Galaxy A23
SM-A235FZKUSKZ
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Asosiy xususiyatlari
Xususiyatlari
O'zingiz uchun yanada ko'proq imkoniyatlar yarating
Koʻproq, hammasini birdaniga oling. Galaxy A23 qurilmasining 6,6 dyuymli TFT V-Cut displeyi koʻproq narsani koʻrish va koʻproq vazifani bajarish uchun yetarli joy taqdim etadi. FHD+ texnologiyasi va 90 Gs yangilanish tezligi bilan har kuni tomosha qiladigan kontentingiz ravonroq va keskinroq koʻrinadi.
*Diagonaliga o‘lchanganda ekran maydoni to‘liq toʻrtburchakda 6,6 dyuym tashkil qilsa, yumaloq burchaklarni hisobga olgan holda 6,4 dyuym tashkil qiladi. Amalda koʻrinadigan maydon burchaklarning yumaloqligi va kameraning qirqimi tufayli kamroq. **Rasm namuna maqsadlari uchun modellashtirilgan.
Oddiy, lekin mukammal
Galaxy A23 qurilmasining Ambient Edge dizayni kamerani oddiy, lekin nafis qirralari bilan korpusga ravon ulaydi. Ingichka va simmetrik Galaxy A23 qurilmasi qora, oq, koʻk va shaftoli ranglarida boʻladi.
*Rang tanlash imkoniyati mamlakatga yoki yetkazib beruvchiga qarab farqlanishi mumkin.
*Rang tanlash imkoniyati mamlakatga yoki yetkazib beruvchiga qarab farqlanishi mumkin.
Quad kamera bilan mobil qurilmada suratga olish tajribasini takomillashtiring
Esda qolarli daqiqalarni 50MP asosiy kamera bilan aniq tafsilotlarda tasvirga oling. Ultra keng kamera yordamida koʻrish burchagini kengaytiring. Fokusni Chuqurlik kamerasi yordamida sozlang yoki Makro kamera yordamida tafsilotlarga yanada yaqinroq boʻling.
OIS texnologiyasi. Nihoyat Galaxy A23 qurilmasida
Harakatdagi borliqni muhrlab qo'ying. OIS yordamida Galaxy A23 videolaringizni yanada ravon yozib oladi va past yorugʻlikda ham nafisroq tafsilotlarni qamrab oladi.
*OIS : Tasvirni optik barqarorlashtirish **Rasm namuna maqsadlari uchun modellashtirilgan.
Ultra keng kamera bilan toʻliq panoramali suratlarni tasvirga oling
5MP Ultra keng kamera odam koʻzining koʻrishiga oʻxshab, olamni 123 gradusli burchak bilan koʻradi va tasvirga oluvchi barcha narsalaringizga kengroq maydon qoʻshadi.
Makro kamera bilan kichik tafsilotlarni suratga oling
2MP makro kamera bilan yanada yaqinlashing va yorqin tafsilotlarni suratga oling. Tabiiy boke effekti fondan subyektni ajratib koʻrsatishga yordam beradi.
*Rasm namuna maqsadlari uchun mo‘ljallangan. **Makro Camera xususiyati faqat asosiy kamera yordamida suratga olinishi mumkin.
*Rasm namuna maqsadlari uchun mo‘ljallangan. **Makro Camera xususiyati faqat asosiy kamera yordamida suratga olinishi mumkin.
Chuqurlik kamerasi yordamida diqqatingizni asosiysida jamlang
2 megapikselli chuqurlik sensoriga ega kamera fotosuratda maydon chuqurligini o'zgartirishga imkon beradi. Fonni xiralashtirib asosiy obyektni tanlang va ajoyib portret fotosuratlarini oling.
Old kamera yordamida yprqin selfilaringizni ulashing
8MP old kamerasiga qoʻshilgan boke effekti yordamida sizga koʻproq va kamroq fonga qaratilgan ajoyib selfilarni suratga olish oson.
*Rasm namuna maqsadlari uchun mo‘ljallangan.
*Rasm namuna maqsadlari uchun mo‘ljallangan.
Quvvat butun kunga yetadi
Faoliyatingizni sekinlashtirmaydigan batareya yordamida kun davomida ilgʻor boʻling. Sigʻimi 5000 mA∙s (odatiy)¹ boʻlgan batareya nima bilan bandligingizga qaramay, mashgʻulotingizni bir necha soatlab davom ettirishga imkon yaratadi. 25W gacha boʻlgan Super tezkor zaryadlagich bilan Galaxy A23 toʻliq quvvatga tezda qaytadi.
