Quyida tanishish uchun majburiy bo'lgan xizmat ko'rsatish shartlari, tartibi va qoidalari taqdim etilgan

Vazifalaringizni bajarishning yangi usullari

Siz qayerdaliginigiz va sizga nimalar zarurligidan kelib chiqqan holda ishlovchi AI hamrohingizni kutib oling. Odatiy muloqot orqali Galaxy AI murakkab ekotizim yordamida sizning hayot tarzingizga mos xizmatlarni taqdim etish orqali samaradorligingizni oshirishga qodir.

Vazifalaringizni bajarishning yangi usullari

Siz qayerdaliginigiz va sizga nimalar zarurligidan kelib chiqqan holda ishlovchi AI hamrohingizni kutib oling. Odatiy muloqot orqali Galaxy AI murakkab ekotizim yordamida sizning hayot tarzingizga mos xizmatlarni taqdim etish orqali samaradorligingizni oshirishga qodir.1,2,3,4,5,6

Aylana chizing, qidiring. Tinglang, qidiring.

Ma'lumot qidirish har doimgidan-da oson. Aylana chizishingiz kifoya, Google esa kerakli ma'lumotni o'zi topadi. Google bilan Aylana chizib qidirish funksiyasi bilan fotosuratlar, ekrandagi musiqa, zarur onlayn materiallar va topishni istagan barcha ma'lumotlaringiz doimo qo'l ostingizda.7

Qo'llaringizdagi ovoz yozish studiyasi

Shovqinli audio yozuvlar endi ortda. Sizga keraksiz shovqinni Audio Eraser funksiyasi yordamida oson yo'q qiling. Oltita toifa yordamida tovushni o'zingiz istagandek sozlang — ovoz, musiqa, shovqin, olomon, tabiat va shamol — hamda muhim vazifalarga e'tibor qarating.8

Videolavhalar tayyorlash yanada oson

Auto Trim funksiyasi yordamida bir lahzada videolavhalar yarating. O'tgan dam olish kunlarida nechta video olganingizdan qat'iy nazar, siz belgilagan faoliyatga bog'liq eng yorqin lahzalarni o'zida aks ettirgan lavha yaratish uchun Galaxy AI ularning barchasini ko'rib chiqib, tahlil qilishga tayyor. 9

Retush. Restayling. Qayta tasavvur

Fotosuratlaringizdagi detallarni o'z didingizga qarab siljitish, o'chirish yoki kattalashtirish orqali tasavvuringizni ishga soling. Sizning fotosuratingiz — bu Generativ Tahrir yordamidagi ijodkorlik maydonidir. Shuningdek, siz turli qurilmalarda loyihangiz ustida ishlab, yanada yuqori egiluvchanlikka erishishingiz mumkin.10

Android bo'lmagan telefonda sinab ko'ring

Ko'p beriladigan savollar

  • Galaxy Unpacked tadbiri hamda yangi Galaxy smartfonlari va Galaxy Buds qachon taqdim etiladi?

    Yangi Samsung Galaxy smartfonlari va Galaxy Buds qurilmalari uchun ikki asosiy tadbir rejalashtirilgan: Galaxy Unpacked taqdimoti va yangi modellarning rasmiy sotuvga chiqarilishi. Tadbirlar quyidagi jadval asosida o‘tkaziladi.
    • Galaxy Unpacked tadbirining jonli efiri 2026-yil 25-fevral kuni soat 23:00 da bo‘lib o‘tadi. Uni istalgan foydalanuvchi Samsung.com saytida tomosha qilishi mumkin. Siz Galaxy ekotizimiga qo‘shilayotgan eng yangi mobil qurilmalarni birinchilar qatorida ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
    • Yangi Samsung modellarining rasmiy sotuvga chiqarilish sanasi tadbir davomida e’lon qilinadi.
  • • Agar siz Galaxy Unpacked tadbiriga ro‘yxatdan o‘tsangiz, jonli efirga taklifnoma, shuningdek Samsung’ning kelgusi tadbirlariga oid xabarnomalarni olasiz.
    • Agar anketani to‘ldirsangiz, siz Galaxy mahsulotlari o‘rtasidagi sovrinli o‘yinda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
    • Ro‘yxatdan o‘tish muddati 2026-yil 11-fevraldan 25-fevralgacha davom etadi. Galaxy Unpacked tadbiridan so‘ng ishtirok etish mumkin emas, shu sababli formani belgilangan muddatda to‘ldirib, yuborishni unutmang.

