Ushbu sayt cookie -lardan foydalanadi. QABUL QILISH tugmasini bosish yoki saytni ko'rishda davom etish bilan, siz cookie -lardan foydalanishimizga roziligingizni berasiz.
Batafsil
Agarda siz 8K televizor izlayotgan bo'lsangiz, u holda Samsung QN900D kabi samaradorlik darajasini ta'minlaydigan modelni topishingiz qiyin masala.
Mazkur qudratli AI televizor boshlang'ich sifatdan qat'iy nazar ajoyib detallashtirish imkoniyatini beradi hamda 8K sifatdan past istalgan kontentni masshtablashtirib, piksel va chiziqlardan xoli mukammal ifodalangan tasvir namoyish etadi.
Avvalgi modelga nisbatan tasvir sifati sezilarli darajada takomillashtirildi. Muhimi, mazkur model hamda 2024-yilning eng yaxshi OLED televizori o'rtasida yorqin farq bor. U 8K televizorlarda masshtablashtirishdan foydalanish uchun faqat 8K kontentni ko'ratish shart emasligini barchaga eslatdi.
Tasvir sifati hayratlanarli darajada.
AI yordamida 4K tasvirning allaqachon detallashtirilgan qismlariga qo'shish mumkin bo'lgan detallar soni sizni lol qoldiradi; haqiqatan 4K sifat ko'z oldingizda 8K sifatga aylanadi.
8K sifatdan shubhalanayotganlarga ishonmang, chunki yangi 75 dyuymli Samsung 8K flagman televizori 8K sifat hozirgi kunga qadar o'z kuchini yo'qotmaganligini ko'rsatadi.
Bizning sun'iy intellekt asosidagi eng zamonaviy 8K protsessorimiz
Sun'iy intellekt asosidagi eng zamonaviy Samsung 8K protsessori 8K sifatdagi ajoyib tasvir yaratadi. 512 ta sun'iy intellekt neyron tarmoqlari asosidagi bizning 8K AI Upscaling Pro masshtablashtirish texnologiyamiz kontent sifatini 8K darajagacha oshiradi. NQ8 AI 3-avlod protsessorimiz strimlar, sevimli o'yinlaringiz va sport transltatisiyalari uchun tasvir va tovushni 8K sifatgacha oshiradi.
2024-yil Neo QLED 4K modeliga nisbatan (NQ4 AI 2-avlod)
*Tasvir sifati multimedia turi va formatiga bog'liq. *8K sifatgacha masshtablashtirish shaxsiy kompyuterga ulanganda va o'yin rejimida qo'llab-quvvatlanmaydi.
8K AI Upscaling Pro texnologiyasi
512 neyronli tarmoq yordamida kontent sifatini 8K darajagacha masshtablashtirish
Sun'iy intellekt 512 neyron tarmoqlari asosidagi 8K AI Upscaling Pro masshtablashtirish texnologiyasi kontent sifatini 8K aniqlikka yaqin darajagacha oshiradi. NQ8 AI 3-avlod protsessori esa barcha Samsung televizorlari orasida eng tiniq va ravon tasvir sifatlaridan birini taqdim etadi.
*AQSH va Koreya iste'molchilari o'rtasidagi so'rovnoma asosida. Ishtirokchilardan HD, FHD, 4K va 8K (vertikal piksellar) sifatdagi namunalarga nisbatan Neo QLED 4K/8K televizoridagi takomillashtirilgan kontentga aniqlik va detallashtirish nuqtai nazaridan son ko'rinishida baholash talab etildi. Taqqoslash uchun harakatlar soni eng kam bo'lgan kontent tanlab olindi. *Neo QLED televizoridagi takomillashtirilgan kontentning vertikal piksellardagi o'rta ko'rsatkich uchun "1,6 marta" Neo QLED 8K televizorida takomillashtirilgan ayni shu kontentga nisbatan. *"84%" — bu 8K sifatda taqdim etilgan namunaga nisbatan so'rovnoma ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan tasvir aniqligi va detallashtirlishining o'rtacha bahosi. *Tasvir sifati multimedia turi va formatiga bog'liq. *8K sifatgacha masshtablashtirish shaxsiy kompyuterga ulanganda va o'yin rejimida qo'llab-quvvatlanmaydi.
Infinity Air dizayni
Chegaralarsiz taassurotlar
Bizning Infinity Aid podstavkamiz va ultra ingichka ramkasiz ekranimiz bilan chegaralarsiz o'yinlar olamini kashf eting. Podstavkadagi televizor havoda muallaq turgandek ko'rinishda bo'ladi. Minimal darajagacha kichraytirilgan ramka va ultra ingichka profil tomoshadan chalg'itmagan holda, to'liq sho'ng'ish hissiyotini yaratadi.
*Barcha rasm va videolarda ko'rsatilgan mahsulotlar taqlid qilingan va faqat tasviriy maqsadlarda.
Samsung Tizen operatsion tizimi
Tizen OT bilan yangi ko'ngilochar tajribalar
Samsung Tizen operatsion tizimli televizorlaridagi yangi ilova va xizmatlar yordamida tomoshadan yanada ko'proq zavq oling. Siz Daily+ funksiyasi yordamida o'z kundalik vazifalaringizni boshqarishingiz hamda SmartThings ilovasi yordamida televizor ekranidan o'z smart qurilmalaringiz holatini nazorat qilishingiz mumkin.
*Kontent va xizmatlarning mavjudligi mintaqaga bog'liq bo'lib, foydalanuvchilarni oldindan ogohlantirmagan holda o'zgartirilishi mumkin. *Foydalanishdan oldin Smart Hub xizmati Qoida va shartlarini hamda Maxfiylik siyosatini qabul qilish talab etiladi. *Ayrim xizmatlar va kontent uchun ro'yxatdan o'tish va obuna bo'lish talab etilishi mumkin. Samsung Tizen OS barcha funksiyalari, jumladan Smart TV funksiyasi va ilovalardan (Xitoy, Turkiya va Isroil bundan mustasno) foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Agar siz tizimga kirishni istamasangiz, u holda faqat odatiy antenna orqali (faqat tyunerli qurilmalarga tegishli) ulanish hamda tashqi qurilmalarga, jumladan HDMI orqali foydalanish mumkin. Samsung hisob qaydnomasini yaratish uchun sizdan alohida qurilma talab etilishi mumkin (masalan, shaxsiy kompyuter yoki smartfon).
Tasvir sifati
A beautiful forest screen seen from inside a cave is displayed very clearly through Quantum Mini LEDs in the back that are accurately controlling light.
Quantum Matrix Pro texnologiyasi
8K yuqori aniqlikdagi kontrast bilan har bir tafsilot jonlanadi
Neo QLED 8K kuchli evolyutsiyasi odatiy Quantum Matrix texnologiyasiga nisbatan 1,5 marta ko'proq yoritilish zonalari tufayli qora va oq sahnalarda ham nihoyatda mayda detallarni aks ettiradi. Fon yorqinligini pasaytirish texnologiyasi Quantum Mini LED mini yorug'lik diodlarini aniq boshqarib, sahna
Three architectural details of an Italian landmark are transformed into an exquisite 8K resolution. Then, a ripple starts from the center of the scene and spreads out to all the edges, revealing the entire scene in pristine \"8K Association Certified\" quality.
Real 8K aniqlik
4K aniqlikdan 4 marta yuqori
4K aniqlikdan 4 marta yuqori sifat taqdim etuvchi 33 million piksellar yordamida har bir sahna sizni chuqurligi va aniqligi bilan hayratga soladi.
*Real 8K — bu 7680x4320 oiksel aniqlik sifatida belgilanadi. 8K boshlang'ich sifatdagi kontent joriy striming, ulanish va 8K dekodlash standartlari bo'yicha aniqlanadi. *Kelgusi va tashqi standartlarni qo'llab-quvvatlash kafolatlanmaydi hamda qo'shimcha qurilma/adapter xarid qilish talab etilishi mumkin.
AI Motion Enhancer Pro harakatlarni optimallashtirish texnologiyasi
NQ8 AI 3-avlod protsessori bilan obyektlar va matnlarning tiniq va ravon harakati
Bizning NQ8 AI 3-avlod protsessorimiz sun'iy intellektdan foydalangan holda harakatdagi obyektlar va matnning tiniqligi va ravonligini oshiradi. Natijada sport translyatisiyalari mutlaqo yangi ko'rinishda namoyish etiladi.
*Tasvir sifati multimedia turi va formatiga bog'liq. *AI Motion Enhancer Pro shaxsiy kompyuterga ulanganda va o'yin rejimida qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin.
Sheep are coming out from a Neo QLED TV. There is a comparison between SDR and HDR 10+ quality in color and brightness.
