Galaxy Fit3
SM-R390NZSACIS
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Asosiy xususiyatlari
Xususiyatlari
Galaxy Fit3 ingichka va nafis dizayni hamda 1,6 dyuymli displeyi bilan ajralib turadi. 100 dan oshiq mashg'ulotlar, uyqu, kundalik faollik va ko'plab boshqa ko'rsatkichlarni bir zaryad bilan 13 kun davomida kuzatib boring.
Bir zaryad 13 kungacha yetadi
65% gacha 30 daqiqa ichida zaryad oling. Zaryad darajasi haqida xavotir olmasdan fikrlaringizni maqsadingiz sari jamlang.
Ulkan AMOLED displey
Galaxy Fit3 displeyi ko'rish, boshqarish va svayp uchun yetarli maydon taqdim etadi
Ingichka. Yengil. Maqsadlaringiz sari yuradi.
Og'irligi atigi 18,5 g bo'lgan ingichka alyuminiy korpus sizni og'irlashtirmaydi va mashg'ulot paytida sizni bezovta qilmaydi. 5ATM va IP68 standartlariga muvofiqlik qurilma yomg'ir tomchilari yoki changda foydalanish uchun tayyorligini anglatadi.
100 dan ortiq mashg'ulotlarni kuzatib boradi
Sizning Galaxy Fit3 brasletingiz avtomatik tarzda yugurish, elliptik trenajyor, eshkak eshish trenajyori va endilikda basseynda suzish kabi mashg'ulotlaringiz holatini kuzatib boradi va avtomatik tarzda aniqlaydi.
O'z uyquingizni nazorat qiling
Ingichka va yengil Galaxy Fit3 bilagingizga qulay joylashadi hamda tun davomida uyqu rejimingizni kuzatadi. Uyquingiz bosqichlari, xurrak otish holatlari va qondagi kislorod darajasi haqida batafsil bilib oling. Uyquingiz sifatiga baho bering va yaxshiroq uxlash uchun uyqu sifatini oshirish borasidagi dasturni o'ting.
Sizning salomatligingiz uchun
Galaxy Fit3 yordamida jismoniy holatingizning turli jabhalarini nazorat qiling: kundalik faollik nazoratidan boshlab qondagi kislorod darajasigacha. O'zingizni qanday his etayotganligingizni bilib oling va salomatligingizni yanada mustahkamlash uchun tog'ri qaror qabul qiling.
* Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin. ** Mazkur funksiyaning mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga bog'liq bo'lishi mumkin. *** Yurak urish tezligini nazorat qilish funksiyasi (HR Alert) salomatlik holatini kuzatish va fitnes maqsadlari uchun mo'ljallangan. Salomatlik holati yoki kasallikni aniqlash, diagnostika qilish, davolash, monitoring yoki baholash uchun mo'ljallanmagan. Mazkur qurilma va/yoki ilova yordamida olingan har qanday salomatlik ma'lumotlari tibbiy maslahat sifatida qaralmasligi kerak. Foydalanuvchilar har qanday tibbiy maslahat uchun shifokorga murojaat etishlari kerak. **** Uzluksiz o'lchash jarayoni Sozlamalar bo'limidagi stressni boshqarish rejimida faollashtirilishi mumkin. ***** Qondagi kislorod miqdorini aniqlash funksiyasining mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga bog'liq bo'lishi mumkin. ****** 2024 yil fevral oyi holatiga ko'ra yurak urish tezligi va stress monitoringi Angolada, qondagi kislorod miqdorini aniqlash esa Angola, Liviya, Jazoir va Eron mamlakatlarida mavjud emas.
Sizning jismoniy holatingiz nazorat ostida
Galaxy Fit3 ekranida yoki telefoningizdagi Samsung Health ilovasi yordamida o'z mashgulotlaringiz natijalari, faolligingizm salomatligingiz, uyqu rejimlari va ko'plab boshqa ma'lumotlarni ko'rib boring.
