Samsung Galaxy ekotizimining afzalliklari

Ulangan Galaxy qurilmalari o'zaro aloqadorlika ajoyib tarzda ishlab, muloqot, ish vazifalari, ko'ngilochar tajriba va salomatlik uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Video qo'ng'iroqlar, fayllarni ulashish yoki hamkorlikda ishlash kabi aloqa imkoniyatlarining yangi usullarini kashf eting.1

Yaqin-atrofdagi qurilmalar

Mening Samsung qurilmalarimni sodda topish va sinxronlash imkoniyatlari

Bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmada qanday funksiyalardan foydalanish mumkinligini bilmaysizmi? Yaqin-atrofdagi qurilmalar funksiyasi yordamida mavjud funksiyalarni tekshirish uchun qurilmalarni darhol ko‘rishingiz va ularni ushlab tortish orqali osongina ulashingiz mumkin. Albatta, siz funksiyalardan foydalanishingiz va sozlamalarni o‘zgartirishingiz ham mumkin! 2

Qurilmalaringizda o'zingizga qulay joyda ishlang

Qurilmalarning o'zaro birgalikda ishlashidagi muammolarni unuting. Galaxy kontentni siz uchun ishlash eng qulay bo'lgan joyga o'tkazish imkoniytini beradi.

Quick Share

Android qurilmalari o'rtasida ma'lumotlarni tezkor ulashish

Quick Share funksiyasi sizga fotosuratlar, videolar va hujjatlarni osongina ulashish imkonini beradi. Fayllarni yaqin-atrofdagi Galaxy smartfonlari, planshetlari va shaxsiy kompyuterlari yoki hatto boshqa ishlab chiqaruvchilarning Android qurilmalariga bir necha soniya ichida yuboring. Endi fayllarni bir vaqtning o‘zida bir nechta kontaktlaringizga, ularning joylashuvidan qat’iy nazar ulashish imkoniyati paydo bo‘ldi. 3

Storage Share

Mobil qurilmadagi fayllaringizni bevosita Galaxy Book qurilmangizda osonlik bilan oching

Har safar mobil qurilmangizdagi suratlar, videolar yoki hujjatlarni Galaxy Book qurilmasida ko‘rmoqchi bo‘lganingizda kabelni ulash zaruriyati sizga muammo tug'diradimi? Endi esa mobil qurilmangizdagi fayllarni kabelsiz ko'rishingiz hamda ularni ulashishingiz mumkin! 4

Smart View

Maxfiylikni yo'qotmagan holda smartfoningiz ekranini televizorda namoyish eting

Smart View shaxsiy xabarlaringiz maxfiyligini saqlagan holda ekranni xavfsiz namoyish etish imkonini beradi. "Faqat Cast ilovasi" funksiyasi yordamida smartfon ekranini televizor yoki boshqa qurilmalarga translatsiya qilib, boshqa vazifalar uchun smartfondan foydalanishda davom etishingiz mumkin.5

Mutlaqo yangicha aloqa imkoniyati

Galaxy ochiq ekotizimida ochiq muloqot qilish yanada oson

Video qo'ng'iroqni ulashish

Muloqot qiling, tomosha qiling va xursandchilikni yaqinlaringiz bilan ulashing

Qo‘ng‘iroq qilyapsizmi? Yo‘lakdan uyga kiring va zalga o'tib, suhbatingizni tugmani bir marta bosish orqali davom ettiring. Qo‘ng‘iroqni smartfondan planshetga osongina o‘tkazing, agar ketishingiz kerak bo‘lib qolsa, shunchaki qo‘ng‘iroqni avvalgi qurilmangizga qaytaring. 6

Qo'ng'iroqlarni boshqa qurilmalarga o'tkazing

Hech bir qo'ng'iroqni o'tkazib yubormang

Agar siz Galaxy Tab yoki shaxsiy kompyuterda ishlayotgan bo‘lsangiz, ulangan Galaxy smartfoni barcha qo‘ng‘iroqlarni sizga eng qulay bo‘lgan qurilmaga yo‘naltiradi, shunda siz doimo yangiliklardan xabardor bo‘lib turasiz.7

Samsung Galaxy bilan samaradorligingizni oshiring

Galaxy qurilmalarini sinxronlashtirish orqali qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, istalgan vazifani bajarishingiz uchun samarali ish maydonini yaratishingiz mumkin.

