Galaxy Tab S10 Lite 5G
SM-X406BZAASOZ
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Xususiyatlari
Asosiy imkoniyatlar
Olib yurish uchun qulay va zamonaviy ko'rinishda
Galaxy Tab S10 Lite — qalinligi bor-yo'g'i 6,6 mm ingichka va yengil planshet bo‘lib, uni sumka, ryukzak yoki qo‘lda olib yurish qulay. Katta ekranli planshet uchta zamonaviy — kulrang, kumush va marjon ranglarda taqdim etilgan bo‘lib, u ham ko'rish ham tutish uchun yoqimli. Ish vazifalari yoki uydagi xordiq bo'lishidan qat'iy nazar, yengil planshet sizning turmush tarzingizga mos ravishda ishlab chiqilgan va uni olib yurish qulayligi bilan ajralib turadi.2
Qarashlaringiz kabi yorqin. G'oyalaringiz kabi
Galaxy Tab S10 Lite diagonali 10,9 dyuymli va yangilanish tezligiga 90 Gs bo'lgan ulkan displey bilan jihozlangan bo‘lib, u tomosha, o‘qish yoki ijod uchun ravon skrolling va tezkor javob qaytishini ta’minlaydi. Shuningdek, ekran SGS sertifikatiga ega ko‘k yorug‘likni kamaytirish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u uzoq vaqt ko‘rish davomidagi ko‘zga og‘irlikni kamaytirishga yordam beradi. Displey sevimli kontentni ko‘rishdan tortib loyihalarni tahrirlashgacha bo‘lgan vazifalaringizda tasvirning yorqinligi va aniqligini ta’minlaydi.3
Ko'proq bajarish va ko'proq saqlash imkoniyati
8 GB gacha xotira hajmi tufayli video, veb-sahifalarni tomosha qilish yoki ko‘p vazifali rejimda ishlash samaradorligi barqaror bo'ladi. Siz 256 GB gacha ichki xotira taqdim etilib, uni microSD kartasini o'rnatish orqali 2 TB gacha oshirishingiz mumkin. Bu elektron qalam yordamida ishlaydigan planshet g‘oyalarni oson amalga oshirish va samarali ishlash imkonini berib, uzluksiz yaratish va barchasini bir joyda saqlash uchun xotira va tezlikni ta'minlaydi.4
Matematikani oson yechish uchun S Pen bilan yozing
Murakkab formulani yechmoqchimisiz? Shunchaki uni S Pen bilan yozing va Solve Math funksiyasi avtomatik ravishda siz uchun javobni hisoblab beradi. Ushbu planshet bilim olish jarayonini soddalashtiradi, ilovalarni almashtirmasdan va diqqatni yo‘qotmasdan vazifalarni tezda hal qilishingizga ko'maklashadi. Masalalar ustida ishlashingiz yoki tenglamalarni yechishingizdan qat’iy nazar, o‘rganish va rivojlanishingizga yordam beradi.5
S Pen o'z uslubingizda yozing
Qo‘l yozuvi yordami funksiyasi ishingiz yuqori sifatda bo‘lishi uchun tartibsiz yozilgan qaydlarni tezda tartibga solish imkonini beradi. Siz bir zumda notekis chiziqlarni tekislashingiz, oraliqlarni rostlashingiz, harflarni yoki ularning shaklini to‘g‘rilashingiz mumkin. S Pen yordamida g‘oyalaringizni yozing, qaydlar yoki qoralamalar tayyorlang — qo‘lda yozish endi oson.6
Bir bosishda AI imkoniyatlarini oching
