Quick Share

Quick Share

Quick Share

Katta hajmli fayllarni osonlik bilan ko'proq turdagi qurilmalar bilan ulashing

Quick Share yordamida fayllarni yaqinlaringiz bilan tez, xavfsiz va qulay ulashing. Samsung Galaxy qurilmangizdagi surat, video, hujjat va boshqa turdagi fayllarni qabul qiluvchi qurilmalarga, jumladan, Galaxy qurilmalari, qo'llab-quvvatlanadigan Android va iOS qurilmalari hamda boshqa ishlab chiqaruvchilarning shaxsiy kompyuterlariga atigi bir nechta harakatda yuborishingiz mumkin.1,2,4,5,6

Nega Quick Share imkoniyatlaridan foydalanishingiz kerak

Quick Share ham yaqin atrofdagi qurilmalar ham masofadagi qurilmalar bilan bulut orqali fayllarni ulashishni oson va tezkor bo'lishini ta'minlaydi. Yaqin atrofdagi qurilmalar bilan ulashish funksiyasi bilan siz atrofingizdagi qurilmalar bilan fayllarni oson ulashishingiz mumkin — Galaxy, Android, ayrim iOS va boshqa qurilamar bo'lishidan qat'iy nazar. Kontaktlar bulan ulashish funksiyasi bilan esa siz masofadan qat'iy nazar push bildirishnomalar va matnli xabarlarda bulut havolani yuborish orqali, jumladan ayrim iOS qurilmalari bilan ham ulashishingiz mumkin. Maxfiy ma'lumotlaringiz uchun esa Shaxsiy ulashish funksiyasidan foydalanib yanada xotirjamroq bo'ling.3

Yaqin atrofdagi qurilmalar bilan bir nechta bosishda ulashing

Siz turli sondagi va o'lchamdagi surat, video, hujjat va boshqa fayllaringizni tezda ulashishingiz mumkin. Do'stlaringiz iOS qurilmalaridan foydalansa ham siz Yaqin atrofdagi qurilmalar yoki QR kod orqali ular bilan fayllaringizni ulashishingiz mumkin.1,3

Endi AirDrop® uchun qo'llab-quvvatlanadi.

Fayllaringizni oson ulashing. Endilikda AirDrop® funksiyasini qo'llab-quvvatlash evaziga Quick Share Galaxy qurilmangiz hamda iPhone, iPad va macOS qurilmalari o'rtasida surat, video va fayllarni yuborish va qabul qilish imkoniyatini beradi.4,5,6

Uzoq masofadan ham yaqinlaringiz bilan ma'lumotlaringizni oson ulashing

Masofa muammo emas. Yaqinlaringiz atrofingizda bo'lmasa ham siz kontaktlaringiz orqali ko'plab qabul qiluvchi qurilma turlari uchun Quick Share funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.7

Fayllaringizni xotirjam
ko'ngil bilan ulashing

Ma'lumotlaringizni ulashgandan so'ng ham ularning xavfsizligini ta'minlang.
Shaxsiy ulashish yordamida siz o'z fayllaringizning yaroqlilik sanasi va vaqtini belgilashingiz mumkin. Shuningdek, siz qabul qiluvchilarga ekranni suratga olish, fayllarni saqlab olish yoki boshqa foydalanuvchilarga yuborishini cheklab qo'yishingiz mumkin.8,9

Boshqa ishlab chiqaruvchilar qurilmalari bilan oson ulashing

Yaqinlaringiz Samsung Galaxy qurilmalaridan foydalanmasa ham Quick Share yordamida ular bilan fayllaringizni ulashishingiz mumkin. Samsung Galaxy Book qurilmangizdan foydalanib nafaqat Samsung Galaxy qurilmalari, balki boshqa ishlab chiqaruvchilarning qo'llab-quvvatlanadigan Android qurilmalari va shaxsiy kompyuterlari bilan suratlar, video va fayllaringizni ulashishingiz mumkin.2,10,11

Quick Share funksiyasidan foydalanish

Shaxsiy kompyuterda Quick Share dan foydalanish

Samsung Galaxy Book qurilmangizdagi fayllarni ulashish uchun Quick Share funksiyasidan foydalaning. Siz Samsung Galaxy qurilmalari hamda uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilarining boshqa qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalari bilan foto suratlar, video va hujjatlaringizni ulashishingiz mumkin.1,2,11,14

Ko'p beriladigan savollar

  • Qaysi qurilmalar Quick Share funksiyasini qo'llab-quvvatlaydi?

    Quyida Quick Share funksiyasini qo'llab-quvvatlash talablari bilan tanishing

    [Smartphone/Tablet]
    • Android OS 10 (Q OS) yoki undan yangi & One UI 2.1 yoki yangi versiyaga ega Galaxy qurilmalari


    [PC]
    Qo'llab-quvvatlanadigan xususiyatlar
    • OS: Windows 10 2004 yoki undan yangi
    • Bluetooth Driver: Intel 22.50.02 yoki undan yangi versiyasi
    • Wi-Fi Driver: Intel 22.50.07 yoki undan yangi versiyasi

    Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalar
    • Samsung Galaxy Book (including Qualcomm-based PCs released in 2020 or later)
    • Intel Bluetooth/Wi-Fi drayveriga ega boshqa ishlab chiqaruvchilarning Windows shaxsiy kompyuterlari


    ※ Quyidagi havoladan foydalanib, boshqa ishlab chiqaruvchilarning shaxsiy kompyuterlari uchun Google Quick Share-ni yuklab olishingiz mumkin. (https://www.android.com/better-together/quick-share-app/)

    • Quick Share funksiyasi Android 6 (M OS) va undan yangi versiya, Chromebook va ayrim Windows qurilmalarida qo'llab-quvvatlanishi mumkin.
  • Siz Google Quick Share - dan Samsung Galaxy bo'lmagan Android qurilmalari va shaxsiy kompyuterlarida (shu jumladan Chromebooklarda) foydalanishingiz mumkin. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun "qaysi qurilmalar tezkor almashishni qo'llab-quvvatlaydi?"
  • Yaqin atrofdagi boshqa qurilmalardan fayllarni qabul qilish uchun sizning ekraningiz yongan holatda bo'lishi, "Siz bilan kim ulashishi mumkin" Quick Share sozlamalarida esa "Faqat kontaktkar" yoki "Barcha" tanlangan bo'lishi kerak. Agarda yuboruvchi o'zining Quick Share ekranida sizning qurilmangizni topa olmasa, ularning qurilmalari va o'zingiznikini tanlang. Ammo, bir xil Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tgan qurilmalar, "Siz bilan kim ulashishi mumkin" sozlamasidan qat'iy nazar hamma vaqt bir-biridan fayllarni qabul qilishi mumkin.
  • Quyida "Siz bilan kim ulashishi mumkin" paramterlari keltirilgan.

    • Hech kim: Siz bilan hech kim ulasha olmaydi.
    • Faqat kontaktlar: Sizning Samsung hisob qaydnomangiz bilan kontaktlaringizda saqlangan foydalanuvchilar ulashishi mumkin.
    • Barcha: Yaqin atrofdagi barcha siz bilan ulashishi mumkin.

    * Faqat 10 daqiqa davomida amal qiladi: tanlanganda, funksiya avtomatik tarzda Faqat kontaktlar yoki Hech kim tanloviga o'tadi (Samsung hisob qaydnomasi bilan kirilmaganda)
    * Bir xil Samsung hisob qaydnomasi bilan kirgan qurilmalar sozlamalardan qat'iy nazar o'zaro ma'lumotlarni ulashishi mumkin.
  • Yaqin-atrofdagi qurilmalar bilan ulashish
    - Fayllarni mobil tarmoqdan foydalanmasdan ulashish mumkin.

    QR kod yordamida ulashish / kontaktlar bilan ulashish
    - Mobil tarmoqdan foydalanish talab etiladi. Katta hajmli fayllarni Wi-Fi tarmog'iga ulangan holda ulashish qat'iyan tavsiya etiladi.
  • Yaqin-atrofdagi qurilmalar bilan ulashilganda fayllarning soni va hajmi borasidagi cheklovlar mavjud emas.
    QR kod yordamida va kontaktlar bilan ulashilganda bir vaqtning o'zida 1000 tagacha faylni ulashish mumkin. Ulashish mumkin bo'lgan bir faylning maksimal hajmi 10 GB hamda kunlik maksimal 10 GB ma'lumotni ulashish mumkin.
    Shaxsiy ulashish yordamida siz bir vaqtning o'zida maksimal 20 tagacha fayl hamda 200 MB hajmgacha ma'lumotni ulashishingiz mumkin.
  • Yaqin-atrofdagi qurilmalar bilan ulashilganda fayllarning turi borasidagi cheklovlar mavjud emas.
    Turli tasvir, video, audio, hujjat, APK, URL va boshqa turdagi fayllarni erkin ulashish mumkin.

    QR kod yordamida hamda kontaktlar bilan ulashilganda ayrim turdagi fayllar qo'llab-quvvatlanmaydi:
    Bajariladigan fayllar: .exe, .com, .bat, .cmd, .vbs, .reg, .msi.