Windows bilan aloqa

Endi smartfoningizdagi kontent shaxsiy kompyuteringizda ham mavjud

Windows bilan aloqa funksiyasi bilan sinergiyaning yangi bosqichiga ko‘tariling. Bir nechta qurilmalardagi xabarlar va ilovalarni almashtirish o‘rniga ularni bir vaqtda kompyuterning bitta ekranida namoyish eting. Mobil ilovalar va so'nggi qidiruvlarni bevosita kompyuteringizda ko‘rsatadigan So'nggi ilovalar va So'nggi veb-saytlar funksiyalari yordamida uzluksiz ish jarayonini tashkil qiling.8

Ikkinchi ekran

Raqamli ish maydoningizni kengaytiring

Galaxy Tab planshetidan qo‘shimcha displey sifatida foydalanib, unumdorligingizni oshiring. "Shaxsiy Kompyuter uchun ikkinchi ekran" ilovasi kompyuter ekranini Galaxy Tab ekraniga uzaytirish imkonini beradi, bu esa simli yoki simsiz ulanish orqali qo‘shimcha ish joyini ta’minlaydi. G‘oya keldimi? Uni S Pen elektron qalami yordamida yozing, tasvirlang va ochib bering, fikrlaringizni aks ettiring hamda hayotga tatbiq eting. 9

Samsung Notes

Samsung Notes bilan o'zingizga qulay joydan hamkasblaringiz bilan birgalikda ishlang

Samsung Notes qaydlaringizni Samsung Cloud bulutli tizimi orqali Galaxy qurilmalaringiz o‘rtasida intuitiv ravishda sinxronlab, sizga eslatmalarni yozib olish qulayligini ta’minlaydi. Qo‘shma loyiha ustida ishlayapsizmi? Shunchaki eslatma yarating, uni havola orqali ulashing va boshqalarni uni ko‘rish va tahrirlashga taklif qiling.10

Bir nechta qurilmalarni boshqarish

Qurilmalaringizni osonlik bilan boshqaring

Galaxy Book, Galaxy Tab, Galaxy smartfoni, aqlli monitor yoki televizordagi "Bir nechta qurilmalarni boshqarish" funksiyasi yordamida barcha Galaxy qurilmalaringizda bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni samarali bajaring - bitta sichqoncha, klaviatura yoki trekpad yordamida bir nechta qurilmalar o‘rtasida kontentni ulashing. Ma’lumotlarni bir qurilmadan boshqasiga o‘tkazishga vaqt sarflamasdan ishlang — barcha kontent qo'l ostingizda!11

Samsung Galaxy xizmatlari bilan unumdor va sog'lom hayot

Sizning Galaxy Watch soatingiz va Galaxy smartfoningiz uyg'unlikda yagona qudratli ekotizim kabi ishlaydi

Smartfonimni topish

Smartfoningiz uchun xavotir olishning keragi yo'q

Smartfoningizni topa olmayapsizmi? Agar u yaqin-atrofda bo‘lsa, unga ulangan taqiladigan qurilmadan "Smartfonimni top" funksiyasi orqali telefon qiling. Agar u foydalanish zonasidan tashqarida bo‘lsa va Bluetooth tizimidan uzilgan bo‘lsa, xaritada smartfonning joylashuvini aniqlash va taqiladigan qurilma orqali unga qo‘ng‘iroq qilish uchun Samsung Find funksiyasidan foydalaning.19

Chegaralarsiz ko'ngilochar imkoniyatlar

Galaxy sevimli musiqangizni uzatish, qidirish va tinglash hamda sevimli dasturlarni tomosha qilishni osonlashtiradi.