Bilagingizdagi ko'plab funksiyalar
O'zingizga keraklisini bir zumda toping. Bildirishnomalarni ko'rish uchun barmog'ingiz bilan chapga suring, tezkor panelni ochish uchun pastga va ilovalar ro'yxati uchun yuqoriga suring.
Yiqilishni aniqlaydi, yordam chaqiradi
Barometrni o'z ichiga olgan oldindan o'rnatilgan sensorlar yordamida qattiq yiqilish holati aniqlanganda Galaxy Fit3 sizga yordam kerakligini aniqlashtiradi. Boshqa favqulotda holatlarda siz "Uyga" tugmasini 5 marta bosib, yaqinlaringiz va do'stlaringizni voqea haqida ogolantirishingiz mumkin.
Bilagingizdan boshqaring
Tasvirga oling, musiqa ijro eting, kiruvchi qo'ng'iroqlarni qabul qiling va matnli xabarlarga javob bering — bularning barchasiga Galaxy Fit3 brasletini Galaxy smartfoni bilan sinxronlash orqali erishish mumkin. Telefoningizni yo'qotdingizmi? Unga tovushli signal yuborish orqali qurilmani izlash funksiyasidan foydalaning.
100 dan ziyod noyob siferblatlar
Sarflangan kaloriyalar hajmini bilib oling yoki dunyoning istalgan nuqtasida mahalliy soatni bilib oling. 100 dan oshiq turdagi siferblatlar orasidan istalganini tanlang yoki yoqtirgan tasviringizdan foydalanib o'z siferblatingizni yarating.
Galaxy Fit3 bilan ishlashni boshlang
Galaxy Fit3 dan foydalanishni boshlash uchun sizning telefoningizda Samsung hisob qaydnomasi ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak. Galaxy Fit3 dagi sizning tibbiy ko'rsatkichlaringiz Samsung Cloud bulutli xotirasiga xavfsiz tarzda uzatiladi va saqlanadi.
Taqqoslash
Galaxy watch seriyasi bilan fitnes sarguzashtlaringizni yangi darajaga olib chiqing
Texnik xususiyatlari
-
Bluetooth versiyasi
Bluetooth v5.3
-
O'lchami (asosiy displey)
1.6" (40.0mm)
-
Sensorlar
Accelerometer,Barometer,Gyro Sensor,Optical Heart Rate Sensor,Light Sensor
-
Jismoniy xususiyatlar
42.9 x 28.8 x 9.9 mm
-
Og'irlik
18.5 g
-
Bluetooth versiyasi
Bluetooth v5.3
-
FreeRTOS
-
Texnologiyasi (asosiy displey)
AMOLED
-
O'lchami (asosiy displey)
1.6" (40.0mm)
-
Aniqligi (asosiy displey)
256 x 402
-
Rang ravshanligi (asosiy displey)
16M
-
Operativ xotira (MB)
16 MB
-
Xotira hajmi (MB)
256 MB
-
Accelerometer,Barometer,Gyro Sensor,Optical Heart Rate Sensor,Light Sensor
-
Qaqoqsiz o'lchamlari (BxKxCh, mm)
42.9 x 28.8 x 9.9 mm
-
Qadoqsiz og'irligi (g)
18.5 g
-
Batareya quvvati (mAh, odatiy qiymat)
208
-
Odatiy foydalanish vaqti
13 gacha
-
Xabarnoma turi
Tebranish
-
Rang
Kumushrang
Tez-tez beriladigan savollar
- Agar Bluetooth garniturasi Samsung Galaxy ga ulana olmasa nima qilish kerak
- Samsung Galaxy qurilmangiz quvvatlanmasa nima qilish kerak
- Agar Galaxy Watch Samsung smartfoniga ulanmasa nima qilish kerak
- Agar Galaxy Buds + quloqchinlari Samsung Galaxy smartfoniga ulanmasa nima qilish kerak
- Agar bitta Samsung Galaxy Buds Quloqchinlar ishlamasa nima qilish kerak
Yaqin o‘tmishda ko‘rilganlar