Level U quloqchinlari

EO-BG920BFEGRU

  • Murakkab dizayn
  • Qulaylik hamma narsadan ustundir
  • Ko'proq energiya

Rang tanlang

Rang :

Nozik didli dizayn

Toʻrtta aniq ranglardan oʻzingizning Samsung Level U quloqchiningizni tanlang: koʻk-qora, oq, tillarang va koʻk. Samsung LEVEL U quloqchinining nozik didli dizayni va yorqin ranglari har doim sizning oʻziga xosligingizni taʼkidlaydi.

Qulaylik hammasidan ustun

Yumshoq, egiluvchan uretandan tayyorlangan Samsung Level U boʻyin tasmasi sizga taqib yurganda maksimal darajadagi qulaylikni taʼminlash uchun ishlab chiqilgan. Boʻyningizda ideal ravishda yotishi uchun boʻyin tasmasini sozlang. Ergonomik tarzda ishlab chiqarilgan gibrid turdagi quloqchinlar xavfsiz, qulay taqib yurish va yuqori ovoz sifatini taʼminlaydi.

Koʻproq energiya

Samsung Level U 10 soatgacha uzluksiz musiqa tinglash, 11 soatgacha telefonda aloqani va 500 soat kutish vaqtini taʼminlaydi. Yangi Samsung Level U bilan garniturangizni zaryadlash xavotirlari bilan xayrlashing.

Yuqori sifatli ohang

2 mikrofonli shovqinni va aks sadoni bekor qilish tizimi bilan Samsung Level U telefon orqali suhbat paytida toza va aniq ovozli uzatishni taʼminlaydi.

Samsung Level ilovasi

Simsiz mini-garniturangiz tovushini maxsus mobil ilova yordamida oʻzingizning xohishingizga mos ravishda sozlang. Bundan tashqari, siz xabarlar haqidagi bildirishni, ish jadvali signallarini va boshqalarni qabul qilishingiz mumkin.

Boshqarishdagi osonlik

Ovoz balandligini boshqarish, treklarni oʻzgartirish, ijro etish/toʻxtatib turish uchun oʻrnatilgan tugmachalar sizga Samsung Level U garniturasidan asosiy qurilmani olmasdan qulay foydalanish imkonini beradi. Tugmalarning qavariq dizayni, siz harakatda boʻlsangiz-da, qurilmani osongina boshqarishga yordam beradi.

Magnitli mahkamlagich

Quloqchin qoʻymalarining ichiga oʻrnatilgan qulay magnit mahkamlagichi garnituradan foydalanmayotgan holatingizda ham uning saranjom koʻrinishini taʼminlaydi.

Texnik xususiyatlari

YAQIN O‘TMISHDA KO‘RILGANLAR

* Asosiy funktsiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin

* Akkumulyatorning haqiqiy hajmi (Vts) iste'mol qilinadigan tok qiymati kuchlanish qiymatiga ko'paytirish orqali aniqlanadi. Ushbu ko'rsatgich qurilmada ko'rsatilgan hajm qiymatidan (Vts) farq qilishi mumkin, chunki birinchisi ushbu qurilma tomonidan iste'mol qilingan haqiqiy quvvatga, ulangan qurilmalarning mavjudligi va foydalanish sharoitlariga bog'liq.