Neo Quantum HDR 8K Pro
Tabiiy ranglar va kontrastli ajoyib 8K sifati
Mo'jizaviy 8K aniqlik, tabiiy ranglar va yuqori aniqlikdagi kontrast uyg'unligi yordamida tomoshadan mutlaqo yangi taassurotlarga ega bo'ling. Neo Quantum HDR 8K Pro asosida yuqori sifatdagi yorqin oq hamda to'q qora sahnalar hamda ajoyib ranglar namoyishidan zavq oling.
*65 dyuymli QN900D: Neo Quantum HDR 8K+ *Quantum HDR yorqinlik diapazoni ichki sinovlar natijalariga asoslangan bo'lib, tomosha qilish sharoitlari va texnik xususiyatlarga qarab farq qilishi mumkin.
Jilolarga qarshi texnologiya
Keraksiz jilolarga chalg'imang
Bizning keng tan olingan jilolarga qarshi texnologiyamiz qaytgan yorug'lik jilolarini pasaytirib, har qanday burchak ostida ham kristal aniqlikdagi tasvir sifatini ta'minlab beradi.
*Tasvir namuna sifatida keltirilgan
Real Depth Enhancer Pro detallashtirish texnologiyasi
Inson ko'rish qobiliyatini inobatga olgan holda realistik ulkan tasvir
Real Depth Enhancer Pro odatda inson nazari tushadigan maydonlarni aniqlaydi va ularning chuqurligini oshiradi. U ko'plab mini yorug'lik diodlari bloklarini tartibga soladi va old plan kontrastligini oshirib, uy sharoitida tabiiy uch o'lchamli tasvir yaratadi.
*Tasvir sifati multimedia turi va formatiga bog'liq
Auto HDR Remastering avtomatik takomillashtirish texnologiyasi
SDR kontent uchun HDR tasvir sifati
Endilikda siz SDR kontentni deyarli HDR sifatda tomosha qilishingiz mumkin. Chuqur o'rgatish algoritmlari yorqin ranglar, rang boyligi va detallashtirishni oshirish evaziga SDR sifatni deyarli HDR sifatgacha takomillashtiradi.
*Tasvir sifati multimedia turiga bog'liq
Tasvirni ekspert kalibrlash
Ekspertlardan ranglarni professional kalibrlash
Haqiqiy tasvirga mos keluvchi aniq rang uzatilishidan zavq oling. Ekspert kalibrlash ranglarni aniq aks ettirib, ekranni eng mayda rang o'zgarishlariga moslashtiradi.
Yangi darajadagi o'yin tajribasi
Motion Xcelerator 240 Gs texnologiyasi
Sevimli o'yinlaringizda 4K 240 Gs gacha harakatlar aniqligi
Qudratli Motion Xcelerator 240 Gs texnologiyasi juda yuqori tezliklarda ham doimo tiniq tasvirni ta'minlab beradi. O'yinlardgi harakatlar ravonligi va tiniqliginining 4K 240 Gs sifatgacha oshirilishi evaziga siz kristal tiniq sahnalardan zavq olib har doimgidan-da tezroq javob qaytarishingiz mumkin.
*4K 240 Gs sifati faqat mazkur xususiyatlarni qo'llab-quvvatlovchi shaxsiy kompyuter o'yinlar uchun amal qiladi (kompyuter videokartasi talab etiladi). Haqiqiy sifat farq qilishi mumkin.
Many scattered scenes from games with one main scene front and center. \"RPG\" is detected as its genre, as it is then scanned into optimal settings by Samsung's AI technology. Then the main scene changes and \"Racing\" is detected as the genre of \"Kart Rider Drift\" as it is also scanned into optimal se
AI Auto Game rejimi
Parametrlarning AI optimallashtirish imkoniyati tufayli o'yinga to'liq sho'ng'ing
Televizor qaysi o'yin o'ynayotganligingizni avtomatik tarzda aniqlaydi va optimal o'yin parametrlarini o'rnatadi. Endi siz televizoringizni o'yinga moslab sozlashingiz shart emas. Zavq olishingiz kifoya.
*AI Auto Game rejimi faqat ayrim konsol o'yinlarida qo'llab-quvvatlanadi. *Mavjudligi o'yin xususiyatlari va formatiga bog'liq.
A comparison of the same 2 cars in motion are on display. The left side has a lot of stutter while the right side runs smoothly. The AMD FreeSync Premium Pro logo is on the upper righthand side.
FreeSync Premium Pro texnologiyasi
HDR o'yinlarda kadrlarning ravon almashishi va past kechikish
AMD FreeSync™ core texnologiyasi asosida yaratilgan yangi FreeSync Premium Pro texnologiyasi o'yin jarayoni davomida titrash va uzilishlarni kamaytirish evaziga HDR formatidagi haqiqiy o'yin imkoniyatlarini taqdim etadi. Yuqori dinamik diapazonli beqiyos vizual effektlardan zavq oling.
*Tomosha tajribasi kontent turi va grafik tizim ish sifati, hamda bulutli o'yin davomida internet ulanishning tezligi va javob qaytarish vaqtiga qarab farq qilishi mumkin.
An action game is playing onscreen, with the Game bar onscreen at the bottom. The player selects Game Genre, Virtual Aim Point, Screen Ratio, then Minimap Zoom. The First Descendant game logo is on the top.
O'yin paneli (Game Bar)
Takomillashtirilgan o'yin maydoni
21:9 va 32:9 nisbatdagi kengaytirilgan televizor ekrani diagonali va maydoni tufayli siz keng ko'rinish maydoni va qulay o'yin jarayonidan zavq olishingiz mumkin. Turli o'yin sozlamalariga qulay kirish imkonini beruvchi o'yin paneli jarayonni yanada qulaylashtiradi.
* Yuqori kenglikdagi ko'rinish (21:9, 32:9) mazkur funksiyani qo'llab-quvvatlovchi alohida shaxsiy kompyuter va konsol o'yinlari uchun amal qiladi. Tashqi qurilmadan ekran aniqligini o'zgartirish talab etilishi mumkin. *Ayrim o'yinlar mazkur funksiyani qo'llab-quvvatlamasligi mumkin. *O'yin panelida masshtabni oshirish rejimi barcha yangilanish tezliklarini qo'llab-quvvatlamaydi. *O'yin panelining interfeysi oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.
Hue Sync texnologiyasi
Siz tomosha qilayotgan kontentga moslashuvchan tabiiy qo'shimcha yorug'lik
Ekrandagi kontent bilan sinxronlashuvchi aqlli yoritish bilan dinamik moslashuvchan muhitni yarating.
*Aqlli chiroqlar alohida xarid qilinadi. *Faqat ayrim mintaqalar uchun. *Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Alohida Philips Hue Sync ilovasini o'rnatish va pullik obuna talab etiladi.
Tovush
A Samsung TV plays a scene of a band performing, with a focus on the drummer. The TV emanates rings of sound in various sizes, which pulse energetically and travel in all directions to fill the space, indicating use of the Dolby Atmos feature.
Dolby Atmos® texnologiyasi
Yuqori dinamikli yangi darajadagi Dolby Atmos tovushi
Yangi Samsung yuqori dinamiklari beqiyos qamrovli tovushni ta'minlaydi. Dolby Atmos texnologiyasi bilan birgalikda yuqori dinamiklar sho'ng'ish effektli qamrovli tovushni ta'minlab beradi.
Only sound from the Soundbar was activated when Q-Symphony was off, but sound from both the TV and Soundbar turned on when Q-Symphony turned on.
Q-Symphony funksiyasi
Televizor va saundbarning mukammal uyg'unligi
Televizor va saundbarning uyg'unlikdagi ijrosidan zavq oling. Q-Symphony texnologiyasi televizor dinamiklari va saundbarning sinxronligini ta'minlab, natijada televizor dinamiklari o'chirilmasdan qamrovli tovush effekti taqdim etiladi.
*Q-Symphony bilan moslikni saundbar xususiyatlarida bilib oling. *Saundbar alohida xarid qilinadi.
A person on a motorcycle is making circles on the screen. OTS Pro tracks the movement of the motorcycle.
OTS Pro texnologiyasi
Manba bilan birgalikda harakatlanuvchi dinamik va tabiiy tovush
Sun'iy intellekt asosida tovushni ekran burchagidan markazgacha kuzatish funksiyali 6.2.4 90 Vt dinamiklar yordamida siz voqelikka yanada chuqurroq sho'ng'ishingiz mumkin.
Active Voice Amplifier Pro ovozni kuchaytirish texnologiyasi
Sun'iy Intellekt asosida ovozni kuchaytirish evaziga har bir so'z aniqligi
Sun'iy intellekt asosida ovozni kuchaytirish texnologiyasi suhbat, shovqin va tashqi tovushlarni tahlil qilib, nutqni boshqa shovqinlardan ajratib olish orqali nutqning kristal darajada tiniq bo'lishini ta'minlaydi. Shovqin muhitda ham aniq nutqli yuqori tovush sifatidan zavq oling.
*Ushbu funksiya televizor menyusidagi quyidagi bo'limda faollashtiriladi: Intellektual rejim > Active Voice Amplifier Pro. Odatiy tarzda Active Voice Amplifier Pro o'chirilgan bo'ladi.
Soundwaves beneath the TV change in shape as the TV sound adapts to the dialogue, orchestra and soccer game being displayed.
Adaptive Sound Pro adaptiv tovush texnologiyasi
AI takomillashtirilgan tabiiy original tovush
Adaptive Sound Pro kontent hamda xona xususiyatlarini tahlil qilib, tovush ijrosini optimallashtiradi. Tovushni ajratib olib, takomillashtirishga qodir AI qayta ishlash yordamida shovqinlarsiz tabiiy va barqaror tovush hamda nutqning yuqori aniqligidan zavq oling.
*Mazkur funksiya televizorning quyidagi bo'limida faollashtiriladi: Intellektual rejim > Adaptive Sound Pro. Odatiy tarzda Adaptive Sound Pro o'chirilgan bo'ladi.
SmartThings ilovalari
Using SmartThings, an icon of the built-in hub on Samsung TV connects to other icons of various connected home devices in a living room, such as the AC, lights, oven, robot vacuum and air purifier.
SmartThings oldindan o'rnatilgan xabi
Aqlli qurilmalarni televizorga qulay o'rnatish imkoniyati
Televizoringizdagi SmartThings oldindan o'rnatilgan xabi Matter va HCA standartlariga mos aqlli qurilmalarni alohida xabsiz osonlik bilan ulash va nazorat qilish imkonini beradi. Shuningdek, televizoringiz ekranida aqlli qurilmalarning holati haqidagi bildirishnomalar chiqariladi.
360 Audio rejimi
Galaxy Buds bilan qamrovli tovush ijrosi
Galaxy Buds quloqchinlaridan TV bilan birgalikda foydalanilganda 360 Audio rejimi yoqilgan holatda tovush muhitga to'liq sho'ng'ish effektini yaratish uchun Direct Multi-Channel va tomoshabin bosh harakatlarini takomillashtirilgan kuzatish imkoniyati evaziga yanada tabiiy tovush ijrosini ta'minlaydi
*360 Audio funksiyali Galaxy Buds uchun amal qiladi (Galaxy Buds Live/Buds Pro/Buds2/Buds2 Pro).
3D Map View uy xaritasi funksiyasi
Televizoringiz maishiy texnika va IoT qurilmalarini boshqarish markazi vazifasida
Maishiy texnika va IoT qurilmalarining intuitiv darajada tushunarli monitoringi va nazoratini ta'minlovchi uyingizning 3D xaritasi bilan qulay boshqaruvga ega bo'ling. O'z aqlli qurilmalaringiz holatini osonlik bilan kuzatib boring hamda ular haqida TV ekranida bildirishnomalar qabul qiling.
*Tasvir namuna sifatida keltirilgan. Interfeys oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.
Multi View rejimi
Barchasini bir ekranda tomosha qiling
Televizor va smartfon ekranlarida bir vaqtning o'zida tomosha qiling. Sport translyatisiyasi yoki o'yinlar bo'yicha qo'llanmalar bo'lishidan qat'iy nazar smartfoningizni ulab, ko'p ekranli rejimdan zavq olish kifoya. Shuningdek, o'zingiz tanlagan formatda turli manbalardagi bir nechta teleko'rsatuvl
*Qo'shimcha oynalar hamda qo'llab quvvatlanadigan ilovalar/manbalar soni televizor modeliga bog'liq bo'lib, oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. *Q70D va undan yangi televizor modellarida Android va iOS smartfonlari qo'llab-quvvatlanadi. *Multi View rejimi faqat Android 4.2 va undan yangi versiyalar uchun amal qiladi. iOS qurilmalari uchun AirPlay iOS 12.3 va undan yangi modellarda qo'llab-quvvatlanadi. *Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi berilgan tasvirdagidan farq qilishi mumkin.
Samsung Daily+
Samsung Daily+
Samsung Tizen OT orqali kundalik vazifalaringiz va takroriy ishlaringizni oson boshqaring
Samsung Tizen operatsion tizimi ilovalarining ochiq ekotizimi tufayli Daily+ funksiyasi sizga televizor orqali kundalik va takroriy vazifalaringizni oson va qulay tarzda boshqarish imkoniyatini yaratadi. Daily+ o'zida SmartThings va Workspace kabi ilova va xizmatlarni mujassam etadi.
