Uzoq vaqt foydalanish uchun yuqori energiya samaradorligiga ega Samsung mahsulotlari

Motor va Kompressor uchun 20 yillik kafolat

Samsung kompaniyasi o’z mahsulotlarining xizmat muddatini uzaytirish ustida ish olib bormoqda. Endilikda ayrim kir yuvish va quritish mashinalari modellarining motori hamda ayrim sovutkich modellarining kompressorlari uchun 20 yillik kafolat muddati taqdim etilmoqda. Uzaytirilgan kafolat muddati Samsung foydalanuvchilari ko’p yillar davomida sifatli texnikadan foydalanishlari hamda elektr va elektron qurilmalarning chiqindilarini qisqartirish evaziga ekologik foydalanishga o’z hissalarini qo’shayotganligini anglatadi.

Modulli konstruksiya va almashinuvchi panellar

O’zgaruvchan hayot tarzingizga mos sovutkich dizaynini tanlang. Xonadoningizga yangicha ko’rinish bermoqchimisiz? Sovutkichingizning old panellari rangi va qoplamasini almashtirishingiz kifoya! Mahsulotlaringizni saqlash uchun joy ozmi? Qo’shimcha sovutish yoki muzlatish modulidan foydalanib masalani hal etishingiz mumkin!

Aqlli hamda ehtiyotkorona yuvish

AI EcoBubble™ tizimi bilan samarali kir yuvish imkoniyatlaridan foydalaning. Pufakchalar yordamida past haroratda ham 24% gacha ko’proq kirni yo’q qilish orqali mazkur tizim 70% gacha elektr energiyasini tejaydi va 45,5% gacha matoni ehtiyotkorona yuvadi. Bu uchun mato turi aniqlanib pufakchalar hajmi, kir yuvish vaqti, harorati va siqib olish tezligi optimallashtiriladi.

50% gacha vaqt tejamkorligi

Kir yuvish uchun yanada kamroq vaqt sarflang. QuickDrive™ funksiyasi faollashtirilganda kir yuvish vaqti 50% gacha kamayadi. Noyob Q-Bubble™ texnologiyasi yanada kuchli pufakchalarni yaratish uchun barabanning dinamik aylanishi hamda qo’shimcha suv hajmidan samarali foydalanadi. Natijada kir yuvish vositasi suvga tezroq kirishib tez va ehtiyotkorona kir yuvishga yordam beradi.

Avtomatik dozalovchi

Avtomatik dozalash har bir kir yuvish uchun kir yuvish hamda mato yumshatuvchi vositalarining kerakli miqdorini aniqlab beradi. Kir yuvish mashinasining alohida bo’limlari mavjud bo’lib, ularning ikkalasi ham kir yuvish vositasi uchun ishlatilishi mumkinligiga qaramay, bunda har bir kir yuvishdan so’ng kir yuvish vositasidan foydalanish ehtiyoji yo’qoladi.