Galaxy Tab A8 LTE
Keng olamga kengroq nazar
Qalinligi atigi 10,2 mm boʻlgan teng tomonli hoshiyaga ega 10,5 duymli keng displey ekrandagi voqealarga toʻliq shoʻngʻishni taʼminlaydi. Murosasiz oʻrganing. Tillarda doston filmlardan sevimli mashg‘ulotingiz kontentlarigacha – Galaxy Tab A8 kattaroq va mukammalroq tomoshaning yanada keng olamga taklif qiladi
Mumtoz. Zamonaviy
Salqinlik esib turadigan quvnoq estetik dizaynli Galaxy Tab A8 qurilmasining istarasi jonli, tashqi surati esa yoshdir. Qalinligi atigi 6,9 mm keladigan ultraingichka silliq metal korpus Samsung planshetining kulrang, kumush va pushti tilla rangli dizayni bilan uygʻunlashib, uning yengil maftunkorligiga eʼtibor qaratadi.
*Rang tanlash imkoniyati mamlakatga yoki operatorga qarab farqlanishi mumkin.Dinamik tovushga shoʻngʻing
Hajmli sadoning Dolby Atmos® texnologiyasi bilan jihozlangan toʻrtta karnayning audiodagi har bir jihatni beqiyos tiniqlik va chuqurlik bilan ifoda etishi tufayli hordiq taassurotlaringizni oshiring. Oʻyinga toʻliq shoʻngʻishga moʻljallangan Galaxy Tab A8 yoshlarga yoqadigan kontentlar, oʻyinlar va mashgʻulotlarning qurshab oladigan olamini ochadi.
*Ekran tasviri, tasavvur shakllantirish maqsadida modellashtirilgan.Oliy quvvat ustun kelsin
4GB operativ xotira va 128GB ichki xotira bilan juftlangan sakkiz yadroli protsessorga ega Galaxy Tab A8 tezlikni yoki batareya zoye ketkazmagan holda har qanday choʻqqini zabt etishga tayyor. 1TB hajmli microSD karta bilan koʻproq saqlang va 7040mAh sigʻimli (nominal) batareya va 15W tez quvvatlash bilan doim aloqada qoling. *Galaxy Tab A8 operativ xotira va saqlash xotirasining bir necha variantlari bilan taqdim qilinadi. Asosiy variant 3GB operativ va 32GB ichki xotirani taklif qilsa, 4GB operativ xotirali variantda ichki xotiraning 64 va 128GB sig‘imlari mavjud.*Operativ va ichki xotira sig‘imlarining kombinatsiyalari mamlakat yoki mintaqaga qarab farqlanishi mumkin.
*Foydalanuvchi uchun mavjud xotiraning umumiy hajmi operatsion tizim va qurilma funksiyalarini ishlatadigan dasturiy taʼminot saqlanishi tufayli xotiraning umumiy hajmidan kam. Foydalanuvchi uchun mavjud haqiqiy xotira hajmi operatorga qarab farqlanishi va dasturiy taʼminotni yangilagandan keyin oʻzgarishi mumkin.*MicroSD karta alohida sotiladi.*Nominal qiymat uchinchi tomonning laboratoriya sharoitida sinovdan oʻtgan. Odatiy qiymat – bu IEC 61960 standarti bo‘yicha sinovdan o‘tgan batareya namunalari orasidagi batareya sig‘imidagi og‘ishlarni hisobga olgan holda baholangan o‘rtacha qiymatdir. Nominal (minimal) sigʻim – 6 820mAh.*15W tez quvvatlagich alohida sotiladi.*Ekran tasviri, tasavvur shakllantirish maqsadida modellashtirilgan.
Videodarslar ekran tasvirchisi bilan yanada oson
Galaxy Tab A8 qurilmasiga o‘rnatilgan ekran tasvirchisi yordamida jonli onlayn darsni yozib olish oddiy, qulay va doim muammosiz kechadi. Bevosita kontentda izoh qoldirish va asosiy fikrlarni qayd etish orqali darsda faol ishtirok eting. Tayyor! Video darsingiz siz istagan joyda tomosha qilishga tayyor.
Samsung Kids
Bolalarni o‘rganishga undaydigan qiziqarli mashg‘ulotlar bilan boyitilgan Samsung Kids farzandingiz dunyoni kashf etishi va u bilan bog‘lanishi uchun xavfsiz muhitni taqdim qiladi. Takomillashtirilgan “ota-ona nazorati” funksiyasi yordamida, oʻyin vaqtiga cheklovlar oʻrnatishingiz, ilovalarga kirishning tanlangan huquqini berishingiz va ularning mashgʻullligini bir qarashda koʻra olishingiz mumkin.
*Samsung Kids ilovasida taqdim etilgan kontent mamlakat va mintaqaga qarab farqlanadi.*Ekran tasviri, tasavvur shakllantirish maqsadida modellashtirilgan.Boshqa usullar bilan koʻproq bajaring
Samsung qurilmasining kengaytirilgan koʻp oynali imkoniyatlaridan foydalaning. Galaxy Tab A8 qurilmasida ekranni ikkiga ajratib, bir vaqtda ikkita amal bajarish mumkin. Zaruratga qarab oyna fokusini shunchaki tortib tashlash orqali sozlashingiz, ilovalar oʻrtasida kontent ulashishingiz va hatto bildirishnomalarni tortib tashlashingiz mumkin.
*Ekran tasviri, tasavvur shakllantirish maqsadida modellashtirilgan.
Samsung Knox orqali himoyalangan boʻling
Samsung Knox hujumlarni apparat darajasidan boshlab bloklaydi. Qurilmaning miyasi vazifasini oʻtaydigan yadro tahdidlardan jonli vaqtda saqlanadi. Mazkur koʻp qatlamli, eng zamonaviy platforma asosiy dasturiy taʼminotni va qurilmaning yaxlitligini muntazam tekshiradi.
*Ekran tasvirlari tasavvur shakllantirish maqsadida modellashtirilgan.
- *Barcha funksiyalar One UI 3.1 tizimidan qoʻllab-quvvatlanadi. One UI 3.1 tizimining mavjudligi mamlakat, mintaqa va operatorga qarab farqlanishi mumkin.*Qurilmalarda One UI 3.1 tizimi mavjud boʻlishi, Bluetooth yoqilgan boʻlishi va qurilmalar bir xil Samsung hisobiga ulangan boʻlishi lozim.*Boshqa qurilmalardagi davom etish ilovasi faqat Samsung Internet va Samsung Notes bilan mos tushadi. Bu funksiya ishlashi uchun siz foydalanmoqchi boʻlgan ikkita qurilma bir xil Samsung hisobiga kirgan, bir xil Wi-Fi tarmogʻiga ulangan, har ikkala qurilmada Bluetooth va ishni boshqa qurilmadan davom ettirish funksiyasi yoqilgan boʻlishi kerak.*Ekran tasvirlari tasavvur shakllantirish maqsadida modellashtirilgan.
Texnik xususiyatlari
-
Protsessor tezligi 2GHz
-
Oʻlchami (asosiy displey) 10.5" (266.9mm)
-
Orqa kamera - aniqligi 8.0 MP
-
Ogʻirlik (g) 508
Qo'llab-quvvatlash
Mahsulot haqida savolingizga javob toping
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price before: {{model.prices.priceDisplay}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang