Brend

Samsung bilan ayollarning hayoti va hikoyalaridan ilhomlaning

Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash maqsadida oʻzining taassurotli hikoyalarini ulashishi uchun Samsung ichidagi va tashidagi ayollarni jamladik.

Jamiyatning turli qatlamlaridan boʻlgan ishlovchi ayollar eng yaxshi tomonlarini namoyish qilishda
ilhomlantiradigan, ragʻbatlantiradigan va ularga kuch beradigan narsalar haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Ularning muvaffaqiyatlari tarixi qobiliyatli ayol rassomlar tomonidan tasvirlab qilib berildi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va yutuqlariga nur berish maqsadida, ular uchta dinamik sanʼat asari yaratish uchun oʻz hikoyalaridan foydalandi.

Suhbatda ularga har kuni motivatsiya beruvchi oʻzlarining noyob tajribalari, ehtiroslari va shaxsiy yutuqlari haqida aytib berdilar. Turli xil tajribalarga asoslanib, ular jamoaviy tarzda aytadiki, yaxshi gʻoya istalgan joy yoki istalgan odamdan chiqishi mumkin, bunda uning mahoratlari darajasi, jinsi yoki tabaqasining ahamiyati yoʻq.

Qayerda boʻlsa ham oʻzligini rivojlantirishga urinayotgan ayollarni tabriklashda bizga qoʻshiling va ularni hayotga yetaklagan tasviriy qobiliyat bilan tanishing.

“Kuchli ayol ovoziga ega boʻlish uchun prezident boʻlish shart emas.”

4

Mariya-Ines Gulning ilhom olishi

“Men jamoadagi birdamlilik, oʻzaro hurmat va ayollarning yakdillik ruhi haqidagi hikoyalardan ilhomlanaman.”

Mariya arxetipik ayol suratini tasvirlaydi, u toqqa birga chiqib ketayotgan, yoʻlda bir-biriga yordam berayotgan va bayrogʻini baland koʻtarayotgan, kuchli ayollik ovoziga ega va yengilmas yetakchilik salohiyatini namoyish etayotgan mayda ayol figuralari zanjirini ushlab olgan.

“Men muhandis ayollarning yordam uchun murojaat qilishlaridan fahrlanaman.”

4

Bárbara Malagolining ilhom olishi

“Bu loyihaning bir qismi boʻlish dunyodagi barcha ayollarni birlashtiruvchi noyob ittifoqni nishonlashdir. Umid qilamanki, ayollar ishimni koʻradi va barchamiz qoʻlni qoʻlga berib, kelajakka intilayotganimizni his qiladi.”

Barbaraning tasvirlari naqsh va takrorlash yordamida taʼsirchan obraz yaratadi, koʻzni yashnatuvchi asar bilan ijobiy va quvonchli ittifoqning ahamiyatini taʼkidlaydi.

“Diqqatingizni ehtiroslaringizga qaratganingizda, siz istalgan qiyinchilikka duch kelishingiz va uni yengishingiz mumkin.”

4

Ruby Taylorning ilhom olishi

“Bu otashin ayollar haqida bilish menga juda katta ilhom baxsh etadi,
ulardagi energiya va motivatsiya haqiqatan ham men bilan aks etadi.”

Rubi butun dunyodagi ayollarga orzularini amalga oshirish imkonini taqdim etish uchun turli sohalarda ehtirosli, muvaffaqiyatli ayollarni tasvirlashni xohlaydi.

Sanʼat asarlarini yuklab olish

Endi ushbu hikoyalarni oʻqing