Simsiz zaryadlovchi qurilma Wireless Charger Trio
Aql bovar qilmas 3 tasi 1 da boʻlgan quvvatlagich
Bir vaqtning oʻzida uch qurilmani: aqlli soat va ikkita telefon yoki aqlli soat, quloqchinlar va telefonni, oʻz ekotizimingizni birdaniga quvvatlantirishingiz mumkin. Kun oxirida qurilmalaringiz ertangi kunga tayyor boʻlishi uchun ularni bir joyga qoʻying.
Oʻramning koʻp boʻlishi uni qulay joylashtirishga imkon beradi
Wireless Charger Trio ichidagi oltita oʻram qurilmangizni yotqizgan holda quvvatlanishini osonlashtiradi. Quvvatlash maydonini kengaytiring — quvvatni oshirish uchun uni maydonchaga qoʻying.
*Bir vaqtning oʻzida ikki qurilmani chap yostiqchalarda quvvatlash — quvvatlanish tezligiga taʼsir qilishi mumkin. *Issiqlik chiqishi va quvvatlantirish vaqtlari oltita oʻram sozlanishiga qarab farq qilishi mumkin.
Galaxy Watch soatingizga mos keladi
Galaxy Watch soatlari uchun yaratilgan maxsus joy bilan soatingizni kun mobaynida quvvatlantirishingiz mumkin. Quvvatlagichning oʻng ichki tomonidagi magnit soatingizni quvvatlash joyiga yoʻnaltiradi. Chap tomonda esa telefoningizni, Galaxy Buds seriyasi va boshqa qurilmalarni quvvatlashingiz mumkin.
*Faqat Galaxy Watch3, Active2 va Active aqlli soatlarini quvvatlaydi.
Tezlik bilan quvvatlang
Tezkor quvvatlash imkoniyati bilan batareyani tezroq quvvatlang. Mos boʻlgan qurilmalarga ega doʻstlaringiz bilan qoʻshimcha quvvatdan foydalangan holda 100% quvvatga tezroq erishishingiz mumkin.
*Quvvatlanish tezligi qurilmaga qarab farq qilishi mumkin. Aniq quvvatlash tezligi qurilmadan foydalanish, quvvatlash sharoitlari va boshqa omillar hisobiga farq qilishi mumkin. *7.5W gacha zaryadlay oladigan simsiz quvvatlanuvchi Apple qurilmalarida ham ishlaydi. *Yuqori quvvat beruvchi 25W Safar uchun moʻljallangan zaryadlash qurilmasi qadoq ichiga solingan.
Uyingiz ichkarisiga mos oddiy dizayn
Qomatli shakl oddiy piktogramma va urgʻu sifatida LED yoritgichga ega minimalistik dizayn bilan farq qiladi. Xonangizning bezagi bilan eng mos keladigan qora yoki oq ranglisini tanlab, ishlatilmaganda uni qoldirishingiz mumkin.
Sizga boxabar qilib turuvchi nur
Old qismdagi LED chiroq intuitiv ravishda qurilmangiz quvvatlanish holatini turli xil ranglarda koʻrsatib turadi: zaryad olish vaqtida qizil rangda, zaryad olish vaqtida xatolik yuz bersa, qizil rang yonib-oʻchib turadi va quvvatlanish toʻliq yakunlangan paytda yashil rangda tovlanadi. Chiroqlar oʻchgan payt, goʻzallik uyqingizni buzmaslik uchun uni xira qilib qoʻyishingiz mumkin.
*LED yorugʻligini xiralashtirish faqatgina mobil telefon orqali boshqarilishi mumkin (Galaxy S10 seriyalaridan boshlab). *Xiralashish rejasini Sozlamalar menyusida tezkor simsiz quvvatlashni maʼlum vaqtga oʻchirish va LED chiroqni xira qilish orqali tuzish mumkin.
Gʻilofni yechish shart emas
Telefoningiz himoyalangan holda dam olsin. Quvvat yengil gʻiloflar orqali ham oʻta oladi, shuning uchun koʻproq quvvat olmoqchi boʻlsangiz gʻilofingizni yechib qoʻyishingiz shart emas.
*Quvvatlash sinovlari faqat Samsung gʻiloflari ustida oʻtkazildi. *Qalin gʻiloflar quvvatning pasayishiga hamda issiqlik ajralishiga olib kelishi va natijada quvvatlash vaqti uzayishi mumkin. *Quvvatlash vaqti quvvatlash sharoitlari va korpus materiallariga qarab farq qilishi mumkin.
Texnik xususiyatlari
Qo'llab-quvvatlash
Mahsulot haqida savolingizga javob toping
-
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
- Versiya 1.1
- 22.93 MB
- 11.08.2021
KOREYS, INGLIZ, Portugal (Braziliya), XITOY, ISPANCHA, ALBANIYA, ARABCHA, BOLGARIYADA, XORVATIYA, CHEX, Daniya, GOLLAND, ESTONIYA, Forscha, FINLYANDIYA, FRANTSUZ, Nemis, Yunoncha, VENGRIYA, ITALYANCHA, QOZOQ, LATVIYA, LITVA, Makedon, MO'G'ULISTON, NORVEGIYA, POLYAK, PORTUGALIYA, RUMINIYA, Rus, SERBIYA, SLOVAKIYA, SLOVENIYA, SHVETSIYA, Tay, TURKCHA, UKRAIN -
Xavfsizlik bo'yicha qo'llanma
- Versiya 1.0
- 6.31 MB
- 21.10.2020
KOREYS, INGLIZ, Portugal (Braziliya), XITOY, ISPANCHA, ALBANIYA, ARABCHA, BOLGARIYADA, XORVATIYA, CHEX, Daniya, GOLLAND, ESTONIYA, Forscha, FINLYANDIYA, FRANTSUZ, Nemis, Yunoncha, VENGRIYA, ITALYANCHA, QOZOQ, LATVIYA, LITVA, Makedon, MO'G'ULISTON, NORVEGIYA, POLYAK, PORTUGALIYA, RUMINIYA, Rus, SERBIYA, SLOVAKIYA, SLOVENIYA, SHVETSIYA, Tay, TURKCHA, UKRAIN
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price before: {{model.prices.priceDisplay}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang