Galaxy Tab S10 FE 5G
SM-X526BZARSOZ
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Xususiyatlari
Asosiy imkoniyatlar bilan tanishish
E'tiborlarni jalb eting
S Pen elektron qalamli va AI funksiyalariga ega Galaxy Tab S10 FE va Tab S10 FE+ planshetlari sizni ijod va o'zingizni ifodalash sari ilhomlantiradi. O'zingiz uchun eng ma'qul rangni tanlang: kulrang, kumush rang va moviy.1
Ilovalarni almashtirmasdan Google orqali qidirish uchun aylana oling
Ulkan ekranda aylana chizing va qidiring
Ekranda namoyish etilgan istalgan tasvir, video va matnni qidiring. Sizni qiziqtirgan detal ustiga bosing yoki uni aylanaga oling — ekranni tasvirga olish endi kerak emas.2
Katta tasavvur uchun katta ekran
Galaxy Tab S10 FE planshetining 10.9 dyuymli ulkan ekrani tasavvuringizni hayratga solishga qodir, Tab S10 FE+ planshetining 13.1 dyuymli Galaxy Tab FE seriyasining eng katta ekranida esa kontentni tomosha qilishdan yanada ko‘proq taassurotlar olasiz.3
Sizning g'oyalaringiz uchun betakror samaradorlik
Nihoyatda ravon hamda samarador Exynos 1580 protsessori bilan ijod qiling, o'rganing yoki o'yinlar o'ynang. Bundan-da yuqori samaradorlik uchun esa yangi AI funksiyalarini sinab ko'ring. Ikkala modeldagi oshirilgan tezkor xotira yordamida bir nechta vazifalarni bir vaqtning o'zida bajaring, 2 TB gacha microSD kartasini qo'llab-quvvatlash bilan esa barcha yoqtirgan ma'lumotlaringizni saqlang.4
Nihoyatda yorqin ekran. Nihoyatda sifatli tasvir.
90 Gs yangilanish tezligiga ega ekranning yuqori aniqligi, detallar ravshanligi va ravon ishlashiga baho bering. Vision Booster ekranidagi kontentni yaxshilash funksiyasi yuqori yorqinlik rejimida 800 nitgacha yorqinlik tufayli tabiiy yorug‘likda ham tasvirning rang-barangligini ta’minlaydi. Ko‘zlar uchun maksimal qulaylikni ta’minlaydigan past darajadagi ko‘k yorug‘lik tufayli ekranda sodir bo‘layotgan voqealardan uzoqroq zavqlanishingiz mumkin.5
Ingichka va yengil
Galaxy Tab S10 FE va Galaxy Tab S10 FE+ planshetlari bilan vazifalarni yo‘l-yo‘lakay bajaring. Yupqa va yengil, u sizning jo‘shqin hayot tarzingizga tabiiy ravishda mos keladi hamda vazifalaringiz va o‘yinlaringizni o‘zingiz bilan olib yurishingiz uchun sumkangizga qulay joylashadi.
S Pen bilan qo'lda yozilgan eslatmalarning yangi darajasi
Bir marta bosish. AI uchun bitta tugma
AI olamiga bir zumda o‘tish uchun Galaxy AI tugmasini bosing. Foydalanishni oson va tez boshlash uchun tugmani kerakli AI funksiyasiga moslang.8
Yorqin va tiniq surat va videolar uchun 13 MP kamera
Yuqori aniqlikdagi hayratomuz surat va videolar oling. 13 MP yangilangan asosiy kamera sizni o'rab turgan borliqni aniq va ravshan tasvirga oladi.9
Faol hayot kechiring. Xavfsizlikda bo'ling.