Multimedia chiqishi

Almashish paytida musiqa ijrosini davom ettiring

Tanaffussiz musiqa istaysizmi? Galaxy Buds, Bluetooth dinamiklar yoki Wi-Fi orqali tinglashda davom etish uchun tezkor sozlamalar panelidagi Multimedia chiqishi funksiyasini oching va qurilmalarni bitta ekranda boshqaring. Bundan tashqari, siz bir vaqtning o‘zida ikkita (yoki undan ortiq) Wi-Fi dinamiklarini ulashingiz va bir maromda musiqadan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Samsung Galaxy smartfoni yordamida hordiq chiqarish imkoniyatlaringizni oshiring.20

Avtomatik almashtirish

Film tomosha qilishdan qo'ng'iroqlarga avtomatik o‘tish

Tasavvur qiling, siz Galaxy Tab, Galaxy Book yoki Galaxy Buds bilan televizorda film tomosha qilyapsiz va kimdir to‘satdan smartfoningizga qo‘ng‘iroq qiladi. "Avtomatik almashtirish" funksiyasi Galaxy Buds quloqchinlarini darhol smartfonga ulaydi, shunda qo‘ng‘iroqqa quloqchinlar yordamida darhol javob berishingiz mumkin. Chaqiruv yakunlangach, filmni tomosha qilish uchun yana qayta ulanasiz. 21

Avtomatik ulanish nuqtasi

Qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, Internetga darhol ulaning

"Avtomatik ulanish nuqtasi" funksiyasi yordamida Galaxy Tab smartfoningizning ulanish nuqtasiga avtomatik ravishda ulanishi va qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, darhol Internetga ulanishi mumkinю22

Ko'p Beriladigan Savollar

Galaxy Connected Experience - bu Galaxy qurilmalaringiz o‘rtasida to‘siqsiz aloqani ta’minlaydigan integratsiyalashgan ekotizim.
Ushbu platforma turli xil qurilmalar uchun yagona interfeys yaratadi: smartfonlar, planshetlar, shaxsiy kompyuterlar, Galaxy Buds va taqiladigan qurilmalardan tortib, Samsung Galaxy smart-televizorlari va smart-monitorlarigacha.
Qurilmalaringiz orasidagi chegaralarni buzib, kontent, ekranlar va funksiyalarni osongina ulashishingiz mumkin. Ushbu qulay funksiyalar kundalik hayotingizni yanada qulay va yoqimli qiladi.

Galaxy qurilmalaridan birgalikda foydalanish sizga kompleks ekotizim va takomillashtirilgan foydalanuvchi operatsiyalari afzalliklaridan foydalanish imkonini beradi. Galaxy smartfoningizni Galaxy Buds, Galaxy Watch, Galaxy Tab va Galaxy Book kabi boshqa Samsung mahsulotlariga ulab, qurilmalar o‘rtasida ravon aloqani ta’minlash mumkin.

Samsung Galaxy qurilmalari oson ulanish va turli usullarda o‘zaro ta’sir qilish uchun bir-birini aniqlashi mumkin. Qaydlar va ma’lumotlarni sinxronlash, fayllarni almashish, ekranlarni nusxalash va boshqa amallarni bajarishingiz mumkin.

Galaxy ekotizimidagi smartfoningiz ishlash uchun yanada qulayroq bo‘ladi va unumdorligingizni oshiradi, chunki u ko‘p vazifalilik va qurilmalar o‘rtasidagi aloqa uchun ko‘proq imkoniyatlar ochadi. Masalan, siz kontentni Galaxy smartfoningizdan nusxalashingiz va uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mos keladigan Galaxy Book yoki Tab planshetiga joylashtirishingiz mumkin. Shuningdek, deyarli bitta kengaytirilgan ish joyidan foydalangandek, elementlarni turli qurilmalar orasida tortishingiz mumkin.

Ulangan funksiyalarni dastaklaydigan qurilmalar tafsilotlari bilan quyida tanishing.