*25W Super tezkor zaryadlash moslamasi alohida sotiladi. 1. To‘liq zaryadlangan qurilmaga ega bo‘lgan o‘rtacha/odatiy foydalanuvchining foydalanish profiliga nisbatan taxmin qilingan. Buyuk Britaniyada 2022.03.14–2022.03.25 oraligida “Strategy Analytics” tomonidan mustaqil ravishda SM-A235 ning ishlab chiqarishdan oldingi versiyalari bilan mustaqil ravishda baholangan. Batareyaning haqiqiy ishlash muddati tarmoq muhiti, foydalaniladigan funksiyalar va ilovalar, qo‘ng‘iroqlar va xabarlar chastotasi, quvvatlangan vaqtlar soni va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq. 2. Odatiy qiymat uchinchi tomon laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazilgan. Odatiy qiymat bu IEC 61960 standarti boʻyicha sinovdan o‘tkazilgan batareya namunalari orasidagi batareya quvvati oʻzgarishini hisobga olgan holda taxminiy oʻrtacha qiymat. Nominal (minimal) hajm 4860 mA∙s.
Tezkor unumdorlik uchun quvvatli Octa-core protsessori
Galaxy A23 Octa-core qayta ishlash quvvatini 4GB/6GB/8GB gacha boʻlgan operativ xotira bilan vazifani tez va samarali bajarish uchun birlashtiradi. 64GB/128GB ichki xotiradan bahramand boʻling yoki 1 TBgacha boʻlgan microSD bilan yanada koʻproq xotiraga ega boʻling.
*Tezkor va ichki xotira hajmi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. *Haqiqiy xotira oldindan o‘rnatilgan dasturlarga qarab farqlanishi mumkin. **MicroSD karta alohida sotiladi.
Dolby Atmos texnologiyasi bilan odatiy eshitish tajribasidan koʻprogʻiga ega boʻling
Musiqa va filmlarning markaziga yetib borish uchun quloqchinlaringizni taqib oling. Dolby Atmos yordamida sahnada toʻliq, baland va sizni qamrab olayotganday tuyuladigan tovushni eshitasiz.
*Dolby Atmos faqat stereo quloqchinlar va BT karnaylarni dastaklaydi. **Dolby Atmos rejimi Sozlamalarda faollashtirilgandagina mavjud boʻladi. ***Quloqchinlar alohida sotiladi. ****Ekran tasviri namuna maqsadida modellashtirilgan.
Oʻzingiz uchun muhim boʻlgan narsalarni himoya qiling
Boshidan telefon uskunasiga va dasturiy ta’minotiga o‘rnatilgan Samsung Knox telefoningizni yoqilgan paytidan boshlab himoya qiladi. Koʻp darajali xavfsizlikni ta’minlovchi dastur sizning eng muhim ma’lumotlaringizni zararli dasturlardan va tahdidlardan himoya qiladi.
Barmogʻingiz izi bilan telefoningizni qulfdan oching
Quvvat tugmasiga oʻrnatilgan barmoq izi sensori telefoningizga bir silliq harakat bilan olib kiradi.
*Bu funksiyaning mavjudligi mamlakat yoki yetkazib beruvchiga qarab farqlanishi mumkin.
*Bu funksiyaning mavjudligi mamlakat yoki yetkazib beruvchiga qarab farqlanishi mumkin.
Sizning Galaxy qurilmalaringiz. Sizning qoidalaringiz.
Haqiqiy sizniki boʻlgan narsaga egalik qiling. One UI 4 bilan Galaxy qurilmangizni sozlang va telefoningizga istaklaringizga mos keladigan jozibador koʻrinish bering. Vazifalaringizga muammosiz yordam beradigan va sevimli funksiyalaringizni tayyorlab beradigan maxsus vosita yarating.
* One UI funksiyalarining mavjudligi, ilovalar va xizmatlar operatsion tizim versiyasi va mamlakatga bogʻliq ravishda farq qilishi mumkin.
Qurilmangizni biz bilan aʼlo holatda saqlang
Samsung Galaxy smartfonini xarid qilsangiz, juda koʻp imtiyozlarga ega boʻlasiz. Samsung Members ilovadagi interaktiv diagnostika va optimallashtirish jarayoni qurilmalaringizning ishlashini sozlashni osonlashtiradi, bizning ishonch telefonimiz sizga qoʻshimcha yordam kerak boʻlganda muammolarni bartaraf etishga imkon beradi.
*Samsung Members ilovasida mavjud funksiya va imkoniyatlar mamlakat va qurilmaga qarab farq qilishi mumkin.
