Galaxy A13
Gallery popup
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Xususiyatlari
Katta displey — keng imkoniyatlar
Oʻz tomosha maydoningizni Galaxy A13 ning 6,6 dyuymli Infinity-V displeyigacha kengaytiring va sizga nima yetishmaganligini koʻring. FHD+ texnologiyasi bilan kundalik kontentingiz tiniq, aniq va yorqin koʻrinishga ega boʻladi.
*Diagonaliga o‘lchanganda ekran maydoni to‘liq toʻrtburchakda 6,6 dyuym tashkil qilsa, yumaloq burchaklarni hisobga olgan holda 6,4 dyuym tashkil qiladi. Amalda koʻrinadigan maydon burchaklarning yumaloqligi va kameraning qirqimi tufayli kamroq. **Rasm tasvirlash maqsadlari uchun mo‘ljallangan.
Yorqin uslubga ega minimalistik dizayn
Galaxy A13 yumshoq ranglar koʻrinishi va tekkanda mayinlik tuygʻusini birlashtiradi. Nafis qirralari uni ushlash uchun qulaylashtiradi va ekranda oson harakatlanishga yordam beradi. Qora, oq, koʻk va shaftoli ranglaridan birini tanlang.
*Rang tanlash imkoniyati mamlakatga yoki yetkazib beruvchiga qarab farqlanishi mumkin.
*Rang tanlash imkoniyati mamlakatga yoki yetkazib beruvchiga qarab farqlanishi mumkin.
Quad kamera bilan mobil qurilmada suratga olish tajribasini takomillashtiring
Esda qolarli daqiqalarni 50MP asosiy kamera bilan aniq tafsilotlarda tasvirga oling. Ultra keng kamera yordamida koʻrish burchagini kengaytiring. Fokusni Chuqurlik kamerasi yordamida sozlang yoki Makro kamera yordamida tafsilotlarga yanada yaqinroq boʻling.
Ultra keng kamera, ultra keng tajribalar
5MP Ultra krng kamera odam koʻzining koʻrishiga oʻxshab, olamni 123 gradus burchak bilan koʻradi va tasvirga oluvchi barcha narsalaringizga kengroq maydon qoʻshadi.
Makro kamera bilan kichikroq tafsilotlarni suratga oling
2MP Makro kamera bilan yanada yaqinroq boʻling va oʻtkazib yuborishingiz mumkin boʻlgan tafsilotlarni kashf qiling. Tabiiy tarzdagi Boke effekti obyektingizning orqa fondan ajralib turishiga imkon berib suratlaringizga tabiiy xiralik taqdim etadi.
*Rasmlar namuna maqsadlari uchun mo‘ljallangan. **Makri tasvirga olish faqat asosiy kamera yordamida suratga olinishi mumkin.
*Rasmlar namuna maqsadlari uchun mo‘ljallangan. **Makri tasvirga olish faqat asosiy kamera yordamida suratga olinishi mumkin.
Chuqurlik kamerasi yordamida diqqatingizni asosiysida jamlang
2 megapikselli chuqurlik sensoriga ega kamera fotosuratda maydon chuqurligini o'zgartirishga imkon beradi. Fonni xiralashtirib asosiy obyektni tanlang va ajoyib portret fotosuratlarini oling.
Old kamera bilan zamonaviy selfilar
Galaxy A13 8MP old kamerasi va boke effekti yordamida sizga koʻproq va fonga kamroq eʼtibor qaratuvchi ajoyib selfilarni suratga olish oson.
*Rasmlar namuna maqsadlari uchun mo‘ljallangan.
*Rasmlar namuna maqsadlari uchun mo‘ljallangan.
Ikki kunga yetadigan ajoyib batareya
Faoliyatingizni sekinlashtirmaydigan batareya yordamida kun davomida ilgʻor boʻling. Sigʻimi 5000 mA·s (odatiy)¹ boʻlgan batareya nima bilan bandligingizga qaramay, mashgʻulotingizni bir necha soatlab davom ettirishga imkon yaratadi.
1. To‘liq zaryadlangan qurilmaga ega bo‘lgan o‘rtacha/odatiy foydalanuvchining foydalanish profiliga nisbatan taxmin qilingan. Buyuk Britaniyada 2022.03.14–2022.03.25 oraligida “Strategy Analytics” tomonidan mustaqil ravishda SM-A135ning ishlab chiqarishdan oldingi versiyalari bilan mustaqil ravishda baholangan. Batareyaning haqiqiy ishlash muddati tarmoq muhiti, foydalaniladigan funksiyalar va ilovalar, qo‘ng‘iroqlar va xabarlar chastotasi, quvvatlangan vaqtlar soni va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq. 2. Odatiy qiymat uchinchi tomon laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazilgan. Odatiy qiymat IEC 61960 standarti bo‘yicha sinovdan o‘tgan batareya namunalari orasidagi batareya sig‘imidagi og‘ishlarni hisobga olgan holda baholangan o‘rtacha qiymatdir. Nominal (minimal) sigʻimi – 4,900 mA/soat
Tezlashing va koʻproq narsalarni saqlang
Galaxy A13 sakkiz yadroli qayta ishlash quvvatini 3GB/4GB/6GB gacha boʻlgan operativ xotira bilan vazifani tez va samarali bajarish uchun birlashtiradi. 32GB/64GB/128GB ichki xotiradan bahramand boʻling yoki 1 TBgacha boʻlgan microSD bilan yanada koʻproq xotiraga ega boʻling.
