Galaxy Store'dan ilova yuklab olishda xatolikni qanday bartaraf etish mumkin

Oxirgi yangilanish sanasi : 10.11.2025

Galaxy Store'da ilova yuklab olishda xatolik yuzaga kelsa, yuklab olish boshlanmasa yoki uzilib qolsa nima qilish kerakligi haqida quyida aytib o'tamiz.

Bizning maslahatlarimizni sinab ko'ring va shundan so'ng ilovani qayta o'rnating.

Ilovaning keshini tozalang

Step1. View of the “Settings” screen with a tap on the “Apps” option”. Step1. View of the “Settings” screen with a tap on the “Apps” option”.

1-qadam. Qurilmada Sozlamalar'ni oching va Ilovalar'ga o'ting.

Step 2. At “Apps” screen, tap on “Galaxy Store”. Step 2. At “Apps” screen, tap on “Galaxy Store”.

2-qadam. Galaxy Store ilovasini toping. Qulaylik uchun o'ng yuqori burchakdagi qidiruvdan foydalanishingiz mumkin.

Step 3. App info screen with a tap on “Storage” option. Step 3. App info screen with a tap on “Storage” option.

3-qadam. Xotirani tanlang.

Step 4. Storage menu where you can tap on “Clear Data” or “Clear Cache”. Step 4. Storage menu where you can tap on “Clear Data” or “Clear Cache”.

Qadam 4. Ma'lumotlarni tozalash'ni, keyin esa Keshni tozalash'ni bosing. Shundan so'ng ilovani qayta o'rnating.

Agar xatolik davom etsa, iltimos, bizga xatolik haqida hisobot yuboring.

Hisobot Samsung Members ilovasi orqali yuboriladi. Quyidagi qadamlarni bajarganingizda siz avtomatik ravishda unga o'tasiz.

Step1. Open Galaxy Store app and go to Menu. Step1. Open Galaxy Store app and go to Menu.

1-qadam. Galaxy Store ilovasini oching va Menyu' bo'limiga o'ting.

Step 2. Open Settings. Step 2. Open Settings.

2-qadam. Sozlamalar'ni oching - o'ng yuqori burchakdagi tishli g'ildirakni bosing.

Step 3. Choose Connect us. Step 3. Choose Connect us.

3-qadam. Biz bilan bog'laning' bandini tanlang.

Step 4.  Tap on the Error reports menu to resolve the problem with our help. Step 4.  Tap on the Error reports menu to resolve the problem with our help.

4-qadam. Xatolik haqida hisobot'ni bosing va muammoni tasvirlang. Sizning murojaatingizni o'rganib chiqamiz va Samsung Members'da javob yuboramiz.

Yetarli miqdorda xotira bo'shating

Ilovalarni yuklab olish uchun tavsiya etilgan bo'sh joy hajmi - 1,5 GB.

Talab qilinadigan hajm — yuklab olinayotgan ilova egallagan hajmdan 2,5 barobar ko'p. Masalan, agar ilova 100 MB bo'lsa, qurilmada kamida 250 MB bo'sh joy bo'lishi kerak.

Qurilma xotirasini tekshiring. Agar bo'sh joy yetarli bo'lmasa, ilovani yuklab bo'lmaydi. Avval kerakli joyni bo'shatishingiz kerak - masalan, foydalanmayotgan fayllarni yoki ilovalarni o'chirib tashlang.

Qurilma xotirasini qanday tekshirish kerak:

1-qadam. Qurilmada Sozlamalar'ni oching va Qurilma parvarishi'ga o'ting.

2-qadam. Xotira' bo'limida qurilma xotirasining holatini bilib olishingiz mumkin. Batafsil ko'rish uchun Xotira'ni bosing.

Internet ulanishini tekshiring

Internet ulanishini va ulanish sifatini tekshiring.

Agar tarmoq ulanishi beqaror bo'lsa, ilovalarni yuklab olish vaqtida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari, ba'zi tarmoq provayderlari maksimal yuklab olish tezligini cheklaydi.

Galaxy Store'dan ilova yuklab olishda xatoliklar odatda ilovaning keshi to'lganligi, qurilmada yetarli bo'sh joy yo'qligi yoki internet ulanishi beqaror bo'lganida yuzaga keladi. Muammoni hal qilish uchun avval ilovaning keshini va ma'lumotlarini tozalash, qurilmada kamida 1,5 GB bo'sh joy borligini tekshirish, shuningdek internet ulanish sifatini baholash kerak. Agar barcha choralarga qaramay xatolik davom etsa, Samsung Members ilovasi orqali texnik yordamga murojaat qilib, xatolik haqida batafsil hisobot yuborishingiz mumkin.

Tavsiyalar Samsung tomonidan taqdim etilgan va tasdiqlangan.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!