Brend

Xohish istaklaringiz asosida yaratilgan smartfon

Siz o‘z istaklaringizni aytdingiz, biz esa uni bajo keltirdik.
Betakror Galaxy S21 FE yaratilishi tarixi.

Chim ustida yonma-yon yotgan ikki ayolning havodan olingan tasviri. Chapdagi ayol koʻk yoqali koʻylakda, oʻngdagi ayol esa och yashil kofta kiyib olgan. Ularning boshlari bir-biriga tegib turibdi. Ikkalasi ham kameraga tabassum bilan boqmoqda. Chim ustida yonma-yon yotgan ikki ayolning havodan olingan tasviri. Chapdagi ayol koʻk yoqali koʻylakda, oʻngdagi ayol esa och yashil kofta kiyib olgan. Ularning boshlari bir-biriga tegib turibdi. Ikkalasi ham kameraga tabassum bilan boqmoqda.

Brend sifatida biz foydalanuvchilarimizning fikrlarini tinglaymiz, ularning xohish-istaklarini oʻrganamiz va shu asosida o‘z qurilmalarimiz ustida ishlaymiz. Galaxy S21 FE 5G qurilmasi shular jumlasidandir. Biz, afsonaviy Galaxy S21 seriyasidagi smartfonlardan siz yoqtirgan hamma xususiyatlarni saqlab qolgan holda, siz uchun yangi Galaxy S21 FE smartfonini yaratdik. Galaxy S21 FE smartfoni turli hil maqsadlarda: ijtimoiy tarmoqlarda, o‘yin o‘ynashda, tasvirga olishda qo‘llanilishi mumkin.

Siz sevgan funksiyalar

Kameraning Super Steady video stabilizatori, portret va tungi rejimda suratga olish, Space Zoom va shu kabi vaqt sinovidan o‘tgan va siz sevgan xususiyatlarini saqlab qoldik. Endilikda siz yaqinlaringiz bilan quvonchli lahzalaringizni baham ko‘rishingiz undanda zavqliroq bo‘ladi. Galaxy S21 FE diqqatga sazovor barcha unutilmas onlarni o‘ziga mujassam qiladi.

4
Several Galaxy S21 FE 5G smartphones positioned upright in a circle on a white background. Each Galaxy S21 FE 5G is a different colour, including Graphite, Lavender, Olive and White. Several Galaxy S21 FE 5G smartphones positioned upright in a circle on a white background. Each Galaxy S21 FE 5G is a different colour, including Graphite, Lavender, Olive and White.
Tezkor va ravon
Yangilanish tezligi 120 Hz ga teng bo‘lgan displey tasvir ravonligini ta'minlab, oʻyin vaqtida ekranning sensor reaksiyasini tezlashtiradi. Smartfon moslashuvchan bo‘lib, displeydagi tasvir turiga qarab uning ravonligini oshiradi yoki kamaytiradi.³

O‘ziga jalb qiluvchi ranglar

Aksessuarlar uslubingizni ifoda etish uchun muhim rol oʻynaydi, shu o‘rinda, smartfonlar ham bundan mustasno emas. Biz sizning istaklaringizni inobatga olib, Galaxy S21 FE 5G smartfonini nafis va yorqin Zaytun va Binafsha ranglaridan tortib, klassik Kulrang va Oq rangda ishlab chiqdik.² Uslubingizga mos rangdagi smartfonni tanlang!

Narx va sifatning mukammal uyg‘unligi

Yangi smartfon xarid qilishdan oldin funksionallik va narx borasida ko‘pincha bir to‘xtamga kelish qiyin kechadi. Biz Galaxy S21 seriyasining barcha sevimli xususiyatlarini jam qilgan holda hamyonboq modelni yaratdik. Bu uchun biz sizdan - bizning bosh maslahatchimizdan minnatdormiz. Galaxy S21 FE - narx va sifatning mukammal uyg‘unligi.

  • ¹30X Space Zoom 3x – Hybrid Optic Zoom va 30x Super Resolution Zoom funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Kadrni 3 karradan ortiq kattalashtirish, ayrim tasvir buzilishlarini keltirib chiqarishi mumkin.
  • ²Mavjud ranglar, mamlakatga yoki operatorga qarab farqlanishi mumkin.
  • ³Oʻyin rejimi qo‘llab-quvvatlanishi, ilovaga qarab farqlanishi mumkin.

O‘ziga xos bo‘ling

Betakror Galaxy S21 FE smartfoni bilan yangi marralarni kashf eting.

Endi bu hikoyalarni oʻqing