Ushbu sayt cookie -lardan foydalanadi. QABUL QILISH tugmasini bosish yoki saytni ko'rishda davom etish bilan, siz cookie -lardan foydalanishimizga roziligingizni berasiz.
Batafsil
*Galaxy A54 5G IP67 ximoya darajasiga ega. Laboratoriya sinovlari natijalariga ko'ra u chuchuk suvga 1 metr chuqurlikka 30 daqiqagacha tushirilishi mumkin. Plyaj yoki basseynda foydalanish tavsiya etilmaydi. Qurilmaning suv va changga chidamliligi doimiy ko'rsatkichlar bo'lmasdan, vaqt o'tishi bilan kamayishi mumkin. **Ranglarning mavjudligi mamlakat va yetkazib beruvchiga bog'liq.
Eng yaxshi 4 xususiyat
Ajoyib Dizayn
Yuqori mustaxkamlik va yorqin dizayn
Ajoyib video
VDIS va avtokadrlash
Ajoyib tungi surat
Keng OIS va Kengaytirilgan tasvir sensori
Ajoyib ekran
Yorqin va yuqori silliqlik darajasidagi sAMOLED ekra
Oddiylikdagi go'zallik
Galaxy A54 5G dizayni sizning mukammallikka bo'lgan intilishingizni ko'rsatadi: ort qopqoq premium shishadan yasalgan, kameralarning yangicha joylashuvi hamda nafis ranglar. Nigohlarni o'ziga jalb qiluvchi silliq sirtdagi qoyilmaqom individuallikdan zavq oling.
*Ranglarning mavjudligi mamlakat va yetkazib beruvchiga bog'liq.
Laym
Binafsha rang
Grafit
Oq
Hamyoningizdagi professional kamera
OIS: Tasvirni Optik Stabillashtirish.
Ajoyib videolarni osonlik bilan tasvirga oling
VDIS hamda kengroq o'lchamdagi ko'rish burchagi bilan Galaxy A54 5G refreyming hamda avtofokus imkoniyatlari evaziga yuqori sifatli videolarni osonlik bilan tasvirga olish imkonini beradi.
*VDIS: Tasvirni raqamli stabillashtirish.
Ajoyib kamera
Tungi rejim yordamida Tunga yorug'lik baxsh eting
Qorong'u paytda ham aniq tasvirlar
Faqatgina tasvirga olsangiz bas. Yaxshilangan tasvir datchigi evaziga Galaxy A54 5G yorqin tasvirga oladi. Qorong'u paytda kamera avtomatik tarzda kechki rejimga o'tadi.
Kamera faqat sizni o'ylaydi
Old kamera
Chiroyli tasvirlar olishni yoqtirasizmi? 32 megapikselli old kamera bilan endi siz tasvir sifati haqida o'ylashingiz shart emas. Professional fotograf ijodiga mansub bo'lgandek ko'rinishdagi ajoyib selfilar bilan o'zingizni eng yaxshi tomoningizni aks ettiring.
Go'zallikni ajoyibotga aylantiring
Tasvirni yaxshilash
Tasvirni yaxshilash funksiyasi yordamida o'z tasvirlaringiz sifatini oshiring. Sun'iy intellekt asosida ishlovchi intuitiv darajada tushunarli vosita yordamida tasvir aniqligini oshirib, xiralik va shovqinlarni kamaytiring.
*Tasvir namuna maqsadi uchun modellashtirilgan.
O'zingizga eng ma'qulini qoldiring
Obyektlarni o'chirish
Mukammal tasvir xohlaysizmi? Tasvirga olganingizdan so'ng sun'iy intellekt keraksiz obyektlar, soya, aks va boshqalarni olib tashlashga yordam beradi.
*Tasvir namuna maqsadi uchun modellashtirilgan.
Quyosh nurlari ostida ham yorqin va ravshan ekran
120Gs yangilanish chastotasiga ega cheksiz va yuqori aniqlikdagi 6,4 dyuymli FHD+ displey har qanday yorug'likda istalgan kontentni qulay tomosha qilish imkonini beradi.
* 6,4 dyuym ekran o'lchami ekran tashqarisiga chizilgan to'g'ri to'rtburchak diagonali o'lchamiga teng. Ekran burchaklarining yassilashganligi tufayli ushbu o'lcham 6,3 dyuymga teng. Yumaloqsimon burchak hamda kamera o'rni tufayli ekranning amaldagi ish maydoni kichikroq.
Ish samaradorligi
Yangi darajaga chiqamiz
Protsessor
Sakkiz yadroli protsessor yordamida barchasiga tayyor bo'ling. Yuqori ish va energiya samaradorligidan zavq oling. Imkoniyatlaringizni to'liq namoyish etib, har qanday vazifani osonlik bilan bajaring.
*Tasvir namuna maqsadi uchun modellashtirilgan.
Barchasini yodda tutish
Xotira
256 gb gacha oldindan o'rnatilgan xotira hamda 1 Tb gacha microSD qo'llab quvvatlash imkoniyati bilan sizda qadrli onlaringizni saqlash uchun yetarlicha joy bo'ladi.
* Operativ xotira (RAM) hamda oldindan o'rnatilgan xotira hajmi sotilayotgan mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. Foydalanuvchi ixtiyoridagi ichki xotira hajmi oldindan o'rnatilgan dasturiy ta'minot hajmiga bog'liq bo'ladi. ** microSD karta alohida sotiladi. ***Tasvir namuna maqsadi uchun modellashtirilgan.
Ikki kungacha zaryad olmasdan
5000 mAs (odatiy ko'rsatkich) katta hajmli batareya bilan o'zingizga muhim vazifalar uchun vaqtingiz bemalol yetadi. Sun'iy intellekt ishlash davomiyligini uzaytirish uchun energiya sarfini optimallashtiradi, tezkor*** zaryad olish imkoniyati esa qisqa vaqt ichida telefonni qayta zaryad olishiga yordam beradi.
*Odatiy ko'rsatkichlar uchinchi tomon firmalar amalga oshirgan mustaqil laboratoriya sinovlari asosida olingan. Odatiy ko'rsatkich - bu IEC 61960 standarti usuli bo'yicha bir nechta batareya hajmini o'lchashdagi natijalar tarqalishini inobatga oluvchi o'rtacha ko'rsatkich. Nominal (minimal) hajm ko'rsatkichi 4905 mAs ga teng. ** Batareyaning haqiqiy resurslari o'lchami tarmoq turi, foydalanilayotgan funksiya va ilovalar, qo'ng'iroq va xabarlar yuborish chastotasi, zaryad olish sikli hamda boshqa faktorlarga bog'liq. Telefon ishlashi davomiyligni aniqlash Strategy Analytics mustaqil kompaniyasi tomonidan 2023.01.19 dan 2023.01.30 davrda Buyuk Britaniyada, LTE, Wi-Fi va 5G Sub6 (5G mmWave tarmog'ida sinovlar o'tkazilmagan) tarmoqlarida, boshlang'ich sozlamalarga ega seriyadan oldingi SM-A546 telefonlari uchun odatiy foydalanuvchi profili inobatga olingan holda o'tkazilgan. ***Tasvir namuna maqsadi uchun modellashtirilgan. ****Zaryadlovchi qurilma alohida sotiladi.
Ajoyib qulaylik
Yanada ko'proq ta'sir
Taktil ta'sir
Galaxy A54 5G ning yaxshilangan taktil ta'sir etish imkoniyatlari sizga noyob taassurotlarni baxsh etadi. Zamonaviy vibratsiya texnologiyasi evaziga u siz his etishingiz mumkin bo'lgan hikoyani so'zlaydi. O'z telefoningiz bilan betakror ta'sir etish imkoniyatlaridan zavq oling.
*Tasvir namuna maqsadi uchun modellashtirilgan.
Imkoniyat chegaralaridan tashqariga chiqing.
Mustahkamlik
Chang yo'llardan tortib to sayoz suvgacha, Galaxy A54 5G turli sharoitlarda ishlashga qodir. Qanday vaziyat yuzaga kelishidan qat'iy nazar, siz unga ishonishingiz mumkin.
