Galaxy S24 Ultra

AI funksiyalari

 

Ma'lumotlarni yangicha izlang1, qo'ngiroq vaqtida jonli tarjimaga ega bo'ling2, eslatmalaringizdan xulosa oling3 hamda tasvirlarni oson tahrirlang4 — bularning barchasi sun'iy intellekt yordamida sizning smartfoningizda mujassam.5

 

Titanli himoya

 

Ramkaga o'rnatilgan mustahkam titan qoplama va Corning® Gorilla® Armor yordamidagi ekran tirnalishlardan himoyalangan Galaxy S24 Ultra IP68 darajadagi suv va changga chidamliligi bilan sarguzashtlar uchun tayyor.6,7,8

 

Oldindan o'rnatilgan S Pen yangi bobni yozadi

 

Galaxy Note me'rosi yanada boyitilmoqda. Barmoqda boshqargandan-da yuqoriroq aniqlik bilan yozing, bosing va siljiting.

 

200 Megapiksel. Tabiiylikka davogar tafsilotlar

 

Smartfondagi maksimal piksellar hamda sun'iy intellekt yordamidagi qayta ishlash bilan hayratlanarli darajadagi tafsilotlarni suratga oling. Takomillashtirilgan ProVisual Engine obyektlarni aniqlaydi — rang tuslarini yaxshilaydi, xiralikni kamaytiradi va detallarga urg'u beradi.

 

Tasvirni yaqinlashtiring, hattoki tunda ham

 

1,6 marotaba oshirilgan piksellar va yanada kengroq ekran tufayli foto va video suratlar yanada yorqin va barqaror chiqib, hatto uzoq masofadagi obyektlar ham kun-u tun ajoyib ko'rinishga ega bo'ladi.7,9,10

 

Realistik mobil o'yinlar

 

Yanada yuqoriroq qayta ishlash imkoniyati o'zingiz istagan o'yin uchun zarur quvvat taqdim etadi.7 Galaxy S24 Ultra smartfonida deyarli ikki marotaba kattalashgan Vapor Chamber esa sizga yanada ravon grafika taqdim etadi.11,12

O'yinda yana va yana g'alaba qozonishingiz uchun butun kunga yetadigan batareya

 

Ulkan hajm va yuqori energiya samaradorligiga ega Ultra batareyasi sizga zarur vaqtda, misol uchun siz uchun muhim bo'lgan eng asosiy jangda foydalanish davomiyligini uzaytiradi.7,13

 

2600 nit darajadagi eng yorqin adaptiv mobil displey

 

Corning® Gorilla® Armor hatto to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari ostida ham jilolarni kamaytiradi hamda tasvir ravshanligini oshiradi. Takomillashtirilgan Vision Booster esa kotrastlik va rang uzatish darajasini oshirib, foydalanuvchiga noyob taassurotlar taqdim etadi.14

 

