O'zingiz uchun muhimlarini toping
― Galaxy qurilmalari, odamlar va har bir lahza
Galaxy qurilmangizni yo‘qotdingizmi? Samsung Find funksiyasi yordamida qurilmangiz sizga yoki yaqinlaringizga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar, uni osongina topishingiz mumkin. Farzandingizning qimmatbaho buyumlari, uy hayvonlari yoki ryukzagiga ularning joylashuvini kuzatish uchun SmartTag yorliqlarini biriktiring. Yaqinlaringiz bilan aloqada qolish uchun joylashuvingizni ham ulashishingiz mumkin.


Agar qurilmamni yo'qotib qo'ysam nima qilishim kerak?
Samsung Find orqali qurilmangiz joylashuvini aniqlang va qulflang yoki ma'lumotlaringizni o'chirib tashlang.
Yaqinlaringiz bilan aloqada bo'ling
Joylashuvingizni ulashing va yaqinlaringiz belgilangan joylarga qachon kelishi yoki ketishi haqida axborot oling.


Joylashuvingizni ulashing
"Odamlar" sahifasida do‘stlaringiz va oilangiz bilan joylashuvingizni ulashing va ular qayerda ekanini bilish uchun ulardan joylashuv axborotini so‘rang. Uzoq masofada bo‘lsangiz ham, aloqada bo‘ling va yaqinlaringizni kuzatib boring.7
Kelish va ketish haqidagi bildirishnomalar
Farzandingiz yoki yaqinlaringiz uy, maktab yoki ish kabi belgilangan joylarga qachon kelishi yoki ketishi haqida ma’lumot oling. Ularning joylashuvi ma’lum bo‘lganda, ular xabardor qilinadi, bu sizga aloqada qolish imkonini beradi va ularning maxfiyligi himoya qilinadi8.8
Nazoratni oldindan qo'lga oling
Agarda qurilmangizni yo'qotsangiz ham Samsung Find bilan siz oldindan tayyor bo'lasiz
Unutib qoldirilganda xabar berish
Telefon yoki planshetingizga ulangan SmartTag yorlig‘ini yoki taqiladigan qurilma - Galaxy Buds, Watch yoki Ringni unutib qoldirganingizda ogohlantirish olish uchun "Unutib qoldirilganda xabar berish" funksiyasini yoqing. Keraksiz ogohlantirishlarni bekor qilish va boshqa joylarda xavfsizni ta'minlash uchun xavfsiz hududlarni belgilang.
SmartTag yorliqlari yordamida siz uchun muhimlarini kuzatib boring
SmartTag yorlig‘ini biriktiring va deyarli hamma narsani, istalgan vaqtda - kalitlaringizni, velosipedingizni, chamadoningizni yoki hatto uy hayvoningizni kuzating. Oilangiz kuzatishda yordam berishi uchun xaritada haftalik harakat tarixini ko‘ring va joylashuv axborotini ulashing.9
Qurilmani oflayn rejimida ham toping
Oflayn qidiruv funksiyasi yoqilgan bo‘lsa, qurilmalaringiz tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa ham, Galaxy tarmog‘i qurilmalaringizni topishga yordam beradi.5,6,10
Foydalanish qoidalari
Samsung Find imkoniyatlaridan to'liq foydalanish usullarini bilib oling
Qurilmalarni qidirishga ruxsat berish
Oflayn qidirishdan foydalanish tartibi
Asosiy xususiyatlar
Eng muhimlari — odamlardan tortib qurilmalar va buyumlargacha aloqada bo‘ling.
Odamlar
Oila va do'stlar bilan ulashish
Qurilma
Qurilma joylashuvini aniqlash
Buyumlar
Shaxsiy buyumlaringizni kuzating
Ko'p Beriladigan Savollar
Yo‘q. Samsung Find - bu SmartThings Find ilovasidan farqli ilova. Samsung Find ilolvasida siz o‘z qurilmalaringizni uchta yangi: "Qurilmalar," "Buyumlar" va "Foydalanuvchilar" yorliqlari yordamida topishingiz va boshqarishingiz mumkin. Odamlar sahifasida do‘stlaringiz va qarindoshlaringizni qo‘shish va barcha joylashuvlarni bir joyda ulashish qulay.