    Shaxsiy ulashish yordamida quyidagi turdagi fayllarni ulashish mumkin:
    • Suratlar: "jpeg", "jpg", "png", "gif", "bmp", "webp", "heic", "dng"
    • Videolar: "webm", "mp4", "3gp", "3g2", "mkv"
    • Audio: “mp3”, “wav”, “ogg”, “m4a”
    • Hujjatlar: “txt”, “pdf”
  • Shaxiy ulashishdan foydalanish uchun Quick Share interfeysining yuqori qismidagi "Qo'shimcha parametrlar" menyusini tanlang va "Shaxsiy ulashishni yoqish" ni tanlang.
    Shaxsiy ulashish boshqa foydalanuvchilarga ekranni suratga olish, fayllarni saqlab olish yoki qayta yuborishni ta'qiqlaydi.
    Shuningdek siz fayllaringiz uchun amal qilish vaqti va sanasini belgilab, belgilangan muddat yakunlanganidan so'ng foydalanuvchiga ulashilgan fayldan foydalanishni ta'qiqlashingiz mumkin.
    Shaxsiy ulanishdan shxsiy ma'lumotga ega maxfiy fayllar hamda saralangan shaxs uchun mo'ljallangn maxfiy fayllarni ulashish uchun foydalanish tavsiya etiladi.

    *Shaxsiy ulashish Galaxy smartfonlari, planshetlari va Galaxy Book qurilmalarida mavjud.
    *Shaxsiy ulashish funksiyasining mavjudligi mamlakat va mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
  • Shaxsiy ulashish yordamida 20 donagacha fayl yoki 200 MB hajmgacha ma'lumotni bir vaqtda yuborishingiz mumkin.
  • Shaxsiy ulashish yordamida quyidagi turdagi fayllarni ulashish mumkin:
    • Suratlar: "jpeg", "jpg", "png", "gif", "bmp", "webp", "heic", "dng"
    • Videolar: "webm", "mp4", "3gp", "3g2", "mkv"
    • Audio: “mp3”, “wav”, “ogg”, “m4a”
    • Hujjatlar: “txt”, “pdf”

Galaxy smartfoni

Ilova va Xizmatlar

  • Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi dasturiy ta'minot versiyasi, model va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
  • Funksiyaning mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
  1. Samsung Galaxy qurilmalarida, jumladan,  Android 10 (Q) yoki undan yuqori versiya hamda One UI 2.1 yoki undan yuqori versiyali smartfon va planshetlarida qo'llab-quvvatlanadi. Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalarga Samsung Galaxy Book, jumladan, Qualcomm asosidagi 2020-yil va undan so'ng ishlab chiqarilgan qurilmalar kiradi (OS: Windows 10 2004 va undan yangi versiya, Bluetooth drayveri: Intel 22.50.02 yoki undan yuqori versiya, Wi-Fi drayveri: Intel 22.50.07 va undan yuqori versiy). Samsung hisob qaydnomasi, hamda Wi-Fi va Bluetooth tarmoqlariga ulanish talab etiladi. Bir vaqtning o'zida yuborish mumkin bo'lgan fayllar soni yuboruvchi qurilmadagi Wi-Fi chipining apparat imkoniyatlariga bog'liq. Haqiqiy ulashish tezligi qurilma, tarmoq holati va foydalanish muhitiga qarab farq qilishi mumkin.

  2. [Smartfon/planshet]
    • Android OS 10 (Q OS) va undan yangi versiya, One UI 2.1 va undan yangi versiyaga ega Galaxy qurilmalari
    [Shaxsiy kompyuter]
    Qo'llab-quvvatlanadigan xususiyatlar
    • OS: Windows 10 2004 va undan yangi versiya
    • Bluetooth drayveri: Intel 22.50.02 yoki undan yangi versiya
    • Wi-Fi drayveri: Intel 22.50.07 va undan yangi versiya
    Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalar
    • Samsung Galaxy Book (jumladan Qualcomm asosidagi 2020 yilda ishlab chiqarilgan va undan yangi shaxsiy kompyuterlar)
    • Boshqa ishlab chiqaruvchilarning Intel asosidagi Bluetooth/Wi-Fi drayverlarig ega Windows shaxsiy kompyuterlari
    • Quick Share quyidagi link boshqa ishlab chiqaruvchilarning kompyuterlari uchun yuklab olishingiz mumkin. (https://www.android.com/better-together/quick-share-app/)
    • Ravon ish jarayoni uchun Windows operatsion tizimi va Bluetooth/Wi0Fi drayverlarining eng so'nggi yangilanishlaridan foydalaning
    • Ishlab chiqaruvchi va modelga qarab mazkur xizmatning ayrim yoki barcha funksiyalari cheklangan bo'lishi mumkin.
       
  3. Quick Share funksiyasi Android 6 (M OS) va undan yangi versiya, Chromebook va ayrim Windows qurilmalarida qo'llab-quvvatlanishi mumkin. Ayrim sozlamalar va funksiyalar farq qilishi mumkin.

  4. Samsung Galaxy S26 Ultra, Samsung Galaxy S26+ yoki Samsung Galaxy S26 uchun dasturiy ta'minotning so'nggi versiyasi talab etilae qurilmalari bilan ulashish funksiyasi standart tarzda sozlamalarda yoqilgan. Fayllarni Apple qurilmasiga yuborish uchun qabul qiluvchidan AirDrop funksiyasini "Barchaga 10 daqiqaga" rejimida yoqishini so'rang va suratlar va fayllarni yuboring. Bundan keyin kerakli kontentni oching, Ulashish > Quick Share bosing va qurilmani tanlang. Apple qurilmasidan fayllarni qabul qilish uchun sizning Galaxy S26 Ultra, S26+ yoki S26 smartfoningizda Quick Share qabul qilish oynasi ochilganligiga ishonch hosil qiling yoki yuboruvchi fayllarni AirDrop orqali yuborishidan avval oldindan qabul qilish sozlamalarini "Barchaga (Faqat 10 daqiqaga)" rejimiga o'zgartiring. 

    Apple qurilmalari bilan ulashish uchun Quick Share 13.8.51.27 yoki undan yuqori versiya va Google Play 26.11.xx yoki undan yuqori versiyali xizmatlari o‘rnatilgan Galaxy qurilmasi talab etiladi. 2026-yil mart oyi holatiga "Apple qurilmalari bilan ulashish" funksiyasi faqat Galaxy S26 Ultra, S26+ yoki S26 qurilmalarida qo‘llab-quvvatlanadi va kelajakda ayrim flagman modellarda qo'llab-quvvatlanishi kutilmoqda.

  5. Mavjudlik farq qilishi mumkin. Moslik faqat Google bilan qo'llab-quvvatlanadi. Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalar talab etiladi. Ular Bluetooth amal qilish maydonida bo'lishi kerak.

  6. AirDrop® — bu Apple Inc. ro'yxatdan o'tgan savdo belgisi hisoblanadi. Smartfoningiz iOS qurilmalarini izlash yoki ular bilan ulashish jarayonida vaqtinchalik Wi-Fi tarmog'idan uzilishi mumkin. 

  7. Kontaktlar bilan ulashish funksiyasi hozirda qo'llab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy smartfon va planshetlarida (shaxsiy kompyuterda emas) mavjud.

  8. Shaxsiy ulashish funksiyasi faqat Samsung Galaxy qurilmalari orasida qo'llab-quvvatlanadi. Bir martada soni 20 tagacha va umumiy hajmi 200 MB gacha bo'lgan fayllarni ulashish mumkin.

    Quyidagi turdagi fayllarni ulashish mumkin:
    • Suratlar (.jpg, .jpeg, .png, .gif, .bmp, .webp, .heic, .dng)
    • Video (.webm, .mp4, .3gp, .3g2, .mkv)
    • Audio (.mp3, .wav, .ogg, .m4a)
    • Hujjatlar (.txt, .pdf)
       
  9. Shaxsiy ulashish funksiyasi faqat Samsung Galaxy qurilmalari orasida qo'llab-quvvatlanadi. Bir martada soni 20 tagacha va umumiy hajmi 200 MB gacha bo'lgan fayllarni ulashish mumkin.

  10. Iltimos, qo'llab-quvvatlanadigan Windows shaxsiy kompyuterlari xususiyatlari bilan quyida tanishib chiqing.

  11. Boshqa ishlab chiqaruvchilarning qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalari bilan ulashish uchun qurilmalarda Google Quick Share o'rnatilgan bo'lishi kerak.

  12. Ulashish uchun kontaktlarni tanlashdan oldin Quick Share tugmasini bosishni yoki Shaxsiy ulashish funksiyasini yoqishni unutmang. Batafsil ma'lumot olish uchun "Yaqin atrofdagi qurilmalar bilan ulashish" bo'limining 1 qadamiga murojaat eting. 

  13. Samsung hisob qaydnomasi va internetga ulanish talab etiladi. Agarda qabul qiluvchida Samsung hisob qaydnomasi bo'lmasa, ular matnli xabarda fayllarni yuklab olish havolasini oladilar.

  14. Quick Share funksiyasi Samsung Galaxy Book2 va undan yangi versiyadagi qurilma modellarida oldindan o'rnatilgan bo'ladi.