*Galaxy A54 IP67 ximoya darajasiga ega. Laboratoriya sinovlari natijalariga ko'ra u chuchuk suvga 1 metr chuqurlikka 30 daqiqagacha tushirilishi mumkin. Plyaj yoki basseynda foydalanish tavsiya etilmaydi. Qurilmaning suv va changga chidamliligi doimiy ko'rsatkichlar bo'lmasdan, vaqt o'tishi bilan kamayishi mumkin.
Kuchli va boy tovush
Yangi o'lchamdagi tovush
Galaxy A54 5G stereodinamiklari evaziga qamrovli tovush ijrosini his eting. Dolby Atmos texnologiyasidan foydalangan holda, smartfon foydalanuvchiga to'liq sho'ng'ish va voqealar markazida bo'lish tuyg'ularini taqdim etadi.
Siz bilan yanada ko'proq
Operatsion tizim yangilanishi va Xavfsizlik
Galaxy A54 5G texnologik jihatdan uzoq vaqt mobaynidagi foydalanishga ixtisoslashgan. Mazkur model kamida 4 avlod operatsion tizim yangilanishi va 5 yillik xavfsizlik tizimi yangilanishlarini qo'llab quvvatlaydi.
*Tasvir namuna maqsadi uchun modellashtirilgan.
Samsung Galaxy dunyosiga qadam tashlang
Smart Switch
Istalgan operatsion tizimdagi eski smartfoningizdan ilovalar, suratlar, xabarlar va boshqa fayllaringizni yangisiga Smart Switch yordamida bir nechta xarakat bilan o'tkazing.
Interfeysni o'zingizning didingizga moslashtirish har doimgidan-da osonroq.One UI deyarli barcha detallarni foydalanuvchiga moslab sozlash imkonini yaratadi: qulflash ekrani va tashqi ko'rinish dizaynidan tortib, vidjet va barcha qurilmalaringizdagi ogohlantirish xabarlarigacha.
*Изображение смоделировано в иллюстративных целях. Фактический пользовательский интерфейс может отличаться.
**Доступные функции могут отличаться в зависимости от устройства, страны, региона, оператора связи или версии One UI.
***Устройства Samsung Galaxy, показанные на изображении, продаются отдельно.
Saytda xarid qilib ko'proq foyda oling
Texnik xususiyatlari
Protsessor
2.4GHz, 2GHz
Ogʻirlik (g)
202
Protsessor tezligi
2.4GHz, 2GHz
Protsessor turi
Octa-Core
O'lchami (asosiy displey)
163.1mm (6.4")
Aniqligi (asosiy displey)
1080 x 2340 (FHD+)
Texnologiyasi (asosiy displey)
Super AMOLED
Rang ravshanligi (asosiy displey)
16M
Maksimal yangilanish tezligi (Asosiy displey)
120 Hz
Orqa kamera - aniqligi (bir nechta)
50.0 MP + 12.0 MP + 5.0 MP
Orqa kamera - Diafragma (bir nechta)
F1.8 , F2.2 , F2.4
Orqa kamera - avto fokus
Ha
Orqa kamera - Tasvirning optik stabilizatori (OIS)
*Tarmoq: qurilma tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan o'tkazish qobiliyati mintaqa va xizmat ko'rsatuvchiga qarab farq qilishi mumkin.
*Batareya: Batareyaning haqiqiy chidamliligi tarmoq sharoiti, foydalanilayotgan xususiyatlar va ilovalar, qo'ng'iroq va xabarlar soni, zaryadlashlar soni va ko'plab boshqa omillarga bog'liq.
*Foydalanuvchi uchun amaldagi xotira: Haqiqiy foydalanuvchi xotira hajmi operatorga qarab farq qiladi hamda dasturiy ta'minotning yangilanishidan so'ng o'zgarishi mumkin.
Birja ogohlantirishini oling
Get alert when this item is back in stock and available to buy, by adding your email to opt into alerts.
Please double check your email address.
We will email you when inventory is added.
Tashakkur.