Galaxy M14 5G
Gallery popup
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Asosiy xususiyatlari
Xususiyatlari
Barcha yoqtirgan narsalaringizni keng va ravshan displeyda tomosha qiling
6,6 dyuymli Full HD+ displey
Ko'proq ma'lumotlarni bir vaqtning o'zida ko'ring. Galaxy M14 5G smartfonining 6,6 dyuymli Infinity-V displeyi sizga ko'proq ma'lumotlarni ko'rish va ko'proq vazifalarni bajarish imkoniyatini beradi. FHD+ texnologiyasi hamda 90 Gs yangilanish chastotasi evaziga siz odatda tomosha qilgan kontent yanada ravon va aniq ko'rinadi.
* Tasvir namuna maqsadida modellashtirilgan. **Diagonal bo'yicha o'lchanganda ekranning to'liq to'g'ri to'rtburchakdagi o'lchami 6,6 dyuymga, aylanasimon burchaklarni inobatga olganda esa 6,4 dyuymga teng. Haqiqiy ish ekrani aylanasimon burchaklar hamda kamera o'rni tufayli kichikroq. ***Ayrim ilovalarda kamera funksiyasidan foydalanilganda yangilanish chastotasi 90 Gs dan kam bo'lishi mumkin.
Multiobyektivli kamera yordamida sizning dunyoingiz to'liq ifoda etiladi.
Qimmatbaho damlaringizga alohida urg'u bering
Multi kameralar tizimi
Galaxy M14 5G sizning barcha sevimli onlaringizni muhrlash uchun yaratilgan. 50 MP aniqlikdagi keng burchakli kamera aniq tafsilotlarga boy ajoyib manzarali tasvirlarni olish imkoniyatini yaratsa, chuqurlik kamerasi aniq o'lchamlar beradi, makrokamera mayda tafsilotlarni namoyon qiladi, old kamera esa fonni xiralashtirish evaziga ajoyib selfi portretlar olish imkoniyatini beradi.
To'liq zaryad bilan xavtoriga o'rin yo'q
Batareya 6000 mAs (Odatiy ko'rsatkich)*
Telefoningiz zaryadi haqida qayg'urmasdan hayotingizdagi muhim narsalarga e'tiboringizni qarating. 6000 mAs (odatiy ko'rsatkich) hajmli akkumulyator sizning harakatdagi hayot tarzingizni belgilab beradi.
* Uchinchi tomon laboratoriyasida sinovdan o'tkazilgan odatiy ko'rsatkich. Odatiy ko'rsatkich – bu IEC 61960 standarti asosida sinovdan o'tkazilgan batareya namunalari o'rtasidagi batareya hajmi og'ishlarini inobatga olib hisoblangan o'rtacha ko'rsatkich. Haqiqiy ko'rsatkich 5830 mAs. Haqiqiy ishlash vaqti tarmoq sifati, foydalanish tartibi hamda boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
Tezkor bo'ling. Oldinga intiling.
Super tezkor 5G va sakkiz yadroli protsessorSiz ishonishingiz mumkin bo'lgan tezlik va samaradorlikni ta'minlash uchun Galaxy M14 5G sakkiz yadroli protsessor hamda 5G aloqa standartiga ega. Ravon o'yin va striming jarayoni hamda videolarni tezkor yuklab olish va ulashish imkoniyatlaridan zavq oling. Shu bilan birga, 1 TB hajmgacha microSD kartasi uchun slot evaziga yanada ko'proq fayllarni saqlang va kamrog'ini o'chiring.
* Optimal sharoitdagi 5G tarmog'i talab etiladi. 5G tarmog'ining amal qilishi hamda haqiqiy tezligi mamlakat, mintaqa, aloqa operatori hamda foydalanish sharoitiga qarab farq qilishi mumkin.Ovoz tiniq eshitilishi uchun shovqindan voz keching
Ovozni fokuslash
Voice Focus funksiyasi ovozingizni tashqi shovqindan saqlaydi hamda suhbatdoshingiz sizni aniq eshita olishi uchun tovushni ko'taradi.
*Voice Focus funksiyasi faqat Samsung telefonida (telefon uchun shaxsiy ilova) ovozli qo'ng'iroqlar uchun (video qo'ng'iroqlar uchun amal qilmaydi) hamda tanlangan uchinchi tomon videoqo'ng'iroq ilovalari uchun amal qiladi.
Galaxy Tajribasi
Tashqi ko'rinishga yanada oro beruvchi Galaxy dizayni
Galaxy dizayniga sodiq qolgan holdaIxcham dizayn evaziga Galaxy M14 5G zamonaviy tashqi ko'rinishga ega. Nafis korpus uni qo'lda qulay ushlash hamda ekranni oson boshqarish imkoniyatini beradi. To'q ko'k, kumush yoki ko'k rangdan birini tanlang.
*Ranglarning mavjudligi mamlakat, mintaqa va yetkazib beruvchiga qarab farq qilishi mumkin.