Texnik xususiyatlari
-
Protsessor
2.4GHz, 1.9GHz
-
Ogʻirlik (g)
195
-
Audioni ijro etish vaqti (soat)
maksimal 174
-
Protsessor tezligi
2.4GHz, 1.9GHz
-
Protsessor turi
Octa-Core
-
O'lchami (asosiy displey)
167.2mm (6.6")
-
Aniqligi (asosiy displey)
1080 x 2408 (FHD+)
-
Texnologiyasi (asosiy displey)
PLS LCD
-
Rang ravshanligi (asosiy displey)
16M
-
Orqa kamera - aniqligi (bir nechta)
50.0 MP + 5.0 MP + 2.0 MP + 2.0 MP
-
Orqa kamera - Diafragma (bir nechta)
F1.8 , F2.2 , F2.4 , F2.4
-
Orqa kamera - avto fokus
Ha
-
Orqa kamera - Tasvirning optik stabilizatori (OIS)
Ha
-
Orqa kamera kattalashtirish
10x gacha Raqamli Zoom
-
Old kamera - aniqligi
8.0 MP
-
Old kamera - Diafragma
F2.2
-
Old kamera - Avto Fokus
Yo'q
-
Old kamera - Tasvirning optik stabilizatori (OIS)
Yo'q
-
Orqa kamera - Miltillash
Ha
-
Old kamera - Miltillash
Yo'q
-
Video yozib olishdagi aniqlik
FHD (1920 x 1080)@30fps
-
Sekin harakat
120fps @HD
-
Operativ xotira_(GB)
4
-
Xotira (GB)
64
-
Mavjud xotira (GB)
45.0
-
Tashqi xotirani qo'llab-quvvatlash
MicroSD (1TB gacha)
-
SIM-kartalar soni
Ikkitalik SIM karta
-
SIM-karta o'lchami
Nano-SIM (4FF)
-
SIM-karta uyasining turi
SIM 1 + SIM 2 + MicroSD
-
Infra
2G GSM, 3G WCDMA, 4G LTE FDD, 4G LTE TDD
-
2G GSM
GSM850, GSM900, DCS1800, PCS1900
-
3G UMTS
B1(2100), B5(850), B8(900)
-
4G FDD LTE
B1(2100), B3(1800), B5(850), B7(2600), B8(900), B20(800), B28(700)
-
4G TDD LTE
B38(2600), B40(2300), B41(2500)
-
USB interfeysi
USB Type-C
-
USB versiyasi
USB 2.0
-
Joylashuv texnologiyasi
GPS, Glonass, Beidou, Galileo, QZSS
-
Eshitish vositasi
3.5mm Stereo
-
MHL
Yo'q
-
Wi-Fi
802.11 a/b/g/n/ac 2.4G+5GHz, VHT80
-
Wi-Fi Direct
Ha
-
Bluetooth versiyasi
Bluetooth v5.0
-
NFC
Ha
-
Personal kompyuter bilan ma'lumotlar almashish
Smart Switch (PK avlodi)
-
Android
-
Rang
Qora
-
Shakl omili
Touch Bar
-
Akselerometr, Barmoq izi sensori, Gyro sensori, Geomagnit sensor, Virtual nur sensori, Virtual yaqinlik sensori
-
O'lchamlar (BxKxCh, mm)
165.4 x 76.9 x 8.4
-
Og'irlik (g)
195
-
Internetdan foydalanish vaqti (LTE) (soat)
maksimal 27
-
Internetdan foydalanish vaqti (Wi-Fi) (soat)
maksimal 28
-
Videoni ijro etish vaqti (soat)
maksimal 26
-
Batareya quvvati (mAh, odatiy qiymat)
5000
-
Olinadigan
Yo'q
-
Audioni ijro etish vaqti (soat)
maksimal 174
-
Suhbat vaqti (4G LTE) (soat)
maksimal 56
-
Stereoni qo'llab-quvvatlash
Yo'q
-
Videoni ijro etish formati
MP4, M4V, 3GP, 3G2, AVI, FLV, MKV, WEBM
-
Videoni ijro etish aniqliligi
FHD (1920 x 1080)@60fps
-
Audio ijro etish formati
MP3, M4A, 3GA, AAC, OGG, OGA, WAV, AMR, AWB, FLAC, MID, MIDI, XMF, MXMF, IMY, RTTTL, RTX, OTA
-
Gearni qo'llab-quvvatlash
Galaxy Buds Pro, Galaxy Buds Live, Galaxy Buds+, Galaxy Buds2, Galaxy Buds, Galaxy Fit2, Galaxy Fit e, Galaxy Fit, Galaxy Watch4, Galaxy Watch3, Galaxy Watch, Galaxy Watch Active2, Galaxy Watch Active, Gear Fit2 Pro, Gear Fit2, Gear Sport, Gear S3, Gear S2, Gear IconX (2018)
-
Samsung DeXni qo'llab-quvvatlash
Yo'q
-
Mobil TV
Yo'q
Yaqin o‘tmishda ko‘rilganlar