  1. "Aylana chizib qidirish" natijalari vizual tasodiflar tufayli farq qilishi mumkin. Internetga ulanish talab etiladi. Foydalanuvchilardan Android operatsion tizimining eng so'nggi versiyasini o'rnatish talab etilishi mumkin. Mahsulotning funksionalligi sizning ilovangiz va qurilma sozlamalariga bog'liq bo'lishi mumkin. Ayrim funksiyalar ma'lum ilovalar uchun mos kelmasligi mumkin. Xizmatning mavjudligi mamlakat va tilga bog'liq. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
  2. Jonli tarjima uchun internetga ulanish va Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tish talab etiladi. Jonli tarjima faqat oldindan o'rnatilgan Samsung Phone ilovasidagina mavjud. Ayrim tillar uchun til to'plamini yuklash talab etilishi mumkin. Xizmatning mavjudligi tilga bog'liq holda farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
  3. Eslatmalar yordami funskiyasi uchun internetga ulanish va Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tish talab etiladi. Belgilar soni cheklangan. Xizmatning mavjudligi tilga bog'liq holda farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
  4. Generative Edit funskiyasi uchun internetga ulanish va Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tish talab etiladi. Generative Edit funksiyasi yordamida tahrirlash fotosurat hajmining 12 MP gacha oz'garishiga olib keladi. Tasvir saqlanganda, uning sun'iy intellekt yordamida generatsiya qilinganligini ko'rsatish uchun unga suv belgisi tushiriladi. Generatsiya qilingan ma'lumotlarning aniqligi va ishonchliligi kafolatlanmaydi.
  5. Galaxy AI funksiyalari qo'llab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy qurilmalarida 2025 yakuniga qadar bepul taqdim etiladi. Uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan ayrim sun'iy intellekt funksiyalaridan foydalanganlik uchun to'lov talab etilishi mumkin.
  6. Titan faqat qurilma ramkasida foydalanilgan. Ramka o'z ichiga tovushni boshqarish tugmalari va yon tugmalarni olmaydi.
  7. Galaxy S23 Ultra bilan taqqoslanganda.
  8. Galaxy S24 Ultra IP68 himoya darajasiga ega. Chuchuk suvga 1,5 metr chuqurlikka 30 daqiqa davomida tushurish bo'yicha laboratoriya sinovlari natijalariga asoslanadi. Plyaj yoki basseynda foydalanish uchun tavsiya etilmaydi. Qurilmaning changga va suvga chidamliligi doimiy ko'rsatkich bo'lmasdan, vaqt o'tishi bilan tabiiy eskirish tufayli kamayishi mumkin.
  9. AI Zoom raqamli kattalashtirish uzunliklari orasidagi masofaga qo'llaniladi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
  10. Natijalar yorug'lik va/yoki tasvirga olish sharoitlari, jumladan bir nechta obyektning mavjudligi, fokusning yo'qolishi yoki obyektlarning siljichiga bog'liq holda farq qilishi mumkin.
  11. Galaxy S24 Ultra smartfonidagi Vapor Chamber S23 Ultra smartfonidagidan 92% kattaroq.
  12. Galaxy S23 Ultra smartfoniga nisbatan AP samaradorligining oshishi ko'rsatilgan. Haqiqiy samaradorli ko'rsatkichi foydalanish muhiti, sharoiti va oldindan o'rnatilgan dasturiy ta'minot va ilovalarga bog'liq bo'ladi.
  13. Haqiqiy avtonom ishlash vaqti tarmoq muhiti, foydalaniladigan funksiyalar va ilovalar, qo'ng'iroqlar va xabarlarning soni, zaryadlar soni va boshqa ko'plab omillarga bog'liq. Ux Connect Research tomonidan tuzilgan o'rtacha foydalanish profili asosida hisoblangan. UX Connect Research kompaniyasining AQSh va Buyuk Britaniyada 2023.11.25 dan 2023.12.15 gacha bo'lgan davrda LTE va 5G sub6 tarmoqlaridan foydalangan holda standart sozlamalarga ega SM-S921, SM-S926 va SM-S928 boshlang'ich versiyalar yordamidagi mustaqil bahosi. 5G mmWave tarmog'ida sinovdan o'tkazilmagan.
  14. Galaxy S24 Ultra smartfonidagi Dynamic AMOLED 2X displeyi DCI-P3 rang gammasida 100 foizlik mobil rang uzatish bo'yicha VDE Germany sertifikatiga ega bo'lib, bu tasvirlaringiz xiralashmasligini hamda yorug'lik darajasidan qat'iy nazar yuqori yorqinlikka ega tasvirlar olishingizni ta'minlaydi. Displey makismal 2600 nit ko'rsatkichgacha yorqinlikka darajasiga erishishi mumkin, bunda raqamli kontentning yorqin va qorong'u qismlari o'rtasidagi kontrast oshirilib, tasvirning yorqinlik darajasi kuchayadi, 5 000 000:1 kontrastlik koeffitsienti esa mobil foydalanish tajribasini yanada zavqli bo'lishiga yordam beradi.

1. Smartfon | 2. USB kabel | 3. SIM karta o'rni uchun kalit
*To'plamda adapter mavjud emas