yinga qarating.
*O'yinlar uchun AI sozlamalarni avtomatik tanlash faqat ayrim konsol o'yinlari uchun mavjud. *Mavjudlik kontent va o'yin formatiga qarab farq qilishi mumkin.
A comparison of the same 2 cars in motion are on display. The left side has a lot of stutter while the right side runs smoothly. The AMD FreeSync Premium Pro logo is on the upper righthand side.
FreeSync Premium Pro texnologiyasi
HDR o'yinlarda kadrlarning ravon almashishi va past kechikish
AMD FreeSync™ core texnologiyasi asosida yaratilgan yangi FreeSync Premium Pro texnologiyasi o'yin jarayoni davomida titrash va uzilishlarni kamaytirish evaziga HDR formatidagi haqiqiy o'yin imkoniyatlarini taqdim etadi. Yuqori dinamik diapazonli beqiyos vizual effektlardan zavq oling.
*Tomosha tajribasi kontent turi va grafik tizim ish sifati, hamda bulutli o'yin davomida internet ulanishning tezligi va javob qaytarish vaqtiga qarab farq qilishi mumkin.
An action game is playing onscreen, with the Game bar onscreen at the bottom. The player selects Game Genre, Virtual Aim Point, Screen Ratio, then Minimap Zoom. The First Descendant game logo is on the top.
O'yin paneli (Game Bar)
O'yin tajribangizni takomillashtiring
21:9 va 32:9 tomonlar nisbatini o'zgartirish funksiyasi yanada kengroq ko'rish maydonini hamda o'yindan yanada ko'proq hissiyotlarni ta'minlaydi. O'yin sozlamalariga kirishingizni yanada osonlashtiruvchi Game Bar o'yin paneli yordamida o'yin jarayoningizni optimallashtiring.
*Super Ultra Keng ko'rish maydoni (Super Ultrawide GameView (21:9, 32:9)) yuqori kenglikdagi ekranlarni qo'llab-quvvatlovchi ayrim shaxsiy kompyuter va konsol o'yinlari uchun mavjud. *O'yinlar tashqi qurilmalardan yuklanganda ekran tomonlari nisbatini o'zgartirish talab etilishi mumkin. *Ayrim o'yinlar mazkur funksiyani qo'llab-quvvatlamasligi mumkin. *Ayrim ekran yangilanishi tezliklarida Game Bars Zoom-in mode rejimi (masshtablashtirish rejimi) qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin. *Game Bar o'yin paneli foydalanuvchi interfeysi oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.
Ragnlarni sinxronlash
Sizning tomoshadan olgan taassurotlaringiz bilan sinxronlashuvchi jozibador yorqinlikdan zavq oling
Ekrandagi istalgan kontent bilan sinxronlashishga qodir intellektual yoritish yordamida yaratilgan dinamik sozlanuvchi muhitga sho'ng'ing.
*Smart Light alohida sotiladi. *Faqat ayrim mintaqalar uchun. *Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Philips Hue Sync ilovasini o'rnatish va pullik obuna talab etiladi.
Tovush
A Samsung TV plays a scene of a band performing, with a focus on the drummer. The TV emanates rings of sound in various sizes, which pulse energetically and travel in all directions to fill the space, indicating use of the Dolby Atmos feature.
Dolby Atmos®
Yuqori kanalli dinamikli yangi avlod Dolby Atmos tizimi
Samsung televizorining yangi yuqoriga yo'naltirilgn dinamiklari ajoyib qamrovli tovush effektini yaratadi. Dolby Atmos formatidagi tovush bilan birgalikda esa dinamiklar ko'p o'lchamli akustik muhitni yaratib, sizni ekrandagi voqelikka sho'ng'ishingizga yordam beradi.
*Balandlikdagi dinamiklar QN90D 55" va undan yuqori modellar uchun mavjud.
Only sound from the Soundbar was activated when Q-Symphony was off, but sound from both the TV and Soundbar turned on when Q-Symphony turned on.