Siz quyidagi qurilmalarda Galaxy ekotizimiga ulanish imkoniyatlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin:

1. Smartfonlar: Galaxy S, Galaxy Z, Galaxy A Series va boshqalar.
2. Planshetlar: Galaxy Tab S, Galaxy Tab A Series va boshqalar.
3. Taqiladigan qurilmalar: Galaxy Watch Series, Galaxy Fit va boshqalar.
4. Simsiz quloqchinlar: Galaxy Buds Series va boshqalar.
5. Noutbuklar: Galaxy Book Series va boshqa Samsung noutbuklari.
6. Boshqa qurilmalar: Samsung smart televizorlari, smart monitorlar va boshqalar.

Ushbu qurilmalarni ulab, ekotizimning integratsiyalashgan funksiyalari tufayli yanada qulay va samarali ishlashdan bahramand bo‘lishingiz mumkin.


Qurilma va funksiyalarning mavjudligi mamlakat, model va One UI versiyasiga bog‘liq.

Quyida qurilmangizda qo‘llab-quvvatlanadigan ulangan funksiyalarni tekshirish imkonini beruvchi bandlar keltirilgan.

Sozlamalar orqali Galaxy qurilmalaringizda mavjud ekotizim funksiyalarini tekshirishingiz mumkin.

Smartfon va planshetda Sozlamalar > Ulangan qurilmalar rukniga kirib, mavjud ulangan funksiyalarni oching va ularning har birini yoqing yoki faolsizlantiring.

Galaxy Book ilovasida mavjud funksiyalarni tekshirish uchun Samsung Sozlamalar > Ulangan qurilmalar ilovasini oching.

Galaxy Connected Experience ekotizimining funksiyalari faqat Galaxy qurilmalari bilan mos keladi.
Biroq, Quick Share kabi ayrim funksiyalar Galaxy qatoriga kirmaydigan qurilmalar bilan ham mos keladi.

Ha, ulangan Galaxy funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi orqali tizimga kirish kerak.
Biroq, Windows bilan aloqa va ayrim Galaxy Buds funksiyalaridan Samsung hisob qaydnomasiga kirmasdan foydalanish mumkin.

Galaxy mahsulotlari

Oson ulaning
Yanada ko'proq taassurotlar

Galaxy qurilmalari qatori bilan tanishing

 

Galaxy smartfoni

 

Galaxy Tab

 

Galaxy Watch

 

Galaxy Buds

*Tasvir namuna uchun modellashtirilgan. Haqiqiy interfeys farq qilishi mumkin.
*Qurilma alohida sotiladi. Qurilmalarning mavjudligi mamlakat, mintaqa yoki mobil aloqa operatoriga bog‘liq.

1. Funksiyalarning mavjudligi qurilma, mamlakat, mintaqa, mobil aloqa operatori va One UI versiyasiga bog‘liq.

2. Yaqin-atrofdagi qurilmalar funksiyasidan foydalanish uchun quyidagi shartlarni bajarish zarur.

*Mavjudligi: smartfon, planshet yoki kompyuteringiz bitta Samsung hisob qaydnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi hamda ularda Wi-Fi va Bluetooth yoqilgan bo‘lishi kerak. Galaxy smartfonlari va planshetlari uchun One UI 7 yoki undan yuqori versiya talab qilinadi. Galaxy Book noutbukida Yaqin atrofdagi qurilmalar (Nearby devices) ilovasini Microsoft Store do‘konidan yuklab olish kerak, buning uchun quyida ko‘rsatilgan dasturiy ta’minot versiyalari talab qilinadi: Samsung Settings 6.0 yoki undan yuqori (Arm), Samsung Continuity Service 1.13 yoki undan yuqori versiyalari.

*Aniqlanadigan qurilmalar: Tezkor sozlamalar panelidagi Yaqin-atrofdagi qurilmalar tugmasi bosilganda quyidagi shartlarga javob beradigan qurilmalar ko‘rsatiladi. Galaxy smartfonlari va planshetlari: bir xil Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tgan bo‘lishi va Bluetooth yoqilgan bo‘lishi kerak. Barcha funksiyalardan foydalanish uchun One UI 7 yoki undan yuqori versiya talab qilinadi. Agar smartfon yoki planshetingizda One UI 4.1.1 yoki undan yuqori versiyalari hamda Continuity Service 1.2.27 yoki undan yuqori versiyalari o‘rnatilgan bo‘lsa, cheklangan imkoniyatlar mavjud bo‘ladi.

Galaxy Book bir xil Samsung hisobiga tegishli bo‘lishi, Bluetooth yoqilgan bo‘lishi, Samsung Settings 6.0 yoki undan yuqori (Arm), Samsung Continuity Service 1.13 yoki undan yuqori bo‘lishi kerak. Samsung televizorlari, smart-monitorlar va proyektorlar yoqilishi kerak; ilgari ular Smart View yoki DeX yordamida ushbu smartfon/planshetga kamida bir marta ulanishi kerak edi. Faqat 2016-yildan oldin ishlab chiqarilmagan televizorlar qo‘llab-quvvatlanadi. Galaxy Books’da topilmaydi: Galaxy Buds, taqiladigan qurilmalar, fitnes bilaguzuklari va uzuklar ushbu smartfonga Bluetooth orqali ulanishi kerak. Bluetooth yoniq bo‘lishi kerak. Galaxy Buds quloqliklari qutidan chiqarilishi yoki quti ochilishi kerak. Galaxy Watch4 va undan yuqori taqiladigan qurilmalar bilan ishlaydi. Hech qanday taqiladigan qurilma Galaxy Books yoki planshetda topilmaydi."

3. Android 10 (Q) yoki undan yuqori versiyali operatsion tizim o‘rnatilgan One UI 2.1 yoki undan yuqori versiyali qurilmalarda mavjud. Galaxy Book qurilmalarida, jumladan, 2020-yilda va undan keyin chiqarilgan Qualcomm asosidagi kompyuterlarda, shuningdek, Intel Bluetooth/Wi-Fi drayverli Windows asosidagi kompyuterlarda qo‘llab-quvvatlanadi (OS: Windows 10 2004 yoki undan keyingi versiyalar, Bluetooth drayveri: Intel 22.50.02 yoki undan keyingi versiyalar, Wi-Fi drayveri: Intel 22.50.07 yoki undan keyingi versiyalar). Quick Share funksiyasidan foydalanish uchun Bluetooth va Wi-Fi aloqasi talab etiladi. Quick Share funksiyasi bir vaqtda ma’lumot almashishi mumkin bo‘lgan qurilmalar soni manba qurilmasining Wi-Fi chipiga bog‘liq. Haqiqiy tezlik qurilma, tarmoq holati va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin. QR-kodlar va kontaktlar bilan fayllarni ulashishda bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan 1000 ta faylni uzatish mumkin. Hajmi bo‘yicha cheklov mavjud: maksimal fayl hajmi - 10 GB, kuniga 10 GB dan ortiq uzatilmaydi. Havola amal qilish muddati ikki kundan keyin tugaydi. Jo‘natuvchi qurilma uchun Samsung hisob qaydnomasi, qabul qiluvchi va jo‘natuvchi qurilmalar uchun Internet aloqasi talab qilinadi.

4. Har bir qurilma bitta Samsung hisob qaydnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va unda Wi-Fi va Bluetooth yoqilgan bo‘lishi kerak. Yangilangan Galaxy smartfonlari va planshetlari One UI 7 yoki undan yuqori versiya va 5.15 yoki undan yuqori versiya yadrosi, Galaxy Book2 yoki undan yuqori versiya (Intel) va Galaxy Book4 yoki undan yuqori versiya (Arm) talab qilinadi. Funksiyaning mavjudligi mintaqa va qurilma modeliga bog‘liq.

