Samsung Kids
Bolalarning raqamli olamda Samsung Kids bilan birinchi qadamlari
Samsung Kids farzandingiz dunyoni quvonch bilan kashf etishi va muloqot qilishi uchun xavfsiz muhitni shakllantirishga yordam beradi. Bolani hordiq chiqarish bilan birga oʻqish, yaratish va rivojlanishga undovchi oilaviy tadbirlar yordamida Samsung Kids farzandingizning raqamli olamdan xavfsiz foydalanishiga sharoit yaratadi.
Kirishning osonligi
Sayohatni boshlash uchun farzandingizga atigi bir necha soniya yetarli xolos. Tezkor kirish panelidagi Samsung Kids tugmasiga teging va qurilma uchun ilovaga kirish yoki undan chiqish maqsadida moslamalarga kiritilgan PIN kod yoki biometrik ma`lumotlarni kiriting. Yangi parolni yodda saqlab qolishning hojati yo'q. Moslamalarni o'zgartirish uchun Samsung Kids tugmasini bosib turing.
Hamma narsa nazorat ostida
Samsung Kids yordamida farzandingizga raqamli qurilmalar bilan ishlashning yaxshi ko'nikma-malakalarini rivojlantirishda yordam bering. O'yin o'ynash vaqti uchun cheklovlar qo'ying, shuningdek, faqat muayyan muloqot kontaktlari va ilovalarga kirishga ijozat berishni belgilab qo'yng. Farzandingiz nimalar bilan shug'ullanganligini bilish yoki u ruxsat berilmagan kontentni ko'rgan-ko'rmaganligini aniqlash uchun foydalanish haqidagi hisobotini o'qib chiqing. Samsung Kids farzandingizning bilim olishi va o'ynashi uchun xavfsiz muhit.
Jamoa bilan tanishuv
Farzandingizga yangi do'stlar bilan birga o'z ijodiy imkoniyatlarini namoyish etishga imkon bering. Bolalar ishlatishi uchun moslashtirilgan kamera va Internetga ulanish yordamida farzandingiz zamonaviy uslubdagi Krokro, o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'ygan oshpaz Kuki, qo'shiqlar ishqibozi Liza, ijodkor Bobbi va yangi do‘stlari Leo va Finni bilan Samsung Kids orqali muloqot qiladi.
Krokro
Barcha personajlar yo'lboshchisi, moda va dizaynni yaxshi ko'radigan shaxsni qarshi oling! "Krokroning do'stlari qishlog'i" ilovasida bola Krokro va uning do'stlariga uyning loyihasini ishlab chiqishda yordam berishi mumkin.
Kuki
Kuki — ovqatlar olamining katta ishqibozi, u har qanday lahzada tamaddi qilib olish va uxlab olishga tayyor. Uning yeydigan ovqati foydali bo'lishi uchun unga tanovul qilishga nimalarni berish lozimligini bilib oling. (Biroq u ponchiklarni boshqa barcha yeguliklardan ustun qo'yadi.)
Liza
Qo'shiq kuylash va raqsga tushishga tayyormisiz? Unda Liza sizga yoqib qolishi aniq. Har bir do'stingizning ovozi bilan qo'shiq kuylang va ularni yozib oling. Hatto turli musiqa asboblarida kuy chalishingiz ham mumkin.
Bobbi
Qishloqda bittayu-bitta rassom. Bobbi turli tuman rasm chizish materiallarida, masalan, qum yoki qog'ozda san`at asarlari yaratishni yaxshi ko'radi. Bu uning sevimli mashg'uloti.
Leo & Finn
Yangi do'stlar bilan tanishing - aqlli va yoqimli Leo va Finn! Bir-biriga tayanib, ular dengizda yashaydilar va turli xil okean narsalarni yig'adilar.
Farzandigiz uchun "Ma'lumotlar" dunyosida yangi sahifani oching
Sizning mobil qurilmangizdagi ko'plab o'yinlar bilan farzandingizda chaqqonlik va zukkolikda bellashish uchun yanada ko'proq imkoniyatlar mavjud. O'ngga svayp qilib, ularning tasavvuriga erk bering. Bolalar yoshiga mos, turli mavzuga oid ko'ngilochar havolalar yordamida farzandingiz yangiliklar qilishi, yaratishi va tajriba qilishi mumkin. Shubhasiz o'yinlar farzandingizga hush keladi va turli-tuman yangi bilimlarni o'rgatadi.
*Kontent mamlakat, qurilma va amaldagi texnik ta'minotga bog'liq holda farq qilishi mumkin.
Samsung Kids moslamasi
Samsung Kids haqida kop so'raladigan savollar
Ko'p so'raladigan savollarga javoblar.
- Samsung Kids funktsiyalarining mavjudligi mamlakat, qurilma va joriy xizmatga bog'liq.
- Tezkor kirish panelida Samsung Kids funktsiyasiga kirish uchun Android 9.0 yoki undan keyingi versiyalaridan birining mavjudligi talab etiladi.
- Android 9.0 versiyasidan oldingi versiyalar uchun shu kabi funktsiyalarga kirish huquqini Galaxy Store orqali yuklab olish va yangilash mumkin bo'lgan tegishli "Kids Mode" ilovasida olish mumkin.
- Qurilma va ekran tasvirlari ko'rgazmali vosita sifatida qo'llash uchun o'xshatib tayyorlangan.