Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Asosiy xususiyatlari
Xususiyatlari
Mobil AI davriga xush kelibsiz. Qo'lingizdagi Galaxy S23 FE bilan siz ijodkorlik, samaradorlik va imkoniyatlarning mutlaqo yangi darajalarini kashf etishingiz mumkin — barchasi hayotingizdagi eng muhim qurilmangizdan boshlanadi. Sizning smartfoningizdan.
*Ayrim Samsung AI funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etilishi mumkin. *Sun'iy intellekt funksiyalari tomonidan taqdim etilayotgan natijalarning aniqligi, to'liqligi va ishonchliligi borasida Samsung hech qanday kafolat yoki va'da bermaydi. *Galaxy AI funksiyalari mos Samsung Galaxy qurilmalarida 2025 yil so'ngiga qadar bepul taqdim etiladi. Uchinchi shaxs tomonidan taqdim etilayotgan sun'iy intellekt funksiyalari uchun o'zgacha shartlar amal qilishi mumkin.Taassurotlar boshlanmoqda
Oshirilgan hajmli batareya va ajoyib tungi tasvirlar bilan Galaxy S23 FE sizga unutilmas estaliklar kalitini ochadi.
*Ranglarning mavjudligi mintaqaga bog'liq.Sizning uslubingizda
Yangi Galaxy S23 FE smartfoni Galaxy S23 seriyasining ajoyib dizaynini saqlab qolgan holda, uning premium estetik jihatlari va ko'plab amaliy xususiyatlarini o'zida mujassam etadi.
Maftunkor ranglar
To'rtta rangdan birini tanlang — yalpiz rang, grafit rang, qaymoqrang va binafsharang. Ranglarning har biri korpusni o'rab turgan metal ramka bilan jozibador uyg'unlik yaratadi.
Hayratlanarli mustahkamlik
Corning® Gorilla® Glass 5 himoya shishasi smartfon korpusini orqa va old tomonidan himoya qiladi. Bundan tashqari, IP68 standartidagi suvga va changga chidamlilik bilan Galaxy S23 FE sinovlarni yengib o'tishga tayyor.
Tasvirlaringizni kecha-yu kunduz san'at asariga aylantirishga qodir professional darajadagi kamera bilan hayotingizdagi eng shirin lahzalarini suratga oling. Yuqori aniqlikdagi matritsa evaziga sizning tasvirlaringiz yuqori detallashtirish va aniqligi bilan ajralib turadi.
Tunni suratga oling
Past yorug'likdagi suratga olishga yangi nigoh bilan qarang va past shovqin darajali yorqin tasvirlar oling.
Takomillashtirilgan kameralar tizimi evaziga siz konsertda yoki boshqa past yorug'likka ega joyda bo'lishingizdan qat'iy nazar tasvirlaringiz yuqori detallashgan va aniq chiqadi.
Super ravon video
Past yorug'lik aslo muammo emas! Tungi rejim bilan siz suratga olgan videolar qorong'u sharoitda ham ravon chiqishi aniq.
Ajoyib selfilar siri
Old kamera bilan tabiiy selfilar seriyasini oling va atrofingizdagilar bilan ulashing. Turli rakurslarda olinganda ham aniqlik kafolatlanadi, tasvirlar esa barchada unutilmas tassurotlar qoldiradi.
50MP bilan suratlaringizni epik darajaga ko'taring
Unutilmas damlarni yuqori aniqlikdagi kamera obyektiviga tushirib, eng mayda tafsilotlarni ham aks ettiring.
Tasvirni yaxshilash funksiyasi bilan eski xira va qorong'u tasvirlaringizga yangi hayot baxsh eting va eski xotiralaringizni jonlantiring.
Yorqin tasvirlar
O'zgaruvchan yorug'lik sharoitida ham Dynamic AMOLED 2x ekranda har qanday voqea tafsilotlari jonlanishga qodir. Ko'zlarni himoya qilish funksiyasi ko'k yorug'likni pasaytiradi va qorong'u sharoitda ham ko'zlaringizning toliqmasdan ishlashini ta'minlaydi.
Yorqin quyosh nurlari aslo muammo emas
Vision Booster funksiyasi ekran sozlamalarini optimallashtirib, yorqin quyosh nurlari ostida ham yaxshi ko'rinishni ta'minlaydi. Bundan tashqari, 120 Gs adaptiv ekran maroqli tomosha uchun ravon skrollingni ta'minlaydi.
Ajoyib samaradorlik
O'yin yoki video ko'rish, suratga olish yoki ko'pvazifalilik rejimidagi ish bo'lishidan qat'iy nazar 8 yadroli qudratli protsessor bilan smartfon har qanday vazifalarni oson bajaradi.
