Brend

Telefoningizdagi materiallar qanday qilib okeanlarimizni himoya qilishga yordam berishi mumkin

Biz yanada barqaror kelajak uchun Samsung Galaxy qurilmalaridagi materiallarni takomillashtirib boryapmiz.

Plastik chiqindilarokeanlarimizva suv osti olamiga tahdid soladi. Siz bir martalik suv butilkalari yoki doʻkon selofan paketlari okean yuzasida suzib yurganini tasavvur qilishingiz mumkin, lekin okeanda suzib yuradigan plastik buyumlarning asosiy qismi tashlab ketilgan baliq toʻrlari va anjomlarini tashkil qiladi. FAOmaʼlumotlariga koʻra har yili okeanda 640 000 tonna baliqchilik anjomlari tashlab ketiladi.

Har yili okeanda 640 000 tonna baliqchilik anjomlari tashlab ketiladi

- FAO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti)

“Arvoh toʻrlar” nomi bilan maʼlum plastik baliq toʻrlari sayyoramizga jiddiy tahdid soladi

Agar biz tashlab ketilayotgan toʻrlarga nisbatan chora koʻrmasak, ular suv osti dunyosiga va tabiiy ekotizimimizga tiklanmas zarar yetkazishi mumkin. Ular suv ostini chalkashtirib yuborishi va marjon qoyalarga zarar yetkazishi mumkin. Mikroskopik plastik zarralar ularning oziq-ovqat va suviga ham kirib boradi.

Eski baliqchilik toʻrlariga yangi hayoti

Ekologik missiyaning bir qismi sifatida Galaxy for the Planet, Samsung tashlab ketilgan baliqchilik toʻrlarini qayta ishlash va ularni mahsulotlarimizda ishlatish orqali ularning okeanlarga kirib borishining oldini oladi. Global xavfsizlikni sertifikatlash tashkiloti –Underwriters Laboratories (UL)tomonidan oʻtkazilgan Life Cycle Assessment (LCA) natijalariga koʻra, okeanda qoldirilgan plastik buyumlarni qayta ishlab Samsung Galaxy qurilmalarida qoʻllash oddiy plastik buyumlar bilan solishtirganda karbonad angidrid (C02) gazlarini taxminan 25% gacha kamaytiradi. 1Biz 2022-yilda 50 tonnadan ortiq tashlab ketilgan baliqchilik toʻrlarining okeanlarimizga kirib borishining oldini olishni rejalashtirganmiz. Sanoat ekspertlari bilan hamkorlikda bunday toʻrlarni Samsung Galaxy smartfonlari uchun zarur material sifatida qayta ishlash yoʻlini ishlab chiqdik.

Galaxy S22 seriyasining qayta ishlangan qismlari

Galaxy S22 seriyasi – qayta ishlangan okeanda qolib ketgan plastikdan foydalanuvchi ilk smartfon. U 20% qayta ishlanganbaliqchilik toʻridan ishlangan materialni oʻzining kronshteyni va S Pen qoplamasida foydalanadi.

Birgalikda yanada yashil kelajak qurish

Siz kundalik atrof-muhitni himoya qilish uchun oʻzgarishlar qilishni boshlagan boʻlsangiz yoki allaqachon ekologik hayot tarziga oʻtgan boʻlsangiz, biz ham bunday missiya bilan ishlayotganimizga amin boʻlishingiz mumkin. Samsung Galaxy qurilmalariga qayta ishlangan baliqchilik toʻrlarini kiritish atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish uchun boshqa muhim qadam hisoblanadi. Biz – tashlab ketilgan va kelajakka taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan baliqchilik toʻrlariga qayta ishlov berish boʻyicha sanoatdagi ilk kompaniyamiz; biz okeanda qolib ketgan plastikni qayta ishlab, ulardan Samsung Galaxyqurilmalarida foydalanamiz.

Kundalik oʻzgarishlar — maʼnoli taʼsir

Kundalik hayotimizda, jumladan, biz xarid qiladigan mahsulotlarda ham ekologik tanlovlar qilishimiz muhim. Qayta ishlangan baliqchilik toʻrlaridan ishlangan plastik materiallarni oʻz ichiga olgan telefondan foydalanish orqali yuqori texnologiyali hayot tarzingizning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish uchun yangi plastik ishlab chiqarilishini kamaytirishga hissa qoʻshgan boʻlasiz. Barchamiz kundalik oʻzgarishlar qilsak, butun dunyo boʻylab foydali taʼsir koʻrsatamiz va sayyoramizning tabiiy resurslarini tejaymiz.

¹ Bu baholash Samsung Electronics kompaniyasining Samsung Galaxy qurilmalarida ishlatilgan mahsulotlar va qayta ishlangan plastikni ishlab chiquvchi va yetkazib beruvchi Hanwha Compoundhamkori tomonidan amalga oshirilgan.

Barqaror tanlovlar qiling.
Yuqori texnologiyali hayot tarzingizni saqlang.

Bu tanlovlaringiz yanada yashil kelajakni qurishga yordam beradi.

Endi bu hikoyalarni oʻqing