IP68 darajada suv va changdan himoyalangan Galaxy Tab S10 FE va Galaxy Tab S10 FE+ planshetlari har qanday sarguzashtda sizga hamroh bo‘lishga tayyor.10
Uyingiz boshqaruvi kaftingizda
3D xarita yordamida bir vaqtning o‘zida harorat, havo sifati va energiya sarfini kuzatib boring. Uyda qulaylikni saqlash uchun konditsioner va havo tozalagichni boshqaring, shuningdek, elektr energiyasini tejash uchun rejada keraksiz qurilmalarni o‘chiring. Intuitiv 3D Xarita rejimi bilan uyingiz qanchalik aqlli va qulay bo‘layotganini his eting.11
Galaxy Spotlight ilovalari. Professional kabi yarating
Professional ilovalar yordamida Galaxy Tab S10 FE va TabS 10 FE+ planshetlarida ijod qilish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlarga ega bo'ling. LumaFusion, Good notes, Clip Studio Paint, Noteshelf 3, Sketchbook va Picsart bilan ilhomlaning.12
Texnik xususiyatlari
-
Protsessor
2.9GHz, 2.6GHz, 1.9GHz
-
Displey
10.9" (277.0mm)
-
Orqa kamera - aniqligi
13.0 MP
-
Ogʻirlik (g)
500
-
Protsessor tezligi
2.9GHz, 2.6GHz, 1.9GHz
-
Protsessor turi
Octa-Core
-
O'lchami (asosiy displey)
10.9" (277.0mm)
-
Aniqligi (asosiy displey)
2304 x 1440 (WUXGA+)
-
Texnologiyasi (asosiy displey)
TFT
-
Rang ravshanligi (asosiy displey)
16M
-
Ha
-
Orqa kamera - aniqligi
13.0 MP
-
Orqa kamera - avto fokus
Ha
-
Old kamera - aniqligi
12.0 MP
-
Orqa kamera - Miltillash
Yo'q
-
Video yozib olishdagi aniqlik
UHD 4K (3840 x 2160)@30fps
-
Operativ xotira_(GB)
8
-
Xotira (GB)
128
-
Mavjud xotira (GB)
106.3
-
Tashqi xotirani qo'llab-quvvatlash
MicroSD (2TB gacha)
-
SIM-kartalar soni
Ikkitalik SIM karta
-
SIM-karta uyasining turi
SIM 1 + Ichki o'rnatiladiga SIM + MicroSD
-
2G GSM
GSM850, GSM900, DCS1800, PCS1900
-
3G UMTS
B1(2100), B2(1900), B4(AWS), B5(850), B8(900)
-
4G FDD LTE
B1(2100), B2(1900), B3(1800), B4(AWS), B5(850), B7(2600), B8(900), B12(700), B13(700), B17(700), B20(800), B25(1900), B26(850), B28(700), B32(1500), B66(AWS-3)
-
4G TDD LTE
B38(2600), B40(2300), B41(2500)
-
5G FDD Sub6
N1(2100), N3(1800), N5(850), N7(2600), N8(900), N20(800), N26(850), N28(700), N66(AWS-3), N71(600)
-
5G TDD Sub6
N38(2600), N40(2300), N41(2500), N77(3700), N78(3500)
-
USB versiyasi
USB 2.0
-
Joylashuv texnologiyasi
GPS, Glonass, Beidou, Galileo, QZSS
-
Eshitish vositasi
USB Type-C
-
MHL
Yo'q
-
Wi-Fi
802.11a/b/g/n/ac/ax 2.4GHz+5GHz, HE80, MIMO, 1024-QAM
-
Wi-Fi Direct
Ha
-
Bluetooth versiyasi
Bluetooth v5.3
-
NFC
Yo'q
-
Bluetooth profillari
A2DP, AVRCP, DI, HAP, HFP, HID, HOGP, HSP, MAP, OPP, PAN, PBAP, PBP, TMAP
-
Personal kompyuter bilan ma'lumotlar almashish
Smart Switch (PK avlodi)
-
Android
-
Rang
Kulrang
-
Shakl omili
Planshet
-
Akselerometr, Barmoq izi sensori, Gyro sensori, Geomagnit sensor, Hall sensori, Yorug'lik sensori
-
O'lchamlar (BxKxCh, mm)
165.8 x 254.3 x 6.0
-
Og'irlik (g)
500
-
Videoni ijro etish vaqti (soat, simsiz)
maksimal 20
-
Batareya quvvati (mAh, odatiy qiymat)
8000
-
Olinadigan
Yo'q
-
Videoni ijro etish formati
MP4, M4V, 3GP, 3G2, AVI, FLV, MKV, WEBM
-
Videoni ijro etish aniqliligi
UHD 4K (3840 x 2160)@60fps
-
Audio ijro etish formati
MP3, M4A, 3GA, AAC, OGG, OGA, WAV, AMR, AWB, FLAC, MID, MIDI, XMF, MXMF, IMY, RTTTL, RTX, OTA
-
Gearni qo'llab-quvvatlash
Galaxy Buds3 Pro, Galaxy Buds2 Pro, Galaxy Buds Pro, Galaxy Buds Live, Galaxy Buds+, Galaxy Buds3, Galaxy Buds2, Galaxy Buds, Galaxy Buds FE
-
Mobil TV
Yo'q
-
SmartThings'ni qo'llab-quvvatlash
Ha
-
Xavfsizlikni yangilash muddati (qadar amal qiladi)
30 aprel 2032
Foydalanuvchi uchun qo'llanma va yuklab olish uchun materiallar
Yechimlar va maslahatlar
- Agar grafik kalit, PIN-kod yoki parol esdan chiqqan bo‘lsa, Samsung Galaxy qulfini qanday ochish mumkin
- Samsung Galaxy qurilmasini qanday qilib yangilash mumkin
- Samsung Galaxy’da zavod sozlamalarini qanday tiklash mumkin (hard reset, factory reset)
- Samsung Galaxy dagi batareya tezda o'chib qolsa nima qilish kerak
- Samsung Galaxy xotirasini qanday tozalash mumkin. Fayllarni xotira kartasiga qanday o‘tkazish mumkin.
Yaqin o‘tmishda ko‘rilganlar
- *Tasvir modellashtirilgan. Ketma-ketliklar qisqartirilgan va modellashtirilgan. Natijalar faqat namuna maqsadida taqdim etilgan. Xizmatning mavjudligi mamlakat, til va qurilma modeliga bog'liq. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin. Internet tarmog'iga ulanish talab etiladi. Mos ilovalar va muhitlarda ishlaydi. Natijalar vizual moslikka qarab farq qilishi mumkin. Android so'nggi versiyasini yuklab olish talab etilishi mumkin. Rang va modelning mavjudligi mamlakat va sotuvchiga bog'liq. Google — bu Google LLC savdo belgisi.
- *Quyidagi Galaxy Spotlight ilovalaridan foydalanish tafsilotlari bilan tanishing.* Clip Studio Paint obunasi talab etiladi. Clip Studio Paint ilovasi allaqachon ayrim bozorlar uchun oldindan o‘rnatilgan. Ilovani Galaxy Store do'konidan yuklab olish mumkin, yangi foydalanuvchilar uchun esa 6 oylik bepul sinov versiyasi mavjud. Bepul sinov muddati tugagach, doimiy foydalanish uchun oylik yoki yillik tarif rejasiga pulli obuna talab qilinadi. Birinchi obuna uchun 20% chegirma taqdim etiladi.* Goodnotes ilovasini Galaxy Store do'konidan alohida yuklab olish kerak, to‘liq versiyasi esa 1 yil muddatga bepul taqdim etiladi. Bepul to‘liq versiyasining amal qilish muddati tugagach, undan keyin foydalanish uchun qo‘shimcha xarid talab qilinadi. Ilovaning mavjudligi va xizmat shartlari mamlakat va mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. *LumaFusion ilovasi oldindan yorliq shaklida taqdim etiladi, shuning uchun foydalanuvchilar belgini bosib, Galaxy Store do‘konida xaridni yakunlashlari kerak. Galaxy qurilmalarining barcha foydalanuvchilari Galaxy Store do‘konida xarid qilganda 50% chegirma va 1 oy davomida bepul Creator Pass obunasiga ega bo'lishlari mumkin. 50% chegirmali aksiya faqat 2025-yil 30-noyabrgacha amal qiladi.* Noteshelf 3 ilovasining premium obunasini yangilash uchun alohida xarid talab etiladi. Yangilash uchun 30% chegirma faqat Galaxy Store do‘konida mavjud.* Picsart va Sketchbook ilovalarini Google Play do'konidan alohida yuklab olish zarur. Qo‘shimcha funksiyalarni olish uchun alohida xarid talab qilinishi mumkin.
- 1. *Ranglar va modellarning mavjudligi mintaqaga bog'liq. Go to feature
- 2. *Circle to Search — bu Google LLC savdo belgisi. Ketma-ketliklar qisqartirilgan va modellashtirilgan. Natijalar faqat namuna maqsadida taqdim etilgan. *Xizmatning mavjudligi mamlakat, til va qurilma modeliga bog'liq. *Internet tarmog'iga ulanish talab etiladi. *Foydalanuvchilardan Android va Google ilovasini so'nggi versiyasi yuklab olish talab etilishi mumkin. *Mos ilovalar va muhitlarda ishlaydi. *Natijalar vizual yoki audio moslik asosida farq qilishi mumkin. *Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Go to feature
- 3. *Modelning mavjudligi mamlakat, mintaqa yoki aloqa operatoriga bog'liq. *Galaxy Tab S10 FE+ ekran diagonali 13,1 dyuymga, yassi burchaklarni hisobga olganda esa 13,0 dyuymga teng. Galaxy Tab S10 FE ekran diagonali 10,9 dyuymga, yassi burchaklarni hisobga olganda esa 10,8 dyuymga teng. Haqiqiy ko'rinish maydoni yassi burchaklar va kamera o'rni tufayli kichikroq. Go to feature
- 4. *MicroSD kartasi alohida sotiladi. *Turli xotira hajmlarining mavjudligi mintaqa va sotuvchiga bog'liq, haqiqiy mavjud bo'lgan xotira hajmi esa oldindan o'rnatilgan dasturiy ta'minotga qarab farq qiladi. Go to feature
- 5. *Galaxy Tab S10 FE va Tab S10 FE+ planshetlarida maksimal yorqinlik 600 nitni, bino tashqarisidagi Yuqori yorqinlik rejimida esa 800 nitni tashkil etadi. *Galaxy Tab S10 FE va Tab S10 FE+ qurilmalarida qo‘llaniladigan displey SGS kompaniyasining Low Blue Light (Ko‘k nurlanishning past darajasi) sertifikatiga ega bo‘lib, u ekrandagi ko‘k nurlanish darajasini pasaytirish qobiliyatini tasdiqlaydi. Ushbu sertifikat haqida batafsil ma’lumotni www.sgs.com/performance saytidan olishingiz mumkin. * Low Blue Light sertifikati - 9,9% dan past daraja (SGS testi). Go to feature
- 6. *Matematika Yordamchisi funksiyasi qurilmada Internetga ulanishni talab etmaydi, ammo Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Qo‘lyozma matnini noto‘g‘ri tanib olish noto‘g‘ri hisoblash natijalariga olib kelishi mumkin. *Matematika Yordamchisi funksiyasidan foydalanish uchun uni Samsung Notes ilovasida yoqish zarur. Buning uchun "Qo‘shimcha parametrlar" bo‘limini tanlang va "Matematika Yordamchisini yoqish" tugmasini bosing. Go to feature
- 7. *Qo'lyozma yordami funksiyasi qurilmada Internetga ulanishni talab etmaydi, ammo Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Go to feature
- 8. *Book Cover klaviaturasi va Book Cover Slim klaviaturasi alohida sotiladi. Galaxy Tab S10 FE va Tab S10 FE+ uchun mavjud.* Funksiyalar va tugmalar joylashuvi mamlakat, til va qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin.* Ilova yorliqlarini faqat ayrim ilovalar uchun tayinlash mumkin.*Alt + Galaxy AI tugmalarini bosish AI yordamchisini Bixby yoki Geminiga almashtirish imkonini beradi.* Bixby yoki Gemini ishlatish uchun tarmoqqa ulanish talab etiladi. Gemini ilovasini Galaxy AI tugmasi yordamida ishga tushirish uchun Google Assistant ilovasini Gemini ilovasiga yangilash talab etiladi.* Ayrim Galaxy AI funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etilishi mumkin.* Samsung sun’iy intellekt funksiyalari tomonidan taqdim etiladigan natijalarning aniqligi, to‘liqligi yoki ishonchliligi borasida hech qanday va’da yoki kafolat bermaydi. * Galaxy AI funksiyalarining mavjudligi mintaqa/mamlakat, operatsion tizim/One UI versiyasi, qurilma modeli va mobil aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
- 9. *Galaxy Tab S10 FE va Galaxy Tab S10 FE+ planshetlari Galaxy S9 FE planshetining 8 MP hamda Galaxy Tab S9 FE+ planshetining 8 MP va 8 MP ultra keng burchakli kameralariga nisbatan yangilangan 13 MP asosiy kameraga ega. Go to feature