Q-Symphony funksiyasi
Televizor dinamiklari va saundbarning uyg'unlikdagi ijrosi
Televizor va saundbarning o'zaro uyg'unlikdagi tovushlari xonaning har bir burchagigacha yetib boradi. Noyob Q-Symphony funksiyasi yordamida televizor va saundbarning tovushlari sinxronlashib, televizor dinamiklarini o'chirmagan holda qamrovli tovushdan zavq olish imkoniyatini beradi.
*Q Symphony funksiyasining qo'llab-quvvatlanishini saundbar texnik xususiyatlarida tekshirib oling. *Saundbar alohida sotib olinadi.
A boat is making a circular motion on the water. OTS+ technology is tracking the action of the boat as it moves.
OTS+ texnologiyasi
Ekrandagi obyektlar bilan birgalikda harakatlanuvchi dinamik va tabiiy tovush ijrosi
AI yordamida boshqariladigan 4.2.2. kanalli audio tizimning oldindan o'rnatilgan dinamiklari ekrandagi voqelikka to'liq sho'ng'ishingiz uchun tabiiy uch o'lchamli tovush ijrosidan zavq olish imkoniyatini yaratadi.
*QN90D 50/43 dyuym uchun: OTS Lite
Active Voice Amplifier Pro texnologiyasi
Sun'iy intellekt yordamida ovozni yaxshilash dialogni chalg'itmasdan ushlab turish imkonini beradi
Sun'iy intellekt asosidagi ovozni yaxshilash texnologiyasi ovozlarni boshqa tovushlardan ajratish uchun fon tovushlari, ovoz tiniqligi va atrofdagi shovqinlarni tahlil qilish orqali dialogni tiniq qiladi. Hatto chalg'ituvchi muhitda ham aniq dialog bilan misli ko'rilmagan audio tajribasidan bahraman
*Mazkur funksiyani televizor menyusi > Intellektual rejim > Active Voice Amplifier Pro bo'limida faollashtirish mumkin. Odatiy tarzda Active Voice Amplifier Pro funksiyasi o'chirilgan holatda bo'ladi.
Soundwaves beneath the TV change in shape as the TV sound adapts to the dialogue, orchestra and soccer game being displayed.
Adaptive Sound Pro funksiyasi
Muallif g'oyasiga mos keluvchi va AI yordamida optimallashtirilgan tabiiy tovush
Ushbu funksiya sizning xonangiz hamda audio kontent xususiyatlariga qarab tovushni optimallashtiradi. AI qayta ishlash yordamida har bir sahnadagi tahlil va optimallashtirish evaziga aynan muallif g'oyasiga mos takomillashtirilgan nutq hamda yorqin va muvozanatli tovush ijrosiga baho bering.
*Mazkur funksiyasini televizor menyusi > Intellektual rejim > Adaptive Sound Pro bo'limida faollashtirish mumkin. Adaptive Sound Pro funksiyasi odatiy tarzda o'chirilgan bo'ladi.
SmartThings
Using SmartThings, an icon of the built-in hub on Samsung TV connects to other icons of various connected home devices in a living room, such as the AC, lights, oven, robot vacuum and air purifier.
O'rnatilgan SmartThings Hub
Smart qurilmalaringizni televizorga ulang
Oldindan o'rnatilgan SmartThings xabi yordamida siz Matter v HCA standartlariga mos aqlli qurilmalaringizni osonlik bilan ulab, ortiqcha qurilmalardan foydalanmagan holda ularni boshqarishingiz mumkin bo'ladi.
360 Audio rejimi
Galaxy Buds quloqchinlaridagi Spatial 3D qamrovli tovush ijrosi
Galaxy Buds tv bilan birgalikda foydalanilganda 360 Audio rejimi yoqilgan holatda tovush muhitga to'liq sho'ng'ish effektini yaratish uchun Direct Multi-Channel funksiyasi va tomoshabin bosh harakatlarini takomillashtirilgan kuzatish imkoniyati evaziga yanada tabiiy tovush ijrosini ta'minlaydi.