    *To‘liq shartlar ommaviy ofertada keltirilgan.
    *Bildirishnomalar faqat Samsung Maxfiylik siyosatiga oldindan rozilik bildirgan foydalanuvchilarga yuboriladi.
  • Yangi Galaxy smartfonlari – bu yuqori unumdorlikka ega S seriyasining yangi avlodi bo‘lib, innovatsion apparat yechimlari hamda optimallashtirilgan dasturiy ta’minot tufayli hozirgacha ishlab chiqarilgan eng ta’sirli Galaxy smartfonlari hisoblanadi. Batafsil ma’lumotlar Galaxy Unpacked tadbiri davomida taqdim etiladi.
    Tadbirni o‘tkazib yubormaslik uchun Unpacked tadbiriga oldindan ro‘yxatdan o‘ting.
  • Samsung hisobingiz mavjud bo‘lishidan qat’i nazar, siz Samsung.com saytida Galaxy Unpacked jonli efirini tomosha qilish uchun oson va qulay tarzda oldindan ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
    • Ushbu sahifada yuqoriga aylantirib, elektron pochta manzili va ismingizni kiritgan holda ariza yuborish mumkin.
    • Ariza topshirish bosqichlari:
    1. Tadbir sahifasiga o‘ting – Galaxy Unpacked’ning yangi tadbir sahifasini oching.
    2. “Ariza yuborish” tugmasini bosing.
    3. Ism va telefon raqamini kiriting.
    4. Formani to‘ldirishni yakunlab, uni yuboring.

    *To‘liq shartlar ommaviy ofertada keltirilgan.
    *Bildirishnomalar faqat Samsung Maxfiylik siyosatiga oldindan rozilik bildirgan foydalanuvchilarga yuboriladi.
  • Yangi One UI’dagi Galaxy AI yanada aqlli, shaxsiylashtirilgan va qulay foydalanuvchi tajribasini taqdim etadi.
    • Galaxy AI kundalik vazifalarni samaraliroq tashkil etishga yordam beradigan, foydalanishi oson yangi funksiyalar to‘plami orqali shaxsiy sun’iy intellekt tajribasini taklif etadi.
    • Yangi One UI maksimal qulaylikni ta’minlash maqsadida chuqur integratsiyalashgan AP platformasi asosida ishlab chiqilgan. Vaqt o‘tishi bilan foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashadigan aqlli funksiyalar yordamida unumdorlikni oshirish, muloqotni soddalashtirish va ijodiy imkoniyatlarni kengaytirish mumkin bo‘ladi.
    • Yangi Galaxy AI’ni birinchilardan bo‘lib sinab ko‘rish uchun Galaxy Unpacked tadbiriga ro‘yxatdan o‘ting.
  • Smart Switch. Juda oson. Faqat Android’dangina emas. Eski smartfondan yangi Galaxy qurilmasiga fotosuratlar, kontaktlar va ilovalarni tez va qulay tarzda ko‘chirish mumkin. Buning uchun Smart Switch yechimi va ekranda bir nechta bosish kifoya.

    *Android™ qurilmalaridan USB kabel orqali ma’lumot ko‘chirish uchun qabul qiluvchi va yuboruvchi qurilmalarda Android™ 4.3 yoki undan yuqori versiya bo‘lishi talab etiladi. Ma’lumotlar kabelsiz, simsiz aloqa orqali ham ko‘chirilishi mumkin. Simsiz ulanishda qabul qiluvchi qurilmada Android™ 4.0 yoki undan yuqori, yuboruvchi qurilmada esa Android™ 4.0 yoki undan yuqori versiya bo‘lishi kerak. Qabul qiluvchi Galaxy qurilmasida Smart Switch Mobile ilovasini “Sozlamalar” bo‘limidan ochish yoki Galaxy Store orqali yuklab olish mumkin. Ko‘chiriladigan ma’lumotlar turi uzatish usuliga bog‘liq.
    *iOS qurilmalaridan ma’lumot ko‘chirish uchun qabul qiluvchi qurilmada Android™ 4.3 yoki undan yuqori, yuboruvchi qurilmada esa iOS 5 yoki undan yuqori versiya bo‘lishi talab etiladi. Ma’lumotlar kabel orqali, simsiz aloqa yoki iCloud orqali ko‘chirilishi mumkin. Simsiz ulanishda qabul qiluvchi qurilmada Android™ 4.0 yoki undan yuqori, yuboruvchi qurilmada esa iOS 12 yoki undan yuqori versiya bo‘lishi kerak. iOS qurilmalaridan simsiz tarzda kontaktlar, galereya, videolar, taqvimlar va eslatmalar ko‘chirilishi mumkin.
    *Bir vaqtning o‘zida bir nechta ma’lumotlar to‘plamini samarali ko‘chirish uchun USB kabel orqali ulanish tavsiya etiladi.
  • Agar Galaxy S seriyasi va Galaxy Buds qurilmalariga bag‘ishlangan Galaxy Unpacked tadbiriga ro‘yxatdan o‘tgach, tasdiqlovchi xabar darhol kelmagan bo‘lsa, quyidagilarni tekshirib ko‘ring:
    1. Elektron pochtani tekshiring – bildirishnomalar odatda avvalo elektron pochta orqali yuboriladi. Shuningdek, spam yoki reklama papkalarini ham tekshirish tavsiya etiladi.
    2. Qayta ro‘yxatdan o‘tish mumkin – bir nechta ariza yuborish muammo tug‘dirmaydi; agar foydalanuvchi avval ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, tegishli xabar yuboriladi.