- 10. *Galaxy Tab S10 FE, Tab S10 FE+ planshetlari va to'plamdagi S Pen elektron qalami IEC 60529 standartiga muvofiq IP68 himoya darajasiga ega. Laboratoriya sinovlari natijalariga ko‘ra, planshet chuchuk suvga 1,5 metr chuqurlikka 30 daqiqagacha (IP68) tushishga chidamli. Plyajda yoki basseynda foydalanish tavsiya etilmaydi. Suv va chang ta’siriga chidamlilik doimiy emas va vaqt o‘tishi bilan kamayishi mumkin. *Changga chidamlilik uchinchi tomon laboratoriyasi sharoitida sinovdan o‘tkazilgan: 1 kub metrga 2 kg talk kukuni (zarrachalarning maksimal diametri 0,05 mm) sinov kamerasida planshet korpusi yo‘nalishida (qurilma ichidagi havo bosimi atmosfera bosimi darajasidan past darajada ushlab turildi) 2 soat davomida purkaldi. IP6X himoya darajasi. Changga chidamlilik haqiqiy foydalanish sharoitlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Go to feature
- 11. *Uy tahlil vidjeti SmartThings ilovasida mavjud. *Texnologiya, imkoniyat, funksiya va xizmatlarning mavjudligi mamlakat, xizmat provayderi, tarmoq muhiti va mahsulotga bog‘liq bo‘lib, oldindan ogohlantirishsiz o‘zgarishi mumkin. *Barcha qurilmalar Wi-Fi yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulangan, shuningdek, bitta Samsung hisob qaydnomasi yordamida ro'yxatdan o'tgan bo‘lishi kerak. *SmartThings imkoniyatlari va xususiyatlari mahsulot va ishlatiladigan mintaqa/mamlakatga bog‘liq. *Bitta joylashuvda SmartThings ilovasiga 200 tagacha qurilmani ulash mumkin. Biroq, ulanadigan qurilmalarning maksimal soni foydalanuvchining tarmoq muhiti bilan ham cheklanishi mumkin. Bitta hisob qaydnomasida 10 tagacha joylashuvdan va bitta joylashuvda 20 tagacha xonadan foydalanish mumkin. Joylashuvni ro‘yxatdan o‘tkazgan administrator bitta hisob uchun ko‘pi bilan 20 nafar ishtirokchini taklif qilishi mumkin. *Uy tahlili funksiyasining ayrim imkoniyatlari faqat Koreya va AQShda mavjud. *Android 9.0 yoki undan keyingi operatsion tizim versiyalariga, kamida 6 GB xotiraga ega qurilmalarda, shuningdek, 2018-yilda yoki undan keyin chiqarilgan iOS 15 yoki undan keyingi versiyalarida ishlaydi. *Qo‘lda chizilgan xarita yaratish faqat Android qurilmalarda ishlaydi. *Faqat SmartThings ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan Samsung Jet Bot robot-changyutkichidan foydalanganda mavjud. Go to feature
- 12. *Ilovaning mavjudligi va xizmat shartlari mamlakat va mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Go to feature
* Asosiy funktsiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin
* Barcha tasvirlar faqat rasmlardir, barcha aksessuarlar alohida sotiladi.
* Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik xususiyatlari sotuvlar boshlanganda tegishli, ammo kelajakda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin.
* Foydalanuvchi uchun mavjud bo'lgan ichki xotira miqdori qurilmaning umumiy xotirasidan kamdir, chunki xotiraning bir qismi operatsion tizim va qurilmaning ishlashini ta'minlaydigan ilovalar tomonidan egallaydi. Fotosurat dasturini yangilaganidan so'ng ham, foydalanuvchi xotirasining haqiqiy miqdori tashuvchiga bog'liq bo'lishi mumkin.
* Batareyaning haqiqiy sig'imi (Wh) kuchlanish qiymati bo'yicha iste'mol qilinadigan mahsulot bilan aniqlanadi. Ushbu qiymat qurilmada ko'rsatilgan sig'imning qiymatidan (Wh) farq qilishi mumkin, chunki birinchisi ushbu qurilma tomonidan iste'mol qilingan haqiqiy quvvat, ulangan qurilmalarning mavjudligi va ish sharoitlariga bog'liq.
* Tarmoq: Qo'llab-quvvatlanadigan chastota diapazoni mintaqaga va tarmoq provayderiga qarab farq qilishi mumkin.