*Tezkor va ichki xotira hajmi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. *Haqiqiy xotira oldindan o‘rnatilgan dasturlarga qarab farqlanishi mumkin. **MicroSD karta alohida sotiladi.
Dolby Atmos texnologiyasi bilan odatiy eshitish tajribasidan koʻprogʻiga ega boʻling
Musiqa va filmlarning markaziga yetib borish uchun quloqchinlaringizni taqib oling. Dolby Atmos yordamida sahnaning markazidagidek toʻliq, boy va qamrovli tovushni eshitishingiz mumkin.
*Dolby Atmos faqat stereo quloqchinlar va BT karnaylarni qo'llab-quvvatlaydi. **Dolby Atmos rejimi Sozlamalarda faollashtirilgandagina mavjud boʻladi. ***Quloqchinlar alohida sotiladi. ****Rasmlar namuna maqsadlari uchun mo‘ljallangan.
Oʻzingiz uchun muhim boʻlgan narsalarni himoya qiling
Oldindan uskunaga va dasturiy ta’minotiga o‘rnatilgan Samsung Knox telefoningizni yoqilgan paytidan boshlab himoya qiladi. Koʻp darajali xavfsizlikni ta’minlovchi dastur sizning eng muhim ma’lumotlaringizni zararli dasturlardan va tahdidlardan himoya qiladi.
Sizning Galaxy qurilmalaringiz. Sizning qoidalaringiz.
Haqiqiy sizniki boʻlgan narsaga egalik qiling. One UI Core 4 bilan Galaxy qurilmangizni sozlang va telefoningizga istaklaringizga mos keladigan jozibador koʻrinish bering. Vazifalaringizga muammosiz yordam beradigan va sevimli funksiyalaringizni tayyorlab beradigan maxsus vosita yarating.
* One UI funksiyalarining mavjudligi, ilovalar va xizmatlar operatsion tizim versiyasi va mamlakatga bogʻliq ravishda farq qilishi mumkin.
Qurilmangizni biz bilan aʼlo holatda saqlang
Samsung Galaxy smartfonini xarid qilsangiz, u juda koʻp imtiyozlar bilan keladi. Samsung Members ilovadagi interaktiv diagnostika va optimallashtirish jarayoni qurilmalaringizning ishlashini sozlashni osonlashtiradi, bizning ishonch telefonimiz sizga qoʻshimcha yordam kerak boʻlganda muammolarni bartaraf etishga imkon beradi.
*Samsung Members ilovasida mavjud funksiya va imkoniyatlar mamlakat va qurilmaga qarab farq qilishi mumkin.
Texnik xususiyatlari
-
Protsessor
2GHz
-
Ogʻirlik (g)
195
-
Audioni ijro etish vaqti (soat)
maksimal 94
-
Protsessor tezligi
2GHz
-
Protsessor turi
Octa-Core
-
O'lchami (asosiy displey)
167.2mm (6.6")
-
Aniqligi (asosiy displey)
1080 x 2408 (FHD+)
-
Texnologiyasi (asosiy displey)
PLS LCD
-
Rang ravshanligi (asosiy displey)
16M
-
Orqa kamera - aniqligi (bir nechta)
50.0 MP + 5.0 MP + 2.0 MP + 2.0 MP
-
Orqa kamera - Diafragma (bir nechta)
F1.8 , F2.2 , F2.4 , F2.4
-
Orqa kamera - avto fokus
Ha
-
Orqa kamera - Tasvirning optik stabilizatori (OIS)
Yo'q
-
Orqa kamera kattalashtirish
10x gacha Raqamli Zoom
-
Old kamera - aniqligi
8.0 MP
-
Old kamera - Diafragma
F2.2
-
Old kamera - Avto Fokus
Yo'q
-
Old kamera - Tasvirning optik stabilizatori (OIS)
Yo'q
-
Orqa kamera - Miltillash
Ha
-
Old kamera - Miltillash
Yo'q
-
Video yozib olishdagi aniqlik
FHD (1920 x 1080)@30fps
-
Operativ xotira_(GB)
4
-
Xotira (GB)
64
-
Mavjud xotira (GB)
48.0
-
Tashqi xotirani qo'llab-quvvatlash
MicroSD (1TB gacha)
-
SIM-kartalar soni
Ikkitalik SIM karta
-
SIM-karta o'lchami
Nano-SIM (4FF)
-
SIM-karta uyasining turi
SIM 1 + SIM 2 + MicroSD
-
Infra
2G GSM, 3G WCDMA, 4G LTE FDD, 4G LTE TDD
-
2G GSM
GSM850, GSM900, DCS1800, PCS1900
-
3G UMTS
B1(2100), B5(850), B8(900)
-
4G FDD LTE
B1(2100), B3(1800), B5(850), B7(2600), B8(900), B20(800), B28(700)
-
4G TDD LTE
B38(2600), B40(2300), B41(2500)
-
USB interfeysi
USB Type-C
-
USB versiyasi
USB 2.0
-
Joylashuv texnologiyasi