-Yo‘q. Joylashuv axborotingiz faqat joylashuv axborotini olish so‘rovini qabul qilsangiz taqdim etiladi. Agar rad etsangiz, ma’lumotlaringiz hatto oila a’zolaringizga ham ulashilmaydi.
Agar ulashish so‘rovini qabul qilsangiz, ulashish davomiyligini belgilashingiz mumkin: 1 soat, 1 kun yoki ulashish faolsizlantirilmaguncha. Shuningdek, ulashishni istalgan payt to‘xtatishingiz mumkin.
Bundan tashqari, siz joylashuvingizni ulashgan odam har safar joylashuvingizni tekshirganda bildirishnoma olishingiz mumkin.
Yo‘q. Bolalar joylashuvi va qurilmasi haqidagi axborotni faqat Samsung hisob qaydnomasida ro'yxatdan o'tgan oilaviy guruh a’zolari bilan ulashishi mumkin.
Samsung Find ilovasiga kirish uchun ishlatilgan Samsung hisob qaydnomasi bilan kirilgan qurilmalar ― Galaxy smartfoni, Galaxy Tab, Galaxy Book va boshqalar ― "Qurilmalar" bo‘limida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, asosiy qurilmalarga Bluetooth orqali ulanadigan taqiladigan qurilmalar - Galaxy Buds, Galaxy Watch, Galaxy Ring va S Pen kabi qurilmalar ham paydo bo‘ladi.
Samsung Find yordamida SmartTag kabi trekerlarni topish uchun avval ularni SmartThings ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Buni Samsung Find ilovasining "Buyumlar" yorlig‘idagi "Buyum qo‘shish" tugmasini bosish orqali osongina amalga oshirish mumkin.
Yo‘q. Samsung Find funksiyasi farzand hisob qaydnomalarida ishlatilishi mumkin, lekin Joylashuvni ulashish funksiyasidan foydalanish uchun farzandlar ota-onasi yoki qarovchi roziligini olishi kerak.
Samsung Find ilovasi ham, veb-sayti ham sizning va oilangizning qurilmalarini topish va yo‘qolgan taqdirda ularni himoya qilish kabi funksiyalarni taqdim etadi. Biroq, ayrim funksiyalar faqat ilova yoki veb-saytda mavjud bo‘lishi mumkin. Samsung Find veb-sayti agar siz yoki oila a’zolaringizdan birortasi Samsung Find ilovasiga kira olmasa, yo‘qolgan qurilmangizni topishga yordam berish uchun mo‘ljallangan. Shu sababli, ayrim funksiyalar veb-saytda ishlamasligi mumkin.
- Quyidagi funksiyalar faqat Samsung Find ilovasida mavjud.
- Joylashuv axborotini ulashish, yaqin-atrofdan qidirish, qurilma tashlab ketilganida bildirishnoma, navigatsiya, joylashuv tarixi va boshqalar haqida ma'lumot yuborish. - Quyidagi funksiyalar faqat Samsung Find veb-saytida mavjud.
- Ma’lumotlarni o‘chirish, batareya quvvatini uzaytirish, joylashuvni kuzatish va hokazo.
※ Ilova yoki veb-sayt tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan funksiyalar o‘zgartirilishi mumkin.
- Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan.
- Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalar mamlakat, mintaqa va sotuvchiga qarab farq qilishi mumkin.
- Samsung hisob qaydnomasiga kirish uchun qurilmangiz yoqilgan bo‘lishi kerak.
- Qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalar: Galaxy qurilmalari (Android 8 yoki undan yuqori versiyali Galaxy smartfonlari va planshetlari, Tizen OS 5.5 yoki undan yuqori versiyali Galaxy Watch yoki Wear OS, Galaxy Buds+ yoki undan keyingi versiyalari, Galaxy SmartTag seriyasining barcha turlari, Galaxy Book modellari, S Pen Pro) va SmartThings ilovasiga ulash mumkin bo‘lgan mos smart yorliqlar.
- Samsung Find funksiyasi, qo‘llab-quvvatlanadigan muhitlar va texnik xususiyatlar mahsulotga qarab farq qilishi mumkin.