*360 audio funksiyasini qo'llab-quvvatlovchi Galaxy Buds quloqchinlaridan foydalanilganda amal qiladi (Galaxy Buds Live/ Buds Pro/ Buds2 / Buds2 Pro Buds2 Pro modellarida qo'llab-quvvatlanadi).
3D Map View funksiyasi
Televizoringizdan uyingizni hamda aqlli qurilmalaringizni boshqarish markazi sifatida foydalaning
Uyingizning 3D xaritasi yordamida maishiy texnika va aqlli qurilmalarning holatini intuitiv tarzda nazorat qiling hamda uyingiz boshqaruvini takomillashtiring.
*Tasvir modellashtirilgan hamda qat'iy tarzda namuna maqsadlari uchun mo'ljallangan. Foydalanuvchi interfeysi oldindan ogohlantirishsiz o'zgartirilishi mumkin.
Multi View rejimi
Barchasini bir ekranda tomosha qiling
Endi televizordagi va mobil telefondagi kontentni bir ekranda bir vaqtning o'zida tomosha qilish mumkin. Sport statistikasi yoki o'yinlarni o'tish bo'yicha video qo'llanmalar bo'lsin, telefoningizni televizorga ulab multi ekranli rejimdan zavq olishingiz mumkin.
*Qo'shimcha oynalar hamda qo'llab quvvatlanadigan ilovalar/manbalar soni televizor modeliga bog'liq bo'lib, oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. *DU8500 va undan yangi televizor modellarida Android va iOS smartfonlari qo'llab-quvvatlanadi. *Multi View rejimi faqat Android 4.2 va undan yangi versiyalar uchun amal qiladi. iOS qurilmalari uchun AirPlay iOS 12.3 va undan yangi modellarda qo'llab-quvvatlanadi. *Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi berilgan tasvirdagidan farq qilishi mumkin.
Samsung Daily+
Samsung Daily+
Samsung Tizen OS yordamida kundalik faoliyat va turmush tarzingizni oson boshqaring
Samsung Tizen operatsion tizimi Daily+ ilovalarining ochiq ekotizimi evaziga siz televizoringiz ekranidan turib o'z kundalik vazifalaringiz va maishiy texnikangizni osonlik bilan boshqarishingiz mumkin. Daily+ funksiyasi SmartThings va Workspace kabi ilova va xizmatlarni o'z ichiga oladi.
*Samsung hech qanday uchinchi tomon xizmatlari yoki hech qanday uchinchi tomon xizmatlari tomonidan yuzaga kelgan zararlar uchun mas'uliyatlarni o'z bo'yniga olmaydi. *Mavjud xizmatlar hamda foydalanuvchi interfeysi oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.
SmartThings ilovasi
Sizning eng a'lo dastyoringiz
Tomosha qilishdan zavq oling, qolgan vazifalar uchun esa aqlli yordamchi bor. SmartThings ilovasi osonlik bilan smart qurilmalaringizga ulanib, ularni oldindan o'rnatilgan smart xab orqali intuitiv tushunarli tarzda boshqarish uchun nazorat va boshqaruv imkoniyatlarini taqdim etadi.
*Texnologiya, funksiyalar va rejimlarning mavjudligi mamlakat, xizmat, tarmoq xususiyatlari va qurilma turiga bog'liq bo'lib, oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin. *Wi-Fi, Bluetooth yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulanish hamda Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. *Ulanadigan qurilmalar alohida sotiladi. *Texnologiyalardan foydalanish uchun SmartThings maxfiylik shartlari hamda ulanadigan qurilma shartlarini qabul qilish talab etiladi. *Foydalanuvchi interfeysi oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirlishi mumkin.
Dizayn
The NeoSlim side profile of QN90D is highlighted by a thin light tracing the edge of the TV from top to bottom.
NeoSlim dizayni
Televizorning zamonaviy va nafis dizayni
Nafis va ultra ingichka televizor asl san'at asari kabi har tomondan taassurot qoldirishga qodir.