*Samsung uchinchi tomon xizmatlari uchun mas'uliyatni bo'yniga olmaydi hamda uchinchi tomon xizmatlari natijasida yetkazilgan zararlarni qoplamaydi. *Mavjud interfeys va xizmatlar oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.
SmartThings ilovasi
Sizning eng a'lo dastyoringiz
Tomosha qilishdan zavq oling, qolgan vazifalar uchun esa aqlli yordamchi bor. SmartThings ilovasi osonlik bilan smart qurilmalaringizga ulanib, ularni oldindan o'rnatilgan smart xab orqali intuitiv tushunarli tarzda boshqarish uchun nazorat va boshqaruv imkoniyatlarini taqdim etadi.
*Texnologiya, funksiyalar va rejimlarning mavjudligi mamlakat, xizmat, tarmoq xususiyatlari va qurilma turiga bog'liq bo'lib, oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin. *Wi-Fi, Bluetooth yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulanish hamda Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. *Ulanadigan qurilmalar alohida sotiladi. *Texnologiyalardan foydalanish uchun SmartThings maxfiylik shartlari hamda ulanadigan qurilma shartlarini qabul qilish talab etiladi. *Foydalanuvchi interfeysi oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirlishi mumkin.
Dizayn
One Connect box attaches to the back of the TV stand. A close-up of the connection box shows 4 HDMI ports with a gaming icon and an eARC option.
One Connect biriktiriladigan moduli
Televizoringiz uchun simlarni tartibga keltirish vositasi
Televizoringizni qayerda o'rnatishingizdan qat'iy nazar One Connect biriktiriladigan moduli chigl simlardan voz kechish imkoniyatini yaratadi.
Xavfsizlik & Barqarorlik
Samsung Knox Security xavfsizlik tizimi
Sizning maxfiyligingiz mustahkam himoya ostida
Samsung Knox Security hamda ko'p darajali himoyali Samsung televizorlari zararli ilovalar va fishing saytlaridan himoya qilib, xavfsizligingiz uchun doimiy tartibdagi yangilanishlarni ta'minlaydi.
* Samsung Knox Security xavfsizlik tizimi 2015 yildan boshlab ishlab chiqarilgan Tizen® operatsion tizimli barcha Samsung televizorlari uchun mavjud.
* Xavfsizlik dasturiy ta'minoti yangilanishi televizor ishlab chiqarilgan muddatdan boshlab kamida uch yil davomida kafolatlanadi.
* Televizorda dasturiy ta'minotning so'nggi yangilanishini yuklash talab etiladi.
When AI Energy Mode is off, the surroundings around the TV appear bright. A smartphone screen displaying AI Energy Mode pops up, and it switches from Off to On. With adaptive brightness and AI Energy Mode activated, the energy level decreases significantly, and the scale shifts from day to night.
AI Energy rejimi
Energiya tejamkorligi uchun intellektual tahlil
SmartThings yordamida Samsung televizori energiya iste'molini optimallashtiradi. AI Energy rejimi ekrandagi kontent va yorug'lik darajasi asosida yorqinlikni sozlaydi hamda energiya iste'molini kamaytiradi. Qo'shimcha tejamkorlik uchun har bir kadr tahlil qilinadi.
*Energiya tejamkorlik koeffitsienti mintqa, o'lchamlar, foydalanish sharoitlari va kontent turiga bog'liq. *Faol eko rejim bilan yetkazib berilgan ayrim AI Energy rejimining funksiyalari odatiy tarzda yoqilgan bo'lib, AI Energy rejimiga o'tilganda energiya tejamkorlik darajasi standart rejimga nisbatan pastroq bo'lishi mumkin. *AI Energy rejimi o'yin rejimida qo'llab-quvvatlanmaydi. *Energiya tejamkorligi ichki sinovlar asosida ko'rsatilgan bo'lib, tomosha qilinayotgan kontent va yorug'lik darajasiga qarab farq qilishi mumkin.
Relumino rejimi
Ko'ngilochar tajribangiz uchun maxsus imkoniyatlar
Relumino rejimi — bu kontrastlik va yorqinlikni oshirish orqali obyektlarning konturlarini dinamik tarzda kuchaytiruvchi vizual yordamchi. Natijada tasvir ko'rish muammolariga eg shaxslar uchun ham aniq va ko'rishg qulay holatga keladi.
*Relumino rejimi faqat raqamli televideniye va HDMI orqali ishlaydi. Boshqa manbalar, jumladan striminglar qo'llab-quvvatlanmaydi. *Tasvir namuna sifatida keltirilgan.