5. Smart View funksiyasi faqat Miracast funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan Galaxy smart televizorlari, smartfonlari va planshetlarida mavjud. Ilovaning mavjudligi qurilma, ilova va mamlakat/mintaqaga bog‘liq.

6. Google Meet - Google LLC savdo belgisi. Bir xil Google hisob qaydnomasiga ega Galaxy qurilmalarida (smartfon va planshetlarda) mavjud. Bu funksiya faqat guruhli qo'ng'iroqlarda ishlaydi. Video sifati ishtirokchilar soni va tarmoq holatiga qarab farq qilishi mumkin. Funksiya oldindan ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.

7. Boshqa qurilmalarga qo‘ng‘iroq qilish funksiyasidan foydalanish uchun ikkala qurilma ham bitta Samsung hisob qaydnomasiga ulangan bo‘lishi kerak, shuningdek, qurilmalar avtomatik ulanishi uchun sozlamalarda qurilmalarni oldindan ulash kerak. Tezkor xotirasi 3 GB va undan yuqori bo‘lgan Android P boshqaruvidagi Samsung qurilmalarida mavjud. 1809 yoki undan yuqori versiyali Windows 10 operatsion tizimiga ega kompyuter, One UI 5.0 yoki undan yuqori versiyali Galaxy Book va One UI 5.0 yoki undan yuqori versiyali Galaxy smartfoni talab qilinadi. Funksiyaning ishga tushish sanasi mintaqa, operator va qurilmaga qarab farq qilishi mumkin.

8. Foydalanuvchilar sozlash bo‘yicha ko‘rsatmalarga (jumladan, bitta Microsoft hisob qaydnomasidan foydalanish talabiga) amal qilgan holda smartfonning Windows bilan aloqa ilovasida va kompyuterning Microsoft Telefon bilan aloqa ilovasida Samsung Galaxy qurilmasini Windows boshqaruvi ostidagi shaxsiy kompyuterga ulashi kerak. Windows bilan aloqa ilovasi ayrim Samsung Galaxy qurilmalariga oldindan yuklangan bo'ladi. Planshetlarda One UI 3.1.1 yoki undan yuqori versiyali tizim o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Kompyuterda (Microsoft Telefon bilan aloqa) Windows 10 va undan yuqori versiyalari talab etiladi. Microsoft Telefon bilan aloqa ilovasi uchun Samsung Galaxy qurilmasini kompyuter bilan bir xil Wi-Fi tarmog‘iga ulash tavsiya etiladi. Ayrim mobil ilovalar boshqa ekranlardagi kontentga kirishni cheklashi mumkin. Ayrim aloqador funksiyalarning mavjudligi qurilmaga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Planshetlar qo'ng'iroq va xabar funksiyalarini qo‘llab-quvvatlamaydi. So'nggi veb-saytlar funksiyasi faqat Samsung Internet ilovasidan One UI 3.1.1 yoki undan keyingi versiyaga ega Samsung Galaxy smartfonlarida (Samsung Galaxy S, Note, Z Fold, Z Flip), One UI 5.1.1 yoki undan keyingi versiyaga ega planshetlarda (faqat Tab S modellarida mavjud, Tab FE yoki Tab Lite modellarida mavjud emas) va Windows 10 20H1 yoki undan keyingi versiyaga ega kompyuterlarda foydalanilganda mavjud. Microsoft Telefon bilan aloqa/Windows bilan aloqa/Samsung Internet ilovalarining so'nggi yangilanishlarini yuklab olish talab etiladi.

9. Ikkinchi ekran funksiyasi Galaxy Tab Series S7 modelidan boshlab barcha planshetlarida, shuningdek, One UI 5.1.1 va undan keyingi versiyali Active4 Pro, Active5 modellarida ishlaydi. (One UI 6.1.1 yoki undan yuqori versiyasi tavsiya etiladi.) Ikkinchi ekranni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterdan ishga tushirish uchun Galaxy Tab va Galaxy Book qurilmalarida bir xil Samsung hisob qaydnomasini ulash talab etiladi. Simsiz displeyli va Windows 10 20H2 yoki undan yuqori versiyali kompyuterlar talab qilinadi.

