Samsung Galaxy qurilmasi bloklangan bo‘lsa va Google akkauntini so‘rasa nima qilish kerak
Samsung Galaxy smartfonlarida o‘g‘irlik va ruxsatsiz kirishdan himoya qilish tizimi — Google FRP joriy etilgan. Agar ma'lumotlarni tiklash jarayonini amalga oshirsangiz va undan oldin Google akkauntini o‘chirmasangiz, qurilma bloklanadi.
Qurilmani yoqqaningizda, undan oldin o‘rnatilgan akkaunt va parol talab qilinadi.
Ushbu maqolada, agar Samsung Galaxy qurilmasi bloklangan bo‘lsa va Google akkauntini so‘rasa nima qilish kerakligi haqida bilib olasiz.
Samsung Galaxy smartfonini qanday ochish mumkin
Samsung Galaxy smartfonini ochish uchun quyidagi ko‘rsatmalarga rioya qiling.
Qurilmangizda bo‘lgan Google akkauntingizni kiriting va "Keyingi" tugmasini bosing.
Smartfon tiklanishidan oldin ro‘yxatdan o‘tgan akkaunt parolini kiriting va "Keyingi" tugmasini bosing.
Agar akkaunt va parol to‘g‘ri bo‘lsa, qurilma keyingi sozlashlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
ЕAgar akkaunt parolini unutgan bo‘lsangiz, kompyuteringizda g.co/recover, havolasini oching, qurilmangizda bo‘lgan akkauntingizni kiriting va parolni tiklash uchun ko‘rsatmalarga rioya qiling. Yangi parolni qurilmaga 24 soatdan keyin kiritishingiz mumkin.
Agar qurilmada qaysi akkaunt bo‘lganini eslay olmasangiz yoki parolni tiklashning imkoni bo‘lmasa, Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling. Sotib olishni tasdiqlovchi hujjatlarni (chek, to‘ldirilgan kafolat taloni, kredit shartnomasi) o‘zingiz bilan olishni unutmang. Agar hujjatlar yo‘q bo‘lsa, qurilmani ochishning iloji yo‘q.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.