SolarCell Remote pulti
Qayta ishlangan materiallardan ishlab chiqarilgan va yorug'lik energiyasidan zaryad oluvchi eko pult
SolarCell Remote pultining orqa tomonidagi quyosh paneli orqali zaryadlash tufayli siz ekologik bo'lmagan bir martalik batareyalardan foydalanmasligingiz mumkin.
*Masofadan boshqarish pultini quyosh yorug'ligidan zaryadlash uchun uni quyosh paneli bilan yuqoriga qaratib qo'ying. Pultni chiroq yoqilgan holatda xonangizdagi istalgan joyga yoki tabiiy yorug'likdan zaryadlash uchun oyna yoniga joylashtirish maqsadga muvofiq. *Agarda masofadan boshqarish pultining akkumulyatorida zaryad qolmasa, siz uni USB-C kabeli yordamida zaryadlashingiz mumkin. Akkumulyatorda qolgan zaryad miqdorini tekshirish uchun televizor menyusiga kiring (Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Quvvat va energiya tejamkorligi > Masofadan boshqarish pulti batareyasi). *SolarCell masofadan boshqarish pultining dizayni va tugmalar joylashuvi mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. *2024-yilda ishlab chiqarilgan televizorlarning SolarCell masofadan boshqarish pultida kamida 24% qayta ishlangan plastik mavjud (plastik umumiy hajmi bo'yicha hisoblanganda).
Televizor va saundbarning mukammal uyg'unligi
Premium darajadagi Saundbar Q Series
Kinoteatr sifatidagi qamrovli tovush
Ultra ingichka saundbar
Ixcham korpusdagi qudratli tovush
Saundbar B Series
Qamrovli tovushdan yangi darajadagi hissiyotlar
Saytda xarid qilib ko'proq foyda oling
Texnik xususiyatlari
Ekran aniqligi
8K (7,680 x 4,320)
Mahsulot turi
NeoQLED
Video
NQ8 AI Gen3 protsessori
Yangilanish chastotasi
100 Hz (4K 240 Hz gacha)
NeoQLED
Ekran o‘lchami
85"
Yangilanish chastotasi
100 Hz (4K 240 Hz gacha)
Ekran aniqligi
8K (7,680 x 4,320)
Anti Reflection qo'llab-quvvatlash
Ha
Tasvirni qayta ishlaydigan protsessor
NQ8 AI Gen3 protsessori
Kengaytirilgan dinamik diapazon (High Dynamic Range)
Neo Quantum HDR 8K Pro texnologiyasi
HDR 10+
Ha (ADAPTIVE/GAMING)
SI (Sun'iy Intellekt) tasvir yaxshilashi
8K AI Upscaling Pro texnologiyasi
Kontrastlik
Quantum Matrix Technology Pro texnologiyasi
Ko'rish burchagi
Ultra keng ko'rish burchagi
Ekanning alohida hududlarida qorong'ilashtirish texnologiyasi: Micro Dimming (soyalar va yorqin joylarda tafsilotlarni ko'sata olish)
Ekran/tovushni takrorlash: televizordan smartfonga, smartfondan televizorga; televizordan ekranni takrorlashni ishga tushirish; WiFi orqali televizorni yoqish; smartfon tarkibini televizorda teginish orqali ko'rish (Tap View)
Multi-Ko'rinish
4 tagacha video
Atrof muhit sharoiti (Ambience)
Ambient+ rejimi
Apple AirPlay
Ha
Daily+
Ha
Avtomatik oʻyin rejimi (ALLM)
Ha
Game Motion Plus qo'llab-quvvatlash
Ha
Dinamik qora EQ
Ha
VRR
Ha
Surround Sound qo'llab-quvvatlash
Ha
Super ultra keng o'yin ko'rinishi
Ha
Mini xaritani kattalashtirish
Ha
FreeSync
FreeSync Premium Pro texnologiyasi
HGiG
Ha
Raqamli teleko'rsatuv (Digital Broadcasting)
DVB-T2CS2
Analog signali tyuneri
Ha
CI (Common Interface) kartochkasini ulash uchun joy (Umumiy interfeys)
CI+(1.4)
Ma`lumot uzatish (Data Broadcasting)
HbbTV 2.0.3 (RU)
TV Key ilovasini qo'llab-quvvatlash
Ha
HDMI ulagichi
4