Himoya va ekologik xavfsizlik
Samsung Knox Security xavfsizlik tizimi
Sizning maxfiyligingiz mustahkam himoyalangan
Samsung televizorlarida sizning maxfiyligingiz mustahkam himoyalangan. Pin kod va parollar kabi maxfiy ma'lumotlar ham dasturiy ham apparat tomondan himoyalangan. Samsung Knox Security televizorga ulangn IoT uy qurilmalarini himoya qiladi hamda zararli dasturlar va fishing saytlarini bloklaydi.
* Samsung Knox Security xavfsizlik tizimi 2015 yildan boshlab ishlab chiqarilgan Tizen® operatsion tizimli barcha Samsung televizorlari uchun mavjud.
* Xavfsizlik dasturiy ta'minoti yangilanishi televizor ishlab chiqarilgan muddatdan boshlab kamida uch yil davomida kafolatlanadi.
* Televizorda dasturiy ta'minotning so'nggi yangilanishini yuklash talab etiladi.
When AI Energy Mode is off, the surroundings around the TV appear bright. A smartphone screen displaying AI Energy Mode pops up, and it switches from Off to On. With adaptive brightness and AI Energy Mode activated, the energy level decreases significantly, and the scale shifts from day to night.
AI energiya tejamkorligi
Energiya tejamkorligi uchun energiya iste'molini intellektual tahlil qilish
SmartThings yordamida energiyani tejash yanada oson. AI Energy rejimi yoqilganda tv ekran yorqinligi darajasini sozlash maqsadida tashqi yorug'lik darajasini avtomatik tarzda aniqlaydi va foydalanuvchi xohishlarini o'rganadi va natijada umumiy energiya sarfi hajmini kamaytirishga yordam beradi.
*Energiya tejash hajmi mintaqa, model, o'lchamlar, tomosha sharoiti va kontent turiga bog'liq bo'lishi mumkin. *Energiya tejamkorlik rejimida yetkazib beriladigan mahsulotlarda ayrim AI Energy funksiyalari odatiy tarzda yoqilganligi sababli AI Energy rejimi yoqilganda energiya tejash hajmi standart rejimdan pastroq bo'lishi mumkin. *AI Energy rejimi o'yin rejimida qo'llab-quvvatlanmaydi. *Energiya tejamkorligi ichki sinov natijalariga asoslangan bo'lib, tomosha qilish sharoiti va tashqi muhitga bog'liq bo'lishi mumkin.
Relumino rejimi
Ko'ngilochar imkoniyatlar yanada yaqin
Relumino rejimi — bu tasvirdagi elementlar konturlari kontrastligi va rangini modifikatsiya qilish yordamida ularni dinamik tarzda ajratib ko'rsatuvchi yordamchi vizualizatsiya yechimidir. Bu ko'rish muammolari bor odamlar uchun kontentni tomosha qilish imkoniyatini yaratadi.
*Relumino rejimi faqat raqamli uzatish va HDMI orqali ulangan manbalar bilan ishlaydi. Rejim internet TV kabi boshqa rejimlar bilan ishlamaydi. *Tasvir modellashtirilgan va matnga namuna sifatida xizmat qiladi.
SolarCell Remote pulti
Qayta ishlangan materiallardan ishlab chiqarilgan va yorug'lik energiyasidan zaryad oluvchi eko pult
Masofadan boshqarish pultining orqa tomonida joylashgan quyosh elementlari paneli tufayli siz uni tashqi yorug'lik manbaidan zaryadlashingiz mumkin bo'lib, bir martlarik batareyalar atrof-muhitga zarar yetkazishi tufayli ulardan foydalanmasligingiz mumkin.
*Masofadan boshqarish pultini quyosh yorug'ligidan zaryadlash uchun uni quyosh paneli bilan yuqoriga qaratib qo'ying. Pultni chiroq yoqilgan holatda xonangizdagi istalgan joyga yoki tabiiy yorug'likdan zaryadlash uchun oyna yoniga joylashtirish maqsadga muvofiq. Agarda masofadan boshqarish pultining akkumulyatorida zaryad qolmasa, siz uni USB-C kabeli yordamida zaryadlashingiz mumkin. Akkumulyatorda qolgan zaryad miqdorini tekshirish uchun televizor menyusiga kiring (Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Quvvat va energiya tejamkorligi > Masofadan boshqarish pulti batareyasi). *SolarCell masofadan boshqarish pultining dizayni va tugmalar joylashuvi mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. *2024-yilda ishlab chiqarilgan televizorlarning SolarCell masofadan boshqarish pultida kamida 24% qayta ishlangan plastik mavjud (plastik umumiy hajmi bo'yicha hisoblanganda).