10. Qurilmalar o‘rtasida Samsung Notes ilovasidan umumiy foydalanish uchun mobil tarmoqqa ulanish yoki Wi-Fi aloqasi talab qilinadi. Barcha qurilmalarda bir xil Samsung hisob qaydnomasiga kirish kerak. Taqiladigan qurilmalarda ishlamaydi. Guruhda umumiy qaydlar ustida ishlash faqat Galaxy smartfonlari va Android O yoki undan yuqori operatsion tizimli planshetlarda mavjud. Samsung Notes ilovasining so'nggi versiyasiga yangilash zarur.

11. Har bir qurilma bir xil Samsung hisob qaydnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo'lishi va bir xil Wi-Fi tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak. Bir nechta qurilmalarni One UI 5.1.1 yoki undan yuqori versiyali Galaxy smartfonlari va planshetlarida, shuningdek, 2021-yilda yoki undan keyin chiqarilgan Galaxy Book Series qurilmalarida, Samsung Settings 1.5 (Intel) yoki Samsung Settings 3.3 (ARM) versiyalarida va 2024-yil televizorlari yoki 2024-yil smart monitorlarida boshqarish mumkin. Ayrim funksiyalar (masalan, nusxalash va joylash yoki tortib tashlash) ayrim qurilma va ilovalarda ishlamasligi mumkin. Funksiyalarning mavjudligi mintaqaga qarab farq qilishi mumkin (masalan, Xitoy Xalq Respublikasida taqdim etilmaydi).

12. Samsung Health ilovasining 6.24 va undan yuqori versiyalari talab etiladi.

13. Samsung Health ilovasidagi barcha ma’lumotlar faqat umumiy salomatlik maqsadlari uchun mo‘ljallangan. Tavsiyalar faqat shaxsiy ma'lumot olish uchun taqdim etiladi. Ulardan hech qanday patologiya yoki uyqu buzilishlarini aniqlash, tashxislash yoki davolash uchun foydalanmang. Tibbiyot xodimidan maslahat oling. Foydalanuvchi interfeysi va amallarning bajarilishi dasturiy ta’minot versiyasi, qurilma modeli, mintaqa va boshqa omillarga bog‘liq.

14. Energiya darajasi funksiyasi Android (Android 11 yoki keyingi versiyalari) asosidagi smartfonlarda Samsung Health ilovasi (6.27 yoki keyingi versiyalari) bilan ishlaydi.

15. Energiya darajasini ko‘rsatish uchun Samsung Galaxy sensorlari (Galaxy Watch4 Series va operatsion tizimning 5.0 yoki undan yuqori versiyali modellari) yoki Samsung Galaxy uzuklari orqali olingan salomatlik ma’lumotlarini Samsung Health ilovasi bilan sinxronlash kerak. Minimal talab sifatida avvalgi kun jismoniy faollik ma’lumotlari va uyqu vaqtidagi puls ma’lumotlari talab etiladi.

16. Samsung Health ilovasining 6.24 va undan yuqori versiyalari talab qilinadi. Uyquni yaxshilash bo‘yicha maslahatlar olish uchun kamida 7 kunlik uyqu axboroti, jumladan, 2 ta dam olish kuni ma'lumotlari talab etiladi.

17. Yurak salomatligi funksiyalaridan hech qanday patologiya yoki kasallikni aniqlash, tashxislash, davolash, kuzatish yoki yengillashtirish uchun foydalanmang.