USB ulagichi
2 x USB-A, 1 x USB-C
HDMI (High Frame Rate)
8K 60 Hz, 4K 240 Hz (HDMI 1/2/3/4 uchun)
Ethernet (mahalliy tarmoq)
1
Raqamli audio chiqish (optik)
1
Antenna kirish joyi (Yer/kabel TV)
1/1 Efir televideniyasi uchun umumiy ulash joyi) /1
Qo'shimcha modullarni ulash uchun kengaytirish uyasi (CI Slot)
1
Wi-Fi
Ha (Wi-Fi 6)
Bluetooth
Ha (BT5.3)
Anynet+ (HDMI CEC) qo'llab-quvvatlash
Ha
HDMI Ovozni qaytarish kanali
eARC
One Connect qutisi
One Connect (Y24 8K)
Dizayn
Infinity Air
Rom turi
Zero Bezel (Ramkasiz)
Rom qalinligi
Ultra yupqa
Old panel rangi
Qora grafit
Taglik turi
INFINITY AIR STAND
Taglik rangi
Grafit
Knox Vault
Ha
Oldindan o'rnatilgan ichki POP funktsiyasi
Ha
EPG funksiyasi
Ha
Takomillashtirilgan PVR funksiyasi
Ha
IP Control
Ha
Ekran menyusi tili
Qo'llab-quvvatlanadigan tillar soni: 32
Ko'rish va xizmat ko'rsatishning qulayligi - Ovozli qo‘llanma
Buyuk Britaniya ingliz, fin, frantsuz, nemis, yunon, venger, italyan, norveg, polyak, portugal, portugal, rumin, rus, ispan, shved, slovak, chex, daniya, golland, koreys
Past koʻrish qobiliyatini qoʻllab-quvvatlash
Relumino, Kattalashtirish, Ovoz tavsifi, Menyu va Matnni kattalashtirish, Yuqori kontrast, SeeColors funksiyasi, Rang inversiyasi, Kulrang shkala, Tasvirni o'chirish
Hearing Impaired Support
Yopiq Sarlavha (Subtitrlar), Ko'p chiqishli audio, Kattalashtirish imo-ishora tili
Harakat buzilishlarini qo'llab-quvvatlash
Slow Button Repeat funksiyasi (Masofadan boshqarish pult tugmachasini uzoq vaqt ushlab turganda belgining (masalan, raqamlar) takrorlanishini bartaraf etish), Remote Control ilovasi. Barcha modellar uchun
Eko sensori
Ha
Elektr quvvat ta'minoti
AC100-240V~ 50/60 Hz
Iste’mol quvvati (maksimal)
475 Vt
Energiya samaradorligi turi
A
Elektr quvvati iste'moli (kutish rejimida)
0.50 Vt
Elektr quvvati iste'moli (an`anaviy rerjim)
261 Vt
Yillik elektr quvvati iste'moli (YI standarti)
381 kVt/s
Elektr quvvati ta'minotini avtomatik tarzda uzish
Ha
Avtomatik quvvat tejash
Ha
Qadoqdagi o'lchamlari (ExBxCh)
2090.0 x 1260.0 x 220.0 mm
Taglik bilan birga o'lchamlar (ExBxCh)
1877.4 x 1145.2 x 304.9 mm
Tagliksiz o'lchamlari (ExBxCh)
1877.4 x 1067.1 x 13.3 mm
Taglik (Asosiy) (ExCh)
370.0 x 304.9 mm
VESA xususiyatlari
600 x 400 mm
Og‘irligi (qadoqdagi)
69.4 kg
Stend bilan birga og‘irligi
53.4 kg
Stendsiz og‘irligi
42.7 kg
Masofadan boshqarish pulti mavjud model
TM2360G, TM2360F(RU, AZ, AM, BY ,GE)
Devorga bo'shliqsiz o'rnatish (Y21 VESA)
Ha
Foydalanuvchi qo'llanmasi
Ha
Full Motion Slim devorga oʻrnatish moslamasi (Y22)
Ha
Veb-kamerani qo'llab-quvvatlash
Ha
Zigbee / Thread moduli
Oʻrnatilgan
Tarmoq kabeli
Ha
Foydalanuvchi uchun qo'llanma va yuklab olish uchun materiallar
* Asosiy funktsiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin
* Samsung Smart TV-ning ayrim xususiyatlari shaxsiy ma'lumotlarni to'plash va ulardan foydalanishga bevosita rozilik bermasdan turib mavjud bo'lmasligi mumkin.
Birja ogohlantirishini oling
Get alert when this item is back in stock and available to buy, by adding your email to opt into alerts.
Please double check your email address.
We will email you when inventory is added.
Tashakkur.