Oshirilgan hajmli batareya
4500 mAs hajmli batareya sizga qayta zaryadlashga chalg'imasdan o'yin o'ynash yoki seriallaringizni tomosha qilish imkonini beradi.
Super tezkor zaryad
Batareyangizda quvvat qolmadimi? Bu uzoqqa cho'zilmaydi. Uni yo'l-yo'lakay bir zumda zaryadlang. Smartfoningizni super tezkor zaryadlash uchun zaryadlash qurilmasiga ulab yanada tezkor zaryadlash imkoniyatlarini his eting.
Hayot yangichasiga namoyon bo'ladi
Ekotizim afzalliklari
FE seriyasi sizning hayotingizni yanada yaxshiroq qilish uchun yaratilgan. Ushbu to'plamdagi barcha qurilmalar o'rtasida o'zaro qulay va uzulishlardan holi ishlash uchun maxsus yaratilgan sinergiyaning barcha afzalliklaridan foydalaning.
Texnik xususiyatlari
-
Protsessor
2.8GHz, 2.5GHz, 1.8GHz
-
Ogʻirlik (g)
209
-
Protsessor tezligi
2.8GHz, 2.5GHz, 1.8GHz
-
Protsessor turi
Octa-Core
-
CPU nomi
Samsung Exynos 2200
-
O'lchami (asosiy displey)
163.1 mm (6.4")
-
Aniqligi (asosiy displey)
1080 x 2340 (FHD+)
-
Texnologiyasi (asosiy displey)
Dynamic AMOLED 2X
-
Rang ravshanligi (asosiy displey)
16M
-
Maksimal yangilanish tezligi (Asosiy displey)
120 Hz
-
Orqa kamera - aniqligi (bir nechta)
50.0 MP + 12.0 MP + 8.0 MP
-
Orqa kamera - Diafragma (bir nechta)
F1.8 , F2.2 , F2.4
-
Orqa kamera - avto fokus
Ha
-
Orqa kamera - Tasvirning optik stabilizatori (OIS)
Ha
-
Orqa kamera - Kattalashtirish
3x Optik Zoom, 30x gacha Raqamli Zoom
-
Old kamera - aniqligi
10.0 MP
-
Old kamera - Diafragma
F2.4
-
Old kamera - Avto Fokus
Yo'q
-
Orqa kamera - Miltillash
Ha
-
Video yozib olishdagi aniqlik
UHD 8K (7680 x 4320)@24fps
-
Sekin harakat
960fps @HD, 240fps @FHD
-
Operativ xotira_(GB)
8
-
Xotira (GB)
256
-
Mavjud xotira (GB)
219.1
-
SIM-kartalar soni
Ikkitalik SIM karta
-
SIM-karta o'lchami
Nano-SIM (4FF), O'rnatiladigan SIM karta
-
SIM-karta uyasining turi
SIM 1 + SIM 2 yoki ichki SIM
-
Infra
2G GSM, 3G WCDMA, 4G LTE FDD, 4G LTE TDD, 5G Sub6 FDD, 5G Sub6 TDD, 5G Sub6 SDL
-
2G GSM
GSM850, GSM900, DCS1800, PCS1900
-
3G UMTS
B1(2100), B2(1900), B4(AWS), B5(850), B8(900)
-
4G FDD LTE
B1(2100), B2(1900), B3(1800), B4(AWS), B5(850), B7(2600), B8(900), B12(700), B17(700), B20(800), B26(850), B28(700), B32(1500), B66(AWS-3)
-
4G TDD LTE
B38(2600), B40(2300), B41(2500)
-
5G FDD Sub6
N1(2100), N3(1800), N5(850), N7(2600), N8(900), N20(800), N28(700), N66(AWS-3)
-
5G TDD Sub6
N38(2600), N40(2300), N41(2500), N77(3700), N78(3500)
-
5G SDL Sub6
N75(1500+)
-
USB interfeysi
USB Type-C
-
USB versiyasi
USB 3.2 birinchi avlodi
-
Joylashuv texnologiyasi
GPS, Glonass, Beidou, Galileo, QZSS
-
Eshitish vositasi
USB Type-C
-
MHL
Yo'q
-
Wi-Fi
802.11a/b/g/n/ac/ax 2.4GHz+5GHz+6GHz, HE160, MIMO, 1024-QAM
-
Wi-Fi Direct
Ha
-
Bluetooth versiyasi
Bluetooth v5.3
-
NFC
Ha
-
Personal kompyuter bilan ma'lumotlar almashish
Smart Switch (PK avlodi)
-
Android
-
Rang
Grafit rang
-
Shakl omili
Touch Bar
-
Akselerometr, Barometr, Barmoq izi sensori, Gyro sensori, Geomagnit sensor, Hall sensori, Yorug'lik sensori, Virtual yaqinlik sensori
-
O'lchamlar (BxKxCh, mm)
158.0 x 76.5 x 8.2
-
Og'irlik (g)
209
-
Internetdan foydalanish vaqti (LTE) (soat)
maksimal 19
