24" Monitor S4 FHD
Gallery popup
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Asosiy xususiyatlari
Xususiyatlari
Samaradorlik va qulaylik uyg'unligi
A'lo darajadagi rang uzatish
IPS panel
IPS panelli ekranda ajoyib rang uzatish imkoniyatiga baho bering. Ekranga turli burchaklar ostida qaraganingizda ham ranglar yorqin va ravshanligicha qoladi. Ranglar minimal yo'qotish bilan kerakli darajada namoyish etiladi.
Kontentni ravon ijro etish
Ekran yangilanish chastotasi 100 Gs
O'yinlar o'ynash, video tomosha qilish yoki ijodiy loyihalaringizni amalga oshirish davomida ekrandagi voqelikka to'lqi sho'ng'ing. 100 Gs yangilanish chastotasi dinamik sahnalardagi kechikish hamda harakatdagi xiraliklarni pasaytiradi.
*Ekran yangilanish chastotasi boshlang'ich holatda 60 Gs qilib belgilangan va monitor sozlamalarida 100 Gs gacha sozlanishi mumkin.
O'yinlar uchun optimallashtirilgan sozlamalar
O'yin uchun tasvir rejimi
O'yin sozlamalari yordamida ustunlikka erishing. Tasvir rangi va kontrastligini tezkor optimallashtirish sahnalarni yanada yorqin ko'rish va qorong'u joyda yashiringan raqiblarni aniqlash imkonini beradi. Tasvirning o'yin rejimi istalgan o'yinni ekrandagi eng mayda tafsilotlarni ko'rish uchun sozlash imkonini beradi.
*Ekrandagi kontent namuna maqsadida modellashtirilgan
Ko'zlar uchun qulay sharoit
Ko'zlarni himoyalash rejimi va ekran miltillashini oldini olish texnologiyasi
Ko'zlaringiz doimo himoyalangan — xotirjamlikda ishlang. Ko'zlarni himoyalash texnologiyasi ekrandagi miltillash effektini hamda ko'k yorug'lik darajasini pasaytirish evaziga ko'zlarga bo'lgan zararli ta'sirni kamaytiradi.
*Ekrandagi kontent namuna maqsadida modellashtirilgan
Qulay ish uchun egiluvchan tartibga solish
Ingichka va ergonomik dizayn
Montironing balandlik, egilish, burilish va portret rejimlarini boshqarish imkoniyati tufayli siz uning holatini ishingiz maksimal qulayligi uchun sozlashingiz mumkin. Ingichka ramkali nozik dizaynga ega bo'lib, mazkur monitor istalgan ish joyiga nafis va zamonaviy ko'rinish taqdim etadi.
Ko'proq ulang
Keng ulanish imkoniyatlari
Bir nechta portlarning mavjudligi ish joyini qulay va o'zingizga mos tashkil etish imkonini beradi.