GPS, Glonass, Beidou, Galileo, QZSS
-
Eshitish vositasi
3.5mm Stereo
-
MHL
Yo'q
-
Wi-Fi
802.11 a/b/g/n/ac 2.4+5GHz
-
Wi-Fi Direct
Ha
-
Bluetooth versiyasi
Bluetooth v5.0
-
NFC
Ha
-
Personal kompyuter bilan ma'lumotlar almashish
Smart Switch (PK avlodi)
-
Android
-
Rang
Qora
-
Shakl omili
Touch Bar
-
Akselerometr, Barmoq izi sensori, Geomagnit sensor, Virtual nur sensori, Virtual yaqinlik sensori
-
O'lchamlar (BxKxCh, mm)
165.1 x 76.4 x 8.8
-
Og'irlik (g)
195
-
Internetdan foydalanish vaqti (LTE) (soat)
maksimal 20
-
Internetdan foydalanish vaqti (Wi-Fi) (soat)
maksimal 21
-
Videoni ijro etish vaqti (soat)
maksimal 20
-
Batareya quvvati (mAh, odatiy qiymat)
5000
-
Olinadigan
Yo'q
-
Audioni ijro etish vaqti (soat)
maksimal 94
-
Suhbat vaqti (4G LTE) (soat)
maksimal 54
-
Stereoni qo'llab-quvvatlash
Yo'q
-
Videoni ijro etish formati
MP4, M4V, 3GP, 3G2, AVI, FLV, MKV, WEBM
-
Videoni ijro etish aniqliligi
FHD (1920 x 1080)@60fps
-
Audio ijro etish formati
MP3, M4A, 3GA, AAC, OGG, OGA, WAV, AMR, AWB, FLAC, MID, MIDI, XMF, MXMF, IMY, RTTTL, RTX, OTA
-
Gearni qo'llab-quvvatlash
Galaxy Buds Pro, Galaxy Buds Live, Galaxy Buds+, Galaxy Buds2, Galaxy Buds, Galaxy Fit2, Galaxy Fit e, Galaxy Fit, Galaxy Watch4, Galaxy Watch3, Galaxy Watch, Galaxy Watch Active2, Galaxy Watch Active, Gear Fit2 Pro, Gear Fit2, Gear Sport, Gear S3, Gear S2, Gear IconX (2018)
-
Samsung DeXni qo'llab-quvvatlash
Yo'q
-
Mobil TV
Yo'q
*E’tiboringizni shunga qaratamizki, ushbu veb-sayt va undagi ma’lumotlar faqat axborot berish xususiyatiga ega bo‘lib, hech qanday holatda ommaviy oferta hisoblanmaydi.
*Barcha tasvirlar namuna maqsadida modellashtirilgan, barcha aksessuarlar alohida sotiladi.
*Ayrim AI funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tish talab qilinishi mumkin.
*Samsung tomonidan taqdim etiladigan asosiy Galaxy AI funksiyalari bepul. Kelgusi versiyalarda pullik asosda taqdim etiladigan kengaytirilgan funksiyalar yoki yangi xizmatlar paydo bo‘lishi mumkin. Uchinchi tomonlar taqdim etadigan sun’iy intellekt funksiyalariga boshqa shartlar qo‘llanilishi mumkin. Asosiy Galaxy AI funksiyalari — bu Samsung kompaniyasining amaldagi Foydalanish shartlarida Kengaytirilgan intellekt bo‘limida keltirilgan xizmatlardir.
*Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik tavsiflari e’lon qilingan paytda amal qiladi, ammo keyinchalik oldindan ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.
*Batareyaning haqiqiy quvvati tarmoq muhiti, ishlatiladigan funksiyalar va ilovalar, amalga oshirilgan qo'ng'iroqlar va yuborilgan xabarlar chastotasi, zaryadlanish/zaryadsizlanish sikllari soni va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq.
*Foydalanuvchi uchun mavjud ichki xotira hajmi qurilmaning to‘liq xotirasidan kamroq bo‘lishi mumkin, chunki uning bir qismi operatsion tizim va qurilmaning ishlashi uchun zarur bo‘lgan ilovalar tomonidan band qilingan. Haqiqiy foydalanuvchi xotirasi hajmi mobil operatorga bog‘liq bo‘lishi va qurilma dasturiy ta’minoti yangilangandan so‘ng o‘zgarishi mumkin.
*Tarmoq: Qurilma tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan o‘tkazuvchanlik hudud yoki xizmat ko‘rsatuvchi provayderga qarab farq qilishi mumkin.
*Wi-Fi 7 (802.11be) tarmog‘ining mavjudligi bozor, tarmoq provayderi va foydalanuvchi muhitiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Optimal ulanish talab etiladi. Wi-Fi 7 routeri kerak bo‘ladi.
*Ranglarning mavjudligi mamlakat va yetkazib beruvchiga bog'liq.