- Samsung Find ilovasini Galaxy Store va Google Play orqali yuklab olish mumkin. Galaxy Book qurilmasiga Windows uchun Samsung Find ilovasini Microsoft Store do‘konidan yuklab olishingiz mumkin.
- Samsung qidiruv funksiyasidan foydalanish uchun "Mobil telefonimni topish" sozlamalarida "Bu telefonni qidirishga ruxsat berish" bandi yoqilgan bo‘lishi kerak.
- "So'nggi joylashuvni yuborish" parametri qanday yoqiladi "Sozlamalar" > "Xavfsizlik va maxfiylik" > "Yo‘qolgan qurilmani himoyalash" > "Mobil telefonimni topish" > "So'nggi joylashuvni yuborish" yoki Samsung Find ilovasini yoqing > "Sozlamalar" > Qurilmalarni qidirishga ruxsat berish > Bu qurilma > "So'nggi joylashuvni yuborish" bandini yoqing.
- Oilaviy qurilmalarning joylashuv axborotini ulashish faqat Samsung oilaviy hisob guruhlarida mavjud. Oilaviy guruhni sozlash uchun Qurilma sozlamalari > Samsung hisob qaydnomasi > Oila rukniga kiring.
- Galaxy Buds va Galaxy SmartTag uchun Yo‘qotilgan rejimi faqat NFC qo‘llab-quvvatlanadigan modellarda mavjud.
- Bu funksiya Samsung Find veb-saytida mavjud.
- Oflayn qidiruv funksiyasi hozircha faqat Android 8 yoki undan keyingi versiyalari o‘rnatilgan Galaxy smartfonlari va planshetlarida qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, u Galaxy Watch3 yoki undan keyingi versiyalarida, Galaxy Buds Pro, Galaxy Buds Live, Galaxy Buds FE, Galaxy Buds2 yoki undan keyingi versiyalarida, Galaxy S Pen, Galaxy Ring va Galaxy SmartTag seriyasining barcha turdagi qurilmalarida qo‘llab-quvvatlanadi. Mos qurilmalar doimiy ravishda kiritiladi.
- Oflayn rejimda qidirish funksiyasidan faqat "oflayn rejimda qidirish" parametri yoqilganda foydalanish mumkin. Oflayn qidiruv sozlamasini yoqish uchun "Oflayn qidiruvdan qanday foydalaniladi" rukniga kiring. Ulangan smartfon yoki planshetda oflayn qidiruvni sozlash, shuningdek, oflayn qidiruv funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan Galaxy Watch, Galaxy Buds, Galaxy Ring, Galaxy S Pen Pro va SmartTags uchun ham amal qiladi.
- Joylashuvni ulashish funksiyasi faqat qabul qiluvchi joylashuvni aniqlash ruxsati so‘roviga aniq rozilik bergan taqdirdagina faollashtiriladi. Bunday roziliksiz joylashuv axboroti hech qanday holatda taqdim etilmaydi. Bundan tashqari, boshqa tomonning roziligisiz istalgan vaqtda joylashuv axborotingizni taqdim etishni to‘xtatishingiz mumkin. Lekin, farzand hisob qaydnomasi holatida farzand hisob qaydnomasi yoki unga biriktirilgan qurilmaning joylashuv axborotini boshqalarga yoki oila a’zolariga ulashish yoki unga kirishni to‘xtatishga urinish uchun ota-ona yoki vasiyning qurilmasining haqiqiyligini tekshirish yoki ruxsatini olish talab qilinadi.
- Kelish va ketish haqida ogohlantirish funksiyasi faqat suhbatdoshingiz sizga o‘z joylashuvi haqida xabar bergan taqdirdagina mavjud bo‘ladi.
- SmartTag yoki boshqa muvofiq trekerlarda joylashuvni aniqlash funksiyasidan foydalanish uchun ularning SmartThings ilovasida ro'yxatdan o'tkazilganligini tekshiring. Shuningdek, ularni Samsung Find ilovasi yordamida SmartThings ilovasida qulay tarzda ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin.
- Find Node qurilmalari yo‘qolgan qurilmaning aniq joylashuvini ko‘rsatmaydi.