Agar grafik kalit, PIN-kod yoki parol esdan chiqqan bo‘lsa, Samsung Galaxy qulfini qanday ochish mumkin

Oxirgi yangilanish sanasi : 23.09.2025

Agar siz PIN-kod, parol yoki chizmani unutgan bo‘lsangiz, ushbu maqola smartfon yoki planshetni qulfdan chiqarishga yordam beradi.

Agar siz Samsung Galaxy ekranini ochishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, avvalo quyidagi amallarni bajaring:

1 Qurilmangizda qanday qulf turi o‘rnatilganligini aniqlang:
  • Barmoq izi;
  • PIN-kod, parol yoki grafik kalit.

Agar qurilmada barmoq izi o‘rnatilgan bo‘lsa, lekin u ishlamasa, qurilmani qulfdan chiqarish uchun o‘rnatgan PIN-kod, parol yoki grafik kalitni kiritsangiz yetarli bo‘ladi.

Shundan so‘ng, barmoq izini qayta sozlashingiz mumkin bo‘ladi.

Agar PIN-kod, parol yoki grafik kalitni kiritganingizda smartfon ochilmasa, keyingi tavsiyaga o‘ting.

2 Qurilmani o'chiring va qayta yuklang.

Ba'zida operatsion tizimda PIN-kod, parol yoki grafik kalitni tanib olishda nosozliklar paydo bo‘lishi mumkin, hatto siz uni to‘g‘ri kiritsangiz ham.

Muammolarni bartaraf qilish uchun qurilmani majburan o'chiring va qayta yuklang:

  • Quvvat tugmasi va Ovoz balandligini kamaytirish tugmalarini bir vaqtda o‘n soniya davomida bosib turing (avvalgi modellarda faqat Quvvat tugmasini bosing). Telefon ogohlantirishsiz qayta yuklanadi va darhol ishga tushadi.
  • Agar o‘chirish va qayta yuklash menyusi paydo bo‘lsa, bu tugmalarni kerakli vaqt davomida bosib turmaganingizni anglatadi..

Agar smartfonni qayta yuklashdan keyin muammo hal bo‘lmasa, keyingi tavsiyaga o‘ting.

3 Agar oldingi usullar yordam bermagan bo‘lsa, ma’lumotlarni tiklang — bu bilan qurilmadagi barcha fayllar va sozlamalar, shuningdek grafik kalit, PIN-kod, parol yoki barmoq izi o‘chiriladi.

Ma’lumotlarni tiklagandan keyin telefon biroz vaqt yuklanishi mumkin. Ba’zan bu bir soatgacha vaqt olishi mumkin.

Agar zavod sozlamalarini o‘zingiz tiklay olmasangiz, , qo’llab-quvvatlash xizmatidan biriga murojaat qilishingiz mumkin.


Agar siz Samsung Galaxy qurilmangiz uchun grafik kalit, PIN-kod yoki parolni unutgan bo'lsangiz, avval qulf turini aniqlab, keyin qurilmani qayta yuklash orqali muammoni hal qiling. Agar bu usullar yordam bermasa, qurilmanga zavod sozlamalarini tiklash orqali barcha ma'lumotlarni o'chirib, qulfni to'liq olib tashlashingiz mumkin.

Tavsiyalar Samsung tomonidan taqdim etilgan va tasdiqlangan

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!