Sovutgichlar
Ayni o’zingizga mos sovutgichni tanlang
Ishonchingizni oqlashga qodir texnika
20 Yillik Kafolat
Samsung texnikasi yuqori sifatli tarkibiy qismlar va muhandislik ishlanmalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan bo’lib, bu uning yuqori chidamliligini ta’minlaydi. Raqamli invertor kompressorlarining kafolat muddati 20 yilga uzaytirilgani natijasida esa, siz maishiy texnikadan yanada uzoqroq foydalanishingiz mumkin.4
Amerika va fransuz uslublaridagi innovatsion muzlatish kamerali sovutgichlarimiz
French Door va American style o‘zida mujassam etgan muzlatish kamerali sovutgichlar nafis dizayn va aqlli funksiyalarga ega. Ular sizga taomlarni rejalashtirish va musiqa tinglashdan tortib, chiqindilarni kamaytirish va mahsulotlaringizning yangiligi uzoqroq saqlanishiga qadar barcha yumushlaringizda yordam beradi.
Klassik muzlatish kamerali sovutgich aynan sizga mos xususiyatlar
Har qanday oshxonani boyitadigan minimalistik dizayn tufayli, klassik muzlatish kamerali sovutgich ko‘proq mahsulotlarni kengroq moslashuvchanlik bilan saqlash imkonini beruvchi aqlli texnologiya bilan jihozlangan.
Ko'p Beriladigan Savollar
-
Sovutgich xarid qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?Muzlatish kamerali sovutgich xarid qilganda e’tiborga olish kerak bo‘lgan uchta asosiy jihat bor:
1. Joy - sovutgichingiz o‘rnatiladigan xonada qancha joy borligini hisobga oling
2. Sig‘im - bir vaqtning o‘zida qancha miqdordagi oziq-ovqat va ichimliklarni saqlashingiz kerak?
3. Rejalashtirish - Mahsulotlaringizni qayerda va qanday nisbatda saqlashni xohlaysiz?
Ushbu uchta jihatni aniqlab olish sizga kerak bo‘lgan sovutgichning o‘lchami va dizayni haqida aniq tasavvur beradi.
Shuningdek, energiya sarfini hamda sovutgichning xonadoningiz interyeriga mos kelishini yoki uni xohishga ko’ra joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishni istashingizni ham hisobga olish kerak. -
Qanday o’lchamdagi muzaltish kamerali sovutgich menga mos keladi?Doimo u yoki bu texnikaning o‘lchami to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin uni joylashtirmoqchi bo’lgan hududni o‘lchang.
Shuningdek, muzlatish kamerali sovutgich atrofida biroz bo‘sh joy qolishi uchun o‘lchovlaringizda ozgina qo’shimcha joy qolganiga ishonch hosil qilishingiz kerak.
Ushbu foydali qo‘llanmadan aynan qaysi o‘lchamdagi muzlatgich sizga mos kelishi va uni qanday o‘lchash kerakligi haqida bilib olasiz. -
Samsung sovutgichlarining muzlatish kamerasidagi Power freeze funksiyasi nima?Power Freeze funksiyasi muzlatish kamerasini to‘ldirishingiz bilanoq uning haroratini tezda pasaytirishi tufayli, uni muzdan eritish haqida qayg‘urishingiz shart emas.
-
Samsung sovutgichlaridagi Twin Cooling texnologiyasi nima?Twin Cooling texnologiyasi — bu sovutish va muzlatish kameralari uchun ikkita alohida sovutish tizimi hamda sabzavot va mevalarni saqlash uchun namlikni optimal darajada (~70%) ushlab turish imkoniyati. Uning yordamida mahsulotlaringiz uzoq vaqt davomida o’z sifatini saqlab qoladi hamda yangi xarid qilingandagidek mazali bo‘lib turadi.
Mahsulot bo'yicha qo'llab-quvvatlash
Savollarga javoblar va yordam, qo'llanmalarni yuklab olish, kafolat uchun ro'yxatdan o'tish va boshqalar.


- *Tasvirlar modellashtirilgan va faqat namoyish maqsadi uchun mo‘ljallangan. Mahsulotning unumdorligiga ta’sir qilmaydigan tashqi ko‘rinishi, dizayni va foydalanuvchi interfeysi xususiyatlari oldindan ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.
- *Qurilmaning texnik xususiyatlari va tuzilmasi oldindan ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.
- *Qurilmaning haqiqiy rangi monitorning rang uzatish xususiyatlariga qarab, saytda ko‘rsatilgan rangdan farq qilishi mumkin.
- *Ayrim modellar, funksiyalar va ilovalarning mavjudligi mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
- *Ayrim funksiyalarning to‘g‘ri ishlashi uchun Wi-Fi tarmog‘iga ulanish va/yoki Galaxy Store yoki Play Market’dan ilovalarni yuklab olish talab etilishi mumkin. Buning uchun Samsung hisob qaydnomasiga ega bo‘lishingiz zarur.
- *Android va iOS qurilmalari uchun mavjud bo’lgan SmartThings ilovasi hamda mos aqlli eshik qo‘ng‘irog‘i talab etiladi. Internetga ulanish talab etiladi.
- 1. Muzlatkichning ichki sig‘imi modelga qarab farq qilishi mumkin.
- 2. Foydalanish sharoitiga qarab, vaqti-vaqti bilan muzdan eritish talab etilishi mumkin.
- 3. Ushbu texnologiyaning amaldagi samaradorligi mahsulotlar turi, miqdori va foydalanish sharoitlariga qarab o‘zgarishi mumkin.
- 4. 20 yillik kafolat faqat O‘zbekiston hududidagi rasmiy dilerlar yoki Samsung’ning rasmiy hamkorlari orqali xarid qilingan Samsung muzlatkichlarining raqamli invertor kompressori uchun amal qiladi. Kafolat shartlari haqida sotuvchidan yoki Samsung’ning rasmiy xizmat ko‘rsatish markazidan aniqlashtiring.
- 5. Ushbu texnologiyaning samaradorligi foydalanish sharoitlari va muzlatkichning to‘ldirilganlik darajasiga bog‘liq.
- 6. Suv idishi avtomatik to‘ldiriladigan modellar uchun suv ta’minoti tizimiga ulanish talab etiladi. Ulanish xaridor tomonidan mustaqil tarzda yoki rasmiy xizmat ko‘rsatish markazi orqali amalga oshiriladi. Batafsil shartlarni sotuvchidan aniqlashtiring.
- 7. Mazkur funksiya faqat Family Hub™ tizimini qo‘llab-quvvatlovchi muzlatkichlarda mavjud bo‘lib, doimiy Wi-Fi tarmog‘iga ulanganlikni talab qiladi. Ayrim Family Hub™ funksiyalari (onlayn xizmatlar, ilovalar va aqlli uy boshqaruvi kabilar) O‘zbekiston hududida cheklangan bo‘lishi mumkin.
- 8. Faqat ayrim Samsung muzlatkich modellari uchun mavjud. Amaldagi natijalar foydalanish sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin.
- 9. SmartThings ilovasi orqali boshqarish funksiyasi faqat Wi-Fi tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Samsung muzlatkich modellarida mavjud. Undan foydalanish uchun mos mobil qurilma hamda internet tarmog‘iga ulanish talab etiladi. Ayrim SmartThings funksiyalari O‘zbekiston hududida cheklangan bo‘lishi mumkin.