18. 22 yoshdan kattalar uchun mo‘ljallangan EKG kuzatuv ilovasi bo‘lmachalar fibrillyatsiyasini ko‘rsatadigan notekis yurak ritmi epizodlarini aniqlash uchun puls chastotasi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi va foydalanuvchiga yurak ritmini tahlil qilish uchun EKG natijasini yozib olish taklifi bilan bildirishnoma beradi. Notekis yurak urishi haqida ogohlantirish funksiyasi (IHRN) bo‘lmachalar fibrillyatsiyasini ko‘rsatadigan har bir notekis ritm epizodi haqida ogohlantirish uchun mo‘ljallanmagan va ogohlantirishning yo‘qligi kasallik yo‘qligini anglatmaydi; bu funksiya foydalanuvchi tinch holatda bo‘lganida puls chastotasi haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va ular ogohlantirish chiqarish uchun yetarli deb hisoblanganda ma’lumotlarni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. ECG Monitor ilovasi an’anaviy tashxislas yoki davolash usullarini almashtirish uchun mo‘ljallanmagan. EKG yozish ilovasi tebranish aritmiyasidan tashqari ma’lum aritmiyalarga ega foydalanuvchilar, shuningdek, 22 yoshdan kichik foydalanuvchilar uchun mo‘ljallanmagan. Foydalanuvchilar malakali tibbiyot xodimi bilan maslahatlashmasdan turib, qurilma ma’lumotlari asosida natijalarni talqin qilmasliklari yoki klinik harakatlarni amalga oshirmasliklari kerak.

19. Samsung Find funksiyasi Android 10 va undan yuqori versiyali Galaxy smartfonlariga ulangan Wear OS bilan ishlaydigan Galaxy Watch soatida qo‘llab-quvvatlanadi. Ulangan smartfon Samsung hisob qaydnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

*Smartfonimni top va Xaritadagi chaqiruv funksiyalari Bluetooth tarmoqqa ulangan va amal qilish maydonida bo'lganingizda ishlaydi. Xaritadagi chaqiruv funksiyasini masofadan turib ham yoqish mumkin.

*Masofaviy faollashtirish uchun taqiladigan qurilma Wi-Fi yoki mobil tarmoqqa ulangan bo'lishi zarur. Qurilmalaringiz va smartfoningiz bitta Samsung hisob qaydnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi, shuningdek, joylashuvni kuzatishga ruxsat berilgan bo‘lishi kerak.

20. Multimedia chiqishiga Wi-Fi dinamiklarini ulash uchun dinamiklar Chromecastni qo'llab-quvvatlashi va  One UI 5.1 yoki undan yuqori versiyali Galaxy qurilmalarida mavjud bo‘lishi kerak. Wi-Fi dinamiklar va Galaxy qurilmasi bitta Wi-Fi tarmog'iga ulangan bo‘lishi kerak. Multimedia chiqishi funksiyasidan foydalanish uchun Bluetooth dinamiklar va quloqchinlar ulanish rejimida bo‘lishi kerak.

21. "Avtomatik almashtirish" funksiyasi faqat One UI 4.1.1 yoki undan yuqori versiyali Galaxy smartfonlari va planshetlarida, Galaxy Watch4 va undan keyingi versiyalarida, 2022 yoki undan keyingi versiyalarda chiqarilgan Samsung televizorlarida, shuningdek, One UI 6.0 yoki undan yuqori versiyali Galaxy Book modellarida mavjud. Galaxy Buds qurilmalar orasida avtomatik almashtirish funksiyasidan foydalanish uchun Galaxy smartfoni, plansheti, taqiladigan qurilmasi, televizori yoki Galaxy Book qurilmasiga kamida bir marta ulanishi kerak. Avtomatik almashtirish funksiyasi faqat Buds2 Pro, Buds3 va Buds3 Pro uchun mavjud, boshqa modellarda ishlamaydi. Talablarga javob beradigan mahsulotlar bitta Samsung hisob qaydnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi, shuningdek, Bluetooth va Wi-Fi funksiyalari yoqilgan bo‘lishi kerak.

22. Smartfondagi mobil ulanish nuqtasining mavjudligi operator siyosatiga bog‘liq. Barcha qurilmalar bitta Samsung hisob qaydnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Smartfon mobil tarmoqqa ulangan bo‘lishi kerak.