-
Internetdan foydalanish vaqti (Wi-Fi) (soat)
maksimal 20
-
Videoni ijro etish vaqti (soat, simsiz)
maksimal 22
-
Batareya quvvati (mAh, odatiy qiymat)
4500
-
Olinadigan
Yo'q
-
Audioni ijro etish vaqti (soat, simsiz)
maksimal 69
-
Suhbat vaqti (4G LTE) (soat)
maksimal 39
-
Stereoni qo'llab-quvvatlash
Ha
-
Videoni ijro etish formati
MP4, M4V, 3GP, 3G2, AVI, FLV, MKV, WEBM
-
Videoni ijro etish aniqliligi
UHD 8K (7680 x 4320)@60fps
-
Audio ijro etish formati
MP3, M4A, 3GA, AAC, OGG, OGA, WAV, AMR, AWB, FLAC, MID, MIDI, XMF, MXMF, IMY, RTTTL, RTX, OTA, DFF, DSF, APE
-
Gearni qo'llab-quvvatlash
Galaxy Buds2 Pro, Galaxy Buds Pro, Galaxy Buds Live, Galaxy Buds+, Galaxy Buds2, Galaxy Buds, Galaxy Fit2, Galaxy Fit e, Galaxy Fit, Galaxy Watch6, Galaxy Watch5, Galaxy Watch4, Galaxy Watch3, Galaxy Watch, Galaxy Watch Active2, Galaxy Watch Active, Gear Fit2 Pro, Gear Fit2, Gear Sport, Gear S3, Gear S2
-
Samsung DeXni qo'llab-quvvatlash
Ha
-
Bluetooth® Eshitish vositasini qo'llab-quvvatlash
Eshitish apparati uchun Android Audio oqimi (ASHA)
-
Mobil TV
Yo'q
*E’tiboringizni shunga qaratamizki, ushbu veb-sayt va undagi ma’lumotlar faqat axborot berish xususiyatiga ega bo‘lib, hech qanday holatda ommaviy oferta hisoblanmaydi.
*Barcha tasvirlar namuna maqsadida modellashtirilgan, barcha aksessuarlar alohida sotiladi.
*Ayrim AI funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tish talab qilinishi mumkin.
*Samsung tomonidan taqdim etiladigan asosiy Galaxy AI funksiyalari bepul. Kelgusi versiyalarda pullik asosda taqdim etiladigan kengaytirilgan funksiyalar yoki yangi xizmatlar paydo bo‘lishi mumkin. Uchinchi tomonlar taqdim etadigan sun’iy intellekt funksiyalariga boshqa shartlar qo‘llanilishi mumkin. Asosiy Galaxy AI funksiyalari — bu Samsung kompaniyasining amaldagi Foydalanish shartlarida Kengaytirilgan intellekt bo‘limida keltirilgan xizmatlardir.
*Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik tavsiflari e’lon qilingan paytda amal qiladi, ammo keyinchalik oldindan ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.
*Batareyaning haqiqiy quvvati tarmoq muhiti, ishlatiladigan funksiyalar va ilovalar, amalga oshirilgan qo'ng'iroqlar va yuborilgan xabarlar chastotasi, zaryadlanish/zaryadsizlanish sikllari soni va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq.
*Foydalanuvchi uchun mavjud ichki xotira hajmi qurilmaning to‘liq xotirasidan kamroq bo‘lishi mumkin, chunki uning bir qismi operatsion tizim va qurilmaning ishlashi uchun zarur bo‘lgan ilovalar tomonidan band qilingan. Haqiqiy foydalanuvchi xotirasi hajmi mobil operatorga bog‘liq bo‘lishi va qurilma dasturiy ta’minoti yangilangandan so‘ng o‘zgarishi mumkin.
*Tarmoq: Qurilma tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan o‘tkazuvchanlik hudud yoki xizmat ko‘rsatuvchi provayderga qarab farq qilishi mumkin.
*Wi-Fi 7 (802.11be) tarmog‘ining mavjudligi bozor, tarmoq provayderi va foydalanuvchi muhitiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Optimal ulanish talab etiladi. Wi-Fi 7 routeri kerak bo‘ladi.
*Ranglarning mavjudligi mamlakat va yetkazib beruvchiga bog'liq.