Diamond barabanli kir yuvish mashinasi, WW4000J, 7 kg, Oq
Shovqinsizroq va tejamkor
Invertorli motor
Qisqartirilgan elektr quvvati sarfi, pasaytirilgan ish shovqini darajasi va katta ish resursiga baho berasiz. Raqamli inverterli motorda kuchli magnitlardan foydalaniladi, an’anaviy cho‘tkalar mavjud emas, bu tufayli shivqinsiz ishlash ta’minlanadi, yuvish samaradorligi oshiriladi va universal motor bilan taqqoslaganda energiya sarfini kamayadi. Bu elektromotor o‘ta uzoq xizmat muddati* bilan ajralib turadi, shuning uchun uning kafolat muddati 10 yil qilib belgilangan.
* Germaniyaning Verband Deutscher Elektrotechniker (VDE) uyushmasi ushbu elektr motorini 23 yillik xizmat muddatiga sertifikatladi.
Yuvish vositalari uchun toza lotok
Har doim toza lotok
Lotokning maxsus tuzilishi tufayli va lotokni suv bilan ta’minlashning maxsus algoritmi tufayli yuvish vositasi qoldiqsiz to‘liq yuviladi. Shunday qilib, yuvish vositalari maksimal darajada samarali sarflanadi va lotok gigiyenik jihatdan toza qoladi.
Gigiyenik tozalik
Bug‘ bilan yuvish
Bug‘ yordamida chinakam chuqur tozalash. Bug‘ bilan yuvish oldindan ishlashsiz kiyimni tozalash sifatini yaxshilaydi. Bug‘ pastdan barabanga beriladi bu tufayli kiyimlar to‘liq to‘yintiriladi. Bug‘ ifloslantiruvchi zarrachalarni va 99,9% bakteriyalarni yo‘q qiladi hamda allergenlarni faolsizlantiradi*.
* Natijalar kompaniyaning laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlarga asoslanadi va Intertek kompaniyasi tomonidan tekshirilgan. Alohida hollarda natijalar farqlanishi mumkin.
Tozalash vositalarini samarali olib ketkazish
Super Rinse+ rejimi
Yuvishdan keyingi takomillashgan kiyim chayish jarayonini baholang. Super Rinse + opsiyasi qo‘shimcha suv miqdori va barabanning tez aylanishidan foydalanadi, bu tufayli yuvish vositalarining kiyimingizdan yanada intensiv ravishda olib tashlanishi ta’minlanadi. Natijada kiyim yanada toza bo‘ladi va ta’sirchan terini qo‘zg‘amaydi.
Aqlli diagnostika
Smart Check funksiyasi
Qo‘shimcha xarajat va mashinaning buzilishi bilan bog‘liq noqulayliklarni unuting. Smart Check aqlli diagnostika funksiyasi - bu maxsus ilova yordamida smartfonda ishlatilishi mumkin bo‘lgan mashina vaziyatini nazorat etish avtomatik tizimidir*. Funksiya nosozliklarni erta bosqichda aniqlaydi va tezkor tashxis qo‘yish bilan birga, uni hal qilish uchun yechim taklif etadi. Bu vaqtni va ta’mirlash xarajatlarini tejaydi**.
* IOS va Android smartfonlarida mavjud. ** Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassisni chaqirish kerak bo‘lishi mumkin.
Gigiyenik tozalik
Barabanni eko-tozalash funktsiyasi
Mashinangiz gigiyenik tozaligini saqlang. Eco Drum Clean funktsiyasi baraban devorlarida hosil bo‘lgan bakteriyalardan kelib chiqqan kirlanish va hidlarni yo‘q qiladi. Barabanni tozalash uchun siz qimmat yuvish vositalarini ishlatishingiz shart emas, chunki mashina ho‘llash, pulsatsiyalovchi suv oqimi va barabanni yuqori tezlikda aylantirishni uyg‘unlantirish orqali tozalanadi. Kir yuvish mashinasining o‘zi barabanni tozalash zarurligi to‘g‘risida ogohlantiradi.
Matolarga mayinlik bilan muomala qilish
Diamond Drum
Diamond barabani “ravon bukilmali” va romb shaklidagi bo‘rtiqlariga ega dizayni bilan farqlanadi, u matolarga mayinlik bilan muamala qiladi. Bundan tashqari, kichkina chiqarish teshiklari kirning tiqilib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Kichik yuklab olishlar bilan vaqtni tejang
15’Quick Wash
Quick wash (Tezkor yuvish) dasturi – vaqt yetishmagan paytda ideal yechimdir. U sizning ozgina ifloslangan kiyimingizni tez va samarali yuvadi, buesa sizga ishingizga ko‘proq vaqt ajratishga imkon beradi.
Elektr kuchlanishi pasayishidan himoya
Elektr kuchlanishi nazorati (Volt Control) funksiyasi
Elektr kuchlanishi nazorati (Volt Control) funksiyasi mashinani elektr kuchlanishidagi sakrashlardan saqlaydi. U elektr ta’minot kuchlanishining sezilarli darajada oshishini aniqlaydi va avtomatik ravishda mashinani o‘chiradi. Bu kir yuvish mashinasining shikastlanishining oldini oladi.
Texnik xususiyatlari
-
Kir yuvish mashinasi sig'imi (kg) 7 kg
-
Energiya samaradorligi turi A
-
Funktsiyalar ro'yxati Oldindan yuvish, Intensiv yuvish, Super Rinse+
-
Korpusning o'lchamlari (ExBxCh) 60 x 85 x 45 sm
-
Sof og'irligi 54 kg
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price before: {{model.prices.priceDisplay}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang