Galaxy FEst
Ko‘ring. Kashf eting. His qiling.
30-avgustdan 1-sentyabrgacha Magic City Park’ga keling va AI, Gaming va Photo zonalarida Galaxy S26 FE’ni birinchilardan bo‘lib sinab ko‘ring. Uch zonadan o‘ting, chiptangizni topshiring va Galaxy S26 FE, Galaxy Tab A11+ hamda Galaxy Buds4 Pro yutuqli o‘yinida ishtirok eting.
Ishtirok etish bepul.
Sovrinlar
- 1-o‘rin – Samsung Galaxy S26 FE
- 2-o‘rin – Samsung Galaxy Tab A11
- 3-o‘rin – Samsung Galaxy Buds4 Pro
-
Qanday ishtirok etish mumkin?Tadbir hududidan chipta olib, ism, familiya va telefon raqamingizni yozing. AI Zone, Gaming Zone va Photo Zone’lardan o‘ting, har bir zona uchun promouterdan belgi oling va to‘ldirilgan chiptani Samsung vakiliga topshiring.
-
Biror narsa xarid qilish kerakmi?Yo‘q. Ishtirok etish bepul va mahsulot xarid qilishni talab qilmaydi.
-
Kimlar ishtirok etishi mumkin?18 yoshga to‘lgan, muomala layoqatiga ega O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari ishtirok etishi mumkin. Tashkilotchi, unga aloqador shaxslar va aksiyani o‘tkazishda ishtirok etayotgan kompaniyalar xodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari ishtirok eta olmaydi.
-
Bir necha marta ishtirok etish yoki chiptani boshqa kishiga berish mumkinmi?Yo‘q. Bir ishtirokchi – bitta chipta. Chiptani boshqa kishiga berish yoki sotish taqiqlanadi. Chiptadagi ma’lumotlar uni topshirayotgan ishtirokchiga tegishli bo‘lishi kerak.
-
Nima yutib olish mumkin?Uchta sovg‘a: Samsung Galaxy S26 FE, Galaxy Tab A11+ va Galaxy Buds4 Pro – har biridan 1 tadan. Bir ishtirokchi bittadan ortiq sovg‘a olishi mumkin emas. Sovg‘alar soni cheklangan.
-
G‘oliblar qachon va qanday aniqlanadi?2026-yil 1-sentyabrda Magic City Park hududida. Tiketlar lototron yordamida tasodifiy tarzda tanlanadi: avval 3-o‘rin, keyin 2-o‘rin, so‘ng 1-o‘rin aniqlanadi.
-
Yutganimni qanday bilaman?G‘olib bilan chiptada ko‘rsatilgan telefon raqami orqali bog‘laniladi.
-
Sovg‘a o‘rniga pul olish yoki boshqa modelni tanlash mumkinmi?Yo‘q. Sovg‘ani pul yoki boshqa mahsulotga almashish imkoniyati yo‘q. Standart kafolat amal qiladi.
-
Sovg‘a uchun soliq to‘lash kerakmi?Yo‘q. Soliqlar va majburiy to‘lovlarni Tashkilotchi amalga oshiradi.
-
To‘liq qoidalar qayerda va savollar bo‘lsa, qayerga murojaat qilish mumkin?To‘liq shartlar aksiya saytida joylashtirilgan ommaviy ofertada keltirilgan.
- * Ushbu sahifadagi ma’lumotlar qisqartirilgan shaklda taqdim etilgan. To‘liq qoidalar, shartlar va ishtirok etish tafsilotlari aksiya saytida joylashtirilgan ommaviy ofertada ko‘rsatilgan. Ommaviy oferta bilan tanishish majburiy.
- * Mahsulotlar, sovg‘alar va interfeyslarning barcha tasvirlari faqat namoyish maqsadida yaratilgan. Sovg‘alarning rangi va ayrim tashqi xususiyatlari farq qilishi mumkin.
- * Aksiyada ishtirok etish bepul va tovar, ish yoki xizmat xarid qilishni talab etmaydi. Aksiya lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa qimor o‘yini emas.