Televizor va saundbarning mukammal uyg'unligi
Premium darajadagi Saundbar Q Series
Kinoteatr sifatidagi qamrovli tovush
Ultra ingichka saundbar
Ixcham korpusdagi qudratli tovush
Saundbar B Series
Qamrovli tovushdan yangi darajadagi hissiyotlar
Saytda xarid qilib ko'proq foyda oling
Texnik xususiyatlari
NeoQLED
Ekran o‘lchami
55"
Yangilanish chastotasi
100 Hz (144 Hz gacha)
Ekran aniqligi
4K (3,840 x 2,160)
Anti Reflection qo'llab-quvvatlash
Ha
Tasvirni qayta ishlaydigan protsessor
NQ4 AI 2-avlod neyronli protsessori
Kengaytirilgan dinamik diapazon (High Dynamic Range)
Neo Quantum HDR texnologiyasi
HDR 10+
Ha (ADAPTIVE/GAMING)
SI (Sun'iy Intellekt) tasvir yaxshilashi
4K AI Upscaling texnologiyasi
Kontrastlik
Quantum Matrix texnologiyasi
Ko'rish burchagi
Ultra Viewing Angle
Ekanning alohida hududlarida qorong'ilashtirish texnologiyasi: Micro Dimming (soyalar va yorqin joylarda tafsilotlarni ko'sata olish)
Ekran/tovushni takrorlash: televizordan smartfonga, smartfondan televizorga; televizordan ekranni takrorlashni boshlash, Wi-Fi orqali televizorni yoqish, (Tap View) tugmasini bosish orqali smartfon tarkibini televizorda ko‘rish
Multi-Ko'rinish
2 tagacha video
Atrof muhit sharoiti (Ambience)
Ambient Mode+ rejimi
NFT
Ha (Rossiyasiz)
Apple AirPlay
Ha
Daily+
Ha
Avtomatik oʻyin rejimi (ALLM)
Ha
Game Motion Plus qo'llab-quvvatlash
Ha
Dinamik qora EQ
Ha
VRR
Ha
Surround Sound qo'llab-quvvatlash
Ha
Super ultra keng o'yin ko'rinishi
Ha
Mini xaritani kattalashtirish
Ha
FreeSync
FreeSync Premium Pro
HGiG
Ha
Raqamli teleko'rsatuv (Digital Broadcasting)
DVB-T2CS2
Analog signali tyuneri
Ha
CI (Common Interface) kartochkasini ulash uchun joy (Umumiy interfeys)
CI+(1.4)
Ma`lumot uzatish (Data Broadcasting)
HbbTV 2.0.3 (RU)
TV Key ilovasini qo'llab-quvvatlash
Ha
HDMI ulagichi
4
USB ulagichi
2 x USB-A
HDMI (High Frame Rate)
4K 144 Hz (HDMI 1/2/3/4 uchun)
Ethernet (mahalliy tarmoq)
1
Raqamli audio chiqish (optik)
1
Antenna kirish joyi (Yer/kabel TV)
1/1 Efir televideniyasi uchun umumiy ulash joyi) /1
Qo'shimcha modullarni ulash uchun kengaytirish uyasi (CI Slot)
1
Wi-Fi
Ha (Wi-Fi 5)
Bluetooth
Ha (BT5.2)
Anynet+ (HDMI CEC) qo'llab-quvvatlash
Ha
HDMI Ovozni qaytarish kanali
eARC
Dizayn
Dizayn Neo Slim
Rom turi
4 tomondan ramkasiz
Rom qalinligi
Flat look
Old panel rangi
Kumush
Taglik turi
Olti burchakli markaziy stend
Taglik rangi
Kumush
Oldindan o'rnatilgan ichki POP funktsiyasi
Ha
EPG funksiyasi
Ha
Takomillashtirilgan PVR funksiyasi
Ha
IP Control
Ha
Ekran menyusi tili
Qo'llab-quvvatlanadigan tillar soni: 32
Ko'rish va xizmat ko'rsatishning qulayligi - Ovozli qo‘llanma