Aqlli yordamchidan darhol foydalanish uchun Galaxy AI maxsus tugmasini bosing. Tezkor javoblar, foydali takliflar yoki real vaqt rejimida yordam olish va shu bilan birga samaradorlikni saqlab qolish uchun atigi bir marta bosish orqali AI yordamchini ishga tushirishingiz mumkin. Galaxy Tab S10 Lite planshetingizdagi sun’iy intellekt tufayli vazifalarni bajarish yanada oson va tez.7
Obyektlarni o'chirish funksiyasida tezkor tahrirlash
Obyektlarni o'chirish funksiyasi bilan suratlaringiz fonidagi keraksiz elementlarni olib tashlang. O‘chirib tashlamoqchi bo‘lgan maydonni S Pen bilan aylanaga oling va obyektlarni o'chiring. Qo‘shimcha tahrirlash ilovalari yoki murakkab amallardan foydalanmasdan ham professional va tabiiy rasmlarni yaratishingiz mumkin. Obyektlarni o'chirish funksiyasi yordamida suratlaringizda keraksiz chalg‘ituvchi elementlar — tasodifiy odamlardan tortib, tartibsiz fonlargacha o'chiriladi.8
Kun davomidagi sermahsul ishlash uchun super tezkor quvvatlash
8000 mAs akkumulyatorli planshet bilan siz uzluksiz ishlash, o‘qish va ko‘ngil ochar imkoniyatlarga ega bo‘lib, yanada uzoqroq aloqada qolishingiz mumkin. Quvvatlash vaqti kelganda esa super tezkor quvvatlash funksiyasi batareyani darhol quvvatlaydi, shuning uchun uzoq kutishingiz shart emas. Tezkor quvvatlash imkoniyatiga ega mazkur planshet barcha vazifalaringizni qo‘llab-quvvatlaydigan ishonchli quvvat manbai tufayli qizg‘in kun boshlanishi, kundalik rejalar yoki uzoq tomosha seanslari uchun ayni mos keladi.9
Sevimli Galaxy aksessuarlaringiz bilan ishlaydi
Galaxy Tab S10 Lite turli planshet aksessuarlari, jumladan, Book Cover Keyboard klaviaturasi, Book Cover Keyboard Slim klaviaturasi, Smart Book Cover g‘ilofi va jilolarga qarshi qoplamali ekran himoya plyonkasi bilan uyg‘unlikda ishlaydi. Mazkur aksessuarlar sizga yanada qulaylik bilan ma'lumotlarni kiritish, yuqori tovushli rejimda tomosha qilish va ekrandagi tasvirning qo‘shimcha tiniqligini ta’minlab, ish jarayonini ehtiyojlaringizga moslash imkonini beradi.10
Galaxy Spotlight ilovasi. Professional kabi ijod qiling
Professional ilovalar yordamida Galaxy Tab S10 Lite planshetida yanada keng ijodkorlik imkoniyatlarini oching. Clip Studio Paint, Goodnotes, LumaFusion, Notion, Noteshelf 3, ArcSite, Sketchbook va Picsart yordamida ilhomlaning.
Ko'p Beriladigan Savollar
Yangi Galaxy Tab S10 Lite qurilmangizni ochganingizda, yozuvlarni aniq yuritish va ijodiy vazifalarni bajarish uchun S Pen qalami, sozlash bo‘yicha qisqa qo‘llanma, SIM karta/microSD uchun lotokni chiqarish uchun shtift va quvvatlash va ulanish uchun USB Type-C ma’lumot uzatish kabelini topasiz. 12
Ha, Galaxy Tab S10 Lite ham S Pen, ham Book Cover Keyboard klaviaturasini qo‘llab-quvvatlaydi. Yetkazib berish to‘plamida S Pen mavjud: u sizga aniq yozish, qoralamalar va qaydlar qilish imkonini beradi. Galaxy Tab S10 Lite, shuningdek, Samsung Book Cover Keyboard va Book Cover Keyboard Slim klaviaturalarini ham qo'llab-quvvatlaydi, ular planshetingizni ish uchun tayyor qurilmaga aylantiradi. 13
Ha, Galaxy Tab S10 Lite — bu ish, o‘qish va ko‘ngilochar tajriba uchun mo‘ljallangan universal planshet. U S Pen qalami bilan jihozlangan bo‘lib, osongina qaydlar va eskizlar yaratish yoki matematik masalalarni yechish imkonini beradi. Uning katta 10.9 dyuymli displeyi o‘qish, onlayn darslarga qatnashish yoki onlayn kontent ko‘rish uchun qulay. Planshet yengil va portativ, o‘lchamlari 254,3 × 165,8 × 6,6 mm va og‘irligi taxminan 524 g bo‘lib, uni istalgan joyga olib yurish oson. Uzoq va uzluksiz ish vaqti tufayli u kundalik vazifalar va dam olish uchun ajoyib tanlov. 14
8000 mA/soat sig‘imli Galaxy Tab S10 Lite batareyasi 16 soatgacha video tomosha qilishni ta’minlaydi, shuning uchun siz video tomosha qilishingiz yoki tez-tez quvvat olmasdan ishlashingiz mumkin. Quvvatlash vaqti kelganda, 25 Vt quvvatli o‘ta tez zaryadlash batareyani taxminan 120 daqiqada 0 dan 100% gacha zaryadlash imkonini beradi, shunda siz uzoq kutmasdan planshet bilan ishlashga qaytishingiz mumkin. 15
Galaxy Tab S10 Lite uchun 7 avlodgacha Android operatsion tizimini yangilash, shuningdek, global ishga tushirilgan kundan boshlab 7 yil davomida xavfsizlik tizimini yangilash imkoniyati mavjud. Bunday uzoq muddatli dasturiy ta’minot planshetingizni uzoq vaqt davomida xavfsiz, yangilangan holatda va eng yangi funksiyalar bilan muvofiqlikda saqlashga yordam beradi. 16
Ha, Smart Switch yordamida ma’lumotlaringizni iOS qurilmasidan Galaxy Tab S10 Lite planshetingizga tez va oson o‘tkazishingiz mumkin. Smart Switch — bu kontaktlar, suratlar, videolar, qaydlar, taqvimdagi tadbirlar va boshqalarni osonlik bilan ko‘chirish orqali ma’lumotlarni bir qurilmadan boshqasiga o‘tkazishni osonlashtiradigan vositadir. Smart Switch ilovasi yordamida yangi Galaxy Tab S10 Lite qurilmasini eski qurilmangizga kabel yoki simsiz tarmoq orqali ulashingiz mumkin. 17
Qo‘l yozuvi yordami funksiyasi hozirda arab, nemis, ingliz (Avstraliya), ingliz (Buyuk Britaniya), ingliz (AQSH), ingliz (Hindiston), ispan (Ispaniya), ispan (Meksika), ispan (AQSH), fransuz (Kanada), fransuz (Fransiya), hind, indonez, italyan, yapon, golland, polyak, portugal (Braziliya), portugal (Portugaliya), rumin, rus, shved, tay, turk, vyetnam, xitoy (materik Xitoy), xitoy (Gonkong), xitoy (Tayvan), koreys tillarida ishlaydi.
Texnik xususiyatlari
-
Protsessor
2.4GHz, 2GHz
-
Displey
10.9" (277.0mm)
-
Orqa kamera - aniqligi
8.0 MP
-
Ogʻirlik (g)
524
-
Protsessor tezligi
2.4GHz, 2GHz
-
Protsessor turi
Octa-Core
-
O'lchami (asosiy displey)
10.9" (277.0mm)
-
Aniqligi (asosiy displey)
2112 x 1320 (WUXGA+)
-
Texnologiyasi (asosiy displey)
TFT
-
Rang ravshanligi (asosiy displey)
16M
-
Ha
-
Orqa kamera - aniqligi
8.0 MP
-
Orqa kamera - avto fokus
Ha
-
Old kamera - aniqligi
5.0 MP
-
Orqa kamera - Miltillash
Yo'q
-
Video yozib olishdagi aniqlik
FHD (1920 x 1080)@30fps
-
Operativ xotira_(GB)
6
-
Xotira (GB)
128
-
Mavjud xotira (GB)
102.9
-
Tashqi xotirani qo'llab-quvvatlash
MicroSD (2TB gacha)
-
SIM-kartalar soni
Bittalik SIM karta
-
SIM-karta uyasining turi
SIM 1
-
2G GSM
GSM850, GSM900, DCS1800, PCS1900
-
3G UMTS
B1(2100), B2(1900), B4(AWS), B5(850), B8(900)
-
4G FDD LTE
B1(2100), B2(1900), B3(1800), B4(AWS), B5(850), B7(2600), B8(900), B12(700), B13(700), B17(700), B20(800), B25(1900), B26(850), B28(700), B32(1500), B66(AWS-3)
-
4G TDD LTE
B38(2600), B40(2300), B41(2500)
-
5G FDD Sub6
N1(2100), N3(1800), N5(850), N7(2600), N8(900), N20(800), N26(850), N28(700), N66(AWS-3), N71(600)
-
5G TDD Sub6
N38(2600), N40(2300), N41(2500), N77(3700), N78(3500)
-
USB versiyasi
USB 2.0
-
Joylashuv texnologiyasi
GPS, Glonass, Beidou, Galileo, QZSS
-
Eshitish vositasi
USB Type-C
-
MHL
Yo'q
-
Wi-Fi
802.11a/b/g/n/ac/ax 2.4GHz+5GHz, HE80, MIMO, 1024-QAM
-
Wi-Fi Direct
Ha
-
Bluetooth versiyasi
Bluetooth v5.3
-
NFC
Yo'q
-
Bluetooth profillari
A2DP, AVRCP, DI, HFP, HID, HOGP, HSP, MAP, OPP, PAN, PBAP
-
Personal kompyuter bilan ma'lumotlar almashish
Smart Switch (PK avlodi)
-
Android
-
Rang
Kulrang
-
Shakl omili
Planshet
-
Akselerometr, Gyro sensori, Geomagnit sensor, Hall sensori, Yorug'lik sensori
-
O'lchamlar (BxKxCh, mm)
165.8 x 254.3 x 6.6
-
Og'irlik (g)
524
-
Videoni ijro etish vaqti (soat, simsiz)
maksimal 16
-
Batareya quvvati (mAh, odatiy qiymat)
8000
-
Olinadigan
Yo'q
-
Videoni ijro etish formati
MP4, M4V, 3GP, 3G2, AVI, FLV, MKV, WEBM
-
Videoni ijro etish aniqliligi
UHD 4K (3840 x 2160)@30fps
-
Audio ijro etish formati
MP3, M4A, 3GA, AAC, OGG, OGA, WAV, AMR, AWB, FLAC, MID, MIDI, XMF, MXMF, IMY, RTTTL, RTX, OTA
-
Gearni qo'llab-quvvatlash
Galaxy Buds Core, Galaxy Buds3 Pro, Galaxy Buds2 Pro, Galaxy Buds Pro, Galaxy Buds Live, Galaxy Buds+, Galaxy Buds3, Galaxy Buds2, Galaxy Buds, Galaxy Buds FE
-
Mobil TV
Yo'q
-
SmartThings'ni qo'llab-quvvatlash
Ha
-
Xavfsizlikni yangilash muddati (qadar amal qiladi)
31 avgust 2032
Tez-tez beriladigan savollar
- Agar grafik kalit, PIN-kod yoki parol esdan chiqqan bo‘lsa, Samsung Galaxy qulfini qanday ochish mumkin
- Samsung Galaxy qurilmasini qanday qilib yangilash mumkin
- Samsung Galaxy’da zavod sozlamalarini qanday tiklash mumkin (hard reset, factory reset)
- Samsung Galaxy dagi batareya tezda o'chib qolsa nima qilish kerak
- Samsung Galaxy-ga SMS (xabarlar) kelmasa nima qilish kerak
Yaqin o‘tmishda ko‘rilganlar