    *Bildirishnomalar faqat Samsung Maxfiylik siyosatiga oldindan rozilik bildirgan foydalanuvchilarga yuboriladi.

* Tasvir modellashtirilgan.

* Ayrim AI funksiyalari uchun Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi.

* Samsung sun'iy intellekt funktsiyalari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning aniqligi, to'liqligi yoki ishonchliligi to'g'risida hech qanday va'da, kafolat bermaydi.

 

1. Now Brief funksiyasidan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Xizmatning mavjudligi mamlakat, til, qurilma modeli va ilovaga qarab farq qilishi mumkin. Ayrim funksiyalar uchun tarmoqqa ulanish talab etilishi mumkin.

2. Kontektstga asoslangan senariylar borasida tavsiyalar olish uchun Personal Data Engine funksiyasidan foydalanish uchun Rejimlar va Senariylarni faollashtirish talab etiladi.

3. Foydalanuvchi fotosuratlar, video, audio va taqvim voqealari kabi fayllardan foydalanishga ruxsat berishga rozilik bildirishi kerak bo'ladi. Ko'rsatish siyosatiga bog'liq tarzda voqealar namoyish etilmasligi mumkin. Voqealarda taqdim etilgan suratlar ta'rifi foydalanuvchi maqsadlariga mos kelmasligi mumkin.

4. Kuponlar haqida bildirishnomalar faqat Samsung Wallet ilovasiga amal qilish muddati bilan qo'shilgan kuponlar uchun amal qiladi.

5. Energy score ko'rsatkichini tekshirish uchun Samsung Galaxy Watch yoki Samsung Galaxy Ring yordamida kuzatib borilayotgan salomatlik ma'lumotlari Samsung Health ilovasi bilan sinxronlashtirilishi kerak. Natijalar faqat sizga shaxsiy ma'lumot taqdim etishi uchun berilgan hamda tibbiy maqsadlar uchun mo'ljallanmagan.

6. Tadbirlar jadvali haqidagi bildirishnomalar Android Calendar ma'lumotlar omboridan foydalanadigan taqvim ilovalar uchun Samsung Calendar ilovasi o'rnatilgan taqdirdagina amal qiladi.

7. Aylana chizib qidirish Google LLC savdo belgisi hisoblanadi. Natijalar faqat namuna maqsadida taqdim etilgan. Xizmatning mavjudligi mamlakat, til qurilma modeliga bog'liq bo'lishi mumkin. Internetga ulanish talab etiladi. Foydalanuvchilardan Android va Google so'nggi versiyalarini yuklab olish talab etilishi mumkin. Natijalar vizual va tovushli tasodifga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Mos ilovalar va dasturlar bilan hamda faqat embient musiqa bilan ishlaydi. Quloqchinlarda hamda tovush balandligi o'chirilgan musiqani aniqlamaydi. 

8. Videoda qanday tovushlar mavjudligiga qarab har bir video uchun natijalar farq qilishi mumkin. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Olti turdagi tovushlarni aniqlash mumkin: ovoz, musiqa, shamol, tabiat. olomon va shovqin. Tovushni aniqlash haqiqiy natijalari tovush manbai va video holatiga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Ovoz, musiqa, shamol, tabiat, olomon va shovqin kabi aytim turdagi tovushlar aniqlanishi mumkin. 

9. Rasm tahrirchisi uchun Auto Trim funksiyasida tahrirlanayotgan har bir video lavhaning maksimal davomiyligi 90 daqiqa. Rasm tahrirchisi uchun Auto Trim funksiyasida tahrirlanayotgan jamlangan lavhalarning maksimal davomiyligi 180 daqiqa. Bir loyiha doirasida tahrirlanayotgan maksimal lavhalar soni 60 ta. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. 

10. Rasm tahrirchisida Generativ tahrir funksiyasi uchun tarmoqqa ulanish va Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Generativ tahrir yordamida tahrirlanganda foto surat hajmi 12 MP gacha o'zgarishi mumkin. Tasvir saqlanganda uning sun'iy intellekt yordamida generatsiya qilinganligini bildiruvchi ko'rinadigan suv belgisi tushiriladi. Shuningdek, Kontent kelib chiqishi va haqiqiyligini nazorat qilish koalitsiyasi (CIPA) standartlariga muvofiq tasvirga ko'rinmas suv belgisi ham tushiriladi. Generatsiya qilingan natijalarning aniqligi va ishonchliligi kafolatlanmaydi.