Buyuk Britaniya ingliz, fin, frantsuz, nemis, yunon, venger, italyan, norveg, polyak, portugal, portugal, rumin, rus, ispan, shved, slovak, chex, daniya, golland, koreys
Past koʻrish qobiliyatini qoʻllab-quvvatlash
Relumino, Kattalashtirish, Rasmning ovozli tavsifi, Masshtab menyusi va matn, Yuqori kontrast, Rangda ko‘rish, Rangni o‘zgartirish, Qora va oq rejim, Rasmni o‘chirish
Hearing Impaired Support
Yopiq sarlavha (subtitr), Ko'p chiqishli audio, Imo-ishora tilini kattalashtirish
Harakat buzilishlarini qo'llab-quvvatlash
Slow Button Repeat funksiyasi (Masofadan boshqarish pult tugmachasini uzoq vaqt ushlab turganda belgining (masalan, raqamlar) takrorlanishini bartaraf etish), Remote Control ilovasi. Barcha modellar uchun
Eko sensori
Ha
Elektr quvvat ta'minoti
AC100-240V~ 50/60 Hz
Iste’mol quvvati (maksimal)
230 Vt
Energiya samaradorligi turi
A
Elektr quvvati iste'moli (kutish rejimida)
0.50 Vt
Elektr quvvati iste'moli (an`anaviy rerjim)
112.5 Vt
Yillik elektr quvvati iste'moli (YI standarti)
164 kVts
Elektr quvvati ta'minotini avtomatik tarzda uzish
Ha
Avtomatik quvvat tejash
Ha
Qadoqdagi o'lchamlari (ExBxCh)
1448 x 826 x 170 mm
Taglik bilan birga o'lchamlar (ExBxCh)
1227.4 x 768.2 x 237.0 mm
Tagliksiz o'lchamlari (ExBxCh)
1227.4 x 705.6 x 26.9 mm
Taglik (Asosiy) (ExCh)
388.3 x 237.0 mm
VESA xususiyatlari
200 x 200 mm
Og‘irligi (qadoqdagi)
26.2 kg
Stend bilan birga og‘irligi
20.6 kg
Stendsiz og‘irligi
17.7 kg
Masofadan boshqarish pulti mavjud model
TM2360G, TM2360F(RU, AZ, AM, BY ,GE)
Devorga bo'shliqsiz o'rnatish (Y21 VESA)
Ha
Ixtiyoriy stend (Y20 Studio)
Ha
Devroga o'rnatish uchun mini-kronshteyn joyi (Mini Wall Mount)
Ha
Auto-Rotation Accessory Support
Ha
Foydalanuvchi qo'llanmasi
Ha
Full Motion Slim devorga oʻrnatish moslamasi (Y22)
Ha
Veb-kamerani qo'llab-quvvatlash
Ha
Zigbee / Thread moduli
Oʻrnatilgan
Tarmoq kabeli
Ha
Foydalanuvchi uchun qo'llanma va yuklab olish uchun materiallar
*E’tiboringizni shunga qaratamizki, ushbu veb-sayt va undagi ma’lumotlar faqat axborot berish xususiyatiga ega bo‘lib, hech qanday holatda ommaviy oferta hisoblanmaydi.
*Funksional imkoniyatlari va xususiyatlari oldindan ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.
Ayrim Samsung Smart TV funksiyalari shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va ulardan foydalanishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rozilik berilmaganda mavjud bo‘lmasligi mumkin.
*Asosiy funksiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin.
Birja ogohlantirishini oling
Get alert when this item is back in stock and available to buy, by adding your email to opt into alerts.
Please double check your email address.
We will email you when inventory is added.
Tashakkur.